Markaz direktori ishtirokida malaka oshirishga yangi qabul qilingan tinglovchilar uchun yigʻilish oʻtkazildi.

« Назад

Markaz direktori ishtirokida malaka oshirishga yangi qabul qilingan tinglovchilar uchun yigʻilish oʻtkazildi. 07.10.2019 18:41

Malaka oshirish markazida joriy yilning 7 oktabr kuni Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-iyuldagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasiga oid kasbiy bilimlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-son buyrugʻiga asosan joriy yilning 7-12-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan malaka oshirish kursining tashkiliy masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Markaz rahbariyati, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor oʻqituvchilar hamda tinglovchilar ishtirok etdi. 
Tadbirda Markaz direktori Mirzohid Kamilov soʻzga chiqib, soliq sohasida olib borilayotgan islohotlarning hayotga keng tadbiq etilishi soliq xizmatining kadrlar salohiyatiga bevosita  bogʻliqligini shuningdek har bir xodim oʻzining bilimi va dunyoqarashini oshirish yoʻlida tinmay  izlanishi, oʻqishi lozimligini alohida taʼkidladi.
Yigʻilishda tinglovchilarga Markazning ichki tartib qoidalari tushuntirib oʻtildi.

07.10.3

07.10.407.101

07.10.2


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх