Ilmiy-amaliy anjuman xabarnomasi!

« Назад

Ilmiy-amaliy anjuman xabarnomasi! 08.09.2020 17:00

 

 

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2020 yil 25 sentyabrь kuni “Iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy va amaliy onlayn konferentsiyasi oʼtkaziladi.

Respublika miqyosida oʼtkaziladigan ushbu onlayn ilmiy-amaliy konferentsiyada oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, magistrlar, iqtidorli talabalar, tegishli sohalar olim va mutaxassislari hamda soliq sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Konferentsiya yoʼnalishlari:

1-shoʼʼba.    Xufiyona sektorni qisqartirishda soliq yukini kamaytirishning ahamiyati.
2-shoʼʼba.    Resurs soliqlari maʼmurchiligini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish.
3-shoʼʼba.    Soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish masalalari.
4-shoʼʼba.    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish yoʼllari.
Konferentsiyaga ilmiy tezislarni taqdim etish muddati: Konferentsiyada qatnashish uchun talabgorlar 2020 yil 4 sentyabrgacha belgilangan tartibda tezislar hamda anketaning elektron variantlarini, markaz@soliq.uz, markaz@markaz.tax.uz elektron pochta manzili yoki (90) 989-55-02 raqami orqali telegram tarmogʼiga joʼnatishlari lozim.

Murojaat uchun manzil. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʼli koʼchasi
3 uy, Davlat soliq qoʼmitasi Malaka oshirish markazi 

Konferentsiyaga oid qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun telefonlar:

Tel: (+99871) 230-16-28
 (+99871) 230-16-50


Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх