Qayta tayyorlash kursining 3-bosqichi masofaviy shaklda tashkil etilmoqda

« Назад

Qayta tayyorlash kursining 3-bosqichi masofaviy shaklda tashkil etilmoqda 23.10.2020 16:29

 

 

Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va Bosh prokuratura akademiyasining oʼzaro hamkorlik memorandumi asosida bugungi kunda soliq idoralariga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun qayta tayyorlash kursining

photo_2020-10-23_10-49-20

3-bosqichi akademiyaning elektron taʼlim platformasi orqali masofaviy shaklda tashkil etilmoqda. Davomiyligi 36 soat boʼlgan mazkur kurs oʼquv mashgʼulotlari masofaviy tarzda oʼtkazilib, tinglovchilar uchun asosiy ish joyidan ajralmagan holda oʼz ustida ishlash, bilim va saviyalarini yanada oshirish imkoniyatini bermoqda.

photo_2020-10-23_15-33-51

Mazkur kurs davomida professor-oʼqituvchilar tomonidan tayyorlangan oʼquv materiallari: yuridik shaxslarning mol-mulk, yer soliqlari; aktsiz soligʼi; ijtimoiy soliq va aylanmadan olinadigan soliqlar; yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʼlovlarni hisoblash tartibi; soliqdan qochish sxemalari va ularni bartaraf etish yoʼllari; xavfni tahlil qilish va soliq toʼlovchilarni segmentlash; jismoniy shaxslarning soliq qarzini undirish (qisqartirish) kabi mavzular orqali tinglovchilar oʼz nazariy bilim va koʼnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mavzularni oʼzlashtirib, testlar, muammoli vaziyatlar va kazuslar yechimida ishtirok etishmoqda. 

photo_2020-10-22_15-38-31


Oʼquv jarayoni markazning hududiy filiallari mutaxassislari hamda professor-oʼqituvchilar tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Mazkur kurs yakunida tinglovchilarning oʼzlashtirish natijalari asosida qayta tayyorlash kursining 4- bosqichiga yoʼllanma beriladi.

photo_2020-10-22_15-00-04

 


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх