Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tanlov asosida ishga taklif etadi.

« Назад

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tanlov asosida ishga taklif etadi. 14.08.2019 16:17

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi “Soliqlar va soliqqa tortish” hamda Maxsus fanlar (moliya, iqtisodiyot, informatsion texnologiyalar, yuridik) yoʻnalishlari boʻyicha kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi va oʻqituvchi kabi boʻsh lavozimlarga tanlov asosida ishga taklif etadi.

Kafedra mudiri fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega hamda yoʻnalishi boʻyicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.

Professorlar tegishli yoʻnalishlar boʻyicha professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga, shuningdek, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga hamda kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga, kafedraning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari muallifi boʻlishi lozim.

 

Dotsentlar yoʻnalishlar boʻyicha dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga, shuningdek, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga hamda kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar muallifi boʻlgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.

Katta oʻqituvchi va oʻqituvchilar pedagogik faoliyatida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida ish tajribasi, stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda koʻnikmalarga, shuningdek, dunyo OTM boʻyicha 300 ta oʻrinda turgan taʼlim muassasalarini bitirgan va PhD diplomiga ega boʻlishi zarur.

 

Tanlovda qatnashuvchilardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

 

             Direktor nomiga ariza;

             soʻrovnoma;

             tarjimayi hol;

             1 dona 4x5 hajmdagi fotosurat (soʻrovnomaga yopishtirilgan holda);

             ish joyidan tavsifnoma (hujjat topshirgunga qadar ishlagan boʻlsa);

             oliy oʻquv yurtini tugatganlik haqidagi diplom;

             kafedra mudiri, professor nomzodlariga:

             fan doktori va professor ilmiy unvoni haqidagi hujjat;

             ilmiy darajasi va ilmiy unvoni haqidagi hujjat;

             chop qilingan ilmiy ishlari haqida maʼlumotlar.

             mehnat daftarchasining nusxasi.

 

Hujjatlar Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 3-uy, Malaka oshirish markazi binosi 210-xonada bir oy davomida qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun telefon: 71-230-16-36.


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх