
16 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 26-iyuldagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasiga oid kasbiy bilimlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-son buyrugʻiga asosan Markazda joriy yilning 11-16 noyabr kunlari tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun yakuniy test sinovlari oʻtkazildi. Test sinovlaridan muvafaqqiyatli oʻtgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.