Iqtisodiyotni rivojlantirishda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish masalalariga doir ilmiy-аmаliy konferensiya oʼtkаzildi.

« Назад

Iqtisodiyotni rivojlantirishda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish masalalariga doir ilmiy-аmаliy konferensiya oʼtkаzildi. 25.09.2020 18:27

 

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, pandemiya sharoitida soliq yukini kamaytirish hamda soddalashtirish asosida soliqlarni boshqarishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish vazifalaridan, shuningdek, 2020 yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan kelib chiqib, soliq tizimini soddalashtirishga va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
 Ushbu maqsad va vaziflardan kelib chiqib, 2020 yil 25 sentyabr kuni Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi onlayn shaklida oʼtkazildi. Konferensiyada mavzuga doir dolzarb masalalarga bagʼishlab jami 100 dan ortiq ilmiy maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.
 Konferentsiya ishida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Bojxona instituti, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti mutaxassislari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar ishtirok etishdi.
 Maʼruzalar xufyona iqtisodiyotni kamaytirish orqali aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka qulay soliq muhitini shakllantirish, soliq maʼmuriyatchiligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish, soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi, pandemiya sharoitida davlat byudjeti daromadlarini oʼrta muddatli prognozlashtirish kabi dolzarb masalalarga bagʼishlandi. 
 Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar dastlab kengaytirilgan yigʼilishda, soʼngra alohida beshta shoʼbaga boʼlingan holda muhokama etilib, ularning dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʼlganlari amaliyotga joriy etishga tavsiya qilindi.

20200925_101021

 

20200925_101041

20200925_123325

 


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх