Rahbariyat

Kamilov Mirzohid Mirsabitovich
Malaka oshirish markazi direktori 

Qabul kunlari: har kuni,  soat 09:00 dan 15:00 gacha

Telefon: (0371) 230-16-50

Tarjimai hol: 

  • 1968 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
  • Millati - oʻzbek. 
  • Maʼlumoti - oliy,  1992 yilda  Toshkent davlat  Iqtisodiyot  universiteti,
  • 2006 yilda Toshkent davlat  yuridik institutini tamomlagan.
  • Ilmiy darajasi: Iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati:

  • Davlat soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1992 yilda boshlagan.
  • Hozirda egallab turgan lavozimiga 2018 yil avgust oyida tayinlangan

Funksiya va vazifalari:

  • Markaz direktori oʻz vakolati doirasida qonun hujjatlariga muvofiq buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini taʼminlaydi. Rahbarlarni va boshqa xodimlarni Markazga ishga qabul qiladi va lavozimidan ozod qiladi, xodimlarga Markaz tuzilmasiga asosan vazifalarni taqsimlaydi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ajratilgan mablagʻlar va ish haqi fondi doirasida  lavozim maoshlari smetasini, shtatlar jadvalini, shunungdek Markaz taʼminoti xarajatlari  tizimini, maxsus mablagʻlar smetasini, shu jumladan kurs tinglovchilariga turli pullik xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini tasdiqlaydi hamda ularga oʻzgartirish kiritadi.

  • Markazning mol-mulki, mablagʻlarini tasarruf qiladi.

  • shartnomalar imzolaydi, ishonch qogʻozlari beradi,  Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida Markazning shaxsiy hisob raqamlarini ochadi.

  • belgilangan tartibda ijtimoiy rivojlantirish va valyuta ajratmalari jamgʻarmasini tashkil qiladi.

  • yuqori malakali professor-oʻqituvchilarga, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlarga budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan bazaviy lavozim maoshlari va tarif  stavkasining yuz foizgacha miqdorda oylik ustama  belgilaydi.

  • Markaz xodimlarini mukofotlaydi;

  • Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ichki mehnat tartibini belgilaydi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha taʼtil kunlarini belgilaydi. 

  • Kurs tinglovchilari uzoq vaqt sababsiz mashgʻulotlarga  qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, ularni tinglovchilar safidan chiqaradi, shuningdek yakuniy imtihonlardan oʻtmagan tinglovchilarga kurslarni muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni bermaydi va bu haqida yuqori turuvchi organga yoki tegishliligi boʻyicha  ularning ish joyiga taqdimnomalar yuboradi .

  • Ilmiy kengashlarda,  konferensiyalarda, simpoziumlarda,  seminarlarda va anjumanlarda Markaz nomidan qatnashadi.

  • Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Ergashev Ilxomjon Obidovich
O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Qabul kunlari: har kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha 

Telefon:  (0371) 230-16-48

 Tarjimai hol:

  • 01.01.1971 yilda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan.
  • Millati - o‘zbek.
  • Ma'lumoti oliy.1995 yilda Toshkent moliya institutini bitirgan.
  • Ilmiy darajasi: Iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati:

  • 1995-1996 yy. - Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, A.Navoiy j/x bosh hisobchi yordamchisi. 1996-2013 yy. - Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasida  faoliyat olib borgan.
  • Davlat soliq inspeksiyasi: «Aksiz solig‘i   tushumlarini hisobga olish va nazorat qilish» shu'basi inspektori, katta  inspektori, bosh davlat soliq inspektori, shu'ba boshlig‘i.
  • 2013-2014 yy. - Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Davlat soliq inspeksiyasi: «Yuridik shaxslarga  soliq solish bo‘limi»  boshlig‘i.
  • 2017-2018 yy. - Toshkent shahar Shayxontoxur tuman Davlat soliq inspeksiyasi: «Valyuta operatsiyalarini nazorat qilish shu'basi»  inspektori.
  • 2018 yil 3 sentabrdan 5 noyabrgacha TDIUning Moliya va soliqlar kafedrasida  katta o‘qituvchi lavozimida mehnat faoliyatini yuritgan.
  • Hozirda egallab turgan lavozimiga 2018 yil oktabr oyida tayinlangan.

Funksiya va vazifalari

  • Markaz direktorining o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
  • Markaz kafedralari, O‘quv-uslubiy bo‘limi, Axborot-resurs markazi, Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘limi hamda hududiy filiallar faoliyatiga rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonini tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi;
  • kurs tinglovchilarini o‘qitish taqsimot-rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
  • o‘quv rejalarini ishlab chiqadi;
  • O‘quv-uslubiyot bo‘limi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning ishini nazorat qilib boradi;
  • xorijiy davlatlar ta'lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatish va ular bilan hamkorlik qilish ishlariga javob beradi;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va Markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlarini belgilaydi;
  • ta'lim tizimini takomillashtirish borasida turli xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rgazma, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;
  • respublikaning turli o‘quv markazlari, xalqaro ta'lim va ilmiy muassasalari hamda turli jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qiladi;
  • soliq tizimi va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida, shuningdek boshqa korxonalar rahbarlari bilan kelishgan holda, ularning xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni tashkil etadi;
  • Markazning o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi;
  • Markaz direktori yo‘q vaqtida Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • Direktorning topshirig‘iga ko‘ra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх