Qoraqalpog'iston Respublikasidan tushgan savollarga javoblar

Savol: Elektron hisobvaraq-faktura my.soliq.uz sayti orqali qanday yuborildi?

 

Javob: Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy my.soliq.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va elektron hisobvaraq-faktura moduli orqali yuboriladi.

Savol: Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda pechatdan chiqargan holda yozma ravishda tasdiqlash shartmi?

Javob: Shart emas.

Savol: Turistik xizmat ko‘rsatilganda hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatiladimi?

Javob: Agarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar qonun hujjatlari asosida QQSdan ozod qilingan bo‘lsa rasmiylashtiriladigan hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatilmaydi.

Savol: Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tish uchun kelib tushgan xabarnoma haqida ma’lumot bering.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga, jumladan, QQS to‘lashga o‘tkazish belgilanganligidan kelib chiqib, ushbu xabarnoma soliq majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan manzilli maslahat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida yuborilgan.

Savol: Qurilish korxonasi soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanib, markazlashgan mablag‘lar hisobidan qurilishni amalga oshirsa QQS to‘laydimi?

Javob: Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 349-moddasiga asosan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan obyektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.

Savol: Debitorlik qarz muddatini o‘tkazib yuborish huquqbuzarligi MJTKning qaysi moddasi bilan malakalanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 175-moddasi 3-qismi bilan malakalanadi.

  • : Yakka tartibdagi tadbirkorlar nechtagacha yollanma ishchi olsa bo‘ladi?

 

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31-iyuldagi 219-sonli qaroriga muvofiq chakana savdoga 1 nafar, maishiy xizmat ko‘rsatishga
3 nafar va boshqa faoliyat turlari uchun 2 nafargacha yollanma ishchi olish huquqiga ega.

 

  1. Savol: Men o‘zimga tegishli yashash uyimni bir qismini ijaraga bersam mol-mulk solig‘i qay tartibda to‘lanadi?

Javob: SKning 276-moddasiga asosan jismoniy shaxs turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda mol-mulk solig‘i stavkasi o‘zgarmaydi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorlik alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanaman. 2019 yilning
1-yanvaridan tadbirkorlik subyektlarining ayrim turlari to‘xtatilishi xaqida xabarnoma oldim. Men YaTTni to‘xtatib yuridik shaxs tashkil qilamanmi? YaTT nomiga olingan kreditni (muddati 2023 yilning sentabr oyigacha.) qanday to‘layman?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24-oktabrdagi 850-son qarori bilan 2019 yil 1-yanvardan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatidan “Yog‘ochdan (mebeldan tashqari) va alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash” chiqarildi. Ushbudan kelib chiqib, Siz ushbu faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib shug‘ulanishingiz mumkin bo‘ladi. YaTT nomiga olingan kredit O‘zR Markaziy bankning 2019 yil 24-yanvardagi 37-16/18-sonli xatiga muvofiq qayta tashkil qilingan yuridik shaxsga o‘tkaziladi.

  • Paynetlar to‘g‘risida tushuncha berib o‘tsangiz. Paynetlarga tegishli soliq qonunchiligidagi yangiliklar haqida axborot bersangiz?

Javob: 24.12.2018 yildagi O‘RQ-508 sonli qonunga asosan kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar yillik aylanmaning (tushumning) belgilangan chegaraviy miqdorini tovar aylanmasidan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. SHundan kelib chiqib 2018 yil yakunlari bo‘yicha bitim summasi 1 mlrd. so‘mdan oshsa bunday korxonalar umumbelgilangan tartibda soliq to‘lash (shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i ham) tartibiga o‘tkaziladi. Agar korxonaning tushumi 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lsa, yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘ladi. PQ-4086 sonli qarori bilan tasdiqlangan soliq stavkalariga asosan yalpi tushumdan 25% miqdorida (o‘tgan yili 33%) yagona soliq to‘lovi to‘laydi. SHuningdek korxona yer, mol mulk va yer soliqlari to‘lovchisi bo‘ladi.

Savol: Xususiy bog‘chalarga 2018 yilda imtiyoz bor edi, 2019 yilda ham imtiyozlar saqlanib qolindimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15-sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3276-sonli qaroriga asosan, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar, 2021 yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) ozod qilingan. Bunda ozod qilinayotgan mablag‘lar ularni zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga maqsadli yo‘naltirilishi lozim.

Savol: Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘ining joriy to‘lovlari hisob-kitob taqdim etish muddati qachon?

Javob: Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining joriy hisob-kitoblari taqdim etish muddati har chorak birinchi oyining 10-kunigacha.

Savol: Aholi soni 100 ming va undan ko‘p bo‘lgan joylarda yagona soliq to‘lovi 4% to‘lanadimi yoki  2%?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qarorining 7-ilovasiga muvofiq, aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovini 4 foizlik stavkada to‘laydi.

Savol: 2019 yilda yengil avtomashinalar uchun to‘lanadigan deklaratsiya to‘lovi 1 oyga necha so‘m bo‘ldi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga muvofiq, 2019 yil 1-yanvardan boshlab, yengil avtomobillarga (yo‘lovchilar, yuk tashish uchun mo‘ljallangan va o‘rindiqlari soni haydovchini hisobga olmagan holda 8 ta joydan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi) 1 avtotransport vositasi uchun – 480 000 so‘m qilib belgilandi va ushbu summadan 12 foiz miqdorida daromad solig‘i (deklaratsiya to‘lovi) to‘lanadi.

Savol: Qanday shakllar yig‘indisi hisobot hisoblanadi?

Javob: Ma’lum davrga bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo‘jalik jarayoni va muomalalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma’lum tartibda guruhlashtiradigan va o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi hisobot hisoblanadi. Hisobot korxonaning ma’lum bir davr bo‘yicha xo‘jalik faoliyatining yakunini ko‘rsatadi.

Savol: Soliq to‘lovchi bayonnomani qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi qanday harkatni amalga oshiradi?

Javob: Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo‘natilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan hisoblanadi.

Савол: Auditorlik xizmati ko‘rsatuvchi korxonaning oboroti 1 mlrd. so‘mdan yuqori va 3 mlrd. so‘mdan oshmagan bo‘lganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soddalashtirilgan tartibini tanlasa necha foiz stavkada QQS to‘laydi?  

Жавоб: Professional xizmatlar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan soddalashtirilgan tartib qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foiz etib belgilandi.

Савол: Korxonaning 2018 yil yakuni bilan yillik oboroti 1 mlrd. so‘mdan oshgan. Ushbu korxona 2019 yil 1-yanvardan ombordagi mavjud qoldiq tovarlar realizatsiya qilinganda QQS hisoblanadimi yoki yo‘qmi?

Жавоб: Korxona 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni to‘lashga o‘tsa, 2018 yil yakuni bilan uning omborida qolgan tovarlari ham QQS bilan sotiladi.

Савол: Korxona bir nechta faoliyat turlari bilan shug‘ullansa va har bir faoliyat turi bo‘yicha yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan kam miqdorni tashkil qilsa shaxsiy kabinetiga xabarnoma keladimi?

Жавоб: Korxonaning yillik aylanmasi barcha faoliyat turlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi. Agarda korxonaning umumiy yillik aylanmasi belgilangan miqdorga yetsa, ya’ni 1 mlrd. so‘mdan oshganda korxona umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi lozim bo‘ladi, bunda korxonaning shaxsiy kabinetiga xabarnoma kelganligi yoki kelmaganligi ahamiyatga ega emas.

Савол: 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab korxona tomonidan bojxona imtiyozlarini qo‘llagan holda import qilingan tovarlar ichki bozorga realizatsiya qilinganda qanday tartibda QQS hisoblanadi?

Жавоб: Agarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tovarlar ichki bozorda realizatsiya qilinishi uchun QQSdan imtiyozlar nazarda tutilmagan bo‘lsa belgilangan tartibda QQSga tortiladi.

Савол: Korxonaning yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshganda 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tsa QQS to‘lamaydigan firma bilan shartnoma tuzgan holda tegishli ishlarni amalga oshirsa 2 baravar QQS to‘lanadimi?

Жавоб: Qo‘shilgan qiymat solig‘i ikki baravar to‘lanmaydi, faqatgina korxonada hisobga olinadigan QQS mavjud bo‘lmaydi.

Савол: Mening korxonam o‘ziga alohida quduq (skvajina) o‘rnatgan holda suv resurslaridan foydalanadi? Bunda suv o‘lchagich asboblari o‘rnatilishi kerakmi?

Жавоб: Soliq kodeksining 260-moddasiga muvofiq suv hajmi suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida, agarda suv o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Shunga ko‘ra, korxona tomonidan suv o‘lchagich asboblarining o‘rnatilishi lozim. Aks holda, suvning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Савол: Ulgurji va chakana savdo dorixona tashkilotlari uchun ulgurji narx belgilashda tovar bazaviy narxiga nisbatan 15% dan yuqori qo’yish mumkin emas. QQS (20%) joriy etilishi bilan narx belgilashda qiyinchilik kelib chiqishi mumkin, shu haqda dorixonalar uchun  ma’lumot bersangiz

Жавоб: Demak, korxona agar 2018 yil yakunlari bo’yicha 1 mlrd. so’mdan oshiq tovar aylanma bajargan bo’lsa 2019 yildan umumbelgilangan tartibda soliq to’lash tizimiga o’tkaziladi. Hamda belgilangan tartibdagi  umumbelgilangan soliqlar (foyda, QQS, yer, mulk, suv va boshqa soliqlar) to’lovchisi bo’ladi. SHuningdek dorixona Soliq kodeksining  208-moddasiga asosan qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladigan oborotlarga kiritilganligidan kelib chiqib dorixona tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti QQSdan ozod qilingan.

Савол: Soddalashgan tartibda QQS to‘lash rejimida QQS bilan olingan tovarlarni QQS summasini hisobga olsak bo‘ladimi?

Жавоб: Soliq kodeksining 226-3-moddasi beshinchi qismiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llayotgan soliq to‘lovchilar soliq solinadigan aylanmalar bo‘yicha QQSni soliq solinadigan baza va belgilangan tabaqalashtirilgan stavkadan kelib chiqqan holda to‘langan QQSni hisobga olishni qo‘llamasdan hisoblab chiqaradi.

Савол: Bino inshootlarga hisoblanadigan mulk solig’i kadastr bahosidan hisoblanadimi yoki baholash bilan hisob kitob qilinadimi? Yagona soliq to’lovchi bo’lganimiz uchun kadastr tomonidan binolar bahosi deb ko’rsatilgan.

Жавоб: Korxonaning mol-mulklari litsenziyaga ega bo’lgan baholovchi korxonalar tomonidan baholanadi. Kadastr idoralari tomonidan berilgan baholar ma’lumot sifatida qabul qilinishi kerak. Mol-mulk solig’i ko’chmas mulk bo’yicha – o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan 2% miqdorida  isoblanishi lozim bo’ladi. Ko’char mulklardan mulk solig’i hisoblanmaydi.

Савол: Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar mol-mulk solig‘ini 2019 yildan boshlab to‘laydimi yoki 2018 yil hisobotlari bo‘yicha ham to‘laydimi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli Farmoniga muvofiq yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘i 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab barcha yagona soliq to‘lovchilar uchun joriy etilganligidan kelib chiqib, yagona soliq to‘lovchilari mol-mulk solig‘ini 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab to‘laydilar.

 

Савол: Qurilish korxonasi soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanib, markazlashgan mablag’lar hisobidan qurilishni amalga oshirsa QQS to‘laydimi?

Жавоб: Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar uchun Soliq kodeksining 349-moddasiga asosan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan obyektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.

Савол: Faoliyati ijaraga berish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i qancha?

Жавоб: PQ-4086ga muvofiq faoliyati ijaraga berish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar 30% da mol mulk solig‘i to‘laydi.

Савол: Xronometraj ko‘zdan kechirish muddati nechi kundan oshmasligi kerak?

Жавоб: 2019 yildan 7 kalendar kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Савол: Firma direktori chet el fuqarosi bo‘lsa INPS qanaqa ochiladi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

Савол: Meni ish faoliyatim korxonamizga qarashli hududiy filiallarimizdagi ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli o‘z xizmat vazifamni bajarishda shaxsiy avtotransportimdan foydalanaman. SHaxsiy avtotransportimdan foydalanganligim uchun menga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovidan daromad solig‘i ushlanadimi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2-apreldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safaridan tashqari) foydalanganliklari uchun tartibida bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori – normasi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 360-moddasiga muvofiq xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki hizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzida daromadlarga kiritiladi va jismoniy shaxslar daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovga tortiladi.

Савол: Yakka tartibdagi tadbirkor 2019 yildan 100,0 mln. so‘mdan ortiq tovar aylanmasini amalga oshirsa, qanday tartibda soliq to‘laydi?

Жавоб: Bir kalendar yil davomida tovarlar realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan (100,0 mln. so‘m) oshgan oyning keyingi oyidan boshlab 4 foiz miqdorida yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi va har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25-sanachigacha to‘lovlarni amalga oshiradi.

Савол: Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi soliq turlaridan imtiyozga ega?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3651-sonli qarorining 9-bandiga asosan, o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.

Савол: Yuridik shaxs tomonidan import qilingan uskunani kirim qilganda buxgalteriya hisobida balans qiymatini kiritishda qaysi sanadagi kurs bo‘yicha hisob-kitob qilinadi?

Жавоб: Bojxona rejimlarining 40-rejimiga olingan sana bo‘yicha hisob-kitob qilinadi

Савол: Xaridor korxonamiz tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni sotib olishi uchun menga 15 foiz oldindan to‘lovini amalga oshirishi lozimmi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5564-sonli Farmoniga muvofiq, 2019 yil 1-yanvardan boshlab ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan tashkilotlar tovarlarni yetkazib berishni (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) yetkazib  beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‘lamasdan amalga oshirishga haqli.

Савол: Yangi firma ulgurji savdo bilan shug‘ullansa qanday soliqlar to‘laydi?

Жавоб: 2019 yildan yangi ulgurji savdo korxonasi yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi, ish haqidan jismoniy shaxslar daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘laydi. Pul aylanmasi bir mlrd. so‘mdan oshganda keyingi chorakdan umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tadi.

Савол: Men Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman, aytingchi men nechtagacha xodim yollashim mumkin?

Жавоб: YaTT chakana savdo faoliyatida bir nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatida uch nafargacha, faoliyatning boshqa turlarida ikki nafargacha xodim yollab ishlatish huquqiga ega.

Савол: Turmush o‘rtog‘im yosh oila sifatida ipoteka krediti asosida qurilgan uylardan olgan, kredit to‘lovi uning ish haqidan o‘tkazilmoqda, turmush o‘rtog‘imga ish haqidan hisoblanyotgan daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Жавоб: Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandiga asosan yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilganda daromad solig‘idan imtiyoz mavjud.

Савол: Korxona va tashkilotlarda ish haqining tovarlar bilan natura shaklida to‘lanishi mumkinmi?

Жавоб: Ish haqini natura shaklda to‘lash mumkin emas.

Савол: Men Soliq idorasiga bormasdan turib STIR olishim mumkinmi?

Жавоб: Siz tuman Davlat xizmatlari markazidan yoki my.soliq.uz sayti orqali STIR raqami olsangiz bo‘ladi.

Савол: Jamiyat belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini yubora olmadi. Qanday choralar ko‘riladi?

Жавоб: Jamiyat belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarini yubormagan bo‘lsa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasiga asosan mansabdor shaslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Савол: 2019 yildan ijara shartnomasini xisobga quyish  bo‘yicha o‘zgartirish kiritildimi?

Жавоб: Adliya vazirligida 2018 yil 11-oktabrda 3077-son bilan ro‘yxatga olingan DSQning 2018 yil 15-avgustdagi 2018-65 son qarori Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida NIZOM bo‘yicha 2019 yil 1-yanvaridan DSXOlaridan ro‘yxatdan o‘tadi.

Савол: Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisoboti 2019 yildan boshlab qanday shaklda yuborilmoqda?

Жавоб: Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 21-yanvar kunida Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Adliya vazirligidan 3126-son bilan ro‘yxatdan qaroriga asosan 2019 yil yanvar oyidan boshlab yangi shakldagi hisobot shakllari hududiy davlat soliq organlariga yuboriladi.

Савол: Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolish kim tomonidan amalga oshiriladi?

Жавоб: Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart.

Савол: Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib oluvchilar soddalashtirilgan tartibdagi soliqlarni to‘lashi mumkinmi, masalan yagona soliq to‘lovini?

Жавоб: Soliq kodeksining 242-moddasiga asosan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; qo‘shimcha foyda solig‘i; bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar) to‘lashi belgilangan bo‘lib, yagona soliq to‘lovi to‘lashi mumkin emas.

Савол: YaTTga avtomobil yuvish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkinmi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli Qaroriga asosan YaTTlar uchun faoliyat amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan ishlar ro‘yxatida mavjud emasligi sababli YaTT ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Савол: Men YaTT faoliyatini ochganman, kollej bitiruvchilariga imtiyoz asosida, lekin faoliyatimni imtiyozli davr tugamasdan oldin tugatmoqchiman, men imtiyozimni to‘liq tugatmasdan yopsam imtiyozli davr soliqlarni ham to‘lab berishim shartmi?

Жавоб: SK 375 moddasiga asosan: kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.

Савол: Qaysi me’yoriy hujjat asosida Moliya vazirligi huzurida Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tashkil qilindi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qarori bilan.

Савол: Yangi tuzilgan korxonalar mol-mulk solig‘i summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran necha kundan kechiktirmay taqdim etishlari lozim.

Жавоб: Yangi tuzilgan korxonalar mol-mulk solig‘i summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay taqdim etishlari lozim.

Савол: Vafot etgan jismoniy shaxsning qat’iy belgilangan solig‘ini to‘lash bo‘yicha qarzi kim tomonidan to‘lanadi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasiga asosan umidsiz qarz hisoblanadi.

Савол: Fuqarlik ishlari bo‘yicha sudlarga shikoyat bilan murojaat qilish uchun qanday muddatlar belgilangan?

Жавоб: Jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘zining huquqlari va erkinliklari buzilganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy, jismoniy yoki yuridik shaxs yuqori turuvchi organdan, mansabdor shaxsdan shikoyatini qanoatlantirish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ma’lumot olgan kundan e’tiboran bir oy yoki shaxs o‘zining shikoyatiga yozma javob olmagan bo‘lsa, shikoyat berilgan kundan e’tiboran bir oy o‘tgandan keyin.

Савол: Debitorlik qarz muddatini o‘tkazib yuborish huquqbuzarligi MJTKning qaysi moddasi bilan malakalanadi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 175-moddasi 3-qismi bilan malakalanadi.

Савол: Men universitetda talabaman, meni to‘lov kontrakt summamni otam to‘laydi, otamga farzandi uchun ish xaqidan to‘lagan kontrakt summasi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Жавоб: Soliq kodeksining 179-moddasining 31-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod.

Савол: Mehnatga haq to‘lashdagi tarif tizimiga nimalar kiritiladi?

Жавоб: Tarif stavkasi, tarif setkasi va tarif razryadi.

Савол: Qaysi me’yoriy hujjat asosida soliq to‘lovchilarni pasportlashtirish tartibi ishlab chiqildi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qaroriga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarni pasportlashtirish tartibi ishlab chiqildi.

Савол: Xronometrajni o‘tkazishda qaysi maxsus vakolatli organ bilan kelishish talab etiladi?

Жавоб: Xronometraj soliq nazorati tadbiri hisoblanadi va xronometrajni o‘tkazishda maxsus vakolatli organ bilan kelishish talab etilmaydi.

Савол: Yangi firma ulgurji savdo bilan shug‘ullansa qanday soliqlar to‘laydi?

Жавоб: 2019 yildan yangi ulgurji savdo korxonasi yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi, ish haqidan jismoniy shaxslar daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘laydi. Pul aylanmasi bir mlrd. so‘mdan oshganda keyingi chorakdan umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tadi.

Савол: Yuridik shaxs tomonidan import qilingan uskunani kirim qilganda buxgalteriya hisobida balans qiymatini kiritishda qaysi sanadagi kurs bo‘yicha hisob-kitob qilinadi?

Жавоб: Bojxona rejimlarining 40-rejimiga olingan sana bo‘yicha hisob-kitob qilinadi

Савол: Meni soliq bo‘yicha qarzdorligimni boshqa bir qarindoshim yoki tanishim plastik kartochkasidagi pul mablag‘i hisobidan to‘lab bersa menga nisbatan moddiy naf sifatida daromad solig‘i hisoblanadimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  29.06.2018 yildagi PQ-3802-sonli qarorining 4-bandi 2-xatboshi talablarida uchinchi shaxslar tomonidan soliq to‘lovchi – jismoniy shaxs uchun to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchining soliq solinadigan daromadi hisoblanmaydi deb belgilangan.

Савол: Turmush o‘rtog‘im yosh oila sifatida ipoteka krediti asosida qurilgan uylardan olgan, kredit to‘lovi uning ish haqidan o‘tkazilmoqda, turmush o‘rtog‘imga ish haqidan hisoblanyotgan daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Жавоб: Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandiga asosan yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilganda daromad solig‘idan imtiyoz mavjud.

Савол: YaTT qurilish materiallari sotishi mumkinmi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli Qaroriga asosan YaTTlar qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullana olmaydi.

Савол: Mexmonxona xizmatlari bo‘yicha qanday imtiyozlar mavjud?

Жавоб: PF-4861-son qarorga asosan foyda solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk va yagona soliq to‘lovidan ozod

Савол: Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolish kim tomonidan amalga oshiriladi?

Жавоб: Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart.

Савол: Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinadimi?

Жавоб: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq, ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.

Савол: Turistik xizmat ko‘rsatilganda hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatiladimi?

Жавоб: Agarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar qonun hujjatlari asosida QQSdan ozod qilingan bo‘lsa rasmiylashtiriladigan hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatilmaydi.

Савол: Umumbelgilangan tartibda soliq to’lash tizimiga o’tishimiz munosabati bilan moliyaviy hisobotlarni (balans – forma-1, moliyaviy natijalar – forma-2) har chorakda topshiramizmi?

Жавоб: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo’lgan tashkilotlarning takomillashtirilgan tasniflagichi (klassifakatori)  bo’yicha (o’rtacha xodim soni) kichik tadbirkorlik subyekti  toifasiga kirsa  yilda bir marta moliyaviy hisobot taqdim etiladi.

Savol: Agar to‘lov 2018 yilda amalga oshirilib tovarlar 2019 yilda realizatsiya qilingan (jo‘natilgan) holda nima qilishimiz lozim?

Javob: Ushbu holda Siz shartnomaga “QQS bilan” degan jumlani kiritib qo‘shimcha kiritishingiz lozim. Bunda, yuklarni ortish 2019 yilda amalga oshrilganligi sababli, Siz hisob-fakturada QQS solig‘ini ko‘rsatishingiz va to‘lashingiz lozim. Maslan, sizga 2018 yilda 100 tonna sement uchun 20,0 mln. so‘m 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirildi. Mazkur sementni siz 2019 yil realizatsiya qilmoqdasiz.

Bu holatda siz byudjetga QQS hisoblashingiz va to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Savol: Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tish yuzasidan yuborilgan xabarnoma qabul qilinganidan so‘ng qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza qanday tartibda jo‘natiladi?

Javob: Xabarnomada QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza shakliga havola qo‘yilgan bo‘lib, ushbu havola orqali ariza shakliga o‘tiladi va rasmiylashtirib yuboriladi. Ariza asosida avtomatik tarzda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va belgilangan shakldagi guvohnoma shaxsiy kabinetga qayta yuboriladi.

Savol: 2019 yildan boshlab QQSning qanday rejimlari joriy etilmoqda?

Javob: 2019 yildan boshlab QQSning standart va soddlashtirilgan tartibi joriy etilmoqda.

Savol: Kimlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tishi lozim?

Javob: Agar sizning 2018 yil yakunlari bo‘yicha tovar aylanmangiz 1 mlrd. so‘mdan oshgan bo‘lsa, Siz umumbelgilangan soliqlarni (shu jumladan QQS solig‘i) to‘lashga o‘tishingiz lozim.

Savol: Kimlar QQSni soddalashtirgan tartibda hisoblash va to‘lash tartibiga o‘tishi mumkin?

  • Ushbu tartibni yillik tovar aylanmasi 3 mlrd. so‘mga yetmagan yuridik shaxslar qo‘llashi mumkin.

2019 yil 1 yanvardan QQSni soddalashtirgan tartibda hisoblash va to‘lash tartibi joriy etilmoqda.

Savol: Soliq kodeksining 208-moddasida ko‘rsatilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha imtiyozlar 2019 yilda ham amalda bo‘ladimi?

  • Ha amalda bo‘ladi.

Bundan tashqari 2019 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31-dekabrdagi 1065-sonli qarorida nazarda tutilgan 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda imtiyozlar joriy etildi.

Savol: Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxona yillik yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshganda realizatsiya qilingan yonilg‘i uchun QQS qanday hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Savol: QQS bo‘yicha Soliq Kodeksining qaysi moddalarida imtiyozlar mavjud?

Javob: Soliq kodeksining 208-211-moddalarida QQS bo‘yicha soliq imtiyozlari belgilangan.

Savol: Korxonaning 2018 yil yakuni bilan yillik oboroti 1 mlrd. so‘mdan oshgan. Ushbu korxona 2019 yil 1 yanvardan ombordagi mavjud qoldiq tovarlar realizatsiya qilinganda QQS hisoblanadimi yoki yo‘qmi?

Javob: Korxona 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni to‘lashga o‘tsa, 2018 yil yakuni bilan uning omborida qolgan tovarlari ham QQS bilan sotiladi.

Savol: 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab korxona tomonidan bojxona imtiyozlarini qo‘llagan holda import qilingan tovarlar ichki bozorga realizatsiya qilinganda qanday tartibda QQS hisoblanadi?

Javob: Agarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tovarlarning ichki bozorda realizatsiya qilinishi uchun QQSdan imtiyozlar nazarda tutilmagan bo‘lsa belgilangan tartibda QQSga tortiladi.

Savol: Hisobvaraq-fakturalarni elektron tarzda kiritganda ushbu elektron hisobvaraq-fakturalar korxonaning QQS hisoboti 7 va 8-ilovalariga avtomatik tarzda biriktiriladimi?

Javob: Rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida QQS hisob-kitobi 7-8-ilovalarining avtomatik tarzda shakllanishini ta’minlash yuzasidan bugungi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Savol: Korxona alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi, korxona mahsulotlarini sotganda qaysi qiymatidan QQS hisoblaydi?

Javob: QQS realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, ya’ni Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan sotish qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Savol: Korxona 2018 yilda 1 mlrd. so‘mdan ortiq oborot qilgan va qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish yuzasidan xabarnoma olgan, lekin ushbu korxona 2019 yilda 1 mlrd. so‘mdan kam oborot qilsa keyinchalik soliqlar qaysi tartibda to‘lanadi?

Javob: Ushbu korxona 2019 yil davomida umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashi lozim bo‘ladi va agarda 2019 yilda korxona 1 mlrd. so‘mdan kam oborot qilsa uning soliq solish rejimi 2020 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

Savol: Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tish uchun kelib tushgan xabarnoma haqida ma’lumot bering

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga jumladan, QQS to‘lashga o‘tkazish belgilanganligidan kelib chiqib, ushbu xabarnoma soliq majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan manzilli maslahat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida yuborilgan.

Savol: Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tish yuzasidan yuborilgan xabarnoma qabul qilinganidan so‘ng qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza qanday tartibda jo‘natiladi?

Javob: Xabarnomada QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza shakliga havola qo‘yilgan bo‘lib, ushbu havola orqali ariza shakli to‘ldiriladi va rasmiylashtirib yuboriladi. Ariza asosida avtomatik tarzda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va belgilangan shakldagi guvohnoma shaxsiy kabinetga qayta yuboriladi.

Shuningdek, QQS to‘lovchisi sifatida davlat soliq inspeksiyalarida tashkil etilgan “Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish” darchalari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Savol: Kuniga yuzdan ortiq buyurtmachilarga, shu jumladan YaTTlarga tovarlarni realizatsiya qiluvchi korxonalar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishda qanday qulaylik mavjud?

Javob: Elektron hisobvaraq-fakturalar shakllantirilganda xaridorning
STIR raqami kiritilsa uning rekvizitlari avtomatik tarzda shakllanadi va ushbu shakllangan elektron hisovaraq-fakturalarni yuborish elektron ko‘rinishda juda qulay va ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi, jumladan qog‘ozlar tejaladi.

Savol: Yuridik shaxs korporativ karta orqali tovar xarid qilinganda yuk xati (hisobvaraq-faktura) olishi shartmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1-noyabrdan  boshlab yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. SHunga asosan yuridik shaxs tomonidan korporativ karta orqali tovar xarid qilganda hisobvaraq-faktura olinishi shart.

Savol: Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan korporativ karta bilan savdo-sotiq qilinganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1-noyabrdan  boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. Shunga asosan YaTT korporativ karta orqali tovar sotganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi shart.

Savol: Qurilish korxonasi soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanib, markazlashgan mablag‘lar hisobidan qurilishni amalga oshirsa QQS to‘laydimi?

Javob:       Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 349-moddasiga asosan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.

Savol: QQS bo‘yicha Soliq Kodeksining qaysi moddalarida imtiyozlar mavjud?

Javob: Soliq kodeksining 208-211-moddalarida QQS bo‘yicha soliq imtiyozlari belgilangan.

Savol: Korxona import qilingan tovarlari uchun bojxonada to‘llangan QQS yillik soliq hisobotida hisobga olinadimi?

Javob: Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida byudjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi.

Savol: Eksport qilingan tovarlar uchun QQS solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Soliq kodeksining 212-moddasida asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinishi belgilangan.

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх