Markazda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

« Назад

Markazda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi. 04.06.2019 17:08

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida joriy yilning 4-iyun kuni A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlim xodimlari malakasini oshirish instituti dotsenti, p.f.n., R.J.Ishmuhammedov tomonidan “Zamonaviy taʼlim texnologiyalari va innovatsion dars oʻtish usullari” mavzusida seminar-trening mashgʻuloti oʻtkazildi. Mazkur seminar treningda Markaz professor-oʻqituvchilari va xodimlari, shuningdek, Toshkent soliq kolleji oʻqituvchilari ishtirok etdi. Ushbu seminar-trening Markazning hududiy filiallari  bilan masofaviy onlayn ulangan shaklda tashkil etildi. Seminar-treningda p.f.n., R.J.Ishmuhammedov tomonidan katta yoshdagilar taʼlimida pedagogik boshqaruvning oʻziga xos jihatlari, taʼlim muassasalarida oʻquv faoliyatini tashkil etish, oʻqitishning shakllari va metodlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlarni tinglovchilar eʼtiboriga yetkazdi.

photo_2019-06-04_16-10-16

photo_2019-06-04_16-11-59

photo_2019-06-04_16-09-34


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх