“Qadring baland boʼlsin ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri nishonlandi.

« Назад

“Qadring baland boʼlsin ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri nishonlandi. 21.10.2020 18:49

 

 

        Joriy yilning 20 oktyabr kuni Malaka oshirish markazi xodimlari va professor-oʼqituvchilari ishtirokida 21 oktyabr – Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland boʼlsin ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri nishonlandi. Tadbirda Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Standart” jurnali bosh muharriri, shoira Zilola Xoʼjaniyozova, uyushma aʼzosi, taniqli adib Luqmon Boʼrixon hamda Davlat soliq qoʼmitasi birlashgan kasaba uyushmasi raisi Bahriddin Zayniddinlovlar ishtirok etib, maʼruza qilishdi hamda sheʼrlar oʼqishdi. Muhokamada Markaz professor-oʼqituvchilari ham faol ishtirok etishdi. Oʼzbek tilini davlat tili sifatida qadrlash hamda uning jilosini yanada oshirish, tilning buzilishini oldini olish yuzasidan amaliy takliflar ilgari surildi. Tadbirda bildirilgan fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.

photo_2020-10-21_18-26-13

111

photo_2020-10-20_13-56-54

 


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх