O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi

Malaka oshirish markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Tuzilma  /  Bo'limlar  /  Ta’lim jarayoni sifatini monitoring va nazorat qilish bo‘limi

Ta’lim jarayoni sifatini monitoring va nazorat qilish bo‘limi

 Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining

Ta’lim jarayoni sifatini monitoring va nazorat qilish bo‘limi faoliyati to‘g‘risida

MA'LUMOT

Bo‘limning asosiy vazifalari:

 

- Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini monitoring va nazorat qilish;

- Markazda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

- Markaz tinglovchilari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish;

- ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

- kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

- attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda Markazda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

 -ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

- ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini o‘rganish;

- Markazning tarkibiy tuzilmalarida (kafedra, bo‘lim, sho‘‘ba va hududiy filiallarda) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish;

- Markaz professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini, ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni Markaz direktoriga ma’lum qilish;

- Markazning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy, tashkiliy-uslubiy hamda ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

- ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

- tinglovchilar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;

- Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro loyihalar va Markaz hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

- Markazning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

- o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

- Markaz Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

- ta’lim jarayoni sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Markaz rahbariyatiga taqdim etish.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 

- Markazda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;

- ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;

tinglovchilarning tarqatma materiallari (shu jumladan, elektron materiallar) bilan ta’minlanganlik darajasini yo‘nalishlar va mutaxassisliklar kesimida o‘rganadi;

- Markaz professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni Markaz direktoriga ma’lum qiladi;

- o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni beradi;

- Markaz tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, kompьyuterlar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

- ta’limning amaliyot va ilm-fan bilan integratsiyasini, Markazning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik echimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

- tinglovchilar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni amaliyotga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;

- Markazda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, Markazdagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;

- Markaz axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar salmog‘ini aniqlaydi;

- professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

- tinglovchilarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

- Markaz rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi;

- tinglovchilar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama asosida baholarning xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;

- Markazning tarkibiy tuzilmalarida pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Markaz direktoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi;

- Markazda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini, chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi;

- respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim jarayoni sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

- Markazda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni Markaz rahbariyatiga taqdim etadi.


Bo`lim xodimlarining tarkibi:

11

G‘iyosov Azizbek A’zamovich

Tug’ilgan yili: 19.07.1978          

Tug’ilgan joyi: Andijon viloyati, Shahrixon shahri.

Millati: o’zbek.

Ma'lumoti: 2001 yili Farg‘ona davlat universitetini, 2011 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Оliy biznes maktabini.

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: iqtisodiyot, moliya va banklar.

2018 yil 26 sentyabrdan: Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Ta’lim jarayoni sifatini monitoring va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

 

azizbek.giyosov@soliq.uz

 


22

Ismailov Diyorbek Tavakyalevich- 

Tug‘ilgan yili: 18.06.1987

Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri.

Millati: o’zbek.

Ma'lumoti: oliy, 2011 yili Soliq akadimiyasi bakalavriatini, 2013 yili Soliq akadimiyasi magistraturasini

Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: soliqlar va soliqqa tortish.

2018 yil 18 oktyabrdan: Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Ta’lim jarayoni sifatini monitoring va nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

diyorbek.ismailov@soliq.uz