O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi

Malaka oshirish markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Markaz haqida  /  Umumiy ma'lumot

Umumiy ma'lumot

 Markaz to‘g‘risida

Davlat soliq qo‘mitasining Malaka oshirish Markazi Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining zamonaviy ta’lim jarayoni talablariga javob beradigan qayta tayyorlash va malakasini oshirish kompleks tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustda “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil topgan.  

 Markaz:

davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda soliq ma’muriyatchiligi va soliq siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan tayanch o‘quv-uslubiy va ilmiy muassasa hisoblanadi;

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari quyidagilar belgilangan:

birinchidan, uzoq muddat asosida murakkab va o‘zgaruvchan muhitda orttirilgan bilimlarni tizimlashtirish va amaliy masalalarni hal etish bo‘yicha tizimli yondashuv ko‘nikmalarini ishlab chiqish maqsadida qo‘shimcha kasb-hunar dasturlarini shakllantirish;

ikkinchidan, soliq organlarining innovatsion rivojlanishini ta’minlay oladigan davlat soliq xizmati organlari kadrlar salohiyatini oshirish va takomillashtirish;

uchinchidan, soliq ma’muriyatchiligi va soliq siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

to‘rtinchidan, ilg‘or xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan xodimlar malakasini oshirish borasida tajriba almashish yo‘li bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni va stajirovka o‘tashi ta’minlash,

beshinchidan, ko‘rsatadigan xizmatlar bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishish uchun tinglovchilarni o‘qitish, pedagog va boshqa toifadagi ishchilarning kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

oltinchidan, buxgalterlar, auditorlar va soliq maslahatchilarini shartnoma asosida o‘qitish va malakasini oshirish;

yettinchidan, masofaviy ta’lim va treninglar o‘tkazishning zamonaviy usullarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish.

Markazda quyidagi kurslar tashkil etilgan:

davomiyligi bir oygacha bo‘lgan, kasbiy bilimlarini chuqur o‘zlashtirish va tahliliy ishlarni yuritishni bilish, me’yoriy hujjatlar yaratilishida ishtirok etish, shuningdek, ish tashkil etish va boshqaruv asoslarini innovatsion shakl va usullarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati organlarida rahbar lavozimlarga tayinlash uchun zaxiraga olingan xodimlar malakasini oshirish;

davomiyligi uch oygacha bo‘lgan, soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi, shuningdek, ish yuritishni tashkil etish asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati organlariga yangi ishga olinadigan shaxslarni qayta tayyorlash;

davomiyligi bir oygacha bo‘lgan, ilg‘or axborot texnologiyalari va masofaviy o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llagan xolda malaka oshirish dasturlari asosida qisqa muddatli, shu jumladan, hududiy filiallarda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlarini o‘qitish;

buxgalterlar, auditorlar va soliq maslahatchilarini soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va moliya sohasida shartnoma asosida o‘qitish va ularning malakasini oshirish.

Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat soliq boshqarmalari huzurida, Тoshkent shahar va Тoshkent viloyatidan tashqari, Markazning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi hududiy filiallari tashkil etilgan.