O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi 

huzuridagi Malaka oshirish

markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Yangiliklar  /  Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!

Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!

« Back

Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz! 02.05.2018 14:59

Soliq akademiyasida 2018 yil 2 may kuni “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita mas’ul xodimi Shavkat Xamdamov, Oʻzbek milliy drama teatri aktrisasi, Oʻzbekiston xalq artisti Toʻti Yusupova hamda Soliq akademiyasi xodimlari, professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Soliq akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari boʻyicha birinchi prorektori B.Tuxliyev kirish soʻzi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mutaxassislar bilan tanishtirdi.

1

Shundan soʻng, soʻzni T.Yusupovaga berdi. T.Yusupova oʻz ijodlari hamda hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, talabalarni diniy ekstremizm, terrorizm tahdidini oldini olish maqsadida ogohlikka chaqirib oʻtdi.

Butun dunyo hamjamiyatini qattiq xavotirga solayotgan diniy ekstremizm, missionerlik harakati kundan-kunga tarqala borib, xalqlar oʻrtasidagi totuvlik, diniy bagʻrikenglik tamoyillariga tahdid  solmoqda. Shuningdek, erkin targʻibot olib borish va faoliyat doirasini kengaytirish maqsadida koʻpgina missionerlik tashkilotlari, yuqorida aytilganidek, oʻz harakatlarini xalqaro nodavlat  tashkilotlari maqomida amalga oshirishga intilayotganini ham qayd etish lozim. Tajriba bunday maqom missionerlik faoliyati haqli e’tirozlarni keltirib chiqarganda ularning xalqaro huquq normalarini roʻkach qilishga  va uning himoya mexanizmlaridan  foydalanishga urinishlariga, oʻz harakatlarini xas poʻshlashga  va javobgarlikdan qochishga intilishlariga zamin yaratishini koʻrsatadi deb ta’kidladi.

Hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali tahsir qilishga urinishlar koʻp boʻlmoqda. Bu esa bizni doim ogoh boʻlishimiz zarurligini anglatadi deya oʻz mahruzasiga yakun yasadi.

2

Shundan soʻng, soʻzga Sh.Xamdamov chiqdi. Sh.Xamdamov oʻz soʻzida, bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha koʻrinishga kirib borayotganligi, Yaqin sharq va arab davlatlarida roʻy berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanib, mazkur davlatlarni oʻzlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va shahnini bulgʻashda davom etayotganliklarini ta’kidlab oʻtdi.

“Iroq va Shom islom davlati” IShID deb nom berilgan terroristik tashkilot haqida, ularning buzgʻunchi gʻoya va olib borgan terrorchilik harakatlari toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berib, jumladan, tashkilot tomonidan amalga oshirilgan bir qator xunrezliklarni slayd vositasida misol qilib koʻrsatdi.

Shuningdek, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yoʻli bilan oʻz saflariga qoʻshib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor boʻlishga da’vat etdi.

Mamlakatimizda bunday illatlarga qarshi kurash borasida koʻpgina chora-tadbirlar oʻtkazilayotganligi haqida oʻtirganlarga murojaat qilar ekan, barchaning diqqatini tayyorlangan mavzuga oid film taqdimotini koʻrganlarida bunga yanada ishonch hosil qilishlari hamda tegishli xulosalar chiqarishlari mumkinligini aytib oʻtdi. Bugungi kunda yoshlar ongini buzishga, ularni toʻgʻri yoʻldan adashtirishga qaratilgan turli xurujlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berib oʻtdi.

Tadbir davomida diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan insonlar qismati toʻgʻrisidagi Tafakkur ehtiyoji hujjatli filmi namoyish etildi.

Tadbir soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan ijobiy javoblar oldilar.

Soliq akademiyasining Ma’naviyat va ma’rifat ishlari boʻyicha birinchi prorektori B.Tuxliyev tadbirni yakunlar ekan, yoshlarni bu kabi gʻayri insoniy yoʻlga kirib ketishlarining oldini olish, uning oqibatida yuzaga kelayotgan ayanchli oqibatlar haqida talaba-yoshlar oʻrtasida mana shunday yigʻilishlar va targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish turli jinoyatchilikning oldini olishga katta yordam berishi shubhasiz ekanligi haqida gapirib mehmonlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

3

Uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega boʻlgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.