Xorazm viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Savol: Men yagona soliq to‘lovchi korxonaning rahbariman. Bizning korxona ixtiyoriy ravishda umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tmoqchi bo‘lsa qaysi me’yorlar orqali o‘tadi?

Javob: Soliq kodeksining 351-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilar yagona soliq to‘lovini to‘lash o‘rniga ixtiyoriy ravishda umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlari uchun hisobot davri tugagandan so‘ng o‘n kun ichida davlat soliq organlariga bu to‘g‘risida yozma bildirish berib, keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlarni to‘lashi mumkin.

Savol: Korxonada muhim hujjatlarni imzolashda kimlarga ruxsat beriladi?

Javob: Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar hamda kredit, hisob-kitob majburiyatlari va moliyaviy hisobotlarni korxona rahbari va imzolash huquqiga ega mas’ul moddiy javobgar shaxslarga ruxsat etiladi.

Savol: Birinchi marta huquqbuzarlik qilgan tadbirkolarga qanday choralar ko‘riladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga asosan, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yo‘l qo‘ygan qonunbuzarlikni qonun hujjatlarida belgilan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishidan ozod etiladi.

Savol: Tovarlar import qilinayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza nima hisoblanadi?

Javob: Import qilinayotgan tovarni qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza: Import qilinayotgan tovar qiymati, bojxona boji va aksiz solig‘i qiymatlarining yig‘indisi hisoblanadi.

Savol: Korxonamiz 2019 yildan suv solig‘i to‘lovchi hisoblanadi, suv solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza qanday aniqlanadi?

Javob: Suv bilan ta’minlovchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomada bevosita belgilab qo‘yilgan suv obyektlaridan suv olish limitlari yoki suv o‘lchagich asboblari orqali aniqlangan foydalanilgan suvning kub metrlarda o‘lchanuvchi hajmi sifatida aniqlanadi.

Savol: Qaysi yuridik shaxslar mikrofirmalar va kichik korxonalarga kirmaydi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 22-2-moddasiga muvofiq, yirik soliq to‘lovchilar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, soliq ma’muriyatchiligiga mansub bo‘ladigan ayrim toifadagi yuridik shaxslardir.

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mezonlar soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqini bermaydi. Bunda, yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari "Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risida"gi Nizom (AV ro‘yxat raqami 3023, 18.06.2018 y.) bilan belgilanadi.

Savol: Oila a’zolarim bilan korxona ochmoqchi edik. Oilaviy korxona to‘g‘risida tushuncha bering.

Javob: “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati bo‘lib, o‘z ishtirokchilarining ixtiyorligiga asoslanadi.

Savol: Oilaviy korxonaning ustav fondi nimalardan shakllantirilishi mumkin?

Javob: Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki o‘zga shaxsga o‘tkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda o‘zlari kiritidigan mol-mulkni mustaqil belgilaydi.

Savol: Turgan uyimizni ustav fondiga kiritish mumkinmi?

Javob: Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas.

Savol: Oilaviy korxona qanday faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas?

Javob: Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.

Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni, shuningdek yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.

Savol: Joriy yilda bino va imoratlarga necha foiz eskirish hisoblanadi?

Javob: Mahsulot, ishlar va xizmatlar tannarxini pasaytirish maqsadida asosiy vositalarning alohida toifalari bo‘yicha soliq solish maqsadida amortizatsiya stavkalari o‘zgartirilgan, xususan bino va imoratlar uchun 5 foiz

Savol: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat yog‘iga nisbatan 2019 yilda aksiz solig‘i necha so‘m qilib belgilandi?

Javob: Ushbu talab 2019 yil 1-yanvardan bekor qilindi.

Savol: QQS to‘lovchilari uchun qanday yangi imtiyozlar ishlab chiqilgan?

Javob: Soliq kodeksining 208-moddasi yangi imtiyoz bilan to‘ldirildi, ya’ni 2019 yildan o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanidagan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekstion Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilgan.

Savol: Xronometraj ko‘zdan kechirish muddati nechi kundan oshmasligi kerak?

Javob: 2019 yildan 7 kalendar kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Savol: Urganch shahrida mol-mulkni (turar, noturar) ijaraga beruvchilar uchun ijara xaqining eng kam stavkasi (1 oy uchun 1 m.kv.ga) necha so‘m qilib belgilandi?

Javob: Turar 6,5 ming so‘m, noturar 13,0 ming so‘m.

Savol: Naqd pul tushumi xronometraji qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Soliq kodeksining 71-moddasi “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji”ga o‘zgartirish kiritilib, “Xronometraj ko‘zdan kechirish” deb nomlanadi va soliq xizmati xodimlari tomonidan nafaqat naqd pul tushumlari hajmlari, balki ishlab chiqarish hajmlari va tovar (ish, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmlari ham monitoring qilinadi.

Savol: Mavzuli ekspress-o‘rganish qaysi holatlarda amalga oshiriladi?

Javob: Mavzuli ekspress-o‘rganish kameral nazorat natijalari bo‘yicha joyiga chiqqan holda soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qo‘nuniyligini tasdiqlash uchun amalga oishiriladi.

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkor nechtagacha xodim yollashi mumkin?

Javob: YaTT chakana savdo faoliyatida bir nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatida uch nafargacha, faoliyatning boshqa turlarida ikki nafargacha xodim yollab ishlatish huquqiga ega.

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkor 2019 yildan 100,0 mln. so‘mdan ortiq tovar aylanmasini amalga oshirsa, qanday tartibda soliq to‘laydi?

Javob: Bir kalendar yil davomida tovarlar realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan (100,0 mln. so‘m) oshgan oyning keyingi oyidan boshlab 4 foiz miqdorida yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi va har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25-sanachigacha to‘lovlarni amalga oshiradi.

Savol: Bojxona xodimlari 2019 yil 1-yanvardan daromad solig‘i to‘laydimi?

Javob: 2019 yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508 sonli qonuniga muvofiq Soliq kodeksining 180-moddasi 6 va 7-bandlari chiqarib tashlanganligi uchun 2019 yil 1-yanvardan bojxona xodimlari daromad solig‘i to‘lovchilari xisoblanadi.

Savol: Soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvini o‘tkazishga nimalar asos bo‘ladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 88-moddasiga muvofiq:

- tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning tekshiruvni o‘tkazishga roziligi, ushbu rozilikda tekshirilgan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatiladi;

- Davlat soliq xizmati organining buyrug‘i, buyruqda tekshiruvni o‘tkazish maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatiladi.

Savol: Soliq xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan xronometrajlar qaysi maqsadda o‘tkaziladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Solik kodeksining 71-moddasiga muvofiq:

Xronometraj ko‘zdan kechirish – xronometraj o‘tkaziladigan davrda tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shaklidir.

Savol: Meni ish faoliyatim korxonamizga qarashli hududiy filiallarimizdagi ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli o‘z xizmat vazifamni bajarishda shaxsiy avtotransportimdan foydalanaman. SHaxsiy avtotransportimdan foydalanganligim uchun menga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovidan daromad solig‘i ushlanadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2-apreldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safaridan tashqari) foydalanganliklari uchun tartibida bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori – normasi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 360-moddasiga muvofiq xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki hizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzida daromadlarga kiritiladi va jismoniy shaxslar daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovga tortiladi.

  Savol: Men oilaviy korxonaning raxbariman. 2018 yil yakuni bilan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lab bo‘lganimdan keyin qolgan foydamni olsam unga soliq to‘laymanmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasiga asosan oilaviy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘lagandan keyin uning ishtirokchilari tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmaydi.

Savol: Xaridor korxonamiz tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni sotib olishi uchun menga 15 foiz oldindan to‘lovini amalga oshirishi lozimmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5564-sonli Farmoniga muvofiq, 2019 yil 1-yanvardan boshlab ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan tashkilotlar tovarlarni yetkazib berishni (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) yetkazib  beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‘lamasdan amalga oshirishga haqli.

Savol: 2018 yilda tovar aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yagona yer solig‘i to‘lovchi fermer ho‘jaligi 2019 yildan boshlab qanday tartibda soliqlarni to‘lashi lozim?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli Farmoniga asosan yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun ularning tovar aynalmasi miqdoridan qat’i nazar amaldagi soliqqa tortish tartibi saqlanib qolinadi.

Savol: Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarda nazorat kassa mashinalari va to‘lov terminallari orqali taqdim etiladigan hisob hujjatlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i aks ettirilishi kerakmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 11-yanvardagi AX/04-02-32/95 va 14-00751-sonli qo‘shma xatiga muvofiq savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarda nazorat kassa mashinalari va to‘lov terminallari orqali berilgan hisob hujjatlarda (cheklar va hisob-varaq fakturalarda) qo‘shilgan qiymat solig‘i aks ettirilishi lozim.

Savol: O‘tgan davrlarda ish haqi “konvert” usulida hisob-kitob qilingan xodimlar 2019 yildan boshlab ishchi qilib rasmiylashtirib, korxonaning xisobotlarida ko‘rsatilsa soliq idorasi tomonidan kameral nazorati orqali talabnoma junatilib, ilgari ko‘rsatilmagan xodimlarga o‘tgan davrlar uchun daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badali qo‘shimcha hisoblanadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan soliq to‘lovchilar 2019 yil 1-aprelga qadar xodimlar soni va (yoki) mehnatga haq to‘lash fondini ixtiyoriy ravishda hisobotlarda rasmiylashtirgan va aks ettirgan  taqdirda avvalgi hisobot davrlarida xodimlar sonini yashirganlik uchun javobgarlikdan, ilgari ko‘rsatilmagan xodimlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovi summasini qo‘shimcha hisoblashdan ozod qilinadi.

Savol: O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining 2019 yilda dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlariga soliq stavkasi qancha foiz qilib belgilandi?

Javob: 2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlariga soliq stavkasi 5 foiz etib belgilandi.

Savol: O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining 2019 yilda dividend va  foizlar ko‘rinishidagi daromadlariga soliq stavkasi qancha foiz qilib belgilandi?

Javob: 2019 yil 1-yanvardan norezidentlar uchun dividendlar va foizlarga soliq stavkasi 10 foiz miqdorida saqlab qolindi.

Savol:         Yangi asbob-uskuna sotib olingan. Tovar aylanma bo’yicha 25 foiz miqdorida yagona soliq to’lovi bo’yicha imtiyozga egamiz. Agar umumbelgilangan soliq to’lovchi bo’lsak, imtiyoz bizga saqlab qolinadimi?

 

Javob:        Soliq kodeksining 356-moddasiga asosan soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, biroq soliq solinadigan bazaning ko’pi bilan 25 foiziga kamaytirilishi mumkin. Bunda, ushbu ko’rsatilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan boshlab, texnologik asbob-uskuna bo’yicha esa – u foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab besh yil ichida amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, agar korxona umumbelgilangan soliq to’lovchi bo’lib ro’yxatga olingan bo’lsa, Soliq kodeksining 159-moddasiga asosan foyda solig’i bo’yicha soliq solinadigan foydani 30 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorga kamaytiriladi. Bunda, soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida ko’rsatib o’tilgan xarajatlar qilingan soliq davridan e’tiboran, texnologik jihoz bo’yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida amalga oshiriladi.

 

 

Savol:         Korxona tikuv-trikotaj faoliyati bilan shug’ullanadi va yagona soliq to’lovchisi hisoblanadi. Agar korxonamiz tovar aylanmasi 1,0 mlrd. so’mdan oshsa va umumbelgilangan soliq to’lovchisi bo’lsa korxonamizga qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha berilgan soliq imtiyozlari tatbiq qilinadimi?

 

   Javob:     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori bilan to’qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog’ining nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar 2020 yilning 1 yanvariga qadar foyda va mulk solig’i hamda mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to’lovini to’lashdan ozod etilgan.

SHunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar nazarda tutilmaganligidan kelib chiqib, korxona umumbelgilangan soliq to’lovchi bo’lsa, qo’shilgan qiymat solig’ini belgilangan tartibda to’lashi lozim bo’ladi.

Biroq Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlar chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilinsa oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi.

 

 

Savol:         Apteka umumbelgilangan soliq to’lash tartibiga o’tdi, dori vositalariga QQS yo’q, qaysi tartibda soliq tulaydi?

     Javob: Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan korxona 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tadi, lekin korxona tomonidan realizatsiya qilinayotgan dori vositalariga ko’shilgan qiymat solig’i xisoblanmaydi. Qo’shilgan qiymat solig’i xisob-kitobi imtiyoz qo’llanilgan holda taqdim etiladi   

 

Savol:         Umumiy ovqatlanish korxonalariga yagona soliq to’lovi 2019 yil qancha qilib belgilandi?

   Javob:   Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashgan joyi aholisi soni 10 ming va undan ko’p kishidan iborat shaharlarda 2019 yil uchun 8 foiz qilib, boshqa aholi punqtlarida 6 foiz qilib, borish qiyin bo’lgan  va tog’li tumanlarda 4 foiz qilib belgilandi.

 

Savol:         Soddalashtirilgan QQS to’lovchilari schet fakturada qo’shilgan qiymat solig’ini ko’rsatishlari shartmi?

    Javob: Soddalashtirilgan QQS to’lovchilari schet fakturalarida QQS summasining tegishli stavkasini alohida satrda ko’rsatishlari shart,  keyinchalik u sotib oluvchi QQSni hisoblab chiqarishi va to’lashning umumbelgilangan tartibini qo’llayotgan soliq to’lovchi QQS summasini hisobga olishi uchun asos bo’ladi.

 

Savol:         Vositachilik faoliyati bilan shug’ullanib, 2018 yilda (mukofot puli 75,0 mln. so’mdan 33% soliq xisoblangan) lekin (tovar aylanma 3 750,0 mln. so’m)ni tashkil qilgan. Tashkilot 2019 yilda qanday tartibda soliq to’laydi?

  Javob:  SK 350-moddasiga asosan – vositachilik, topshiriq shartnomasi bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar yillik aylanmaning (tushumning) belgilangan chegaraviy miqdorini tovar aylanmasidan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.

    

Savol:         Tovar aylanmasi 1 mlrd so’mdan kam aylanma amalga oshirilgan taqdirda 2019 yilda soliq solish tartibi o’zgarishsiz qoladimi?

Javob:   Ha, soddalashtirilgan soliq tartibiga, (mol-mulk, yer hamda suv solig’i) xisobotlari qo’shiladi.

 

Savol:         Biz ijarada turamiz, shartnomada suv ijara summasi ichida deb shartnoma qilingan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovini kim to’laydi?

Javob:      SK ning 260-moddasiga asosan suv solig’ini birinchi iste’molchi to’laydi, ya’ni ijarachi o’zi to’laydi, siz nol hisobot taqdim qilasiz.

 

  Savol:       2018 yilda qurilgan ko’p qavatli kvartiralarni 2019 yilda sotsa, kvartirilar narxi 20 foizlik QQS joriy qilinishi hisobiga oshib ketmaydimi?  

Javob:     Agar qurilish ishlari bajarilganda hisob-varaq fakturalarida QQS summalari ko’rsatilgan bo’lsa, kvartiralar sotilganda ushbu QQSni hisobga olish huquqi mavjud. Hisob-varaq fakturalarida QQS ko’rsatilmagan bo’lsa, unga nisbatan QQS hisoblanadi.

 

Savol:         Metal qayta ishlash faoliyati bilan YaTT shaklida shug’ullanib kelindi, tovar aylanma 1 mlrd so’mdan oshgan. 2019 yil 1-yanvardan MCHJ tashkil qilinib, TTZ zavodidan QQS bilan olingan metallar qoldig’i ustav fondiga kiritilsa, oldingi davrda QQS bilan olingan metallar hisob (zachet)ga olinadimi?

  Javob: Qoldiq tovarlar xisob faktura bilan olingan bo’lsa inventarizatsiya qilinib hisob (zachet)ga olinadi.

 

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх