Ko'p uchraydigan savollar

? Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha 2019 yildan soliq stavkalari qanday belgilandi?

? Fuqarolar yil davomida qanday daromad manbalariga ega bo’lishlari mumkin?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 171-moddasiga asosan, fuqarolarning daromadlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar
  •  mulkiy daromadlar;
  • moddiy naf tarzidagi daromadlar;
  •  boshqa daromadlar.

? O’zbekistonda norezident jismoniy shaxslarning mol-mulklarini ijaraga berish natijasida oladigan daromadlari qanday tartibda soliqqa tortiladi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 182-moddasiga asosan, norezident jismoniy shaxslarning mol-mulklarini ijaraga berish natijasida olinadigan daromadlari 20 foizlik stavkada soliqqa tortiladi.

? Jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan daromadlari tarkibi qanday va ularga 2019 yildan boshlab qanday o’zgartirishlar nazarda tutildi?

? Men to’lov kontrakt asosida tahsil olaman, men to’lov kantrakt summani ish haqimdan to’lasam menga daromad solig’idan imtiyoz bormi?

  • Javob:O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan, daromad solig’idan imtiyoz qo’llaniladi.

? Meni turmush o’rtog’im oliy ta’lim muassasasida to’lov kantrakt asosida tahsil oladi. Turmush o’rtog’imning kantrakt summasini to’lasam menga daromad solig’idan imtiyoz bormi?

  • Javob:Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan daromad solig’i quydagi holatlarda qaytariladi: 26 yoshgacha farzandi uchun kontrakt to’lovini to’lagan ota-onalarga yoki o’zi ishlab oylik ish haqidan to’lovni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning daromadiga nisbatan qo’llaniladi. Demak, jismoniy shaxs tomonidan oliy o’quv yurtlarida ta’lim oluvchi turmush o’rtog’ining kontrakt to’lovini to’lab berilgan holatda imtiyoz qo’llanilmaydi.

? Men O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxsman. Men olgan davlat mukofoti, ya’ni “Yagonasan muqaddas vatan!” ko’rik tanlovi mukofoti uchun olgan  pul mukofotimdan daromad solig’i to’laymanmi?

  • Javob: Soliq kodeksining 179 moddasi 7-bandi buyicha O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo’la beriladigan pul mukofoti va sovg’alarga soliq solinmaydi.

? Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibi va ularni soliqqa tortish tartibi?

  • Javob:Soliq kodeksining 176-moddasiga asosan, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
  • 1) foizlar;
  • 2) dividendlar;
  • 3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
  • 4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko’chmas mulk bo’yicha esa, kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o’rtasidagi farq daromad deb e’tirof etiladi;
  • 5) sanoat mulki ob’ektlariga, seleksiya yutug’iga berilgan patent (litsenziya) egasi bo’lgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
  • 6) royalti;
  • 8) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo’jaligi boshlig’i ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
  • O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan jismoniy shaxsning soliqqa tortiladigan mulkiy daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlar mustasno, 12 foizli stavka bo’yicha soliq solinadi.
  • O’zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo’yicha soliq solinadi.
  • O’zbekiston Respublikasining norezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlarga 10 foizli stavka bo’yicha, boshqa daromadlariga 20 foizlik stavka bo’yicha soliq solinadi.

? Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to’lash tartibi?

  • Javob: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha hisob-kitoblar 2019 yil 1-yanvardan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 187-moddasiga asosan, soliq agentlari tomonidan, yilning har oyida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida, O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi.
  •  To’lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to’lanadi:
  • pul mablag’larini olish uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, biroq hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay;
  • to’lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to’lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo’lsa.

? 2019 yil uchun mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to’lovining eng kam stavkalari qayday belgilandi.

  • Javob: Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to’lovining eng kam stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 24-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi. Bunda ijara to’lovining eng kam stavkalari:
  • turar joyni ijaraga berishda 1 kv. metr uchun Toshkent shahrida – 10 000 so’m , Nukus shahri va viloyatga bo’ysunuvchi shaharlarda – 6 500 so’m va boshqa aholi punktlarida – 3000 so’m;
  • noturar joylarni ijaraga berishda 1 kv. metr uchun Toshkent shahrida – 20 000 so’m, Nukus shahri va viloyatga bo’ysunuvchi shaharlarda – 13 000 so’m va boshqa aholi punktlarida – 6000 so’m;
  • engil avtomobillarga (yo’lovchilar, yuk tashish uchun mo’ljallangan va o’rindiqlari soni haydovchini hisobga olmagan holda 8 ta joydan ko’p bo’lmagan avtotransport vositasi) 1 avtotransport vositasi uchun – 480 000 so’m;
  • mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillariga 1 avtotransport vositasi uchun – 940 000 so’m ijara to’lovining eng kam miqdorlaridan iborat.

Fuqaro tomonidan 12 oy davomida ikkita uy sotilsa daromad solig’i qanaqa tartibda hisoblanadi va to’lanadi? Oldi-sotdi shartnomada ko’rsatilgan summadan daromad solig’i to’lanadimi yoki kadastrda belgilangan ieventar summadan daromad solig’i to’lanadimi?

  • Javob: ketma-ket keladigan o’n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq bitim tuzilgan taqdirda, turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlarga daromad solig’i hisoblanadi.
  • Soliq kodeksining 176-moddasiga asosan, mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko’chmas mulk bo’yicha esa, kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o’rtasidagi farq daromad deb e’tirof etiladi.

Agar men o’zimning NEXIA rusmli atomobilimni ijara shartnomasi asosida rasmiylashtirib bersam, ijara summasidan daromad solig’i necha foiz to’lanadi?

  • Javob: Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to’lovining eng kam stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 24-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi. Bunda yengil avtomobillarga (yo’lovchilar, yuk tashish uchun mo’ljallangan va o’rindiqlari soni haydovchini hisobga olmagan holda 8 ta joydan ko’p bo’lmagan avtotransport vositasi) 1 avtotransport vositasi uchun – har oyda 480 000 so’m miqdorida belgilangan.
  • Demak NEXIA rusmli avtomobil ijaraga berilgan holatda 2019 yil uchun har oyda 480 000 so’mdan 12 foiz stavkada daromad solig’i to’lashingiz lozim.

Men maktabda ishlayman. O’g’lim bolalikdan nogiron bo’lganligi sababli menga EKIH 4 baravarigacha bo’lgan miqdorda imtiyozim bor. SHu imtiyoz 2019 yilda ham saqlanib qoldimi?

  • Javob: Soliq kodeksining 180-moddasi ikkinchi qismiga asosan,  bolaligidan nogiron bo’lgan, doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biriga nisbatan daromad solig’i bo’yicha har oyda EKIHning 4 baravarigacha qo’llaniladigan imtiyoz 2019 yilda ham saqlanib qolgan.

Men paxta terimida qatnashaman. Men paxta terib olgan daromadimdan daromad solig’i to’laymanmi?

  • Javob: Soliq kodeksining 179-moddasining 33-bandida paxta yig’im-terimi bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan ozod ekanligi belgilangan.

Men Toshkent shahar Sergeli tumanida davlat dasturi asosida qurilgan arzon uylardan birini kredit asosida olganman. Ushbu uyning kreditini to’lash uchun yo’naltirilgan daromadimga soliqdan imtiyoz qo’llaniladimi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga asosan, ipoteka kreditining to’lovi uchun yo’naltirilgan daromadlarga asoslantiruvchi hujjatlar asosida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyoz qo’llanilishi belgilangan.

Men pensionerman. Uy-joyimning mol-mulk solig’idan qanday imtiyoz bor?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275-moddasining 5-bandiga asosan, soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida imtiyoz beriladi. Qonunchiligimizda soliq solinmaydigan maydon o’lchami 60 kvadrat metr etib belgilangan. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasiga asosan beriladi. Belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi.

Toshkent shahrida ikki xonali uy bobomlarning nomlarida bo’lib, ular 2017 yilda vafot etdilar. Uyni rasmiylashtirish jarayonida mol-mulk solig’idan qarzdorlik borligi aniqlandi. Menga qarzdorligi o’tadimi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasiga asosan, vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati uning meros qilingan mol-mulkini qabul qilgan merosxo’ri (merosxo’rlari) tomonidan, meros qilingan mol-mulkning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul qilib olingan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi.

Muqobil energiya manbalari (quyosh batareyasi)dan foydalanuvchi jismoniy shaxslarga qanaqa imtiyozlar bor?

  • Javob: Muqobil energiya manbalari (quyosh batareyasi)dan foydalanuvchi jismoniy shaxs davlat elektr tarmog’idan rasman uzilgan bo’lsa, mol-mulk va yer solig’idan 3 yilgacha imtiyoz qo’llaniladi.

Men mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorligimni qanday bilsam bo’ladi. Elektron tarzda bilishning imkoni bormi?

  • Javob: Agar sizning Davlat xizmatlari markazidan olgan elektron raqamli imzoyingiz mavjud bo’lsa, elektron soliq xizmatlari my.soliq.uz sayti orqali interfaol xizmatlar portalidan soliq qarzingizni ko’rish imkoni mavjud.

Nafaqaga chiqqan jismoniy shaxs mol-mulk va yer solig’i bo’yicha qanday imtiyozlarga ega?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275-moddasining 5-bandida pensionerlarga mol-mulk solig’idan qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida (60 m.kv) imtiyoz berilishi ko’zda tutilgan. Nafaqa yoshidagi jismoniy shaxs uchun yer solig’idan imtiyoz berilishi qonunchilikda belgilanmagan.

O’g’lim 1 yillik xizmatga ketgan, shu sababli yer va mol-mulk solig’idan imtiyozlar bormi?

  • Javob: Soliq to’lovchilarning bu toifasi uchun imtiyoz nazarda tutilmagan.

Men II guruh nogironiman. Menga mol-mulk va yer solig’idan imtiyoz bormi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275-moddasining 6-bandida I va II guruh nogironlariga mol-mulk solig’idan qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida (60 m.kv) imtiyoz berilishi ko’zda tutilgan. I va II guruh nogironlari Soliq kodeksining 290-moddasi 4-bandiga asosan jismoniy shaxs uchun yer solig’idan to’liq imtiyoz belgilangan.

2019 yilda shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 200 kv. metrdan oshiq va 500 kv. metrgacha bo’lgan  turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha belgilandi?

  • Javob: Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq belgilanib, 2018 yil darajasida saqlab qolindi. Ya’ni, shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv. metrdan 500 kv. metrgacha bo’lgan turar joy va kvartiralar uchun 0,25 foiz miqdorida, maydoni 500 kv.metrdan oshiq bo’lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 0,35 foiz miqdorida

Fuqarolarning bahosi mavjud bo’lmagan mol-mulklari uchun 2019 yilda me’yorlar qanday belgilandi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan, jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari belgilagan kadastr qiymati bo’lmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida 210 000 ming so’m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 90 000 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinishi saqlab qolindi.

Men tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi do’konimga mol-mulk va yer solig’ini qanday stavka bo’yicha to’layman?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 276 va 291-moddalariga asosan, jismoniy shaxslar soliq solish ob’ektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganda yoxud bu ob’ektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan yashash uchun mo’ljallanmagan binolar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yer solig’ini yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.
  • Shuningdek, Soliq kodeksining mazkur moddalariga asosan, jismoniy shaxs turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk va yer solig’i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining stavkalari?

  • Javob:   O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 1591-moddasiga asosan:
  • Tijorat banklari, sement (klinker) ishlab chikarishni amalga oshiruvchilar, polietilen granulalar ishlab chikarishni amalga oshiruvchilar hamda asosiy faoliyat turi mobilь aloqa xizmatlari ko’rsatishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslarga – 20 foizda.
  •   Boshqa yuridik shaxslarga – 12 foizda.

Chet elda to’langan foyda solig’ining summasini hisobga olish uchun nima asos bo’ladi?

  • Javob:   O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 166-moddasiga asosan:
  • O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining to’lov xabarnomasi, ma’lumotnomasi yoki O’zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo’ladi.

Kimlar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilar hisoblanadi?

  • Javob:   O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 126-moddasiga asosan:
  • O’zbekiston Respublikasining rezidentlari hamda O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo’lish manbai O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari.

Yuridik  shaxslardan olinadigan  foyda solig’ining hisobot takdim etish muddatilari?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 163-moddasiga asosan:

Davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lov manbaida kim ushlab qoladi?

  • Javob:   O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 165-moddasiga asosan:
  • Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi to’lov manbaida ushlab qolinmagan yoki O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnoma qoidalarining g’ayriqonuniy tarzda qo’llanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoxud to’liq ushlab qolinmasligiga sabab bo’lgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi rezidenti yoki O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidenti yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ushlab qolinmagan summasini va u bilan bog’liq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga kiritishi shart.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha joriy to’lovlar har oyning qaysi kunidan  kechiktirmay to’lanadi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 164-moddasiga asosan:
  • Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha joriy to’lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay to’laydilar.

Qanday xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha joriy to’lovlarni amalga oshirmaydi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 164-moddasiga asosan:
  • Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to’lovchilar joriy to’lovlarni to’lamaydi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisobot davri?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 162-moddasiga asosan:
  • Yilning choragi hisobot davridir.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga qaysi hollarda tuzatish kiritiladi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 131-moddasiga asosan:
  • Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
  • 1) tovarlar to’liq yoki qisman qaytarilganda;
  • 2) bitim shartlari o’zgarganda;
  • 3) baholar o’zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
  • 4) bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.

Asosiy vositalar va boshqa mol-mulk realizatsiya qilinganda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hisoblanadimi?

  • Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 133-moddasiga asosan:
  • Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromaddir.

Yagona soliq to’lovchilari kimlar?

  • Javob: Yagona soliq to’lovini to’lovchilar quyidagilardir:
  • Soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard so’mdan oshmagan yuridik shaxslar;
  • oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) — soliq davrida oddiy shirkat faoliyatidan olingan yalpi tushumi bir milliard so’mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkor;
  • soliq davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan, lekin bir milliard so’mgacha bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, bundan 4-bandida ko’rsatilganlar mustasno;
  • soliq davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so’mdan oshmagan:
  • meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi;
  • Elektron tijorat sub’ektlarining milliy reestriga kiritilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard so’mdan oshmagan oilaviy korxonalar;
  • notijorat tashkilotlar daromadlarining soliq davrida tadbirkorlik faoliyatidan olingan qismi bo’yicha, soliq davrida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari bir milliard so’mdan oshmasligi sharti bilan (Asosi: O’zbekiston Respblikasi Soliq kodekisining 350-moddasi)

 

? Yagoni soliq to’lovining soliq solish ob’ekti nima?

  • Javob: Yalpi tushum soliq solish ob’ektidir (Asosi: O’zbekiston Respblikasi Soliq kodekisining 355-moddasi)

Yagona soliq to’lovining bazasi qanday aniqlanadi?

  •   Javob: Soliq kodeksining 355-moddasida keltirilgan Yagona soliq to’lovini soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydigan holatlarni yalpi tushumdan chegirib tashlangan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan baza hisoblanadi. (Asosi: O’zbekiston Respblikasi Soliq kodekisining 356-moddasi)

?Yagona soliq to’lovida qanday holda yalpi tushumdan chegiriladi?

  • Javob: Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi (yalpi tushumdan chegiriladi):
  • ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag’lar;
  • muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o’rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
  • shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo’lingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
  • realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to’lash (bo’nak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
  • mulk huquqi ularga o’tgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
  • byudjetdan berilgan subsidiyalar;
  • agar mablag’larni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) o’tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
  • olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
  • notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko’ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag’lar;
  • sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tovoni (sug’urta summasi) tariqasida olingan mablag’lar;
  • vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko’rsatishga oid boshqa shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq to’lovi bundan mustasno);
  • ob’ekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) to’lovining bir qismi tarzida qoplanishi;
  • telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko’rsatishga doir xizmatlar;
  • ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektining muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag’lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablag’lar soliq solish ob’ektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim;
  • investor bilan davlat mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.

(Asosi: O’zbekiston Respblikasi Soliq kodekisining 356-moddasi).

 

Yagona soliq to’lovida qanday holda yalpi tushumdan kamaytiriladi?

  • Javob: Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
  • lotereya o’yinlarini tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun ­– yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq bo’lmagan miqdoriga;
  • brokerlik tashkilotlari uchun – bitim summasidan birjaga o’tkaziladigan vositachilik yig’imi summasiga;
  • vositachilik, topshiriq shartnomasi bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to’langan bojxona to’lovlari summasiga;
  • turistik faoliyat sub’ektlari uchun – turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va sotish bo’yicha dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo’naltirilgan mablag’lar summasiga;
  • kalendarь yil mobaynida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan belgilangan eng yuqori chegaraviy miqdordan oshganligi sababli yagona soliq to’lovini to’lashga o’tganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – qat’iy belgilangan soliqni to’lash davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga.

Yagona soliq to’lovidan kimlar imtiyozga ega?

  • Yagona soliq to’lovidan quydagi soliq to’lovchilar imtiyozga ega:
  • Yagona soliq to’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi.
  • Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari – yagona yer solig’i to’lovchilar, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari reestriga kiritilgan kundan boshlab qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa daromad turlari bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lashdan besh yil muddatga ozod etiladi. (Asosi: O’zbekiston Respblikasi Soliq kodekisining 358-moddasi)

?Yagona soliq to’lovining stavkalari qanday?

  • Javob:O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qarori 7-ilovasiga asosan Yagona soliq to’lovi stavkasi quyidagicha bo’lgilandi.

T/r

 

To’lovchilar

 

Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da

1

 

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar, 2–12-bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno

4

2

 

Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlar ko’rsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari)

5

 

3

Lombardlar

25

4

 

Konsert-tomosha ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaxslar

5

 

5

 

Brokerlik idoralari (6-bandda ko’rsatilganlar bundan mustasno), shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko’rsatishga doir boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatadigan yuridik shaxslar

25

 

6

 

Qimmatli qog’ozlar bozori va tovar-xom ashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar

13

 

7

 

Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish hisoblangan yuridik shaxslar (lizing kompaniyalari bundan mustasno)

30

 

8

 

Umumiy ovqatlanish korxonalari

 

joylashgan joyiga qarab:

 

aholisi soni 100 ming va undan ko’p kishidan iborat shaharlarda

8

boshqa aholi punktlarida

6

borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda

4

shundan

 

umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari

Joylashgan joyiga qarab belgilangan stavkaning 75%i

9

Chakana savdo sohasidagi soliq to’lovchilar

 

9.1

 

joylashgan joyiga qarab:

 

aholisi soni 100 ming va undan ko’p kishidan iborat shaharlarda

4

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda

1

9.2

 

joylashgan joyidan qat’i nazar:

 

alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari, benzin, dizelь yoqilg’isi va suyultirilgan gazni realizatsiya qilishdan tovar oboroti bo’yicha

4

 

10

 

Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari (11-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari)

4

 

11

 

Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:

 

 

aholisi soni 100 ming va undan ko’p kishidan iborat shaharlarda

3

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda

1

12

 

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari

Tovar oboroti-ning 4%i yoki yalpi daromad-ning 25%i

Yagona soliq to’lovi bo’yicha hisobotlarni taqdim etish muddatlari?

  • Javob: Yagona soliq to’lovining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. (Asosi: O’zbekiston Respblikasi Soliq kodekisining 360-moddasi).

 Yagona soliq to’lovining to’lash muddatlari?

  • Javob: Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi:
  • mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
  • mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan – har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. (Asosi: O’zbekiston Respblikasi Soliq kodekisining 360-moddasi).

 

Yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd.so’mdan oshgan yagona soliq to’lovchisi qanday qo’shimcha soliqlar to’laydi?

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi to’g’risida”gi PQ-6468-son Farmoniga asosan 2019 yil
    1-yanvardan boshlab Soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard so’mdan oshgan yuridik shaxslar Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, yagona ijtimoiy to’lovi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, yuridik shaxslar mol-mulk solig’i, yuridik shaxslar yer solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, aksiz solig’i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

? O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Savollar: 1. Yillik aylanma (yalpi tushum) deganda qaysi tushumlar  yillik aylanma (yalpi tushum) tarkibiga kiritiladi? 2. Ayni paytda QQS uchun soliq solinadigan oborot sifatida yillik aylanmaning qaysi qismi olinadi? 

  • javob: 
  • 1. Yillik aylanma (yalpi tushum) deganda tovarlar, ishlar xizmatlar realizatsiyasidan tushgan tushumlar tushuniladi.
  • 2. Amaldagi qonunchilikka muvofiq barcha tovarlar, ishlar, xizmatlar realizatsiyasiga (imtiyozlar mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno) QQS hisoblanadi

YaTT o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshganda  YaTT QQS va boshqa soliqlar to‘lashga o‘tishi belgilangan. Keyingi yilda  YaTT yuridik shaxs sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishi shartmi?

  • javob: Ha, YaTT yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim

? Korxona Urgut EIZda faoliyat yuritadi, olib kelingan xomashyolar uchun QQSdan imtiyozga ega, biroq QQS xisoblashda imtiyozga ega oborot chegirib tashlanadimi? 

  • javob: Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq soliq solinmaydigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchilarga va import bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig’i hisobga olinmaydi, balki ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.

? Tashkilot QQS to‘lovchisiga o‘tish yuzasidan xabarnoma yuborgan bo‘lib, ushbu xabarnomani qanday qilib qaytarsa bo‘ladi?

  • javob: Xabarnoma sizni umubelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishingiz lozimligini bildiradi va uni rad etish talab etilmaydi.

? 2019 yil 1 yanvardan QQS solig’iga o‘tish  bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g’risida ma’lumot bering

  • javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmonida keltirilgan. Jkmladan, stavkalar saqlanib qoladi, 1 mlrd. so‘mdan ko‘p oborotga ega korxonalar QQS to‘lovchisiga aylanadi, asosiy vosita, nomoddiy aktivlar bo‘yicha to‘langan QQS hisobga olinadi, QQSni soddalashtirilgan tartibda hisoblash (pasaytirilgan stavkalar qo‘llanilib, "kiruvchi QQS" hisobga olinmaydi)

? IDEAL ASR MA’SULIYaTI CHEKLANGAN JAMIYaTI korxonasining bir yillik pul aylanmasi 1 milliarddan ko‘p summani tashkil qiladi, korxona 2019 yil 1-yanvardan boshlab umumbelgilangan soliq turiga o‘tadimi, IDEAL ASR MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI korxonasi QQS bilan maxsulot sotib oladi faoliyati bo‘yicha umumbelgilangan soliq turiga o‘tilsa QQS stavkalari o‘zgaradimi yoki o‘sha stavkada qoladimi?

  • javob: Umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tasiz va QQS soliq stavkasi o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, QQSni soddalashtirilgan tartibda hisoblash (pasaytirilgan stavkalar) qo‘llanilib, "kiruvchi QQS" hisobga olinmaydi

? Bizning korxonamizning yillik aylanmasining yalpi tushumi 1 milliarddan oshgan, lekin umumbelgilangan soliq turiga o‘tishga shaxsiy kabinetimizga xabarnoma kelmadi, qanday aniqlik kiritsam bo‘ladi?

  • javob: Ro‘yxatdan o‘tgan soliq inspeksiyasiga murojaat qilishingiz so‘raladi.

? Umumbelgilangan soliq turiga o‘tish uchun xabarnoma kelgan edi, qanday qilib ariza jo‘natsam bo‘ladi sayt orqali?

  • javob: Siz umubelgilangan soliqlar to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etilmaydi, lekin siz QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim. Buning uchun siz shaxsiy kabinetiz orkali "QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish" xizmatini tanlaysiz, to‘ldirasiz va yuborasiz.

? Men QQS to‘lov summasini to‘lashni o‘rniga yanglishib Yagona soliq to‘loviga to‘lab qo‘yibman, DSI xodimlari perebroska qilib bermayapti

  • javob: Agar sizda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa mavjud bo‘lsa, mazkur summani yozma arizangizga binoan uni boshqa soliq turlariga, shu jumladan, QQSga o‘tkazishingiz mumkin.

? YaTT 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tish uchun xabarnoma kelgan, men YaTT bo‘lib qolamanmi yoki yuridik firmaga o‘tamanmi?

  • javob: Yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim

? Umumbelgilangan soliq turiga o‘tish uchun ariza qanday to‘ldiriladi?

  • javob: Siz umubelgilangan soliqlar to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etilmaydi, lekin siz QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim. Buning uchun siz shaxsiy kabinetiz orqali "QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish" xizmatini tanlaysiz va to‘ldirasiz.

? Umumbelgilangan soliq turiga o‘tilganidan keyin soliq turlari stavkalari necha foiz bo‘ladi?

  • javob: Joriy stavkalar to‘g’risida ma’lumot olish  uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori bilan tanishib chiqishingiz lozim.

2019 yildan umumbelgilangan soliq solish tizimiga o‘tayotgan korxonalar tovarlar qoldig’idan QQS summasini ajratib chiqarishadimi?

  • javob: Soliq kodeksining 218-moddasiga muvofiq, umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga  o‘tilgan taqdirda, yuridik shaxs bunday turdagi to‘lovlarga o‘tilgan paytdan e’tiboran tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoldiqlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish huquqiga ega. Buning uchun 2019 yil 1-yanvar holatiga inventarizatsiya o‘tkazish lozim.

? Tender asosida moliyalashtiriladigan qurilish uchun ajratilgan mablag’lar QQSga tortiladimi?

  • javob: Mablag’lar QQSga tortilmaydi. Sizning korxonangiz markazlashtirilgan mablag’lar hisobidan quriladigan ob’ektlar bo‘yicha e’lon qilingan tenderda ishtirok etib yutib olsangiz, siz bajargan qurilish ishlaringiz bo‘yicha QQS to‘lashingiz lozim.

? Yuridik shaxs fermerlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olsa, QQS hisobotida hisobga olinadigan qismida QQSni aks ettiradimi?

  • javob: Ha, agarda fermerlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini QQS bilan sotib olgan bo‘lsa, QQS hisobotining 7-ilovasida aks ettiradi

? Qo‘shilgan qiymat solig’i bo‘yicha metodik qo‘llanmalarni qaerdan olsa bo‘ladi?

  • javob: Qo‘shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida mavjud. Tel.: 71 230 16 30

? Maktabgacha ta’lim muassasasi umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha qanday soliq imtiyozlariga ega?

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga muvofiq davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari:
  • tashkil qilinayotgan maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarining ehtiyojlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, asbob-anjomlar, o‘quv qurollari va o‘yingohlar davlat-xususiy sherikchiligi to‘g’risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig’imlardan tashqari) to‘lashdan;
  • maktabgacha ta’lim nodavlat muassasasi o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.

? QQS xabarnomasini qanday yuborish mumkin?

  • javob: Siz QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz uchun shaxsiy kabinetiz orkali "QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish" xizmatini tanlaysiz, to‘ldirasiz va yuborasiz.

? Korxonaga umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tishi to‘g’risida ma’lumotlar kerak

  • javob: PF-5468 ga asosan 2019 yil 1-yanvardan boshlab yillik oboroti 1 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar umumbelgilangan tartibda soliq to‘laydi. Umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchilar foyda solig’i, qo‘shilgan qiymat solig’i, mol-mulk, suv, yer, yagona ijtimoiy to‘lov va faoliyat turidan kelib chiqib aksiz yoki yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘laydi. Undan tashqari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to‘lab beradi. 

QQS soliqlari hisoblanishi yuzasidan metodik qo‘llanmalarni qaerdan olish mumkin?

  • Qo‘shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida mavjud. Tel 71 230 16 30

? YaTTga umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tish bo‘yicha xabarnoma berilgan, buni tartibi qanday?

  • javob: Umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tgan YaTT Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha ariza beradi va yuridik shaxs tashkil etish bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi. Yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9-fevraldagi 66-sonli qarorida belgilangan.  Yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun soliq to‘lovchi elektron kabinet orqali ham murojaat qilishi mumkin.

? Agar korxona o‘z xohishi bilan umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tish xabarnomasini yubormasa qanday choralar ko‘riladi?

  • javob: Chora ko‘rilmaydi, lekin siz kelgusi faoliyatingizda QQS to‘lovchilar bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganizda qiyinchiliklarga duchor bo‘lishingiz mumkin, chunki QQS to‘lovchilari mahsulotlarining tannarxi oshib ketmasligi uchun QQS to‘lovchilaridan tovar (ish, xizmatlarni) sotib olishni afzal ko‘radilar

? Yuk tashish xizmati bilan shug’ullanuvchi korxonalar umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha imtiyozga egami?

  • javob: Xalqaro yuk, passajir va pochta tashish, shuningdek, tranzit tashish uchun QQS 0 % stavka qo‘llaniladi.

Olinadigan tovarlar 2019 yilda keladi va yetkazib beruvchi 2019 yildan umumbelgilangan soliq to‘lovchisi bo‘lmoqda. Shartnoma o‘zgaradimi va QQS qo‘shiladimi?

  • javob: Tovarlarni yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturani 2019 yil 1-yanvardan keyin to‘ldirib bersa, unda u QQS bilan sotishi lozim bo‘ladi.

? Tibbiy xizmat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar QQS bo‘yicha imtiyozga egami?

  • javob: Ha. Soliq kodeksining 208-moddasi 13-bandi va 211-moddasi 6-bandlari bilan tanishib chiqishingiz lozim.

Korxona realizatsiya xajmi 1 mlrd. so‘mni tashkil etmagan lekin 1 mlrd. so‘mlik import uskunalar keltirilgan, bu xolatda umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tish shartmi?

  • javob: Yo‘q. Tovar aylanmasi deganda realizatsiyadan tushgan tushum nazarada tutiladi.

? 2018 yil oxirida qoladigan tovarlar qoldig’i bo‘yicha 2019 yilda QQS summasini hisobga olish mumkinmi?

  • Ha. Soliq kodeksining 218-moddasiga muvofiq, umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga  o‘tilgan taqdirda, yuridik shaxs bunday turdagi to‘lovlarga o‘tilgan paytdan e’tiboran tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoldiqlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish huquqiga ega. Buning uchun 2019 yil 1-yanvar holatiga inventarizatsiya o‘tkazish lozim.

? Tovarlar qayta ishlashga berilganda QQS qanday hisoblab chiqariladi?

  • Tovarlar qayta ishlashga berilgan xomashyo va materiallardan tayyorlangan taqdirda, soliq solinadigan baza qo‘shilgan qiymat solig’ini kiritmagan holda ularni qayta ishlash xizmatlarining qiymati asosida, aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha esa, ularni qayta ishlash xizmatlari qiymati asosida, Soliq kodeksning 232-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz solig’ini hisobga olgan holda belgilanadi.

? Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS qay tartibda hisoblab chiqariladi?

  • javob: Byudjetga to‘lanadigan QQS = Oborotga hisoblangan QQS - Hisobga olingan QQS

? Tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar QQSdan imtiyozga egami?

  • javob: «O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha erkin muomaladagi valyutaga (qo‘shilgan qiymat solig’ini nol stavka bo‘yicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berilgan.

? Mikrokredit tashkiloti kredit berish faoliyati bilan shug’ullanadi. QQS bo‘yicha imtiyozga egami?

  • javob: Soliq kodeksining 209-moddasida QQSdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar ro‘yxati berilgan

? 2019 yilda umumbelgilangan soliq tizimini inobatga olib 2018 yilda shartnomalarni QQSni hisobga olgan holda tuzish kerakmi?

  • javob: Ha, hisobga olgan xolda sharnoma tuzish  kerak, yoki keyingi yilda tuzilgan shartnomalarga qo‘shimcha shartnomalar tuzish kerak

? 2019 yilda umumbelgilangan soliq tizimini inobatga olib 2018 yilda shartnomalarni QQSni hisobga olgan holda tuzish kerakmi?

  • javob: Ha, hisobga olgan xolda sharnoma tuzish  kerak, yoki keyingi yilda tuzilgan shartnomalarga qo‘shimcha shartnomalar tuzish kerak

? Turistik firmalar QQSdan qanday imtiyozlarga ega?

  • javob: Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq, sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari QQSdan ozod qilingan. Bunda turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar ko‘rsatish uchun yo‘llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat ko‘rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat bo‘ladi

? Agar YaTT ochib yillik tovaroborot hajmi 1 mlrl. so‘mdan oshsa qanday soliq to‘lanadi?

  • javob: YaTT belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va umumbelgilangan soliqlarni to‘lashi lozim

QQS solig’iga o‘tish bo‘yicha umumiy tushuncha bering.

  • javob: QQS to‘lashga o‘tishning ikki yo‘li bor 1) Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi Soliq kodeksining 354-moddasiga muvofiq ihtiyoriy ravishda QQS to‘lashga o‘tishi mumkin. Buning uchun QQS to‘lashga o‘tish uchun rejalashtirilayotgan chorak boshlanishidan kamida bir oy oldin shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organiga xabarnoma yuborilishi lozim. 2) Korxona yagona soliq to‘lovini to‘lashdan umubelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi mumkin. Buning uchun Soliq kodeksining 351-moddasiga muvofiq, umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tilgan chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar shaxsiy kabinet orqali umubelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tish  xaqida davlat soliq xizmati organiga xabarnoma yuborilishi lozim. SHuningdek, korxonaning jami tovar aylanmasi yoki tushumi miqdori 2018 yil natijalariga ko‘ra 1 mlrd. so‘mdan oshgan bo‘lsa, korxona soliq organlari tomonidan shaxsiy kabinetiga yuborilgan xabarnoma orqali QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish arizasini to‘ldirishi lozim bo‘ladi.   

Yillik aylanmamiz 1 mlrd.dan oshganligi sababli 2019 yildan umumbelgilangan soliq turiga o‘tishimiz kerak ekan. Biz chet el korxonasi bilan shartnoma tuzganmiz, qurilish mollari yetkazib beramiz. Xozirgi kunda QQSsiz ishlayapmiz. 2019 yilda QQS to‘lovchisi bo‘lsam tartibi qanday bo‘ladi?

  • javob: Sizning korxonangizning jami tovar aylanmasi yoki tushumi miqdori 2018 yil natijalariga ko‘ra 1 mlrd. so‘mdan oshgan bo‘lsa, 2019 yil 1-yanvardan boshlab umubelgilangan soliqlar, shu jumladan, QQSni to‘lashga o‘tishingiz lozim bo‘ladi. Demak, 2019 yil 1-yanvardan boshlab, siz  barcha tovar (ish, xizmatlar)ingiz qiymatiga belgilngan stavkada QQS hisoblagan holda realizatsiya qilishingiz lozim bo‘ladi (QQSdan imtiyoz berilgan oborotlar bundan mustasno).

Dorixona chakana savdo bilan shug’ullanadi. QQSdan imtiyozi saqlanib qolinadimi?

  • javob: Amaldagi soliq kodeksining 208-moddasi 11-bandiga muvofiq dori vositalari realizatsiyasi oboroti hamda 211-moddasi 6-bandiga asosan dori vositalari importi QQSdan ozod qilingan.

? Tashkilot turistik-ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug’ullanadi, QQSdan qanday imtiyozga ega?

  • javob: Amaldagi soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari bo‘yicha realizatsiya oboroti QQSdan ozod qilingan. Bunda, ushbu bandni qo‘llash maqsadida turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar ko‘rsatish uchun yo‘llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kirishi hamda barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat ko‘rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat bo‘lishi belgilangan.

? Bitta korxona ikkinchi korxonadan texnikani ijaraga olib chet el kompaniyasiga ijaraga berganda QQS solig’i qanday xisoblanadi?

  • javob: Soliq kodeksining 202-moddasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish  oborotlariga, agar ularni realizatsiya qilish  joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig’i solinishi belgilangan. SHuningdek, mazkur moddaning ikkinchi qismi 4-bandi beshinchi xatboshiga muvofiq ko‘char mulk ijaraga berilganda (transport vositalari bundan mustasno), mazkur ko‘char mulkni ijaraga oluvchi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan bo‘lsa, mazkur ijara xizmatini realizatsiya qilish  joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi deb tan olinishi belgilangan. Demak, xorijiy korxona O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblansa, Sub ijaraga beruvchi korxona ijara xizmatiga belgilangan tartibda QQSni hisoblashi lozim bo‘ladi. Agar xorijiy korxona O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanmasa, ijara xizmatini realizatsiya qilish joyi O‘zbekitson Respublikasi hududi hisoblanmaydi va ijara xizmatiga QQS hisoblanmaydi.

? Meni shaxsiy kabinetimga xabarnoma keldi, ariza yozib guvohnoma oldim, guvohnoma olgan kunimdan umumbelgilangan soliq turiga o‘tamanmi yoki 2019 yildanmi?

  • javob: Siz umubelgilangan soliqlarni to‘lashga 2019 yil 1-yanvardan o‘tasiz.

? 2019 yildan umumbelgilangan soliq turiga o‘tsam menda QQS dan imtiyoz bor bekor bo‘lmaydimi?

  • javob: Bu masala imtiyozingizni muddatiga bog’liq. Agarda QQS bo‘yicha imtiyo muddatsiz bo‘lsa, u 2019 yilda xam amal qiladi, agarda imtiyoz muddatli bo‘lsa, muddati tugagach, amal qilmaydi.

? 2019 yildan umumbelgilangan soliq turiga o‘tsam QQS stavkasi necha foiz to‘lanadi?

  • javob: 2019 yilda amaldagi stavka (20 %) saqlanib qoladi, lekin shu bilan birga QQSni soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Bunda, soddalshatirilgan tartib doirasida QQS pasaytirilgan stavkalarda hisoblanadi, lekin soddalashtirilgan tartibni qo‘llaydigan korxona o‘zining yetkazib beruvchilarga (postavshiklarga) to‘lab berilgan QQS summasini hisobga ololmaydi.

? Materiallarni sotib olganida QQS bilan sotib olgan. Keyingi yilga o‘tganda qolgan qoldiq mahsulotlar uchun yana QQS hisoblanadimi?

  • javob: Soliq kodeksining 218-moddasiga muvofiq, umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga  o‘tilgan taqdirda, yuridik shaxs bunday turdagi to‘lovlarga o‘tilgan paytdan e’tiboran tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoldiqlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish huquqiga ega. Buning uchun 2019 yil 1-yanvar holatiga inventarizatsiya o‘tkazish  lozim.

? Korxona chet eldan xomashyo tovarlarini import qiladi, import qilingan tovarlarga bojxonada QQS summasini to‘lab tovarni olib kiraman, korxona  import qilingan tovaridan ikkinchi marta xam QQS summasini to‘laydimi?

  • javob: Agarda siz QQS to‘lovchi bo‘lsangiz, bojxonada to‘lab berilgan QQS summasini Soliq kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olishingiz mumkin. Bunda, import tovarlarni realizatsiya qilayotganizda bojxonaga to‘lab berilgan QQSni ustida ikkinchi marotaba QQSni hisoblamaysiz, balki byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasini aniqlaganizda, hisobga olingan QQS summasini oborotingizga hisoblangan QQS summasini ayrib tashlab (Soliq kodeksining 218–221-moddalari talablari bajarilgan holda) aniqlaysiz.

? Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tish yuzasidan xabarnoma yuborilgan bo‘lib, korxona tomonidan ushbu umumbelgilangan soliq turiga o‘tish yuzasidan ariza qanday yuboriladi?

  • javob: Siz umubelgilangan soliqlar to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etilmaydi, lekin siz QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim. Buning uchun siz shaxsiy kabinetiz orkali "QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish" xizmatini tanlaysiz, to‘ldirasiz va yuborasiz.

? Korporativ to‘lov kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirganda yuk-xatisiz va hisob-fakturasiz muomala qilishi mumkinmi?

  • javob: Soliq kodeksining 222-moddasiga muvofiq hisobvaraq-faktura quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi: 1) yo‘lovchilar tashish yo‘l chiptalari bilan rasmiylashtirilganda; 2) tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitantsiya berilganda; 3) tovarlarning eksport-import tarzida yetkazib berilishi rasmiylashtirilganda; 4) qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy ijara (shu jumladan lizing) shartnomasi bo‘yicha mol-mulk topshirilganda; 5) bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvarag’idan ko‘chirma berish orqali rasmiylashtirilganda; 6) sug’urta xizmatlarini topshiriq shartnomasi va (yoki) sug’urta polisi orqali rasmiylashtirilganda.

500,0 mln. so‘mlik tovarlar xarid qilinib, 15% lik ustama bilan sotilganda qo‘shilgan qiymat solig’i hisoblash tartibi qanday bo‘ladi?

  • javob: 500+500*15%=575 mln. so‘m, 575 * 20 % = 115 mln. so‘m. Jami yetkazib berish qiymati QQS bilan: 575+115 =  690 mln. so‘m

Korxonani 12-dekabrga qadar QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani soliq organiga yubormasa jarima qo‘llaniladimi?

  • javob: Chora ko‘rilmaydi, lekin Siz kelgusi faoliyatingizda QQS to‘lovchilar bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganizda qiyinchiliklarga duchor bo‘lishingiz mumkin, chunki QQS to‘lovchilari mahsulotlarining tannarxi oshib ketmaslik uchun QQS to‘lovchilaridan tovar (ish, xizmatlarni) sotib olishni afzal ko‘radilar

Nodavlat ta’lim muassasasi umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘lasa qanday soliq imtiyozlari mavjud?

  • javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga muvofiq davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari:
  • tashkil qilinayotgan maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarining ehtiyojlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan uskunalar, asbob-anjomlar, o‘quv qurollari va o‘yingohlar davlat-xususiy sherikchiligi to‘g’risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig’imlardan tashqari) to‘lashdan; maktabgacha ta’lim nodavlat muassasasi o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan. SHuningdek, Soliq kodeksining 208-moddasiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar, oliy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida, shuningdek kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda ta’lim berishning haq evaziga o‘qitishga doir qismi bo‘yicha xizmatlar, davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari, QQSdan ozod qilingan.

? Vositachilik xizmatida vositachi norezident yuridik shaxsga murojaat etib u orqali xizmat bajarsa, qo‘shilgan qiymat solig’i qay tartibda hisoblanadi?

  • javob: Soliq kodeksining 202-moddasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish  oborotlariga, agar ularni realizatsiya qilish  joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig’i solinishi belgilangan. SHuningdek, mazkur moddaning uchinchi qismi 4-bandida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olish bo‘yicha vositachi (ishonchli vakil), shuningdek ushbu bandda nazarda tutilgan xizmatlarni amalga oshirish  uchun shartnomaning (kontraktning) asosiy ishtirokchisi nomidan jalb etuvchi shaxs xizmatlari ko‘rsatilganda ishlarni (xizmatlarni) sotib oluvchining faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan bo‘lsa, mazkur vositachilik xizmatlarini realizatsiya qilish  joyi O‘zbekiston Respublikasi deb tan olinadi. Ya’ni vositachilik xizmatlarini buyurgan norezident faoliyatini O‘zbekistonda amlaga oshirsa, vositachi o‘z xizmatlariga belgilangan tartibda QQS hisoblash kerak bo‘ladi, aks holda QQS hisoblanmaydi.

Как нужно зарегистрироватся через персональный кабинет в качестве плательщика НДС?

  • ответ: Для того, чтобы зарегистрироваться в качестве плательщика НДС, необходимо пройти по гиперссылке, указанной в электрнном уведомлении, поступившем в ваш персональный кабинет либо перейти в персональный кабинет - услуги - показать все - регистрация в качестве плательщика НДС

Чтобы перейти на общеустановленный порядок налогообложения достаточно зарегистрироватся в качестве плательщика НДС?

ответ:  Да, достаточно

? Какие документы являются заменяющими счёт-фактуру?

  • ответ: Согласно статьи 222 Налогового кодекса документами, заменяющими счет-фактуру являются:
  • 1) оформление перевозки пассажиров проездными билетами;
  • 2) предоставления покупателю чека контрольно-кассовой машины с фискальной памятью, чека терминала, квитанции в случаях реализации товаров (работ, услуг) населению за наличный расчет;
  • 3) оформление экспортно-импортных поставок товаров;
  • 4) передача имущества по договору финансовой аренды (включая лизинг), по которому оформляется акт приема-передачи
  • 5) оформление банковских операций выпиской из лицевого счета клиента;
  • 6) оформление услуг по страхованию договором поручения и (или) страховым полисом;
  • 7) оформление работ (услуг) документами, подтверждающими фактическое выполнение работ (оказание услуг)

Порядок регистрации для перехода на общеустановленные налоги?

  • ответ: Для перехода на уплату общеустановленных налогов проходить отдельную регистрацию необязательно. Нужно лишь пройти регистрацию в качестве плательщика НДС (персональный кабинет - услуги - показать все - регистрация в качестве плательщика НДС)

? Ставка НДС 20%. На всех налогоплательщиков данная ставка распространяется?

  • ответ: На территории Республики Узбекистан установленна единая 20% ставка по НДС для всех налогоплательщиков, кроме случаев применения ставки 0% (статьи 212-217 Налогового кодекса)

? Не можем получить акт сверки для возврата НДС

  • ответ: Обратитесь к сотрудникам ГУП "Налог-сервис" в вашей ГНИ

Предостаялются какие-либо сведения по импортным контрактам в органы государственной налоговой службы?

  • ответ: Нет, налоговые органы получают необходимую информацию по экспортно-импортным контрактам от коомерческих банков и таможенных органов (за исключением случаев затребования, в соответствии с законодательством, каких либо определенных документов налоговыми органами в рамках камерального контроля)

? Как ответить на уведомление о переходе на уплату НДС?

  • ответ: В случае вашего перехода на уплату общеустановленных налогов с 1 января 2019 года, в связи с превышением товарооборота или выручки вашейц организации 1 млрд. сум по итогам 2018 года, вам следует перейти по ссылке, указанной в поступившем уведомлении и заполнить соответствующую регистрационную форму по НДС. 

? НДС зачет

  • ответ: Зачет по НДС осуществляется в порядке, предусмотренном в статье 218 Налогового кодекса, а именно: При определении суммы налога, подлежащего уплате в бюджет, получатель товаров (работ, услуг) имеет право на зачет суммы налога на добавленную стоимость, подлежащего уплате (уплаченного) по фактически полученным товарам (работам, услугам) и (или) по произведенным налогоплательщиком и использованным им для собственных нужд, если при этом выполняются следующие условия:
  • 1) получатель товаров (работ, услуг) является плательщиком налога на добавленную стоимость в соответствии со статьей 197 НК;
  • 2) товары (работы, услуги) будут использоваться в целях облагаемого оборота, включая оборот по нулевой ставке;
  • 3) имеется выставленный поставщиком счет-фактура или другой документ, представляемый в соответствии со статьей 222 НК, на полученные товары (работы, услуги), в котором выделен налог на добавленную стоимость;
  • 4) в случае импорта товаров налог на добавленную стоимость уплачен в бюджет. Налог на добавленную стоимость также принимается к зачету в случае, если по импортированным товарам предоставлена льгота в виде освобождения от уплаты в бюджет налога с условием направления высвободившихся средств на определенные цели;
  • 5) в случаях, предусмотренных статьей 207 НК, налог на добавленную стоимость уплачен в бюджет;
  • 6) при экспорте товаров, облагаемых по нулевой ставке, имеется выписка банка, подтверждающая оплату иностранным покупателем (плательщиком) экспортируемых товаров.
  • При получении имущества в качестве вклада в уставный фонд (уставный капитал) получатель имеет право на зачет суммы налога на добавленную стоимость, уплаченного поставщиком, при соблюдении условий, указанных в части первой настоящей статьи.
  • Налог на добавленную стоимость, подлежащий уплате (уплаченный) по фактически полученным товарам (работам, услугам), используемым в целях оборота по реализации товаров на экспорт, облагаемых по нулевой ставке, принимается к зачету в доле от поступившей валютной выручки от экспорта товаров на счет налогоплательщика в банке Республики Узбекистан. В случае реализации товара на экспорт через комиссионера, поверенного по договору комиссии, поручения налог на добавленную стоимость принимается к зачету в доле от суммы валютной выручки, поступившей на счет комиссионера, поверенного или налогоплательщика.
  • При выполнении работ, оказании услуг без взимания дополнительной платы по ремонту и техническому обслуживанию товаров в период гарантийного срока их эксплуатации сумма налога на добавленную стоимость, подлежащая уплате (уплаченная) по материальным ресурсам, включая стоимость запасных частей и деталей, принимается к зачету при соблюдении условий, указанных в части первой статьи 218 НК.
  • При приобретении товара по договору комиссии, поручения, в случае, когда комитентом, доверителем является нерезидент Республики Узбекистан, налог на добавленную стоимость, уплаченный при ввозе на территорию Республики Узбекистан, относится в зачет в доле на товары, реализованные в отчетном периоде.
  • При переходе на уплату общеустановленных налогов и (или) на добровольную уплату налога на добавленную стоимость юридическое лицо имеет право на зачет суммы налога на добавленную стоимость по остаткам товаров (работ, услуг) с момента перехода, за исключением случаев, указанных в части третьей  статьи 218 НК. Аналогичный порядок распространяется и на налогоплательщиков, у которых возникают обязательства по уплате налога на добавленную стоимость при отмене льгот.
  • При наличии у плательщика налога на добавленную стоимость облагаемых и необлагаемых оборотов, в том числе освобожденных от налога на добавленную стоимость, налог на добавленную стоимость относится в зачет в порядке, предусмотренном статьей 221  статьи 218 НК.
  • В целях применения настоящей главы предоставление имущества в аренду, предоставление права использования объектов интеллектуальной собственности рассматривается в качестве услуги.

? Как можно заполнить зарегистрироватся в качестве плательщика НДС?

  • ответ: Для того, чтобы зарегистрироваться в качестве плательщика НДС, необходимо пройти по гиперссылке, указанной в электронном уведомлении, поступившем в ваш персональный кабинет либо перейти в персональный кабинет -

 

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх