TАYANCH DOKTORАNTURАGА QАBUL!

« Назад

TАYANCH DOKTORАNTURАGА QАBUL! 22.09.2020 09:26

 

 

 

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi 2021 yil uchun tayanch doktoranturaga (falsafa doktori (PhD) 

QАBUL EʼLON QILАDI

08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi boʼyicha tayanch doktoranturaga magistr yoki oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi (ixtisoslik boʼyicha) diplomga ega boʼlgan, dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy natijalarga (maqola va maʼruza tezislariga) ega boʼlgan mutaxassislar qabul qilinadi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Аriza.
2. Maʼlumotnoma (obʼektivka).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola hamda ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita maʼruza tezisi), shuningdek, ularning nusxalari.

6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

7. Pasport nusxasi. Tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o'rganilgan xorijiy til) bo'yicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o'rtacha balli kamida 5,5), TOEFL(PBT) (567 balldan kam bo'lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo'lmagan), CEFR (B2 darajasidan past bo'lmagan) bo'yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo'lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi. Hujjatlar joriy yilning 15 oktyabrigacha http://www.mininnovation.uz saytida onlayn qabul qilinadi. Manzilimiz: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 3-uy. www.edutax.uz Telefon: (71) 230-16-50, (90) 989-55-02

 


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх