O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi 

huzuridagi Malaka oshirish

markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Yangiliklar  /  Konferensiya

Konferensiya

« Back

Konferensiya 29.03.2018 16:48

Soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish ” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining

AХBOROТ ХAТI

Konferensiya tashkilotchici: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi

Konferensiyani o‘tkazish vaqti: 2018 yil 27 aprel

Konferensiyani o‘tkazish joyi: Soliq akademiyasi.

 

Respublika miqiyosida o‘tkaziladigan ushbu konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy-xodim izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, yosh olimlar, magistrlar, iqtidorli talabalar, tegishli sohalar olim va mutaxassislari hamda soliq sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanning ilmiy yo‘nalishi, maqsad va vazifalari.

Anjumanning ilmiy yo‘nalishi soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotining dolzarb jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq qilish, soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, soliqlarni boshqarishning zamonaviy shakl va metodlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga va bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga va ulardan foydalanishga qaratilgan.

Anjumanning maqsadi ta’lim hamda ilmiy mussasalarining yosh olimlari, katta-ilmiy xodim, mustaqil izlanuvchilari va mutaxassislarining ilmiy tadqiqot faoliyatidagi salohiyatini rivojlantirish va oshirishdan iborat.

Anjumanning vazifalari bo‘lib yosh olim, ilmiy izlanuvchi va magistrantlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon etish, ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish jarayonlari bo‘yicha o‘zaro axborot va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, ularda ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish ko‘nikmalarni hosil qilish hisoblanadi.

 

Konferensiya o‘z ishini quyidagi shu’balarga bo‘lingan holda olib boradi:

1-sho‘ba.   Soliq ma’muriyatchiligi va soliqlarning to‘liq yig‘iluvchanligini oshirish orqali soliq-budjet siyosatini takomillashtirish masalalari.

2-sho‘ba.  O‘zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar va kichik sanoat zonalari faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy rag‘batlantirish masalalari.

3-sho‘ba.  Hududlarning sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, eksport saloxiyatini oshirish hisobiga soliq tushumlarini ko‘paytirish masalalari.

4-sho‘ba.  Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirishning dolzarb masalalari.

 

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislarga qo‘yilgan talablar:

 

  • tezislar konferensiya yo‘nalishlariga oid mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan xulosalar asosida shakllantirilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar bilan boyitilgan bo‘lishi lozim;
  • ilmiy tezisda adabiyotlar va boshqa manbalardan foydalanilganda, ushbu manbalarga havola berilishi shart, keltirilgan manbalarning (snoska, havola) to‘liq tafsiloti berilishi zarur (internet manzil, statistik to‘plam, kitob va nashriyot nomi hamda yili, foydalanilgan bet, muallifi to‘liq);
  • konferensiyaga ilmiy tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;
  • ilmiy tezislar matnlari Microsoft Word dasturida kirill yoki lotin alifbosida tahrir qilingan holda hajmi 2-3 betdan oshmagan, A4 formatda, chap tomondan 3 sm, yuqori va pastdan 2,0 sm.dan va o‘ng tomondan 1,5 sm qoldirilgan holda, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, satrlar orasi – 1,2 interval, 1 nusxada rasmiylashtiriladi, yuqorida muallif(lar)ning kursiv harflarda to‘liq F.I.Sh. (agar ish hammualliflikda bajarilgan bo‘lsa, asosiy muallifning F.I.Sh. birinchi yoziladi) keyingi satrda tashkilotning to‘liq nomi, keyingi satrda lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, keyingi satrda o‘rtada qoraytirilgan bosh harflar bilan mavzuning nomi, bir interval tashlab matn beriladi.

Quyidagi hollarda tezislar qabul qilinmaydi:

  • ilmiy tezis ko‘rsatilgan muddatdan kechikib yuborilganda;
  • ma’ruza tezislari yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmagan va rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinmagan bo‘lsa;
  • yuborilgan fayllarda viruslar mavjud bo‘lganida;
  • tezis (ma’ruza) matnida orfografik xatolar ko‘p miqdorda mavjud bo‘lganda. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar konferensiya tashkiliy qo‘mitasi tomonidan ilmiy tezislar to‘plamiga kiritilmaydi. Shu bilan birga maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi.

Konferensiyaga ilmiy tezislarni taqdim etish muddati:

Konferensiyada qatnashish uchun talabgorlar 2018 yil 20 aprelgacha belgilangan tartibda ilmiy tezislarni hamda anketaning qog‘oz va elektron variantlarini soliq_kafedra@soliq.uz elektron manziliga jo‘natishlari lozim.

 

Murojaat uchun manzil. Тoshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi 3 uy, Soliq akademiyasi, «Soliqlar va soliqqa tortish» kafedrasi. e-mail: soliq_kafedra@soliq.uz; veb sayt:  

Konferensiyaga oid qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefonlar:

Тel:  (+99871) 230-16-30

(+99871) 230-16-35

 

Тashkiliy qo‘mita

KONFERENSIYA ISHТIROKCHISINING ANKETASI

 

Familiya, ismi, sharifi_______________________________________________________

Ilmiy darajasi_______________________________________________________________

Ilmiy unvoni_________________________________________________________________

Ish joyi va lavozimi___________________________________________________________ ______________________________________________________________________________

Ish joyi manzili_____________________________________________________________ ______________________________________________________________________________

Тelefon raqamlari (ish joyi, mobil telefoni)___________________________________

Faks_______________________                           E-mail_________________________________

Konferensiyadagi ma’ruzasining nomi___________________________________________ _______________________________________________________________________________

Konferensiyadagi sho‘’baning nomi_____________________________________________ _______________________________________________________________________________

Ilmiy tezis sarlavhasini rasmiylashtirish namunasi

 

Қurbonov Хayrulla Abdurasulovich Тoshkent Davlat iqtisodiyot universiteti i.f.n., dots.

 

INVESТITSION IQLIM VA ISHBILARMONLIK MUHIТINI YAХSHILASHDA SOLIQ IMTIYOZLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI