Boshlangʼich Kasaba uyushma qoʼmitasining  hisobot saylov yigʼilishi oʼtkazildi.

« Назад

Boshlangʼich Kasaba uyushma qoʼmitasining  hisobot saylov yigʼilishi oʼtkazildi. 24.02.2020 20:21

Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Boshlangʼich kasaba uyushma qoʼmitasining 2018 yil sentyabr-dekabr va 2019 yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirgan ishlari yuzasidan joriy yilning 20 fevral kuni hisobot-saylov yigʼilishi oʼtkazildi.
Yigʼilishda Oʼzbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi rahbarlari, rais O.Nastinov va rais oʼrinbosari X.Yarmatovlar ishtirok etishdi.
Yigʼilishda Markaz Boshlangʼich Kasaba uyushma qoʼmitasining oʼtgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti hamda Taftish komissiyasining hisoboti eshitildi. Shuningdek, Boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasi hamda Taftish komissiyasining yangi tarkibi saylandi.

06a360dc-fb68-40da-b21e-fa6ff419e65b

546e0331-0a16-4565-97b9-f4b0bfe5eaef


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх