Bosh yuriskonsult
Bosh yuriskonsult
Latipov Mavlon Saidovich
Telefon: (0371) 230-16-45
E-mail: Mavlon. [email protected]
Bosh yuriskonsult faoliyatining asosiy yo’nalishlari va funktsiyalari:
Markazning huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
Markaz tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
Markazning qonun ijodkorligi faoliyatida, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida markaz tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
Markaz xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazishda ishtirok etish;
Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, markazning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
Bosh yuriskonsult faoliyatining asosiy yo’nalishlarini bajarish uchun quyidagi
funktsiyalarni amalga oshiradi:
Markazda, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
markaz rahbariyatiga taqdim qilanadigan buyruqlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o’tkazadi hamda ular bo’yicha e’tiroz va takliflar bo’lmasa, viza qo’yadi. Bunda loyihalarga bosh yuriskonsult tomonidan markazning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo’yiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan markazning buyruqlari yuzasidan xulosalar beradi;
mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda markazning buyruqlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida takliflar tayyorlaydi;
markazda, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo’llash amaliyotini o’rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
markazning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda markaz, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko’rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko’rib chiqishda ishtirok etadi.
markazda boshqaruv tizimini takomillashtirish, markaz tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
markazda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va xulosa beradi;
markaz rahbariyatiga markaz faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
markaz xodimlarining kasaba uyushmasi va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko’rsatadi