Tinglovchilarning Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashriflari tashkil etildi.

« Назад

Tinglovchilarning Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashriflari tashkil etildi. 09.10.2019 18:58

Tinglovchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli madaniyat muassasalariga, jumladan teatr, muzey va tarixiy ziyoratgohlarga tashriflarini tashkil qilish maqsadida joriy yilning 9-oktyabr kuni guruh murabbiylari hamrohligida tinglovchilarning Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashriflari tashkil etildi.
Tashrif davomida tinglovchilar majmuada tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan bogʻliq foto suratlar va haykallar joy olgan koʻrgazma bilan yaqindan tanishdi. Majmua xodimlari tomonidan koʻrgazmada namoyish etilayotgan barcha ijod naʼmunalari birma-bir taʼriflanib, kerakli tushuncha va maʼlumotlar berildi. 
Mazkur tashriflar tinglovchilarni Islom Karimov hayoti va faoliyati misolida vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.

10.10.20192

lkjdgljdflgjdfkgjdfk


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх