Soliq qarzini undirishni tashkil qilish yoʼnalishi tinglovchilari uchun Bosh prokuratura akademiyasida  oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazildi.

« Назад

Soliq qarzini undirishni tashkil qilish yoʼnalishi tinglovchilari uchun Bosh prokuratura akademiyasida  oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazildi. 11.03.2020 14:59

 

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura akademiyasi va Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum imzolangan.
Memorandum doirasida Davlat soliq xizmati organlarida Soliq qarzini undirishni tashkil qilish boʼlimi xodimlarining malakasini oshirish boʼyicha 72 soatlik oʼquv dasturi tasdiqlangan. 
Dasturga asosan oʼquv mashgʼulotlari Markaz va Аkademiyaning malakali professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼtkaziladi.
Joriy yilning 11 mart kuni Bosh prokuratura akademiyasida mazkur yoʼnalishda faoliyat koʼrsatayotgan xodimlar uchun oʼquv mashgʼulotlari tashkil etildi.

IMG_20200311_091139

IMG_20200311_091158

IMG_20200311_091116

 


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх