Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

Babatayev Xasan Atabayevich
Kadrlar bo'yicha bosh mutaxassis

Telefon: (0 371) 230-16-36

E-mail: babatayev75@mail.ru

Funksiya va vazifalari:

  • Kadrlar boʼyicha bosh mutaxassisining asosiy vazifalariga kadrlarni tanlash, ularni vakant lavozimlariga tayyorlash va qayta tayyorlash, joy-joyiga qoʼyish ishlarini olib borishda Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligi, boshqa meʼyoriy hujjatlar va DSQning kadrlarga oid buyruq, nizom, koʼrsatma va yoʼriqnomalariga rioya qilinishini taʼminlash;
  • markaz tuzilmalari hamda joylardagi hududiy filiallarning kadrlarini tanlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash va joy-joyiga qoʼyish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;      
  • asosiy, yordamchi va xizmat koʼrsatuvchi xodimlar shtatlari jadvalidagi maʼmuriy-boshqaruv, professor va oʼqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish, attestatsiyadan oʼtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish;
  • markaz xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, boshqa doimiy ishga oʼtkazish, taʼtillar berish, ragʼbatlantirish, xodimlarga intizomiy jazo chorasini qoʼllash va olib tashlash, xizmat safari, xorijda stajirovka, malaka oshirish kabi buyurqlarni oʼz vaqtida tayyorlash, rahbarga kiritish va tegishli tartibda roʼyhatdan oʼtkazish;
  • Oʼzekiston Respublikasi Prezidenti devoni va DSQ lavozimlar roʼyhatidagi rahbar xodimlarining harakatchan, kelajagi bor zaxirasini shakllantirish, ularni muntazam oʼqitish, malaka oshirishlarini tashkil qilish, ish tajribalarini yuksaltirib, ulardan amaliy ishda foydalanish masalalari boʼyicha rahbariyatga takliflar kiritish;
  • DSQ lavozimlar roʼyhatiga kiruvchi lavozimlarning jamlanishini, unga zaxira tayyorlab borishishlarini doimo nazorat qilib borish;
  • markazning asosiy shtatlari jadvalidagi mansabdor shaxslarning lavozim oylik maoshlariga uzoq yillar xizmat qilganlik uchun har oylik ustama haqi olish huquqini beradigan ish stajini belgilab boorish uchun kadrlar komissiyasiga takliflar kiritib borish;
  • markaz direktori bilan kelishilgan holda oʼz vaqtida maxsus unvonlar berish boʼyicha taqdimnomalarning DSQ rahbariyatiga kiritilishini nazorat qilish va maxsus unvonlar berish toʼgʻrisida qoʼmita rahbariyatiga takliflarni muntazam kiritib borish, maxsus unvonlar berish toʼgʼrisida markaz direktorining buyrugʼi loyihasini tayyorlash va berilgan maxsus unvonlar hisobini kompyuter dasturiga kiritib borish;
  • xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzishga, bekor qilishga boshqa doimiy ishga oʼtkazishga va taʼtillar toʼgʼrisidagi buyruqlarning oʼz vaqtida chiqarilishiga hamda ishga qabul qilingan xodimlarning shaxsiy ish jildlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, ular tomonidan taqdim qilinadigan hujjatlarining haqiqiyligi uchun va boshqa vazifalar uchun masʼul hisoblanadi.
Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх