Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Ilmiy-tadqiqot shoʻbasiga lavozimlarni jamlash uchun  tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha eʼlon qilinadi.

« Назад

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Ilmiy-tadqiqot shoʻbasiga lavozimlarni jamlash uchun  tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha eʼlon qilinadi. 01.06.2019 12:55

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi
Malaka oshirish markazi Ilmiy-tadqiqot shoʻbasiga lavozimlarni jamlash uchun  tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha eʼlon qilinadi.
1.    Shoʻba boshligʻi – 1 nafar;
2.    Yetakchi uslubchi – 1 nafar. 

TANLOVDA QATNASHUVCHILARGA QOʻYILADIGAN
MALAKA  TALABLARI:

Shoʻba boshligʻiga:

•    Mazkur lavozim yoʻnalishi boʻyicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlishi zarur.
•    Yoʻnalishi boʻyicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.

Yetakchi uslubchi:

•    Mazkur lavozim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli, fan nomzodi ilmiy darajasi yoki magistr darajasiga ega, shuningdek, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlishi. 
•    Kamida 3 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlish, ushbu shuba taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari muallifi boʻlish sharti bilan ishtirok etishi mumkin.

 TANLOVDA QATNASHUVCHILAR UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR TALAB ETILADI:

Shoʻba boshligʻi lavozimiga:
    Direktor nomiga ariza;
    soʻrovnoma;
    tarjimai hol;
    1 dona 4x5 hajmdagi fotosurat (soʻrovnomaga yopishtirilgan holda);
    ish joyidan tavsifnoma (hujjat topshirgunga qadar ishlagan boʻlsa);
    oliy oʻquv yurtini tugatganlik haqidagi diplom;
    fan doktori va professor ilmiy unvoni haqidagi hujjat;
    ilmiy darajasi va ilmiy unvoni haqidagi hujjat;
    chop qilingan ilmiy ishlari haqida maʼlumotlar.
    mehnat daftarchasining nusxasi.
Yetakchi uslubchi lavozimiga: 
    Direktor nomiga ariza;
    soʻrovnoma;
    tarjimai hol;
    1 dona 4x5 hajmdagi fotosurat (soʻrovnomaga yopishtirilgan holda);
    Oxirgi ish joyidan tavsifnoma (hujjat topshirgunga qadar ishlagan boʻlsa); 
    ilmiy darajasi va ilmiy unvoni haqidagi hujjat;
    oliy oʻquv yurtini tugatganlik haqidagi diplom;
    mehnat daftarchasining nusxasi.

markaz@soliq.uz

Eʼlon chiqqan kundan boshlab hujjatlar oʻn kun davomida qabul qilinadi.

Hujjatlar Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa koʻchasi, 
3-uy, Malaka oshirish markazi 


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх