Samarqand viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Savol: Qurilish ishlari bilan shug‘ullanamiz, yagona soliq to‘lovchisimiz. Budjetdan moliyalashtiriladigan va tenderga qo‘yilgan obyektni savdoda yutib olib qurayapmiz. Bizga soliq idorasidagilar yagona soliqdan tashqari QQSni ham to‘lashimiz lozimligini aytishmoqda, shu to‘g‘rimi ?

Javob: Soliq Kodeksining 349-moddasiga ko‘ra, markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan obyektlarni tender savdolarida yutib olgan yagona soliq to‘lovchi subyektlar yillik oborotidan qat’i nazar ushbu obyektlar bo‘yicha bajarilgan ish xajmidan yagona soliqdan tashqari 20 foizlik stavkada QQS to‘lashlik majburiyati yuklatilgan.

Soliq Kodeksining 360-moddasiga asosan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.

Savol: Farzandim 4 kursda o‘qiyapti. To‘layotgan kontrakt summamdan bo‘lgan imtiyoz bekor bo‘larmish deyilgani uchun 2018 yilning oxirida keyingi yilning 1-yarmi uchun ham kontrakt summasining bir qismini to‘lagan edim. Imtiyoz bekor qilinmadimi?

Javob: Soliq Kodeksining 179-moddasi 31-bandiga ko‘ra fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari daromad solig‘iga tortilmasligi sharti bekor qilingan emas va amalda.

Savol: Advokatlik firmasi ochsam qanaqa soliqlar to‘lashim lozim bo‘ladi?

Javob: Soliq Kodeksining 391 va 392-moddalari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz. Ularga ko‘ra. advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladilar, quyidagilar bundan mustasno:

bojxona to‘lovlari;

yagona ijtimoiy to‘lov;

to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar.

Advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari (advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ushbu Kodeksda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.

Advokatlar tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko‘rsatganlik uchun olingan gonorarlar summalariga ushbu moddada belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.

Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i obyektidir.

Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam (xizmat) ko‘rsatganlik uchun olingan summa bilan advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o‘tkazilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Soliq solinadigan baza advokat daromadidan advokat gonorarida hisobga olinadigan yagona ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.

Advokatlarning daromadlariga soliq solish ushbu Kodeksning 184-188-moddalariga muvofiq soliq agentlari – advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan amalga oshiriladi.

Savol: Elektron hisobvaraq-faktura qanday yuborildi?

Javob: Davlat soliq qo‘mitasining my.soliq.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va elektron hisobvaraq-faktura moduli orqali yuboriladi.

Savol: Biz vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanamiz va yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanamiz. Aytingchi, yagona soliq to‘lovi bazasi yalpi tushummi yoki vositachilik haqi summasimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ 4086-sonli qarori 7-ilovasi 5-bandiga asosan vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun yagona soliq to‘lovi vositachilik xaqi summasidan 25 foiz miqdorda undiriladi.

Savol: Ta’sischilar tomonidan olingan dividentlarga soliq stavkalari qanday?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 1591-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha, hamda 160-moddasiga asosan, norezident ta’sischilarga to‘lanadigan dividentlar va foizlarga 10 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

Savol: Men korxonamiz hisobotini yuborish uchun ERI orqali shaxsiy kabinetdan parolimni terganimda har safar tasdiqlash kodini kirting degan ma’lumot chiqyapti. Qanday qilib ushbu yozuv chiqmaydigan qilsa bo‘ladi?

Javob: Siz shaxsiy kabinetingizga kirishda parolingizni kiritganingizdan so‘ng “6 soat” degan yozuv ustiga belgi qo‘yib kirganingizda tizim sizdan har safar tasdiqlash kodini kiritishni so‘ramaydi.

Savol: Turizm yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari uchun Mehmonxona xo‘jaligida zarur bo‘lgan, o‘zimizda ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotlarni import qilishda qanday soliq va bojxona imtiyolari mavjud?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4095 sonli qarorining 14-bandiga asosan 2022 yilning 1-yanvariga qadar olib kiriladigan, turistlar tashrif buyuradigan joylarga o‘rnatiladigan antivandal sanitariya-gigiena shoxobchalari, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, galereyalar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, jihozlar, turniketlar, dasturiy ta’minot, to‘lov-ma’lumot terminallari, videokuzatuv tizimlari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Savol: Jamiyatning 5 gektar yer maydoni bo‘lib, belgilangan muddatlarda yer solig‘ini to‘lab kelyapmiz, 2019 yilning 25-fevral kuni tuman hokimi qarori asosida yana 1,2 gektar yer maydoni jamiyat foydalanishi uchun ajratildi. Yer solig‘ini qaysi davrdan boshlab to‘lashimiz kerak bo‘ladi?

Javob: Soliq kodeksining 281-moddasi talablari bo‘yicha, qaysi yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Ushbu holatda mart oyidan e’tiboran soliq munosabatlari yuzaga keladi.

Savol: Soliq qonunchiligiga asosan da’vo muddati necha yil?

Javob: Soliq qonunchiligiga asosan da’vo muddati besh yil etib belgilangan.

Savol: Qanday qilib asosiy vositalarni hisobdan chiqarish mumkin?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari BHMS №5 (Asosiy vositalar) standartiga asosan asosiy vositalar quyidagi tadbirlar natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektning balansidan chiqarib tashlanadi:

- Tugatish;

- Sotish;

- Almashtirish;

- Tekinga berish;

- Ta’sis badali tarzida ustav sarmoyasiga o‘tkazish;

- Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha berish;

- Kamomad yoki yo‘qotishni aniqlash.

Sotish qiymati bilan balans qiymati o‘rtasidagi, shuningdek sotish xarajatlari o‘rtasidagi tafovut asosiy vositalarning sotilishidan yoki hisobdan boshqacha chiqarib tashlanishidan olingan foyda yoki zarar hisoblanadi.

Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida ustav sarmoyasiga berish chog‘ida ularni joriy qiymatigacha baholash daromad hisoblanmaydi.

Savol: Korxona tadbirkorlik faoliyatini boshlash chog‘ida moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi tufayli muassisning yashash joyi bo‘yicha “davlat xizmatlari” markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Korxona faoliyat boshlaganini hisobga olganda, muassisning yashash joyidagi manzil qancha vaqt korxonaning yuridik manzili bo‘lishi mumkin?

Javob: Qonun hujjatlarida yuridik shaxsning "joylashgan joyi", "pochta manzili" atamalaridan foydalaniladi, ular bir xil ma’noni anglatadi.

Yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga onlayn-ariza shaklida pochta manzili sifatida muassisning manzilini ko‘rsatish imkoni bor. Biroq ko‘p kvartirali uydagi turar joyga yuridik shaxsni ushbu joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar turkumiga o‘tkazilganidan keyingina joylashtirish mumkin (UJKning 9-moddasi). Ushbu talab oilaviy korxonalarga tatbiq etilmaydi ("Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonunning 16-moddasi).

Yana bir talab – yuridik shaxs qayd etilgan pochta manzilida bo‘lishi kerak. Agar u yerda bo‘lmasa, soliq idorasi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli bo‘ladi (Soliq kodeksining 96-moddasi).

Shu sababli siz tezlikda noturar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish va qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi

Savol: Jamiyatimiz hududimizga yaqin bo‘lgan tibbiyot muassasasi (poliklinika)ga beg‘araz sifatida tekinga internet xizmatlarini ko‘rsatmoqchi.

Bunday xizmatlarni ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasasi bilan shartnoma tuzishimiz zarurmi?

Javob: Fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqa tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov olmasdan biron narsani tekinga berish uchun shartnoma tuzishga yo‘l qo‘yiladi (FKning 355-moddasi 2-qismi).

Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin (FKning 354-moddasi). Biroq jamiyatga tekinga xizmatlar ko‘rsatish shartnomasini tuzish to‘g‘ri bo‘ladi.

Shartlari aniq qayd etilgan shartnomaning mavjudligi ijrochiga muayyan majburiyatlarni yuklash uchun asos hisoblanadi. Ijrochining bitimda ishtirok etishga roziligi va muayyan xizmatlarni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqlashi buyurtmachiga shartnoma bilan ijrochi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarishini talab qilish huquqini beradi.

Savol: Kichik korxona – YaST to‘lovchisi bo‘lib asosiy faoliyat turi – ishlab chiqarish. SHu bilan birga vositachilik xizmatlarini (Paynet, uyali aloqa operatorlari raqamlarini ulash xizmatlari) ham ko‘rsatadi (yillik oboroti bir milliardga yetmaydi).

Korxona ishlab chiqarish uchun import qilayotgan xomashyolarga import vaqtida QQS to‘lab kirim qilmoqda. Korxona uchun yagona soliq to‘lovini to‘lash 2 karra xarajatga tushmoqda. SHu sababli korxona ixtiyoriy ravishda soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tishi mumkinmi? Agar o‘tsa qanday soliqlarni to‘laydi, o‘tish taomili qay tarzda kechadi?

Javob: Korxona oilaviy korxonalar sirasiga kirmasa, soliq solish tizimini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

Korxona umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tganidan keyin quyidagilarning to‘lovchisi hisoblanadi:

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

qo‘shilgan qiymat solig‘i

mol-mulk solig‘i, mavjud bo‘lganda

suvdan foydalanilgan yoki suv iste’mol qilingan hollarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

er solig‘i, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari mavjud bo‘lganda.

Kichik korxonalar YaSTni to‘lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda keyingi chorakdan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tadi. Buning uchun ular hisobot davri tugaganidan so‘ng 10 kun ichida soliq organlariga yozma bildirish taqdim qiladilar.

Umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan kichik biznes subyektlari umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan birinchi chorak uchun foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi. Soliq solish tartibini qo‘llash to‘g‘risidagi bildirish tasdiqlangan shaklda taqdim etiladi.

Savol: Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi oilaviy korxona kelgusida aholiga trenajyor zalida xizmat ko‘rsatish uchun trenajyor uskunalari komplektini sotib oldi. Eshitishimizcha, oilaviy korxona xo‘jalik faoliyatida foydalaniladigan o‘z xonalarini noturar joy fondiga o‘tkazmasligi mumkin ekan. Oilaviy korxona muassislaridan biri trenajyor zali uchun xona berdi, unda yangi uskunalar o‘rnatilib, foydalanishga tayyor holga keltirildi.

Shu holatda Muassis bilan trenajyor zali uchun xonani ijaraga olish shartnomasini tuzish zarurmi?

Javob: Ishtirokchi xonani oilaviy korxona umumiy foydalanishiga bergan bo‘lsa, ijara shartnomasini tuzish kerak emas. Aks holda shartnoma tuzish zarur.

Oilaviy korxona ishtirokchining mol-mulkidan (sizning holatda xonasidan) 2 xil yo‘l bilan foydalanishi mumkin:

1) ishtirokchi oilaviy korxonaning ta’sis shartnomasida ushbu mol-mulkni ishtirokchilarning oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki ro‘yxatida ko‘rsatadi. Ta’sis shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, oilaviy korxona balansiga berilgan ishtirokchilarning mol-mulki ro‘yxati qismida unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bunda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinmaydi ("Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonunning 9-moddasi). Ko‘rilgan holatda oilaviy korxona ishtirokchisi bilan OKning o‘zi o‘rtasida ijara shartnomasini tuzish talab etilmaydi;

2) OKning ta’sis hujjatlariga ko‘ra ishtirokchi ushbu mol-mulkni korxona foydalanishiga bermagan. Bu holda xonani ijaraga olish shartnomasi yoki tekin foydalanish shartnomasini tuzish zarur.

Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, shu jumladan, ishlab chiqarish, xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar OK faoliyati amalga oshiriladigan joydir.

Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni ulardan OK faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno (Qonunning 16-moddasi). Shundan kelib chiqqan holda turar joy xonasini noturar joy fondiga o‘tkazishingiz kerak emas deb hisoblaymiz.

Savol: Vositachilik xizmatida vositachi norezident yuridik shaxsga murojaat etib u orqali xizmat bajarsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qay tartibda hisoblanadi?

Javob: Soliq Kodeksining 207-moddasiga asosan norezident tomonidan rezident uchun bajarilgan ishlar, xizmatlar oluvchining soliq solinadigan oboroti hisoblanadi. Oborot chet el valyutasida amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda oborot amalga oshirilgan sanadagi Markaziy bank kursida hisobga olinadi.

Savol: Oilaviy korxona muassislardan birining uchastkasi hududida makaron mahsulotlari ishlab chiqaradi. Firma boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda bo‘lganida sexni ijaraga olgan yoki sotib olgan bo‘lardi. Biroq oilaviy korxonadagi turar joy va uchastka muassisga qarashli.

Ishlab chiqarish joylashgan turar joy va yer uchastkasini saqlash (ijara, kommunal to‘lovlar, obodonlashtirish va b.) xarajatlarini korxonaning buxgalteriya hisobida aks ettirish zarurmi? Bu holda firmaning hech qanday xarajat qilmasligi dalili tannarxni pasaytirish deb hisoblanmaydimi?

Javob: Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan joylarda oilaviy korxona faoliyatni amalga oshiradi ("Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonunning 16-moddasi). Binobarin, oilaviy korxona ishtirokchisi bilan ijara shartnomasini tuzish shart emas.

Oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal xizmatlar haqini aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘laydi (Qonunning 28-moddasi).

Ishlab chiqarish xonasidan foydalanish, elektr energiyasi, suv iste’mol qilish ishlab chiqarish jarayonining majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli mahsulot tannarxini to‘g‘ri shakllantirish va uni realizatsiya qilishdan real moliyaviy natijani aniqlash uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

- korxona bilan uning mulkdori o‘rtasida xonani ijaraga olish shartnomasini rasmiylashtirish;

- sexga to‘g‘ri keladigan kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni alohida hisobga olish.

Buning uchun alohida hisoblagichlar o‘rnatish va ushbu xarajatlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritgan holda korxona mablag‘laridan to‘lash maqul.

Aks holda oilaviy korxona a’zolarining korxona foydasiga qilgan xarajatlari, shuningdek hech qanday hujjatni rasmiylashtirmasdan xonadan foydalanishi korxona uchun yagona soliq to‘lovi solinadigan daromad deb hisoblanadi.

Savol: Korxona import asosida dori vositalarini olib keladi, bojxona to‘lovlarida QQS imtiyozidan foydalanadi, shunda qanday tartibda to‘langan QQS hisobga olinadi?

Javob: Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan, import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar import qilingan tovarlar bo‘yicha soliqni budjetga to‘lashdan ozod etish tarzida bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan imtiyoz berilgan bo‘lsa ham qo‘shilgan QQS hisobga olinadi. Agar realizatsiya qilish oborotlari Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan QQSdan ozod qilingan bo‘lsa, bojxona to‘lovlari bo‘yicha maqsadli imtiyozlar belgilangan bo‘lsa ham QQS hisobga olinmaydi.

Savol: Aytingchi, jamiyat raxbari yoki bosh buxgalteri o‘zgarganida hududiy soliq organiga 08-shakl ma’lumotnomani topshirish muddatlari qanday?

Javob: Siz, hududingizdagi Davlat xizmatlari agentligiga murojat qilib jismoniy shaxslarga tegishli elektron raqamli imzo olasiz. ERI kalitini olganizdan so‘ng mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha malumotlarni my.soliq.uz sayti orqali olish mumkin.

Savol: Men mol-mulk va yer soliqlarini qarzdorlik bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotni soliq idorasiga bormasdan turib bilsam bo‘ladimi?

Javob: Siz, hududingizdagi Davlat xizmatlari agentligiga murojat qilib jismoniy shaxslarga tegishli elektron raqamli imzo olasiz. ERI kalitini olganizdan so‘ng mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha malumotlarni my.soliq.uz sayti orqali olish mumkin.

Savol: Men savdo-sotiq yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatimni boshlamoqchiman. Men tadbirkor bo‘lishim uchun kimga murojaat qilishim kerak?

Javob: Siz, tadbirkorlik faoliyatingizni boshlash uchun, o‘zingiz istiqomat qilayotgan tuman yoki shahardagi Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilishingiz va u yerdan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib tadbirkorlik faoliyatingizni boshlashingiz mumkin bo‘ladi.

Savol: Firmamiz yangi ochilgan. Biz oy yakuni bilan oylik hisobotlarimizni soliq organlariga topshirishimiz kerak. Hisobotlarni esa faqat ERI orqali topshirish mumkin ekan. Bizning bank hisob-raqamimiz hali ochilmaganligi sababli ERI uchun firma nomidan pul ko‘chira olmadik va ERIni ham ola olmadik. Hisobotlarimizni qanday topshirsak bo‘ladi?

Javob: Siz, davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilib firma rahbari nomiga ERI olishingiz va shu orqali hisobotlaringizni topshirishingiz mumkin. Bunda jismoniy shaxs uchun to‘lov istalgan usulda amalga oshiriladi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullana olmanmi?

Javob: Vazirlar mahkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli qarori talablariga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullana olmaysiz. Bunday holda siz, yuridik shaxs sifatida davlat ruyxatidan o‘tib faoliyat yuritishingiz mumkin.

Savol: Biz soddalashtirilgan tartibda QQSni to‘laymiz. Firmamizning balansida mol-mulki hamda yer maydonlari mavjud emas. Biz ijaraga olingan binoda faoliyat yuritamiz. Lekin soliq xodimlari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisobot topshirishingiz kerak deb aytdi. Haqiqatdan ham biz ushubu hisobotlarni topshirishimiz kerakmi? Bizda mol-mulk va yerning o‘zi yo‘q-ku?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF 5468-sonli farmoni talablaridan kelib chiqib 2019 yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini to‘lashlari belgilab qo‘yilgan. SHunday ekan firmangiz balansida ushbu soliq obyektlari mavjud bo‘lmasa ham siz mazkur soliqlar bo‘yicha hisobotlarni topshirishingiz kerak bo‘ladi.

Savol: Yagona ijtimoiy to‘lov va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotlari 2019 yilgacha alohida-alohida yuritilar edi. Hozirgi kunda ushbu hisobot shakllari birlashtirilgan ekan. Ushbu hisobot shakllari qaysi normativ hujjat bilan o‘zgartirildi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Moliya vazirligining “Soliq hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Adliya vazirligidan 2019 yil 21-yanvar kuni 3126-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan qarori asosida  2019 yildan boshlab amalga kiritilgan soliq hisoboti shakllari tasdiqlangan.

Savol: Biz yer olib fermerlik faoliyatini boshlamoqchimiz. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermerlar xo‘jaliklari qanday soliqlar to‘laydi?

Javob: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari soddalashtirilgan tartibda yer maydonining ball banitetidan kelib chiqib yagona yer solig‘ini, ish haqidan yagona ijtimoiy to‘lov va jismoniy shaxslarda olinadigan daromad solig‘ini to‘laydilar.

Savol: Men o‘z ish haqimdan ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob-raqamimga mablag‘ o‘tkazsam daromad solig‘idan imtiyoz saqlanib qoldimi?.

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasiga asosan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob-varag‘iga o‘tkazilgan summa daromad solig‘iga tortilmaydi.

Savol: Korxonamiz savdo kompleksi hududida savdo faoliyatini boshladi. Biz savdo kompleksiga joylashgan do‘konimiz maydonidan kelib chiqib ijara haqi to‘lashimiz kerak ekan. Ijara haqi miqdori kimlar tomonidan belgilanadi?

Javob: Bozorlar va savdo komplekslari hududida “Bir martalik patta to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yig‘imlar” miqdori viloyat hokimligi tomonidan beligilanadi.

Savol: Elektron tarzda hisobot jo‘natishim uchun nima qilishim kerak bo‘ladi?

Javob: Buning uchun Siz soliq organlarining elektron davlat xizmatlari my.soliq.uz portalidagi "Yuridik shaxslar uchun qabinetga kirish" tugmasini bosib, o‘zingizda mavjud bo‘lgan elektron raqamli imzoingiz (ERI) orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, "Yuridik shaxslarning hisobotlarini yuborish" qatorini bosasiz va elektron shakllarni tanlab hisobotlarni yuborishingiz mumkin bo‘ladi.

Savol: Mikrokredit tashkilotlari QQS bo‘yicha imtiyozlar ko‘zda tutilganmi, bo‘lsa qanaqa imtiyozlar ekanligiga tushuncha bersangiz?

Javob: Soliq kodeksining 209-moddasiga ko‘ra, moliyaviy xizmatlar QQSdan ozod etilgan.

Savol: Jamiyatda rahbar yoki hisobchi almashsa soliq idorasiga ma’lumot topshirish kerakmi?

Javob: Rahbar yoki bosh buxgalter o‘zgarganda, jamiyat tomonidan 08-shakl ma’lumotnoma to‘ldirilib, 10 kunlik muddatda korxona ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish lozim bo‘ladi.

Savol: YaTT sifatida “moyka” bilan shug‘ullanar edim, soliqchilar ruxsat yo‘q deyishyapti, shu to‘g‘rimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli Qaroriga asosan YaTTlar uchun faoliyat amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan ishlar ro‘yxatidan chiqarilgan. SHu sababli shunday faoliyat bilan shug‘ullanish niyatingiz bo‘lsa, yuridik shaxs maqomiga faoliyatingizni o‘zgartirish lozim bo‘ladi.

Savol: Men soliq idorasiga bormasdan turib STIR olishim mumkinmi?

Javob: Siz tuman Davlat xizmatlari markazidan yoki my.soliq.uz sayti orqali STIR raqami olsangiz bo‘ladi.

Savol: Mendan bir oyda olayotgan oyligimdan (1200,0 ming so‘m) qancha miqdorda soliqlar ushlanadi ?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi PQ-5468 sonli Qaroriga asosan 2019 yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar daromad solig‘i 12 foiz belgilangan. SHundan kelib chiqqan xolda Siz 1200,0 ming so‘mlik ish xaqingizdan oyiga (1200,0*12/100) 144,0 ming so‘m daromad solig‘i to‘laysiz.

Savol: Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib oluvchilar soddalashtirilgan tartibdagi soliqlarni to‘lashi mumkinmi, masalan yagona soliq to‘lovini?

Javob: Soliq kodeksining 242-moddasiga asosan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; qo‘shimcha foyda solig‘i; bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar) to‘lashi belgilangan bo‘lib, yagona soliq to‘lovi to‘lashi mumkin emas.

Savol: Jismoniy shaxs o‘zining noturar joyini yuridik shaxsga ofis uchun ijaraga bersa minimal stavka qancha bo‘ladi?

Javob: Bunday xolatda ijara summasining qanchadan kam bo‘lmasligi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Masalan 2019 yil uchun belgilangan ijara summalari miqdorlari Prezidentimizning 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086 sonli qarorning 24-bandida ko‘rsatilgan.

Savol: Korxonaning yillik oboroti (tushumi) 3 mlrd. so‘mdan oshgani uchun 2019 yildan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tsa, QQS to‘lamaydigan firmadan tovarlar sotib olinganda, to‘lanadigan QQS miqdori oshib ketadimi?.

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘i ikki baravar to‘lanmaydi, ammo korxona tomonidan budjetga QQS to‘lashda hisobga olinadigan summa bo‘lmaydi, chunki sotib olingan tovari QQSsiz olingan.

Savol: 2019 yilda oladigan ish xaqimdan to‘lanadigan soliqlarda qanaqa o‘zgarish bo‘ldi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi PQ-5468 sonli Qaroriga asosan 2019 yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar daromadidan ushlanadigan soliq 12 foiz qilib belgilandi, sug‘urta badali (8 foizlik) ushlab qolish bekor qilindi.

Savol: Dehqon xo‘jaliklari tashkil etib faoliyat yuritsam necha foiz sug‘urta badalini to‘layman?

Javob: Soliq kodeksining 311-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini yiliga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligining boshlig‘i sug‘urta badallarini majburiy tartibda, boshqa a’zolari esa, ixtiyoriylik asosida to‘laydi. Belgilangan miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

Savol:. Men YaTT sifatida faoliyat yuritaman, yanvar-fevral oylarida oborotim 100 millondan oshgani sababli menga xabarnoma keldi, endi men qanday soliq turini to‘layman?

Javob: 2019 yil 1-yanvardan yillik aylanmasi 100 milliondan oshgan YaTTlar oborotidan 4% soliq to‘laydi.

Savol: Oilaviy korxona umumbelgilangan soliq solish tizimiga o‘tishi mumkinmi?

Javob: 24.06.2012 yildagi O‘RQ-327 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” qonunining 26-moddasiga ko‘ra oilaviy korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘laydilar.

Savol: Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari soliq ta’tillaridan foydalanish xuquqiga egami?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-son qonuniga muvofiq Soliq kodeksning 54-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga asosan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha soliq ta’tillaridan foydalanishi huquqiga ega emas.

Savol: Yagona yer solig‘i to‘lovchilar qaysi hollarda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘laydi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq, yer uchastkalari obyektlari va maydonlaridan samarasiz foydalanilganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan taqdirda, yagona yer solig‘ini to‘lovchilar ushbu yer uchastkalari obyektlari va maydonlari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu kodeks 269-1-moddasining uchinchi qismida hamda 283-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda to‘laydi.

Savol: Yuridik shaxs ulgurji faoliyat bilan shug‘ullanadi. Neft masulotlarini sotish uchun litsenziya olishi kerakmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12-maydagi 222-II son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish litsenziya talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanadi.

Savol: Dehqon xo‘jaligi tashkil etib faoliyat yuritsam necha foiz sug‘urta badali to‘layman?

Javob: Soliq kodeksining 311-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini yiliga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligining boshlig‘i sug‘urta badallarini majburiy tartibda, boshqa a’zolari esa, ixtiyoriylik asosida to‘laydi. Belgilangan miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

Savol: Men YaTT sifatida faoliyat yuritaman, yanvar-fevral oylarida oborotim 100 millondan oshgani sababli menga xabarnoma keldi, endi men qanday soliq turini to‘layman?

Javob: 2019 yil 1-yanvardan yillik aylanmasi 100 milliondan oshgan YaTTlar oborotidan 4% soliq to‘laydi.

Savol: Men 2019 yil aprel oyida nafaqaga chiqaman. Menga yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar berilgan?

Javob: Soliq Kodeksining275-moddasiga ko‘ra nafaqaxo‘rlar mol-mulk solig‘idan 60 kvadrat metr maydon uchun soliq imtiyozlariga ega.

Savol: Oilaviy korxona umumbelgilangan soliq solish tizimiga o‘tishi mumkinmi?

Javob: 24.06.2012 yildagi O‘RQ-327 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” qonunining 26-moddasiga ko‘ra oilaviy korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘laydilar.

Savol: Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari soliq ta’tillaridan foydalanish huquqiga egami?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-son qonuniga muvofiq, Soliq kodeksning 54-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga asosan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha soliq ta’tillaridan foydalanishi huquqiga ega emas.

Savol: Yagona yer solig‘i to‘lovchilar qaysi hollarda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘laydi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq, yer uchastkalari obyektlari va maydonlaridan samarasiz foydalanilganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan taqdirda, yagona yer solig‘ini to‘lovchilar ushbu yer uchastkalari obyektlari va maydonlari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu Kodeks 269-1-moddasining uchinchi qismida hamda 283-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda to‘laydi.

Savol: Bizning fermer xo‘jaligimizda tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu holatda bizga soliqlardan imtiyozlar berilganmi?

Javob: Soliq kodeksining 367-moddasiga asosan yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug‘orishdan foydalanilayotgan bo‘lsa, o‘sha qismida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga yagona yer solig‘idan ozod qilingan.

Savol: Yuridik shaxs ulgurji faoliyat bilan shug‘ullanadi. Neft masulotlarini sotish uchun litsenziya olishi kerakmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12-maydagi 222-II son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizasiya qilish litsenziya talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanadi.

Savol: Nazorat kassa mashinasini hisobga qo‘yish tartibi qanday, hisobga qo‘yishni kim amalga oshiradi?

Javob: Belgilangan tartibda faoliyatingizni amalga oshiradigan hududdagi davlat soliq inspeksiyasiga murojat qilishingiz lozim.

Savol: Mehmonxona xizmatlari uchun qanday imtiyozlar mavjud?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonining 12-bandiga asosan yuridik shaxslar belgilangan tartibda sertifikatlangan kamida 4 yulduzli darajadagi mehmonxona va motellarni foydalanishga topshirilgan sanasidan boshlab ular foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovidan ozod qilingan. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11-apreldagi PF-3594-sonli Farmoniga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan korxonalar kiritilgan investisiya hajmiga qarab: 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha – 3 yil muddatga, 3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha – 5 yil muddatga, 10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga foyda solig‘idan, mulk solig‘idan, mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.

Savol: Korxonaning rahbari o‘zgarganida 08-shakl ma’lumotnomani topshirish muddatlari qanday?

Javob: Korxoni rahbari o‘zgarganida 08-shakl ma’lumotnomani 10 kunlik muddat ichida korxona ro‘yxatdan o‘tgan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish lozim bo‘ladi.

Savol: Uyimni ijaraga bermoqchi edim. Ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritildimi?

Javob: DSQning 2018 yil 15-avgustdagi 2018-65 son qarori bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligida 2018 yil 11-oktabrda 3077-son bilan ro‘yxatga olingan “Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan ijara shartnomalari 2019 yil 1-yanvaridan DSXOlaridan ro‘yxatdan o‘tadi.

Savol: Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib oluvchilar soddalashtirilgan tartibdagi soliqlarni to‘lashi mumkinmi, masalan yagona soliq to‘lovini?

Javob: Soliq kodeksining 242-moddasiga asosan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; qo‘shimcha foyda solig‘i; bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar) to‘lashi belgilangan bo‘lib, yagona soliq to‘lovi to‘lashi mumkin emas.

Savol: Soliq va yig‘imlar to‘langan sana qanday aniqlanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 128-moddasiga asosan naqd pulsiz tartibda mablag‘ to‘lovchining hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kun, naqd pul to‘lashda esa – amalda to‘langan kun soliqlar va yig‘imlar to‘langan sana hisoblanadi.

Savol: Korxona alkogol mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi, korxona mahsulotlarni sotganda qaysi qiymatdan QQS hisoblaydi?

Javob: QQS realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, ya’ni Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan sotish qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Savol: Vetirinariya dorixonalari QQS to‘laydimi?

Javob: Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar oboroti QQSdan ozod qilingan. Korxona 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tadi, lekin korxona tomonidan realizatsiya qilinayotgan dori vositalariga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobi imtiyoz qo‘llanilgan holda taqdim etiladi.

Savol: Aksiz solig‘ining qat’iy va advalor stavkalari nimaga nisbatan qo‘llaniladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qarorining 19-ilovasiga asosan 2019 yildan aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari natural ko‘rinishdagi aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor stavkasi aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda ishlab chiqaruvchining realizatsiya qilingan tovarlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Savol: Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalarini ayting?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qarorining 7-ilovasini 8-punktiga asosan umumiy ovqatlanish korxonasining joylashgan joyiga qarab, aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda 8%, boshqa aholi punktlarida 6%, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda 4% qilib belgilangan. SHuningdek, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yuqorida ko‘rsatilgan tartibda joylashgan joyiga qarab belgilangan stavkaning 75%i to‘lashi lozim bo‘ladi.

Savol: Soliq solishda aralash stavka nima degani?

Javob: Soliq solishda aralash stavkasini qo‘llanilishi qat’iy belgilangan soliq bilan bir qatorda advalor stavkaning kiritilishini nazarda tutadi.

Savol: Jamiyat belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini yubora olmadi. Qanday choralar ko‘riladi?

Javob: Jamiyat belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini yubormagan bo‘lsa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan mansabdor shaslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Savol: MCHJ o‘zining xodimi bo‘lmagan shaxsning (kelgusida o‘ziga kadr tayyorlash maqsadida) kontrakt to‘lovini to‘lab berdi. Daromad solig‘i ushlab qolinadimi?

Javob: To‘lov manbaida 12 foiz daromad solig‘i ushlab qolinadi.

Savol: Bir avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish MCHJ hududida, ta’sischi bir vaqtning o‘zida direktorga tegishli savdo do‘koni mavjud. Shu do‘konni avtoehtiyot qismlari bilan chakana savdo qiladigan MCHJga qarashli firma do‘koni sifatida tashkil qilish mumkinmi yoki alohida YaTT qilish qerakmi?

Javob: MCHJ ichida tashkil qilish mumkin. Asosiy faoliyat xizmat ko‘rsatish va qo‘shimcha faoliyat sifatida chakana savdoni ko‘rsatish mumkin.

Savol: Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar kimlar?

Javob: Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar Fermer xo‘jaliklardir. Yerning normativ qiymatidan joriy yil uchun 0,95 % miqdorida Yagona yer solig‘i to‘lashligi belgilab qo‘yildi.

Savol: YaTT oboroti 100,0 mln. so‘mdan o‘tdi YaTT sifatida tushumdan yagona soliq to‘laydimi yoki yuridik shaxs sifatida qayta ro‘yhatdan o‘tish shartmi?

Javob: Agar oborot 100,0 mln. so‘mdan oshib 1,0 mlrd. so‘mdan kam bo‘lsa YaTT sifatida yagona soliq to‘lovini to‘laydi.

Savol:  Soliqlar bo‘yicha budjetga to‘lov intizomini buzish qanday choralar ko‘rilishiga sabab bo‘ladi?

Javob: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi beshinchi qismiga asosan budjetga to‘lov intizomini buzish eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Savol: Jismoniy shaxs o‘zi ishlab o‘zining oliy ta’lim muassasasidagi shartnoma pulini to‘lasa jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan jismoniy shaxs uzi ishlab uzining oliy ta’lim muassasasidagi shartnoma pulini to‘lasa jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod.

Savol: Davlat sherikchilik asosida hususiy bog‘cha ochilsa soliqlardan qanday imtiyozlar bor?

Javob: Davlat sherikchilik asosida hususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil qilinsa yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.

Savol: Mol-mulk va yer soliqlarini elektron bazadan ko‘rsa bo‘ladimi, jismoniy shaxslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron bazaga kirish, ma’lumot olish uchun qaysi saytga kirsa bo‘ladi?

Javob: Davlat xizmatlari agentligiga murojat qilinadi va jismoniy shaxslarga tegishli elektron raqamli imzo olinadi, so‘ng mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha malumotlarni my.soliq.uz sayti orqali olish mumkin.

Savol: Turmush o‘rtog‘im yosh oila sifatida ipoteka krediti asosida qurilgan uylardan olgan, kredit to‘lovi uning ish haqidan o‘tkazilmoqda, turmush o‘rtog‘imga ish haqidan hisoblanyotgan daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandiga asosan yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilganda daromad solig‘idan imtiyoz mavjud.

Savol: Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisoboti 2019 yildan boshlab qanday shaklda yuborilmoqda?

Javob: Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 21-yanvar kunida Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Adliya vazirligidan 3126-son bilan ro‘yxatdan qaroriga asosan 2019 yil yanvar oyidan boshlab yangi shakldagi hisobot shakllari hududiy davlat soliq organlariga yuboriladi.

Savol: Men Soliq idorasiga bormasdan turib STIR olishim mumkinmi?

Javob: Siz tuman Davlat xizmatlari markazidan yoki my.soliq.uz sayti orqali STIR raqami olsangiz bo‘ladi.

Savol: Mendan uyim uchun soliqni to‘lamagan davrlar uchun 5 yillik miqdorda to‘lashimni talab qilmoqda. SHu narsa qonuniymi?

Javob: Soliq qonunchiligiga asosan byudjetga to‘lov bo‘yicha da’vo muddati besh yil etib belgilangan. SHuning uchun talab qonuniy.

Savol: Men YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritmoqchiman. Ro‘yxatdan o‘tish va faoliyatni boshlash tartibi qanday?

Javob: Siz avvalo Davlat xizmatlari agentligiga borib faoliyat turi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak, o‘zingizga ma’qul bo‘lgan bankdan hisob raqam ochasiz, terminal olish uchun bankka ariza topshirasiz, inkassatsiya xizmati bilan shartnoma tuzasiz, NKM olib uni xususiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan dasturlashtirasiz hamda joylashgan tumaningizdagi davlat soliq inspeksiyasidan NKMni ro‘yxatdan o‘tkazib faoliyatingizni boshlaysiz.

Savol: YaTTga avtomobil yuvish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkinmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli Qaroriga asosan YaTTlar uchun faoliyat amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan ishlar ro‘yxatida mavjud emasligi sababli YaTT ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Savol: Men oyiga 1200,0 ming so‘m oylik olsam qancha miqdorda soliq to‘lashim lozim bo‘ladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi PQ-5468 sonli Qaroriga asosan 2019 yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar daromad solig‘i 12 foiz belgilangan. SHundan kelib chiqqan xolda Siz 1200,0 ming so‘mlik ish xaqingizdan oyiga (1200,0*12/100) 144,0 ming so‘m daromad solig‘i to‘laysiz.

Savol: Korxona 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tsa, bu tizimdan chiqish mumkin bo‘lmaydimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi PQ-5468 sonli Qaroriga asosan, yillik oborotingizdan kelib chiqib, Siz soddalashtirilgan soliq (yagona soliq) to‘lovi yoki umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tishingiz belgilangan. Bunda umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tish yillik oboroti 1.0 mlrd. so‘mdan oshgan korxonalarga belgilangan. Umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tishga sabab bo‘luvchi yillik 1,0 mlrd. so‘mlik oborot miqdorning har 3 yilda qayta ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan.

Savol: YaTT qurilish materiallari sotishi mumkinmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli Qaroriga asosan YaTTlar qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullana olmaydi.

Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish ob’ekti qanday aniqlanadi?

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘i solish ob’ekti bo‘lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo‘yicha aylanmalar xisoblanadi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo‘natilgan maxsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar  tushuniladi.

Tovarlarning sotilishida o‘zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Savol: Jismoniy shaxslarning ish haqlariga solinadigan soliq stavkalarini ayting?

Javob: Jismoniy shaxslarga hisoblangan oylik ish haqining 12 foizi miqdorida daromad solig‘i ushlab qolinadi.

Savol: Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolish kim tomonidan amalga oshiriladi?

Javob: Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni byudjetga to‘lashi shart.

Savol: Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab qolinganda qaysi muddatda o‘tkazib beriladi?

Javob: Daromad to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu maqsadlarda pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda byudjetga o‘tkaziladi;

To‘lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdan to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida byudjetga o‘tkaziladi.

Savol: Korxona va tashkilotlarda ish haqining tovarlar bilan natura shaklida to‘lanishi mumkinmi?

Javob:  Ish haqini natura shaklda to‘lash mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi “Ish haqini o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 88-sonli qaroriga asosan “Qishloq xo‘jaligi tavar ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari” qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan ish haqini tovarlar bilan natura shaklida berilishga ruxsat etilgan.

Savol: Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘ining ob’ekti nima?

Javob: Jismoniy shaxslar uchun ularning mulki bo‘lgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli va bog‘ uylari, garajlar va boshqa imoratlar va inshootlarning  qiymati  soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Savol: Agarda  imtiyozga ega bo‘lgan jismoniy shaxsda xususiy kvartira, garaj va dala hovli mavjud bo‘lsa u holda mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz qaysi ob’ektga  qo‘llaniladi?

Javob: Mol-mulk egasining tanloviga qarab, faqatgina bir ob’ekt uchun  imtiyoz qo‘llaniladi.

Savol:  Soliqlar va yig‘imlar byudjetga qanday tartibda o‘tkaziladi?

Javob: Soliqlar va yig‘imlar byudjetga quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

asosiy summa;

hisoblab chiqarilgan penya;

jarimalar.

Savol: Shaxsiy kabinetga xabarnoma keldi, ariza yozib guvohnoma olindi, guvohnoma olgan kundan umumbelgilangan soliq turiga o‘tiladimi yoki 2019 yildanmi?

Javob: 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliq turiga o‘tiladi.

Savol: Vositachilik xizmatida vositachi norezident yuridik shaxsga murojaat etib u orqali xizmat bajarsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qay tartibda hisoblanadi?

Javob: Soliq Kodeksining 207-moddasiga asosan norezident tomonidan rezident uchun bajarilgan ishlar, xizmatlar oluvchining soliq solinadigan oboroti hisoblanadi. Oborot chet el valyutasida amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda oborot amalga oshirilgan sanadagi Markaziy bank kursida hisobga olinadi.

Savol: Ishlab chiqarish hamda avtomobillarga gaz (metan) to‘ldirish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonaning oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshsa 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan, 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan barcha korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish belgilangan.

Savol: Chakana savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan korporativ karta bilan savdo-sotiq qilinganda, hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1-noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibi joriy etilgan. Shunga asosan YaTT korporativ karta orqali tovar sotganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi shart.

Savol: QQS bo‘yicha Soliq kodeksining qaysi moddalarida imtiyozlar mavjud?

Javob: Soliq kodeksining 208-211-moddalarida QQS bo‘yicha soliq imtiyozlari belgilangan.

Savol: Elektron tarzda STIR qanday qilib olsa bo‘ladi?

Javob: my.soliq.uz sayti orqali jismoniy shaxslar uchun xizmatlar STIRni aniqlang tizimi orqali olsa bo‘ladi.

Savol: Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig’i to‘lashga o‘tish uchun kelib tushgan xabarnoma haqida ma’lumot bering.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan, 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga, jumladan, QQS to‘lashga o‘tkazish belgilanganidan kelib chiqib, ushbu xabarnoma soliq majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan manzilli maslahat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida yuborilgan.

Savol: Men YaTT ochib faoliyat yuritaman. Agar yalpi tushumim 1 mlrd. so‘mdan oshsa QQS to‘laymanmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5468 sonli Farmoniga asosan 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig’i to‘lashga o‘tadilar.

Savol: ERI orqali yuridik shaxslarning hisobotlari qaysi sayt orqali jo‘natiladi?

Javob: my.soliq.uz Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali orqali "Yuridik shaxslar uchun qabinetga kirish" tugmasini bosib, ERI orqali shaxsiy kabinetingizga kirasiz.U yerdan "Yuridik shaxslarning hisobotlarini yuborish" qatorini bosib, elektron shakllarni tanlab hisobotlarni yuborish mumkin.

Savol: Korxonaning rahbari o‘zgarganida 08-shakl ma’lumotnomani topshirish muddatlari qanday?

Javob: Murojaat muallifiga korxona rahbari o‘zgarganida 08-shakl ma’lumotnomani 10 kunlik muddat ichida korxona ro‘yxatdan o‘tgan tuman davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etish lozim bo‘ladi

Savol: 2019 yildan ijara shartnomasini xisobga quyish  bo‘yicha o‘zgartirish kiritildimi?

Javob: Adliya vazirligida 2018 yil 11-oktabrda 3077-son bilan ro‘yxatga olingan DSQning 2018 yil 15-avgustdagi 2018-65 son qarori Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g’risida NIZOM bo‘yicha 2019 yil 1-yanvaridan DSXOlaridan ro‘yxatdan o‘tadi.

Savol: Korxonaning yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshganda 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tsa, QQS to‘lamaydigan firma bilan shartnoma tuzgan holda tegishli ishlarni amalga oshirsa 2 baravar QQS to‘lanadimi?

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig’i ikki baravar to‘lanmaydi, ammo korxonada hisobga olinadigan QQS mavjud bo‘lmaydi.

Savol:     Korxona 2018 yilda 1 mlrd. so‘mdan ortiq oborot qilgan va qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish yuzasidan xabarnoma olgan, lekin ushbu korxona 2019 yilda
1 mlrd. so‘mdan kam oborot qilsa keyinchalik soliqlar qaysi tartibda to‘lanadi?

Javob:    Ushbu korxona 2019 yil davomida umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashi lozim bo‘ladi. Agar 2019 yilda korxona 1 mlrd. so‘mdan kam oborot qilsa uning soliq solish rejimi 2020 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

Savol:     Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig’i to‘lashga o‘tish uchun kelib tushgan xabarnoma haqida ma’lumot bering.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan, 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga, jumladan, QQS to‘lashga o‘tkazish belgilanganidan kelib chiqib, ushbu xabarnoma soliq majburiyatlari bajarilishi yuzasidan manzilli maslahat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida yuborilgan.

Savol:     Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tish yuzasidan yuborilgan xabarnoma qabul qilinganidan so‘ng, qo‘shilgan qiymat solig’i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza qanday tartibda jo‘natiladi?

Javob: Xabarnomada QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza shakliga havola qo‘yilgan bo‘lib, ushbu havola orqali ariza shakliga o‘tiladi va rasmiylashtirib yuboriladi. Arizago‘y avtomatik tarzda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va belgilangan shakldagi guvohnoma shaxsiy kabinetga qayta yuboriladi. SHuningdek, QQS to‘lovchisi sifatida davlat soliq inspeksiyalarida tashkil etilgan “Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish” darchalari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Savol:     Korxona bir nechta faoliyat turlari bilan shug’ullansa va har bir faoliyat turi bo‘yicha yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan kam miqdorni tashkil qilsa shaxsiy kabinetiga xabarnoma keladimi?

Javob:    Korxonaning yillik aylanmasi barcha faoliyat turlari bo‘yicha umumiy tarzda aniqlanadi. Agarda korxonaning umumiy yillik aylanmasi belgilangan miqdorga yetsa, ya’ni 1 mlrd. so‘mdan oshganda korxona umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi lozim bo‘ladi, bunda korxonaning shaxsiy kabinetiga xabarnoma kelganligi yoki kelmaganligi ahamiyatga ega emas.

Savol:     Ishlab chiqarish hamda avtomobillarga gaz (metan) to‘ldirish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonaning oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshsa 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tadimi?

Javob:    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan, 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan barcha korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish belgilangan.

Savol:     Korxonaning yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshganda 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tsa, QQS to‘lamaydigan firma bilan shartnoma tuzgan holda tegishli ishlarni amalga oshirsa 2 baravar QQS to‘lanadimi?

Javob:    Qo‘shilgan qiymat solig’i ikki baravar to‘lanmaydi, ammo korxonada hisobga olinadigan QQS mavjud bo‘lmaydi.

Savol:     2019 yildan yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yagona yer solig’i to‘lovchilari bo‘lgan fermer xo‘jaliklari ham QQS to‘lashga o‘tadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan, yagona yer solig’i to‘lovchilari uchun amaldagi soliqqa tortish tartibi saqlanib qolinadi.

Savol:     Avtomobillarga yonilg’i quyish faoliyati bilan shug’ullanadigan korxona yillik yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshganda realizatsiya qilingan yonilg’i uchun QQS qanday hisoblanadi?

Javob:    Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Savol:     Korxonaning 2018 yil yakuni bilan yillik oboroti 1 mlrd. so‘mdan oshgan. Ushbu korxona 2019 yil 1-yanvardan ombordagi mavjud qoldiq tovarlar realizatsiya qilinganda QQS hisoblanadimi yoki yo‘qmi?

Javob:    Korxona 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni to‘lashga o‘tsa, 2018 yil yakuni bilan uning omborida qolgan tovarlari ham QQS bilan sotiladi.

Savol: 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab korxona tomonidan bojxona imtiyozlarini qo‘llagan holda import qilingan tovarlar ichki bozorga realizatsiya qilinganda qanday tartibda QQS hisoblanadi?

Javob:    Agar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tovarlarning ichki bozorda realizatsiya qilinishi uchun QQSdan imtiyozlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, belgilangan tartibda QQS to‘lanadi.

Savol:     Kuniga yuzdan ortiq buyurtmachilarga, shu jumladan YaTTlarga tovarlarni realizatsiya qiluvchi korxonalar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishda qanday qulaylik mavjud?

Javob:    Elektron hisobvaraq-fakturalar shakllantirilganda xaridorning STIR raqami kiritilsa, uning rekvizitlari avtomatik tarzda shakllanadi va ushbu shakllangan elektron hisovaraq-fakturalarni yuborish juda qulay va ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi, jumladan qog’oz tejaladi.

Savol:     Yuridik shaxs korporativ karta orqali tovar xarid qilganida yuk xati (hisobvaraq-faktura) olishi shartmi?

Javob:    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan, 2018 yil 1-noyabrdan boshlab yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. SHunga asosan yuridik shaxs tomonidan korporativ karta orqali tovar xarid qilganda hisobvaraq-faktura olinishi shart.

Savol:     CHakana savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan korporativ karta bilan savdo-sotiq qilinganda, hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladimi?

Javob:    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1-noyabrdan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibi joriy etilgan. SHunga asosan YaTT korporativ karta orqali tovar sotganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi shart.

Savol:     Elektron hisobvaraq-faktura qanday yuborildi?

Javob:    Davlat soliq qo‘mitasining my.soliq.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va elektron hisobvaraq-faktura moduli orqali yuboriladi.

Savol:     Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda uni printerdan chiqarib, yozma ravishda tasdiqlash shartmi?

Javob:    SHart emas.

Savol:     Turistik xizmat ko‘rsatilganda, hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatiladimi?

Javob:    Agar ko‘rsatilayotgan xizmatlar qonun hujjatlari asosida QQSdan ozod qilingan bo‘lsa, rasmiylashtiriladigan hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatilmaydi.

Savol:     Hisobvaraq-fakturalarni elektron tarzda kiritganda, ushbu elektron hisobvaraq-fakturalar korxonaning QQS hisoboti 7 va 8-ilovalariga avtomatik tarzda biriktiriladimi?

Javob:    Rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida QQS hisob-kitobi 7 va 8-ilovalarining avtomatik tarzda shakllanishini ta’minlash yuzasidan bugungi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Savol:     Qurilish korxonasi soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovchisi hisoblanib, markazlashgan mablag’lar hisobidan qurilishni amalga oshirsa, QQS to‘laydimi?

Javob:    Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 349-moddasiga asosan, qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda, tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig’ini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.

Savol:     QQS bo‘yicha Soliq kodeksining qaysi moddalarida imtiyozlar mavjud?

Javob:    Soliq kodeksining 208-211-moddalarida QQS bo‘yicha soliq imtiyozlari belgilangan.

Savol:     Korxona import qilingan tovarlari uchun bojxonada to‘langan QQS yillik soliq hisobotida hisobga olinadimi?

Javob:    Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan, import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida byudjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi.

Savol:     Eksport qilingan tovarlar uchun QQS dan imtiyoz bormi?

Javob:    Soliq kodeksining 212-moddasida asosan, tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig’i solinishi belgilangan.

Savol:     O‘zbekiston Respublikasi rezidenti O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga transport xizmati ko‘rsatganda QQS qanday tartibda hisoblanadi?

Javob:    Soliq kodeksining 216-moddasiga asosan xalqaro yo‘nalishda tashish xizmatlariga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig’i solinadi.

Savol:     Korxona import asosida dori vositalarini olib keladi, bojxona to‘lovlarida QQS imtiyozidan foydalanadi, shunda qanday tartibda to‘langan QQS hisobga olinadi?

Javob:    Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan, import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida byudjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar import qilingan tovarlar bo‘yicha soliqni byudjetga to‘lashdan ozod etish tarzida bo‘shagan mablag’larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan imtiyoz berilgan bo‘lsa ham QQS hisobga olinadi. Agar realizatsiya qilish oborotlari Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan QQSdan ozod qilingan bo‘lsa, bojxona to‘lovlari bo‘yicha maqsadli imtiyozlar belgilangan bo‘lsa ham QQS hisobga olinmaydi.

Savol:     Yagona yer solig’i to‘lovchisi bo‘lgan fermer xo‘jaligi o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositalari yordamida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ko‘rsatgan texnika xizmatlari bo‘yicha QQS to‘lashi kerakmi?

Javob:    Soliq kodeksining 363-moddasiga asosan, qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog’liq bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solig’i to‘lovchi mazkur faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi va yagona soliq to‘lovini yoki qat’iy belgilangan soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyat doirasida qat’iy belgilangan soliqni to‘lashi shartligi belgilangan. Qo‘shilgan qiymat solig’ini to‘lash majburiyati vujudga kelmaydi.

Savol:     Korxona alkogol mahsulotlarni ulgurji savdosi bilan shug’ullanadi, korxona mahsulotlarni sotganda qaysi qiymatidan QQS hisoblaydi?

Javob:    QQS realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, ya’ni Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan, sotish qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

 

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх