Новости

Kitob yarmarkasi tashkil etildi.22.10.2020 16:06

 

 

21 oktyabr – “O'zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Davlat soliq qo'mitasi bilan hamkorlikda joriy yilning 20 oktyabr kuni Malaka oshirish markazida kitobsevarlar va mahalliy nashriyotlar faoliyatini qo'llab quvvatlash maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.21 oktyabr – “O'zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Davlat soliq qo'mitasi bilan hamkorlikda joriy yilning 20 oktyabr kuni Malaka oshirish markazida kitobsevarlar va mahalliy nashriyotlar faoliyatini qo'llab quvvatlash maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

photo_2020-10-20_17-43-03

photo_2020-10-20_17-43-12




“Qadring baland boʼlsin ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri nishonlandi.21.10.2020 18:49

 

 

        Joriy yilning 20 oktyabr kuni Malaka oshirish markazi xodimlari va professor-oʼqituvchilari ishtirokida 21 oktyabr – Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland boʼlsin ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri nishonlandi. Tadbirda Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Standart” jurnali bosh muharriri, shoira Zilola Xoʼjaniyozova, uyushma aʼzosi, taniqli adib Luqmon Boʼrixon hamda Davlat soliq qoʼmitasi birlashgan kasaba uyushmasi raisi Bahriddin Zayniddinlovlar ishtirok etib, maʼruza qilishdi hamda sheʼrlar oʼqishdi. Muhokamada Markaz professor-oʼqituvchilari ham faol ishtirok etishdi. Oʼzbek tilini davlat tili sifatida qadrlash hamda uning jilosini yanada oshirish, tilning buzilishini oldini olish yuzasidan amaliy takliflar ilgari surildi. Tadbirda bildirilgan fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.

photo_2020-10-21_18-26-13

111

photo_2020-10-20_13-56-54

 




Iqtisodiyotni rivojlantirishda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish masalalariga doir ilmiy-аmаliy konferensiya oʼtkаzildi.25.09.2020 18:27

 

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, pandemiya sharoitida soliq yukini kamaytirish hamda soddalashtirish asosida soliqlarni boshqarishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish vazifalaridan, shuningdek, 2020 yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan kelib chiqib, soliq tizimini soddalashtirishga va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
 Ushbu maqsad va vaziflardan kelib chiqib, 2020 yil 25 sentyabr kuni Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi onlayn shaklida oʼtkazildi. Konferensiyada mavzuga doir dolzarb masalalarga bagʼishlab jami 100 dan ortiq ilmiy maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.
 Konferentsiya ishida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Bojxona instituti, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti mutaxassislari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar ishtirok etishdi.
 Maʼruzalar xufyona iqtisodiyotni kamaytirish orqali aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka qulay soliq muhitini shakllantirish, soliq maʼmuriyatchiligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish, soliq nizolarini sudgacha hal qilish tartibi, pandemiya sharoitida davlat byudjeti daromadlarini oʼrta muddatli prognozlashtirish kabi dolzarb masalalarga bagʼishlandi. 
 Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar dastlab kengaytirilgan yigʼilishda, soʼngra alohida beshta shoʼbaga boʼlingan holda muhokama etilib, ularning dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʼlganlari amaliyotga joriy etishga tavsiya qilindi.

20200925_101021

 

20200925_101041

20200925_123325

 




TАYANCH DOKTORАNTURАGА QАBUL!22.09.2020 09:26

 

 

 

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi 2021 yil uchun tayanch doktoranturaga (falsafa doktori (PhD) 

QАBUL EʼLON QILАDI

08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi boʼyicha tayanch doktoranturaga magistr yoki oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi (ixtisoslik boʼyicha) diplomga ega boʼlgan, dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy natijalarga (maqola va maʼruza tezislariga) ega boʼlgan mutaxassislar qabul qilinadi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Аriza.
2. Maʼlumotnoma (obʼektivka).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola hamda ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita maʼruza tezisi), shuningdek, ularning nusxalari.

6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

7. Pasport nusxasi. Tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o'rganilgan xorijiy til) bo'yicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o'rtacha balli kamida 5,5), TOEFL(PBT) (567 balldan kam bo'lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo'lmagan), CEFR (B2 darajasidan past bo'lmagan) bo'yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo'lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi. Hujjatlar joriy yilning 15 oktyabrigacha http://www.mininnovation.uz saytida onlayn qabul qilinadi. Manzilimiz: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 3-uy. www.edutax.uz Telefon: (71) 230-16-50, (90) 989-55-02

 




Ilmiy-amaliy anjuman xabarnomasi!08.09.2020 17:00

 

 

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2020 yil 25 sentyabrь kuni “Iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy va amaliy onlayn konferentsiyasi oʼtkaziladi.

Respublika miqyosida oʼtkaziladigan ushbu onlayn ilmiy-amaliy konferentsiyada oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, magistrlar, iqtidorli talabalar, tegishli sohalar olim va mutaxassislari hamda soliq sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Konferentsiya yoʼnalishlari:

1-shoʼʼba.    Xufiyona sektorni qisqartirishda soliq yukini kamaytirishning ahamiyati.
2-shoʼʼba.    Resurs soliqlari maʼmurchiligini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish.
3-shoʼʼba.    Soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish masalalari.
4-shoʼʼba.    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish yoʼllari.
Konferentsiyaga ilmiy tezislarni taqdim etish muddati: Konferentsiyada qatnashish uchun talabgorlar 2020 yil 4 sentyabrgacha belgilangan tartibda tezislar hamda anketaning elektron variantlarini, markaz@soliq.uz, markaz@markaz.tax.uz elektron pochta manzili yoki (90) 989-55-02 raqami orqali telegram tarmogʼiga joʼnatishlari lozim.

Murojaat uchun manzil. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yoʼli koʼchasi
3 uy, Davlat soliq qoʼmitasi Malaka oshirish markazi 

Konferentsiyaga oid qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun telefonlar:

Tel: (+99871) 230-16-28
 (+99871) 230-16-50




Soliq qarzini undirishni tashkil qilish yoʼnalishi tinglovchilari uchun Bosh prokuratura akademiyasida  oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazildi.11.03.2020 14:59

 

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura akademiyasi va Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum imzolangan.
Memorandum doirasida Davlat soliq xizmati organlarida Soliq qarzini undirishni tashkil qilish boʼlimi xodimlarining malakasini oshirish boʼyicha 72 soatlik oʼquv dasturi tasdiqlangan. 
Dasturga asosan oʼquv mashgʼulotlari Markaz va Аkademiyaning malakali professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼtkaziladi.
Joriy yilning 11 mart kuni Bosh prokuratura akademiyasida mazkur yoʼnalishda faoliyat koʼrsatayotgan xodimlar uchun oʼquv mashgʼulotlari tashkil etildi.

IMG_20200311_091139

IMG_20200311_091158

IMG_20200311_091116

 




Toshkent davlat yuridik universitetida master –klass mashgʼuloti oʼtkazildi27.02.2020 11:25

Nazariy bilimlar va amaliyot uygʼunligini taʼminlash, taʼlim muassasalari bilan oʼzaro hamkorlikni yanada oshirish maqsadida 2020 yilning 25 fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Nalogovoe pravo” fani doirasida soliq sohasida qonunchilikdagi oxirgi oʼzgarishlar, soliq tekshiruvlari va ularni amalga oshirish tartibi boʼyicha Malaka oshirish markazi katta oʼqituvchisi Sodiq Boymurodov tomonidan master –klass mashgʼuloti oʼtkazildi.

photo_2020-02-26_16-01-27

photo_2020-02-26_16-01-16




Boshlangʼich Kasaba uyushma qoʼmitasining  hisobot saylov yigʼilishi oʼtkazildi.24.02.2020 20:21

Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Boshlangʼich kasaba uyushma qoʼmitasining 2018 yil sentyabr-dekabr va 2019 yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirgan ishlari yuzasidan joriy yilning 20 fevral kuni hisobot-saylov yigʼilishi oʼtkazildi.
Yigʼilishda Oʼzbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi rahbarlari, rais O.Nastinov va rais oʼrinbosari X.Yarmatovlar ishtirok etishdi.
Yigʼilishda Markaz Boshlangʼich Kasaba uyushma qoʼmitasining oʼtgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti hamda Taftish komissiyasining hisoboti eshitildi. Shuningdek, Boshlangʼich kasaba uyushmasi qoʼmitasi hamda Taftish komissiyasining yangi tarkibi saylandi.

06a360dc-fb68-40da-b21e-fa6ff419e65b

546e0331-0a16-4565-97b9-f4b0bfe5eaef




O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatida seminar o‘tkazildi.24.12.2019 18:25

 

 

24 dekabr kuni O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvining tashabbusiga asosan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan seminarda Malaka oshirish markazi “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sodiq Boymurotov “O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida soliq va majburiy to‘lovlarning to‘lanishidagi o‘zgarishlar” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

IMG_20191224_152027

IMG_20191224_151509

IMG_20191224_151458

IMG_20191224_152446




“Soliq maslahatchisi” oʼquv kursini bitirgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.19.12.2019 15:58

photo_2019-12-19_11-56-19

19 декабрь куни “Солиқ маслаҳатчиси” ўқув курсини битирган тингловчиларга сертификатлар топширилди.

photo_2019-12-19_11-56-27

IMG_20191219_143839

photo_2019-12-19_11-57-10

IMG_20191219_143813

IMG_20191219_143900




Masofaviy ta'lim portali tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.10.12.2019 10:32

 

 

Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘iga asosan Malaka oshirish markazi tomonidan Bosh prokuratura akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlikda hududiy davlat soliq xizmati organlari xodimlarining “Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish samaradorligini oshirish masalalari” mavzusidagi o‘quv kursi masofaviy ta'lim portali tizimi orqali sinovdan o‘tkazilmoqda.




Tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.  23.11.2019 12:00

 

 

23 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 26-iyuldagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasiga oid kasbiy bilimlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-son buyrugʻiga asosan Markazda joriy yilning 18-23 noyabr kunlari tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun yakuniy test sinovlari oʻtkazildi. Test sinovlaridan muvafaqqiyatli oʻtgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

photo_2019-11-23_11-29-26 — копия

photo_2019-11-23_11-51-17

photo_2019-11-23_11-44-51




Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif21.11.2019 11:51

 

 

Malaka oshirish markazi tinglovchilari joriy yilning 20-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Tinglovchilar mazkur  majmuada tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati oid koʻrgazma bilan yaqindan tanishdi.

photo_2019-11-20_16-45-35

photo_2019-11-20_16-45-32 — копия

photo_2019-11-20_16-45-37 — копия

photo_2019-11-20_16-53-00

 




Tuman davlat soliq inspeksiyalarida tajriba almashish mashgʻulotlari oʻtkazildi.19.11.2019 17:11

 

 

19 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-iyuldagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasiga oid kasbiy bilimlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-son buyrugʻiga asosan tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi tinglovchilari uchun Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasining tuman Davlat soliq inspeksiyalaridagi tajriba almashish mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mazkur mashgʻulotlar  Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bilan oʻzaro hamkorlikda muntazam tashkil etib kelinmoqda.

photo_2019-11-19_16-14-02

photo_2019-11-19_16-33-52

photo_2019-11-19_16-07-32

photo_2019-11-19_16-25-04




Tayanch doktarantura, doktarantura va mustaqil izlanuvchillikka kirish imtixonlari o‘tlazilmoqda.19.11.2019 11:21

 

Bugun 19 noyabr kuni Malaka oshirish markazida tayanch doktarantura, doktarantura va mustaqil izlanuvchillikka hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

IMG_20191119_103723

IMG_20191119_103624

IMG_20191119_103453

IMG_20191119_111415

IMG_20191119_103525




Masofaviy interaktiv o‘quv kursi o‘tkazilmoqda19.11.2019 11:00

 

 

Bugun 19 noyabr kuni Davlat soliq qo'mitasida xalqaro moliyaviy institutlar ekspertlarini jalb qilgan holda soliq organlari xodimlariga soliqqa oid qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha masofaviy interaktiv o'quv kursi o'tkazilmoqda.

photo_2019-11-19_09-32-12

photo_2019-11-19_09-27-21

photo_2019-11-19_09-18-31

photo_2019-11-19_09-39-21

photo_2019-11-19_09-41-37




Kirish test sinovlari oʻtkazildi.18.11.2019 17:02

 

 

18 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasining joriy yil 26-iyuldagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining soliq maʼmuriyatchiliginitakomillashtirish strategiyasiga oid kasbiy bilimlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-son buyrugʻiga asosan Malaka oshirish markazida 2019 yilning 18-23 noyabr kunlari tashkil etiladigan  malaka oshirish kurslariga qabul qilingan tinglovchilar uchun kirish test sinovlari oʻtkazildi.

photo_2019-11-18_15-45-12 (2)

photo_2019-11-18_16-28-23

photo_2019-11-18_15-45-12 (3)




Yakuniy test sinovlari o‘tkazildi16.11.2019 11:38

 

 

16 noyabr kuni Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 26-iyuldagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish strategiyasiga oid kasbiy bilimlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 188-son buyrugʻiga asosan Markazda joriy yilning 11-16 noyabr kunlari tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun yakuniy test sinovlari oʻtkazildi. Test sinovlaridan muvafaqqiyatli oʻtgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

photo_2019-11-16_09-58-00

photo_2019-11-16_09-12-23

 

photo_2019-11-16_11-18-33

photo_2019-11-16_11-18-32

photo_2019-11-16_10-32-48

 




Saylov bo‘yicha seminar o‘tkazildi.15.11.2019 16:54

 

 

15 noyabr kuni Malaka oshirish markazida saylov qonunchiligi mazmun mohiyati, saylovlarda ishtirok etish va ovoz berish tartibi, bo'lajak saylovlarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida tutgan o'rni bo'yicha seminar o'tkazildi. Seminarda Markaz xodimlari professor-o'qituvchilar va tinglovchilar ishtirok etdi.

Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi M.Qurbonov ma'ruza qildi.

photo_2019-11-15_14-31-02

photo_2019-11-16_09-09-39

photo_2019-11-16_09-09-38




Malaka oshirish markaziga tayanch doktarantura, doktarantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat taqdim etgan talabgorlar diqqatiga!15.11.2019 11:34

ЭЪЛОН-2-1




Страницы: 1 [ 2 ] [ 3 ] [ 4 ]
Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх