DSXO bilan ishlash bo'limi

Normurzaev Umid Xolmurzayevich
Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: (0 371) 230-16-33

E-mail:

 

                     

         

Gaffarov Shuxrat Nasrievich
Bosh mutaxassis

Telefon: (0 371) 230-16-33

E-mail:Shuxrat.Gafforov@soliq.uz

Boʻlimning asosiy vazifalari:

  • davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malaka oshirish va qayta tayyorlashga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar monitoringini yuritish;
  • yuritilgan monitoringi asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari kontingentini aniqlash;
  •  davlat soliq boshqarmalari, Markazning hududiy filiallari bilan birgalikda, tinglovchilar kontingentidan kelib chiqqan holda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari reja-jadvalini shakllantirish;
  •  Hududiy davlat soliq boshqarmalari bilan hamkorlikda malaka oshirishga kelgan tinglovchilar uchun tajriba almashish dasturi va markazga yaqin tuman davlat soliq inspeksiyalarida tajriba almashish grafiklarini tuzish.

Boʻlim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • boʻlim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli oʻquv va ilmiy markazlari tajribasini oʻrganish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish;
  • oʻquv jarayoni bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion gʻoyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbigʻini taʼminlash choralarini koʻrish;
  • respublika miqiyosidagi hamda xalqaro konferentsiyalar, anjumanlar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etish;
  • shartnomalar va grantlar boʻyicha ilmiy, ilmiy-uslubiy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etish;
  • Boʻlim oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va taʼlim muassasalari orqali amalga oshiradi.
Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх