Ilmiy-amaliy anjuman xabarnomasi!

« Назад

Ilmiy-amaliy anjuman xabarnomasi! 10.04.2019 17:01

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2019 yil 24-25 may kunlari “Soliq solish bazasini kengaytirish va hududlarning soliq salohiyatini oshirishda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi.

Respublika miqyosida oʻtkaziladigan ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, katta ilmiy-xodim izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, yosh olimlar, magistrlar, iqtidorli talabalar, tegishli sohalar olim va mutaxassislari hamda soliq sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiyada qatnashish uchun talabgorlar 2019 yil 25 aprelgacha belgilangan tartibda tezislar hamda anketaning elektron variantlarini, markaz@soliq.uz, markaz@markaz.tax.uz elektron manziliga joʻnatishlari lozim.

Murojaat uchun manzil. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi 3 uy, Davlat soliq qoʻmitasi Malaka oshirish markazi

Konferensiyaga oid qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun telefonlar:

Tel: (+99871) 230-16-30

        (+99871) 230-16-37

Konferensiya talablari bilan edutax.uz saytida tanishish mumkin.


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх