Sirdaryo viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Вопрос: ОГНС не регистрируют ККМ в связи с тем, что здание, где осуществляется деятельность данного СЕМЕЙНОГО ПРЕДПРИЯТИЯ принадлежит сестре директора предприятия. ОГНС требуют договор аренды между директором СЕМЕЙНОГО ПРЕДПРИЯТИЯ и владельцем здания либо нотариально заверенную доверенность о том, что владелец здания безвозмездно предоставляет здание данному предприятию? Законно ли требования  налогового органа?

Ответ: Согласно 4 и 5 статям Закона Республики Узбекистан "О семейном предпринимательстве"  Семейным предприятием является субъект малого предпринимательства, создаваемый его участниками на добровольной основе на базе общего имущества, находящегося в долевой или совместной собственности участников семейного предприятия, а также имущества каждого из участников семейного предприятия для осуществления производства и реализации товаров (работ, услуг). Деятельность семейного предприятия основывается на личном труде его участников. Семейное предприятие является одной из организационно-правовых форм субъектов предпринимательства. Участниками семейного предприятия могут быть глава семьи, его супруга (супруг), дети и внуки, родители, иные родственники, достигшие трудоспособного возраста (супруги детей и внуков, кровные и сводные братья и сестры, их супруги и дети, дяди и тети). Участниками семейного предприятия могут быть только дееспособные лица. Исходя из вышеизложенного требование ОГНС закономерно. Договор аренды между директором СЕМЕЙНОГО ПРЕДПРИЯТИЯ и владельцем здания требется

Savol: Iste’mol krediti olgandim. Ikki xil MCHJ korxonam bor. Bittasi ulgurji savdo litsenziyasiga ega, ikkinchisi chakana savdo faoliyati, lekin chakana savdo bilan shug‘ullanadigan korxonamda kassa apparat, terminal yo‘q. Kreditni bank to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob raqamga tashlaydi. Ulgurji savdo litsenziyaga ega korxonamda kassa aparati, terminal ro‘yxatdan o‘tgan, lekin ishlatilmagan. Davlat soliq organi tomonidan chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonamga 4% soliq to‘lanishini, ulgurji savdo litsenziyasi bor korxonamga 2% soliq to‘lanishini aytishgan. 2015 yil 3-martdagi MM/04-01-32-14/231/214-son xatda yozilishicha iste’mol krediti chakana savdo turida hisoblansin deyilgan. Shunga aniqlik kiritib bersangiz?

Javob: Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 3-martdagi MM/04-01-32-14/231/214 va 16/3-4061-sonli xatida keltirilgan normalar faqat tegishli mezonlarga javob bergan, ya’ni nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallari bilan jihozlangan turg‘un savdo shoxobchalari orqali realizatsiyani amalga oshirgan, naqd pul tushumini inkassatsiya qilish uchun shartnomaga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan chakana savdo korxonalariga tatbiq etiladi. Xatingizga birinchi korxonangiz faoliyatini faqat iste’mol krediti asosida, bank hisob raqami asosida amalga oshirib keladi. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26-noyabrdagi 407-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan chakana savdo – savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, u aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish hisoblanadi. Ushbudan kelib chiqib, faqat iste’mol krediti asosida daromad oladigan korxonangiz ulgurji-chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalari sifatida yagona soliq to‘lovini 4-foiz miqdorida to‘lashi lozim bo‘ladi.

Savol: Agar men o‘zimning atomobilimni jiyanimga ijara shartnomasi asosida rasmiylashtirib bersam, ijara summasidan daromad solig‘i necha foiz to‘lanadi?

Javob: Solik kodeksining 181-moddasiga asosan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2019 yil uchun 12 foiz stavkada soliq solinadi.

Savol: Assalomu alaykum gruppadagilar! Menda ham savol bor edi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan terminal orkali pul yechib ish bajarib beryapmiz. Lekin QQSni raschetidagi 5-ilovaga realizatsiya kilingan tovarlar reestriga kiritsam dastur olmayapti, xatolik deb berayapti. Nima kilish kerak?

Javob: Siz, 5-ilovaga reestrda fuqoroni STIRni kirgizmagansiz. Agar fuqoroni STIRni to‘liq va to‘g‘ri kirgizsangiz dastur qabul qiladi.

Savol: Biz xususiy korxona umumbelgilangan tartibdagi soliq rejimida ishlaymiz. Mart oyida transport vositasi sotib oldik 500,0 mln. so‘mga, QQSni qanday tartibda hisobga olamiz.

Javob: Olingan transport vositangizni ya’ni 500,0 mln.so‘mdan QQS summasini ajratib olasiz ,bu 83,33 mln. so‘mni (500,0/1,2*20%=83,33) tashkil qiladi.Ushbu summani 12 dan bir qismi, ya’ni 6,95 mln. so‘mini har oyda hisobga olib borasiz. QQSni hisob-kitobini 3-ilovasi 16,17 satrlarida ko‘rsatasiz.

Savol: Men yaqinda Registon atrofidagi supermarketga kirib mahsulot sotib olgandim. Lekin supermarketdan olgan mahsulotni solib berilgan sellofan paketni ham mahsulot narxiga qo‘shib pulini hisoblashdi shu to‘g‘rimi? Yaqinda Kun.uz yangiliklar saytida supermarketlarda endi mahsulot sotib olinganda solib beriladigan sellofan paketlar pulli bo‘lishi haqidagi Qaror chiqqanini o‘qigandim. SHu qaror 2019 yilning qaysi oyidan kuchga kiradi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18-maydagi №PQ-3730-sonli qarorinig 5-bandiga muvofiq 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlandi.

Savol: O‘qishga kirganman. O‘qishga kontraktni to‘lash uchun ta’lim krediti olganman. Sinfdoshlarim kafil bo‘lgan bo‘lsa daromad solig‘i qanday to‘lanadi? Daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) summalariga soliq solinmaydi. Mazkur imtiyoz faqatgina o‘zining yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandining o‘qishi uchun to‘langan summaga nisbatan tatbiq etiladi.

Savol: Men O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxsman. Men olgan davlat mukofoti, ya’ni Yagonasan muqaddas vatan ko‘rik tanlovi mukofoti uchun olingan  pul mukofotimdan daromad solig‘i to‘laymanmi?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasi 7-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alarga soliq solinmaydi.

Savol: Meni korxonam 2017 yil 28-noyabr kuni tashkil topgan. Korxonaning ustav fondi shakllantirilmagan. Ustav fondini shakllantirish muddati bormi? Agar ustav fondini shakllantirish muddati kechiktirilgan bo‘lsa uni qanday shakllantirsam bo‘ladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining "Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida"gi Qonunning 14-moddasiga asosan, jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak.

Savol: Yangi ochilgan xususiy maktabgacha ta’lim muasasalariga qanday soliq imtiyozlari mavjud?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli qarorining 9-bandiga asosan, o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.

Savol: Fermer xo‘jaligi paxta, g‘alla yetishtiradi. Ikki yildan beri tang ahvoldaligim tufayli faoliyatimni yurita olmayapman. Hozir qurg‘oqchilik bo‘layapti, ishlamayapman. Soliqlarni to‘lashga imkoniyatim bo‘lmayapti. Vaqtincha faoliyatimni to‘xtatib tursam bo‘ladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga asosan  fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.

Mazkur konunda fermer xo‘jaligini faoliyatini to‘xtatib turish va qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirmaslik belgilanmagan.

Sizga yerni uzok muddatga ijaraga berishda bu narsa ko‘zda tutilmagan. Yerdan foydalanmasangiz qaytarish lozim buladi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorlikni alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanaman. Yaqinda Kun.uz yangiliklar saytida 2018 yil 24-oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining 850-son qaroriga asosan 2019 yilning 1-yanvaridan tadbirkorlik subyektlarining ayrim turlari to‘xtatilishi haqidagi yangilikni o‘qidim. Shu xabar rostmi, agar tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari to‘xtatilsa nima bo‘ladi? CHunki men bankdan kredit olganman. Muddati 2023 yilning sentyabr oyigacha. Kreditni qanday to‘layman?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24-oktabrdagi 850-son qarori bilan 2019 yil 1-yanvardan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatidan “Yog‘ochdan (mebeldan tashqari) va alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash” chiqarildi. Ushbudan kelib chiqib, Siz ushbu faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib shug‘ulanishingiz mumkin bo‘ladi.

Savol: Men pensionerman. 2018 yilda ishlatilgan avtomobil sotib olgandim. SHu yilda, ya’ni 2019 yilda yana bitta avtomobil sotib olmoqchiman. Agar nomimda ikkita avtomobil rasmiylashtirilgan bo‘lsa qanday soliqlar to‘lanadi?

Javob: Soliq majburiyati paydo bulmaydi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman. Telegramda gruppa ochib mahsulotimni sotaman. Lekin hozirgi kunda telegramda patent ochmasdan noqonuniy tarzda mahsulotini arzon narxda sotayotgan fuqarolar ko‘payib ketayapti. Menga o‘xshab qonuniy soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab ishlab kelayotganlarga to‘sqinlik qilishayapti. SHuni oldini olishni iloji bormi?

Javob: Muammoni bartarf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli qarori bilan tovarlarni import qilish va chakana sotish faoliyat turi bo‘yicha tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish faoliyatiga o‘zgartirish kiritilib, olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSH dollari ekvivalentidan oshadigan bo‘lsa, ushbu faoliyatni yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish tartibi belgilandi.

Savol: Men Guliston shahar Bahor mahallasida YaTT faoliyati bilan shug‘ullanmoqchiman, ya’ni milliy shirinliklar ishlab chiqarmoqchiman, men faoliyatim bo‘yicha qanday soliqlarni to‘lovchisi hisoblanaman?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga asosan qat’iy belgilangan soliqning bir oydagi stavkasi 200 000 so‘m bo‘lib, faoliyat yuritgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay to‘lov amalga oshiriladi hamda EKIXning bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona ijtimoiy to‘lovni faoliyat yuritgan oyning 25-sanasidan kechiktirmay to‘lov amalga oshiriladi.

Savol: Korxona yagona soliq to‘lovchisi bo‘lib, umumovqatlanish shoxobchasiga ega. Foydasidan qancha soliq to‘lashi kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 356-moddasiga binoan, turli soliq solish obyektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari kerak. Shunga muvofiq, agar yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullansa, u holda har bir faoliyat turining alohida hisobini yuritishi hamda umumiy ovqatlanish faoliyatidan yagona soliq to‘lovini 6 foiz miqdorida to‘lashi lozim.

Вопрос: Предостаялются какие-либо сведения по импортным контрактам в органы государственной налоговой службы.

Ответ: По импортным контрактам сведения в органы государственной налоговой службы не предоставляются. Вам необходимо выполнять требования пункта 13 ПОЛОЖЕНИЕ от 30.09.2003 г. N 416 "О порядке осуществления мониторинга за внешнеторговыми операциями": Срок ввоза в республику и оформления товаров в режим "выпуск для свободного обращения", выполнения работ и оказания услуг или возврата уплаченных за них денежных средств по импортным контрактам не должен превышать:

по контрактам, заключенным в рамках проектов, реализуемых в соответствии с решениями Президента Республики Узбекистан и Кабинета Министров Республики Узбекистан, или в случае утверждения контрактов Управляющим комитетом в рамках реализации Соглашений о разделе продукции – сроки, установленные в импортных контрактах;

по другим импортным контрактам – 180 календарных дней со дня осуществления оплаты.

Savol: Bitta korxona ikkinchi korxonadan texnikani ijaraga olib chet el kompaniyasiga ijaraga berilganda QQS solig‘i qanday hisoblanadi?

Javob: Texnika ijaraga olinganda QQS solig‘i bilan olingan, chet el kompaniyasiga berilayotganda QQS solig‘i bilan beriladi, QQS solig‘i hisoblanayotganda QQS alohida schyotda yuritiladi Texnika ijaraga olingandagi QQS solig‘i zachyotga olinib hisoblanib farqi to‘lab beriladi.

Savol: Nodavlat ta’lim muassasasi umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘lasa qanday soliq imtiyozlari mavjud?

Javob: 15.09.2017 yildagi PQ-3276 sonli qarorga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan

Savol: 2-guruh nogironi nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun guvohnoma ochib 2 ta savdo nuqtasida ishlasa bo‘ladimi, yani 1-sida guvohnoma egasi, 2-sida yollanma xodimi faoliyat yuritsa bo‘ladimi?

Javob: 1 ta guvohnoma bilan 2 ta savdo nuqtada ishlash uchun qonunda ruxsat berilmagan.

Savol: Yangi firma ulgurji savdo bilan shug‘ullansa qanday soliqlar to‘laydi?

Javob: 2019 yildan yangi ulgurji savdo korxonasi yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi, ish haqidan jismoniy shaxslar daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘laydi. Pul aylanmasi bir mlrd. so‘mdan oshganda keyingi chorakdan umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tadi.

Savol: Men maktabda ishlayman. O‘g‘lim bolalikdan nogiron bo‘lganligi sababli menga EKIH 4 baravarigacha bo‘lgan miqdorda imtiyozim bor. SHu imtiyoz 2019 yilda ham saqlanib qolganmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi to‘g‘risida"gi 5468-sonli Farmonda 2019 yil 1-yanvardan boshlab barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish, bunda, ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinishi ko‘rsatilgan.

Savol: Otam meni o‘qishim uchun kontrakt pulini to‘lab bergan edilar. Tuman DSIga daromad solig‘ini qaytarish uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

Javob: Adliya vazirligida 2010 yil 27-mayda 2107-son bilan ro‘yxatga olingan Nizomga asosan davlat soliq xizmati organiga jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:

talaba bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;

O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; pasport nusxasi (soliq imtiyozi ota-ona tomonidan qo‘llanilganda) va ta’lim oluvchining (ta’lim oluvchilarning) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;

otasini ish joyidan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma

Savol: Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi soliq turlaridan imtiyozga ega?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3651-sonli qarorining 9-bandiga asosan, o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.

Savol: Men 2017 yilda davlat narxi 32 mln.ga uy sotib olgandim hozir 2019 yilga kelib shu uyning davlat narxi 85 mln.ga oshgan, o‘zim norizidentman, agar shu uyni sotsam daromad solig‘i qaysi summadan hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi, bundan ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq bitim tuzilgan taqdirda, turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar mustasnoligi belgilangan.

Savol: Bizning korxonamiz birjadan transformatorlar uchun moy sotib olib unga o‘z komponentlarimizni qo‘shib moyni sifatini yanada yaxshilab sotamiz, bizning korxona faoliyati ishlab chiqarishga kiradimi yoki ulgurji savdoga kiradimi?

Javob: Agar transformator moyiga o‘z komponentlaringizni qo‘shganda moyni tarkibi hamda tovar sifati va kodi o‘zgarsa korxona faoliyati ishlab chiqarishga kiradi.

Savol: Korxona mexmonxona xizmati va chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullansa yagona soliq to‘lovini qanaqa tartibda hisoblaydi?

Javob: Solik kodeksining 353-moddasi bo‘yicha turli soliq solish ob’ektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari kerak.

Savol: Men har yili yoz faslida yakka tartibdagi tadbirkorlikning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanaman. SHu paytgacha Sport sog‘lomlashtirish majmuasidagi noturar inshootimni mol-mulk va yer soliqlaridan Soliq kodeksining 282-modda 3-qismi va 290-modda 3-qismiga asosan imtiyoz bilan ishlatib keldim. Lekin 2018 yildan Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan siz imtiyozga ega emassiz deyishdi. SHu to‘g‘rimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 27-dekabrdagi O‘RQ-417-sonli Qonuniga asosan, Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, unga muvofiq, 290-moddasining uchinchi qismi o‘z kuchini yo‘qotgan.

Savol: 12 oy davomida ikkita uy sotilsa daromad solig‘i qanaqa tartibda hisoblanadi va to‘lanadi? Oldi- sotdi shartnomada ko‘rsatilgan summadan daromad solig‘i to‘lanadimi yoki kadastrda belgilangan inventar summadan daromad solig‘i to‘lanadimi?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan jismoniy shaxslar ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq shartnoma tuzib, turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlariga soliq solinadi.

Savol: Firma direktori chet el fuqarosi bo‘lsa INPS qanaqa ochiladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

Savol: Men Guliston shahar 3-mavzeda YaTT faoliyati bilan shug‘ullanmoqchiman, ya’ni milliy shirinliklar ishlab chiqarmoqchiman, men faoliyatim bo‘yicha qanday soliqlarni to‘lovchisi xisoblanaman?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga asosan qat’iy belgilangan soliqning bir oydagi stavkasi 200 000 so‘m bo‘lib, faoliyat yuritgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay to‘lov amalga oshiriladi hamda EKIXning bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona ijtimoiy to‘lovni faoliyat yuritgan oyning 25-sanasidan kechiktirmay to‘lov amalga oshiriladi.

Savol: Yosh oila sifatida ipotekaga uy olgan. Ish haqining 600 ming so‘mini kreditga yo‘naltiriladi. Fuqaroning ish haqidan daromad solig‘i ushlab qolinadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasini 30-bandiga binoan, yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilganda; qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga oshirayotgan quruvchi shaxslar, shuningdek ularning mazkur kreditlar bo‘yicha birgalikdagi qarz oluvchi bo‘lgan oila a’zolari tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilganda jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalariga soliq solinmaydi.

Savol: Korxona yagona soliq to‘lovchisi bo‘lib, umumovqatlanish shoxobchasiga ega. Foydasidan qancha soliq to‘lashi kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 356-moddasiga binoan, turli soliq solish ob’ektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari kerak. SHunga muvofiq, agar yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullansa, u holda har bir faoliyat turining alohida hisobini yuritishi hamda umumiy ovqatlanish faoliyatidan yagona soliq to‘lovini 6 foiz miqdorida to‘lashi lozim.

Savol: WIFI o‘rnatmoqchi edik. Qanday imtiyoz berilgan?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7-fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 3514-sonli Qarorida O‘zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari, sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi hududlarni bepul Wi-Fi tizimi bilan ta’minlaganlar uchun ham muayyan imtiyozlar bor. Masalan, ular o‘zlari Wi-Fi tizimini taqdim etgan, odamlar ko‘p tashrif buyuruvchi hududda o‘z reklamalarini bepul joylashlari mumkinligi ko‘zda tutilgan va shu zonani tashkil etish xarajatlariga yagona soliq to‘lovida bo‘lsa, yalpi tushumni va umumbelgilanganda bo‘lsa jami daromadni kamaytiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoniga binoan, o‘z hududida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bazasi tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi

Savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.10.2018 yil PQ-3978-son qarori qachondan tatbiq etiladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 14-dekabrdagi "Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi qonunining 30-moddasiga binoan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran, ya’ni 2018 yil 18-oktabrdan kuchga kirgan.

Savol: Men davlat dasturi asosida qurilgan yangi uylardan olganman. Menga 22.11.2016 yil PQ-2660 sonli qarori asosida daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-son qaroriga binoan, Dasturni amalga oshirish doirasida jismoniy shaxslarning (zayom oluvchilarning), shuningdek ular oila a’zolarining (eri, xotini, ota-onalari, bolalari) ko‘pkvartirali uylardan kvartiralar sotib olishga olingan ipoteka kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni va foizlarni qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi summasi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Savol: Men paxta terimida qatnashaman. Men paxta terib olgan daromadimdan daromad solig‘i to‘laymanmi?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasining 33-bandida paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod ekanligi ko‘rsatiladi.

Savol: Men o‘qituvchiman. Menga avto kredit olsam daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Qonunchilikda avto kredit uchun imtiyoz berish ko‘zda tutilmagan

Savol: Korporativ to‘lov kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirganda yuk-xatisiz va hisob-fakturasiz muomala qilishi mumkinmi?

Javob: Soliq kodeksining 222-moddasiga asosan quyidagi hollar bundan mustasno: tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berish

Savol: 500,0 mln. so‘mlik tovarlar xarid qilinib, 15% lik ustama bilan sotilganda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash tartibi qanday bo‘ladi?

Javob: 500,0 mln. so‘mlik tovarlar xarid qilinganda, hisoblangan 100,0 mln. so‘mlik QQS hisobga olinadi va 15% ustama bilan sotilishini inobatga oladigan bo‘lsak, realizatsiya vaqtidagi QQS 115,0 mln. so‘m bo‘lib, byudjetga 15,0 mln. so‘mlik QQS to‘lab beriladi

Savol: Meni korxonam 2017 yil 28 noyabr kuni tashkil topgan. Korxonaning ustav fondi shakllantirilmagan. Ustav fondini shakllantirish muddati bormi? Agar ustav fondi shakllantirish muddati kechiktirilgan bo‘lsa uni qanday shakllantirsam bo‘ladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining "Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida"gi Qonunning 14-moddasiga asosan, jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak.

Savol: Firma direktori chet el fuqarosi bo‘lsa INPS qanaqa ochiladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega.

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

Savol: Yuridik shaxs tomonidan import qilingan uskunani kirim qilganda buxgalteriya hisobida balans qiymatini kiritishda qaysi sanadagi kurs bo‘yicha hisob-kitob qilinadi?

Javob: Bojxona rejimlarining 40-rejimiga olingan sana bo‘yicha hisob-kitob qilinadi

Savol: YaTT qishloq joyda sartaroshlik xizmati bo‘yicha soliqdan qanday imtiyozga ega?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14-iyuldagi PQ-3856-sonli qaroriga asosan qishloq tumanlarida, bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1-iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi.

Savol:   Mexmonxona xizmatlari bo‘yicha qanday imtiyozlar mavjud?

Javob: PF-4861-son qarorga asosan foyda solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk va yagona soliq to‘lovidan ozod

Savol: Vafot etgan jismoniy shaxsning qat’iy belgilangan solig‘ini to‘lash bo‘yicha qarzi kim tomonidan to‘lanadi?

Javob: Umidsiz qarz hisoblanadi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasi

Savol: Avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinganmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15-avgustdagi PF-5511-sonli Farmoniga asosan bekor qilingan bo‘lib, endilikda ular yagona soliq to‘lovini to‘laydi.

Savol: Jismoniy shaxslar qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha xarid qilgan uy-joylar bo‘yicha ipoteka kreditini to‘lab bo‘lmagunga qadar qaysi soliqlardan ozod qilindilar?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qarori talablari bo‘yicha mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi

Savol: Men YaTT faoliyatini ochganman, kollej bitiruvchilariga imtiyoz asosida, lekin faoliyatimni imtiyozli davr tugamasdan oldin tugatmoqchiman, men imtiyozimni to‘liq tugatmasdan yopsam imtiyozli davr soliqlarni ham to‘lab berishim shartmi?

Javob: SK 375 moddasiga asosan: kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.

Savol: Men universitetda talabaman, meni to‘lov kontrakt summamni otam to‘laydi, otamga farzandi uchun ish xaqidan to‘lagan kontrakt summasi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasining 31-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod.

Savol: Mas’uliyati cheklangan jamiyat Germaniya firmasi bilan shartnoma tuzgan. Logistika firmasi ko‘rsatgan xizmati uchun, ya’ni transport xizmati uchun QQS to‘lanadimi?

Javob: Soliq Kodeksining 216-moddasiga asosan transport xizmatini ko‘rsatgan logistika firmasiga QQS “0” stavkada qo‘llaniladi.

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх