Тinglovchilar uchun joylardagi davlat soliq inspeksiyalarida tajriba almashish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

« Назад

Тinglovchilar uchun joylardagi davlat soliq inspeksiyalarida tajriba almashish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 08.10.2019 16:47

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-iyuldagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasiga oid kasbiy bilimlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-son buyrugʻiga asosan tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi tinglovchilari uchun Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasining tuman Davlat soliq inspeksiyalaridagi tajriba almashish mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Jumladan Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishi tinglovchilari Shayhontohur tumani DSI, Byudjet daromadlarini prognozlashtirish yoʻnalishi tinglovchilari Mirzo ulugʻbek tumani DSI, Soliq nazoratini tashkil etish yoʻnalishi tinglovchilari Chilonzor tumani DSI, Soliq solish boʻyicha maslahat berish yoʻnalishi tinglovchilari Yunusobod tumani DSI hamda Kameral nazorat va tavakkalchiliklarni tahlil qilish yoʻnalishi tinglovchilari Mirobod tumani DSIlarida tajriba almashish mashgʻulotlarini oʻtkazdilar.

Mazkur mashgʻulotlar Malaka oshirish markazi hamda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining tinglovchilarning mustaqil taʼlim soatlarida tajriba almashishlarini tashkil qilish boʻyicha tasdiqlangan grafigi va dasturi asosida muntazam tashkil etib kelinmoqda.
        

2 гуруҳ Солиқ соҳасида ҳуқуқбузарликлар профилактикаси

Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishi tinglovchilari

4 гуруҳ

Soliq nazoratini tashkil etish yoʻnalishi tinglovchilari

6 гуруҳ

Soliq solish boʻyicha maslahat berish yoʻnalishi tinglovchilari

7 гуруҳ

Kameral nazorat va tavakkalchiliklarni tahlil qilish yoʻnalishi tinglovchilari 

 


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх