Navoiy viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Savol: Soliq to‘g‘risidagi matbuotda e’lon qilinadigan maqolalarda bir joyida soliqlar deyilgan, ikkinchi joyda to‘lovlar, biz tomonimizdan budjetga to‘lanadigan soliqlarni qaysi biri soliq va qaysi biri to‘lovlar hisoblanadi?

Javob: Amaldagi  Soliq Kodeksining 3-bob 23-30 moddalarida soliq va to‘lovlarga sharh berilgan, ushbu asosida soliqlarga quyidagilar kiradi:

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

4) aksiz solig‘i;

5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-mulk solig‘i;

8) yer solig‘i;

Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:

yagona ijtimoiy to‘lov;

avtotransport yig‘imlari;

2) davlat boji;

3) bojxona to‘lovlari;

4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.

Ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:

  1. yagona soliq to‘lovi;
  2. yagona yer solig‘i;
  3. tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.

Savol: Korxonamizning 2018 yildaga aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshganligi munosabati bilan 2019 yil 1-yanvardan e’tiboran umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tdik, lekin ayrim soliqlarni hisoblash va buxgalteriya hisob raqamlariga aks ettirish masalasida qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, masalan, foyda solig‘i hisoblanganda qanday buxgalteriya provodkalari beriladi?

Javob: Buni misol tariqasida ko‘rib chiqaylik, masalan, korxonaga foyda solig‘i bo‘yicha 300,0 ming so‘m avans to‘lovi belilangan, chorak yakunida foyda solig‘i 1100,0 ming so‘mni tashkil etgan, ushbu holatda quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi:

Xo‘jalik operatsiyasining

mazmuni

 

Summa,

ming so‘m

Schyotlar

korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar amalga oshirildi

300

4410

5110

2

Hisobot davri uchun foyda solig‘i hisoblandi

1100

 

9810

 

6410

3

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar hisobga olindi (chorak uchun 300+300+300)

900

6410

4410

4

Budjetga foyda solig‘i o‘tkazildi

(1100-900)

200

6410

5110

 

Savol: Korxonaga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganda va to‘langanda buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va budjetga o‘tkazish jarayonida quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi, jumladan:

1

tayyor maxsulot xaridorga jo‘natildi

4010

9010

2

jo‘natilgan mahsulot uchun xaridordan pul tushdi

5110

4010

3

jo‘natilgan mahsulot uchun KQS hisoblandi

9010

6412

4

hisoblangan QQS budjetga o‘tkazildi

6412

5110

5

jo‘natilgan mahsulot bo‘yicha natija aniqlandi.

9010

9910

6

moliyaviy natija aniqlandi.

9910

8710

 

Xaridor hisobiga to‘lanadigan QQS

   

1

Xaridor hisobidan 100 % bo‘nak to‘lovi

5110

6310

2

Xaridor hisobiga hisoblangan KQS

4010

6412

3

Hisoblangan QQS budjetga o‘tkazildi

6412

5110

4

Tushum aniqlandi

4010

9010

5

Xaridor schyotining yopilishi

6310

4010

 

Savol: Korxonamiz 2019 yildan boshlab qurilish materillari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi, ya’ni beton bloklar, plitalar va boshqa shunga o‘xshash materiallar ishlab chiqaradi. Ushbu materiallarni ishlab chiqarish uchun yer qa’ri boyliklaridan foydalanadi, albatta, yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq munosabatlari yuzaga keladi, yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun to‘langan soliqlar foyda solig‘i hisoblashda soliq bazasidan kamaytiriladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun hisoblangan soliq summasi korxonaning buxgalteriya hisobining 9430 schyoti “Davr xarajatlari”da aks ettiriladi hamda korxonaning yalpi foydasidan kamaytiriladi, ya’ni foyda solig‘i bazasiga kiritilmaydi, yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun hisoblangan va budjetga to‘langan soliqlar bo‘yicha quyidagi ko‘rinishdagi buxgalteriya provodkalari beriladi:

1

Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar xisoblandi

9430

6414

2

Hisoblangan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar o‘tkazib berildi

6414

5110

3

Hisoblangan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar hisobdan o‘chirildi

9910

9430

 

Savol: Ma’lumki, 2019 yildan boshlab ishchi-xizmatchilarni daromad solig‘i bo‘yicha barchaga bir xil 12 foizli stavkada soliq hisoblash tartibi belgilandi, shuningdek aksariyat imtiyozlar bekor qilinib, soliq to‘lash tartibiga o‘tkazildi. Bizning tashkilotimiz xodimlari ham 2019 yildan daromad solig‘i to‘lash tartibiga o‘tkazilgan, daromad solig‘i hisoblashda buxgalteriya hisobtlarida qanday aks ettirilishi to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob:Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 %) hisoblanganda va budjetga o‘tkazilganda buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha quyidagi provodkalar beriladi, jumladan:

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 %)

hisoblangan mehnat haqi

   

asosiy ishlab chiqarish

2010

6710

yordamchi ishlab chiqarish

2310

umum ishlab chiqarish sexlari

2510

asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonlari bo‘yicha

9210

kapital qo‘yilmalar sohasida band bo‘lgan xodimlarga

0810

ma’muriy xodimlarga

9420

daromad solig‘i ushlandi

6710

6411

 

hisoblangan daromad solig‘i budjetga o‘tkazildi

6411

5110

 

SHu jumladan SHJBP 0,1 %

hisoblangan mehnat haki

9420

6710

hisoblangan daromad solig‘i

6710

6411

0,1 % SHJBPH jismoniy shaxslardan

6411

6530

jismoniy shaxslardan 0,1 % SHJBPH o‘tkazildi

6530

5110

 

Savol: Korxonamiz Uchquduq tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2019 yildan boshlab tuz mahsuloti qazib olish va uni qayta ishlab korxona hamda aholiga sotish faoliyati bilan shug‘ullanmoqchimiz.Uchquduq tumani hududida joylashgan Tuzquduq konidan yer maydoni olish maqsadida tuman hokimligiga ariza bilan murojaat etdik, lekin tuman hokimligidan Tuzquduq konlari o‘rmon xo‘jaligi hududiga kirganligini vaj qilib, yer maydoni ajratilmasdan qolmoqda, bu maqsadda qaysi korxonaga murojaat etishimiz lozim hamda qazib oladigan tuz mahsuloti uchun qanaqa soliqlar to‘lanadi ?

Javob:O‘zbekiston Respublikasi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunining 1, 7, 19, 21, 22 va 39-moddalari talablari bo‘yicha O‘rmon xo‘jaligi tasarrufiga kiruvchi yer maydonlaridan yer osti boyliklarini qazib olish faoliyatini olib borish uchun ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda “litsenziya” olish uchun Komissiyaga hujjatlar taqdim etiladi. Ushbu qonuning 7-moddasida “O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari hisoblanadi.O‘rmon fondi yerlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.O‘rmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin. Xuddi shuningdek, qonunning 39-moddasida “O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmonda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish, parmalash va boshqa ishlar davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi” deb ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Er kodeksi”ning 76-moddasi 3-qismida tuman hokimi o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari bilan kelishib, o‘rmon fondi yerlarini qishloq xo‘jaligi yuritish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida berilishi belgilangan. SHuningdek, Yer kodeksining 6-moddasida yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra tuman hokimlari fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni, o‘rmon o‘simliklari bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish har bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha o‘lchamda yer ajratishga vakolatli ekanligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarori 10-ilovasiga muvofiq, qazib olingan tuz mahsulotining (osh tuzi) har bir tonnasi uchun 5000 so‘m miqdorida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lanishi lozim.

Savol. Korxonamiz yagona soliq to‘lovchisi hisoblanadi, 2019 yildan e’tiboran yagona soliq to‘lovchi korxonalarga nisbatan yer, suv va mol-mulk soliqlari to‘lash belgilandi, ushbu soliqlarni hisoblash va budjetga o‘tkazish holatlari buxgalteriya hisobi schyotlariga qanday aks ettiriladi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz

Javob: Korxona tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun va yer solig‘i hamda mol-mulk solig‘i hisoblash va budjetga o‘tkazish jarayonlarida quyidagi buxgalteriya provodkalari beriladi, jumladan:

 

I. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

1

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblandi

9430

6415

2

Hisoblangan suv solig‘i o‘tkazib berildi

6415

5110

3

Hisoblangan suv solig‘i xisobdan o‘chirildi

9910

9430

II. Yuridik shaxslarning mulk solig‘i (2 %)

1

Mulk  solig‘i hisoblandi

9430

6416

2

Hisoblangan mulk soligi budjetga o‘tkazildi

6416

5110

3

Hisoblangan mulk solig‘i hisobdan o‘chirildi

9910

9430

III. Yuridik shaxslarning yer solig‘i

 

Er solig‘i hisoblandi

9430

6417

 

Hisoblangan yer soligi budjetga o‘tkazildi

6417

5110

 

Hisoblangan yer solig‘i hisobdan o‘chirildi

9910

9430

 

Savol: Yer qa’ri boyliklaridan, asosan, mahalliy qurilish qum tuprog‘i va g‘isht ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan tabiiy resurslar bo‘yicha 2019 yilda qanaqa soliq stavkalari belgilangan, shu to‘g‘risida tushuncha bersangizlar.

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son Qonuniga asosan Soliq kodeksining 247-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanishi, lekin u yer qa’ridan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq summasidan past bo‘lmasligi kerakligi belgilandi, jumladan: tosh tuzi (5000 so‘m/tonna), ohaktoshlar, dolomitlar (5000 so‘m/tonna), sement xom ashyosi (45000 so‘m/tonna), marmar ushog‘i (10000 so‘m/tonna), g‘isht-cherepitsa xom ashyosi (4000 so‘m/tonna), gips va angidrit  (4000 so‘m/tonna), arralanadigan, xarsangtosh va shag‘al uchun toshlar (4000 so‘m/tonna) va qurilish qumlari (5000 so‘m/tonna) uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq belgilangan stavkalar asosida, biroq bir tonnasi uchun belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqib to‘lash tartibi joriy qilindi.

Savol: Korxonamiz aholi  va korxonalar transportlariga benzin va gaz yoqilg‘isini sotish faoliyatini amalga oshiradi, 2019 yil yanvar oyidan boshlab benzin va gaz yoqilg‘isi uchun aksiz solig‘i to‘lash joriy etildi, hisoblangan va budjetga to‘langan aksiz solig‘i buxgalteriya hisobotlarida qanday aks ettiriladi, shuhaqida tushuntirish bersangiz.

Javob: Korxona tomonidan benzin va gaz mahsulotlari sotilganda aksiz solig‘ini hisoblash va budjetga o‘tkazish jarayonlarida quyidagi buxgalteriya provodkalari beriladi, jumladan:

IV.Aksiz solig‘i

Oxirgi iste’molchiga sotilganda:

Benzin, dizel, suyultirilgan gaz 1 l. uchun – 285 so‘m

Siqilgan gaz 1 kub.m uchun– 360 so‘m

1

Tushgan tushumi

5010, 5110

9010

2

Hisoblangan soliq

9010

6410

3

Hisoblangan soliq o‘tkazildi

6410

5110

4

Sotilgan iste’mol solig‘i bo‘yicha natija aniqlandi.

9010

9910

5

Moliyaviy natija aniqlandi

9910

8710

1

Aksiz solig‘i hisoblandi

4010

6413

2

Hisoblangan aksiz solig‘i o‘tkazib berildi

6413

5110

3

Hisob raqamiga pul kelib tushdi

5110

4010

 

Savol: Menga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaligi hududidagi yer maydonlarini tekislab berish maqsadida, tumanda faoliyat yuritayotgan g‘isht ishlab chiqaruvchi firma bilan shartnoma tuzganmiz, shartnoma asosida firma tomonidan yer maydonlari tekislanib, 45 ta avtomashinada tuproq olib ketdi, menga kelishuvga asosan pul to‘lab berdi, men yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq soliq to‘lashim kerakmi, shu xususda tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 243-moddasida belgilangan tartib bo‘yicha yer qa’ri boyliklarini qazib olgan korxona yoki jismoniy shaxs o‘z ehtiyojiga ishlatilgan qum tuproq resursidan qolgan qismidan yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashi belgilangan. Ushbu holatda Sizning fermer xo‘jaligingiz yoki tuproqdan foydalangan firma yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashi shart.

Savol: Korxonamiz Uchquduq tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2019 yildan tuz mahsuloti qazib olish faoliyatini boshlamoqchimiz. Korxonamizga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya qo‘mitasi tomonidan “litsenziya” 1 (bir) yil muddatga  “Geologik qidiruv ishlarini olib borish” uchun berilgan, tuz konini o‘rganish davomida qazib olingan tuz mahsulotlari uchun yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash shartmi, shu haqida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 242-moddasi talablarida O‘zbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qa’ridan foydalanuvchilardir deb belgilab qo‘yilgan. Xuddi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2017 yildagi “Er qa’ridan noruda qazilma boyliklarni qazib olish huquqini berish bo‘yicha tartiblarni takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-3002-sonli qarorida ham geologik qidiruv olib borilayotgan paytda qazib olinadigan yer qa’ri boyliklariga ushbu ta’rif berilgan, demak, geologik o‘rganish jarayonida qazib olingan tuz mahsuloti uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lanishi lozim.

Savol: Yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan imzoli va tijorat bonuslari qanday tartibda va shartlarda to‘lanishi xususida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining  252-moddasida Bonusga quyidagicha ta’rif berilgan “Bonus yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik to‘lovdir. Bonuslar 2 (ikki) xil tartibda to‘lanadi, imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi. Imzoli bonus yer qa’ridan foydalanuvchining tegishli litsenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat’iy belgilangan to‘lovdir. Imzoli bonus litsenziya olingan kundan e’tiboran soliq to‘lovchi tomonidan o‘ttiz kundan kechiktirmay budjetga to‘lanadi va bu haqda soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda xabar qilinadi.

Tijoratbop topilma bonusi tegishli litsenziyada ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni ko‘paytirishga olib keluvchi konlarni qo‘shimcha qidirish o‘tkazish chog‘idagi foydali qazilmalar topilmasi uchun to‘lanadigan to‘lovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon bo‘yicha tijoratbop topilma bonusi to‘lanmagan bo‘lsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olishda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ham to‘lanadi. Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazasi bo‘ladi. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi:

Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reestriga kiritilgan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun – foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narxi bo‘yicha; boshqa yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro birjada belgilangan birja narxi bo‘yicha, jahon bozorida narx mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati – belgilangan tartibda kelishilgan tegishli konni sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, uni 20 foiz oshirgan holda aniqlanadi.

Savol: 2019 yil uchun Bonuslar stavkalari qanday belgilangiligi to‘g‘risida ma’lumot bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 11-ilovasiga asosan imzoli bonus stavkalari, 12-ilovasiga muvofiq esa tijoratbop topilma bonusi stavkalari tasdiqlandi va 2018 yil uchun belgilangan miqdorlarda saqlanib qolindi. Masalan, imzoli bonus stavkalari, uglevodorod konlarini o‘rganish huquqi uchun eng kam ish haqi miqdorining 10000 barobarida, oltin konlarini izlash huquqi uchun eng kam ish haqi miqdorining 10000 barobarida va boshqalar. Tijoratbop bonus stavkasi – uglevodorodlar, qimmatbaho  va kamyob metallar, ruda va noruda foydali qazilmalar qazib olish huquqi uchun soliq solinadigan bazasidan 0,1 foiz stavkada undirilishi belgilangan.

Savol: Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartiblari to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi  Soliq kodeksining 247-moddasi talablari asosida, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda belgilanadi, lekin u yer qa’ridan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq summasidan past bo‘lmasligi kerak. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi, jumladan:

yuridik shaxslar tomonidan – ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda (agarda korxona Zarafshon shahridan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, lekin Tomdi tumani hududidan foydali qazilmalarni qazib olsa, yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun hisobotlarni Zarafshon shahar DSIga topshiradi va to‘lovni amalga oshiradi, shu joy uchun yer va mol-mulk solig‘i hisob-kitoblarini Tomdi tumani DSIga taqdim etadi va to‘lab beradi);

jismoniy shaxslar tomonidan – yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.

Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash har oyda keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa – yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshirilishi belgilangan.

Savol: Yer qa’ri boyliklarini haqiqatda qazib olingan hajmini yoki miqdorini qanday aniqlaydilar, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Yer qa’ridan foydalanish huquqiga, ya’ni “litsenziya”ga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi obyektlar tomonidan har yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Geologiya qo‘mitasiga haqiqatda qazib olingan yer osti boyliklari to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi (5-GR shakli), ushbu hisobotda yer osti boyliklaridan foydalanilgan  hajmlar ko‘rsatiladi. Qazilma boyliklari konlaridan yer qa’ri boyliklarini haqiqatda qazib olingan hajmini marksheyder mutaxassislar maxsus asboblar orqali o‘lchash yo‘li bilan aniqlaydilar. SHuningdek, amaldagi Soliq kodeksining 245-moddasi talablari asosida quyidagi tartibda soliq solish bazasi aniqlanadi, jumladan:

Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati aniqlanadi va u soliq solinadigan baza bo‘ladi. Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o‘sha hisobot davrida hisoblangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan o‘rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart. Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda o‘rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori bo‘lmasligi kerak. Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xomashyo bo‘lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Savol: Yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun “litsenziya” berish tartibi qaysi qonun yoki qaror asosida amalga oshiriladi va kimlar tomonidan berilishi belgilangan ?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  07.06.2007 yildagi “ Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-649-sonli qarori asosida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqi uchun” litsenziya” berish tartibi belgilangan. Ushbu qarorining 1-bandi talablari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida geologik jihatdan o‘rganish, shuningdek konlarni qidirish va razvedka qilish hamda uglevodorodlarni qazib olish, uglevodorodlarni saqlash uchun yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilangan.

Savol: Yer qa’ri boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyadan foydalanish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  07.06.2007 yildagi “Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-649-sonli qarorining 5-bandi talablari asosida geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi (er qa’ridan foydalanuvchining o‘z mablag‘lari hisobiga) va mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida foydali qazilma konlarini qidirish, baholash, razvedka qilish huquqini tasdiqlaydi. Litsenziya shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan yer qa’ri uchastkalarini belgilash va baholash maqsadida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish uchun beriladi. Belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga loyiha-smeta hujjatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo bo‘lishi uchun asos hisoblanadi.

Savol: Korxonamizga yer qa’ri boyliklaridan foydalanish uchun “litsenziya” berildi, foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya foydalanuvchiga qanday huquqlarni beradi ?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2007 yildagi “Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-649-sonli qarorining 10-bandi talablari asosida foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya uning egasiga, agar litsenziya shartlarida yoki mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydali qazilma konlarini ishga solish, kavlab olinadigan mineral xom ashyoni qayta ishlash, shu jumladan kavlab olish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydali qazilmalar zaxirasi tasdiqlangan konlarni ishga tushirish uchun beriladi.

Savol: Uchquduq tumanidagi Tuzquduq tuz konidan foydalanish huquqini berish uchun “litsenziya” olish maqsadida Davlat geologiya qo‘mitasiga murojaat qilganmiz, bizning korxonamiz bilan bir paytda yana 3 ta korxonalar ham murojaat qilgan, bir vaqtning o‘zida 4 ta korxonaga ham “litsenziya” berilishi mumkinmi ?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  07.06.2007 yildagi “Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-649-sonli qarorining 12-bandi talablari asosida, bir konning bir nechta yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilishi uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda konlarni ishga tushirish O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda – "Sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha yer qa’ridan oqilona foydalanishni va atrof muhit muhofazasini ta’minlaydigan ishga tushirish tizimida amalga oshirilishi kerak.

Savol: Korxonamiz qurilish materiallari  ishlab chiqarish faoliyatini olib boradi, ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asosan qum va shag‘al kerak bo‘ladi, qum va shag‘al karьer-konlari bir joyda joylashgan, korxonamizga bir vaqtning o‘zida 2 ta yoki 3 ta turdagi yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi “litsenziya” berilishi mumkinmi ?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  07.06.2007 yildagi “Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-649-sonli qarorining 14-bandi talablari asosida, mineral xom ashyosi qurilish materiallari hamda boshqa materiallar va buyumlarning alohida turlarini ishlab chiqarish uchun zarur komponent hisoblangan foydali qazilmalarning har xil turlari konlarini ishga tushirish uchun yer qa’ridan bir nafar foydalanuvchiga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan bir nechta litsenziya bir vaqtda berilishi mumkin.

Savol: Bizning korxonamizga Navoiy shahar DSI xodimlari tomonidan kameral nazorat o‘tkazilib, uning natijasida soliq va to‘lovlar bo‘yicha qo‘shimcha hisoblanib, 10 kun muddat ichida ushbu soliq va to‘lovlarni budjetga to‘lab berilishi to‘g‘risida talabnoma yuborilgan. Talabnomada ko‘rsatigan vajlarni noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib, Navoiy shahar DSIga xat bilan murojaat qildik, lekin hech qanday o‘zgarish bo‘lmasdan yana ushbu talabnoma bizga takroran yuborildi, soliq inspeksiyasi xodimini harakati yuzasidan kimga murojaat etsak to‘g‘ri bo‘ladi va masalaga ijobiy yechim topiladi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 123-moddasi talablari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) shikoyat qilishingiz yoki sudga murojaat etishingiz qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan, Siz ushbu holatda viloyat DSBga murojaat etishingiz lozim.

Savol: Navoiy shahar DSI tomonidan talabnomadagi vajlarni asoslab bergan bo‘lsakda, lekin korxonamiz hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan, shu to‘g‘rimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 123-moddasining 3-bandi talablari bo‘yicha, agarda Sizning tomoningizdan soliq organi xodimi harakati bo‘yicha yuqori organga yoki sudga shikoyat arizasi bo‘yicha murojaat etilgan bo‘lsa, yuqori turuvchi organ tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishini to‘xtatib turadi. Soliq to‘lovchi qaysi davlat soliq xizmati organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari ustidan shikoyat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha organni davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi to‘g‘risida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.

Savol: Yuqori turuvchi organ murojaatni necha kun yoki oyda ko‘rib chiqishi kerak, murojaatni ko‘rib chiqish vaqtida murojaatchi ham taklif etiladimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 125-moddasi talablari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarori, uning mansabdor shaxsining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan berilgan shikoyat davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan shikoyat olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi. Qonunda shikoyatni ko‘rib chiqish vaqtida shikoyatchini taklif etish yoki etmaslik majburiyati mavjud emas.

Savol: Murojaat ko‘rib chiqilgandan keyin qancha muddatda shikoyat arizasi muallifiga javob qaytarish lozim?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 125-moddasi talablari bo‘yicha davlat soliq xizmati yuqori turuvchi organining shikoyati yuzasidan qarori o‘ttiz kun ichida qabul qilinishi belgilangan, shuningdek, shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida yozma shaklda ma’lum qilinishi lozim.

Savol: Korxonamiz 2018 yilni 178,0 mln so‘m zarar bilan yakunladi, bunga asosiy sabab o‘tgan yil davomida ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga tushiraolmaganligimiz hamda omborlarda sotilmay qolgan tovarlar hajmi ko‘pligi sabab bo‘ldi. Yillik foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza zararni to‘liq hisoblaganda 15,5 mln so‘m manfiy ko‘rsatkichni tashkil etmoqda, ushbu holatda korxonamizga foyda solig‘i hisoblanmaydimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 161-moddasiga muvofiq moliyaviy faoliyat bo‘yicha zarar miqdorini foyda solig‘i bazasidan 5 yil muddatda kamaytirishga ruxsat etilgan hamda foyda solig‘i bazasini 50 foizidan oshmaslgi belgilangan. Sizning holatingizda foyda solig‘idan kamaytiriladigan zarar summasi 35,6 mln so‘mni (178,0 mln:5 yil=35,6 mln so‘m) tashkil etib, foyda solig‘iga tortiladigan baza 143,9 mln so‘mni (178,0 mln so‘m+15,5 mln so‘m-35,6 mln so‘m=143,9 mln so‘m) tashkil etadi, o‘tgan yildagi foyda solig‘i stavkasi 14 foiz belgilangan bo‘lib, soliq summasi 20,1 mln so‘m hisoblanishi lozim.

Savol: Korxonamiz kichik biznes korxonasi hisoblanib 2018 yil faoliyatimiz bo‘yicha aylanmamz 1 mlrd so‘mdan ortiq tushumni tashkil qilganligi sababli 2019 yildan e’tiboran umumbelgilangan soliqlar to‘lash tizimiga o‘tdik, lekin umumbelgilangan soliqlarni hisoblash va hisobotlarini qaysi paytda soliq inspeksiyasiga topshirish muddatlarini to‘liq bilmaymiz, ayniqsa foyda solig‘inikini, foyda solig‘i bo‘yicha hisobotlarni soliq inspeksiyalariga topshirish muddatlari to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 164-moddasi talablari bo‘yicha foyda solig‘i hisobotlari quyidagi muddatlarda soliq inspeksiyalariga topshirilishi belgilangan, jumladan: hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etishlari lozim. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi. Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi. Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi.

Savol: Aksiz solig‘i hisoblashda qat’iy va advalor deb ko‘rsatilgan, ularni bir-biridan farqi nimada shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Advalor tartibda aksiz solig‘i hisoblashda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda unga ketgan sarf-xarajatlar va foyda summasi yig‘indisiga aniq stavkada soliq hisoblanadi, qat’iy tartibda esa sotilgan mahsulotning miqdoriga belgilangan summa asosida aksiz solig‘i hisoblanadi, shuning uchun har yili Prezident qarorida aksiz solig‘i stavkalari summada yoki foizli stavkada belgilanadi.

Savol: Agarda faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs) sifatida tashkil etsa, aksiz solig‘i to‘lovchi bo‘ladimi yoki faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan aksiz solig‘i to‘lanadimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 229-moddasi talablari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar ro‘yxati har yili Respublika Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi (2019 yil uchun 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarori).

Savol: Aksiz solig‘i bo‘yicha hisobotlarni topshirish muddatlari to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining  239-moddasi talablari bo‘yicha aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.

Savol: Korxonamiz faoliyati benzin va gaz yoqilg‘isini aholiga sotishga ixtisoslashgan bo‘lib, 2019 yildan bizning korxona sotadigan benzin va gaz mahsulotlariga aksiz solig‘i to‘lash belgilangan, aksiz solig‘i benzin va gaz mahsulotlariga qanday hisoblanadi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 232-moddasi talablaridan kelib chiqib, benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish chog‘ida realizatsiya qilingan hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning natural holida ifodalangan hajmi soliq solinadigan baza hisoblanadi, qati’iy tartib bo‘yicha aksiz solig‘i hisoblanadi.

Savol: Yuridik shaxslar qanday yer maydonalaridan foydalanganliklari uchun soliq to‘laydilar?

Javob: Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydilar.

Savol: Menga 2015 yilda 1 gektar yer maydoni bog‘dorchilik faoliyatini tashkil etish uchun hokim qarori asosida ajratilgandi, lekin 0,5 gektar yer maydonida yer toshloq bo‘lganligi sababli ekilgan mevali ko‘chatlar o‘smadi, 2017 yildan hokim qarori asosida 0,5 gektar yer maydonini baliqchilik havzasiga aylantirdim, menga yer solig‘i hisoblanadimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 282-moddasining 6-bandi talablari bo‘yicha suv fondi yerlari yer solig‘idan ozod etilgan, baliqchilik faoliyatiningizni tashkil qilgan 0,5 gektar yer maydoningiz yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi, shuningdek, mazkur moddaning 25-bandi bo‘yicha yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan hamda kuzda o‘tqazilgan yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan e’tiboran boshlanishi, bahorda o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan e’tiboran boshlananishi belgilangan.

Savol: Menga tegishli uy-joy va yer maydonini yonidan yuqori kuchlanuvchi elektr tarmog‘i liniyasi o‘tkazilgan, lekin men ushbu yer maydonidan har yili ekin ekib foydalanib kelaman, ushbu yer maydoni uchun yer solig‘i hisoblanadimi?

Javob:  Amaldagi Soliq kodeksining 282-moddasi 7-bandi talablari bo‘yicha elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlarga soliq solinmaydi, Siz ushbu yer maydonlaridan elektr liniyalariga zarar yetkazmasdan foydalanib kelayotgan bo‘lsangiz hech qanday javobgarlik holati kelib chiqmaydi, faqat  liniyalarni ta’mirlash yoki boshqa proflaktika tadbirlari o‘tkazilayotgan paytida ekinlaringizni payhon qilinishi yoki buzib tashlanishi mumkin.

Savol: Qanday yer maydonlaridan yer solig‘i olinmaydi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 280-moddasi talablari bo‘yicha quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:

aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;

aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar); zaxira yerlar.

Savol: Qaysi toifadagi korxonalar umuman yer solig‘i to‘lamaydi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 279-moddasi talablari bo‘yicha quyidagilar yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmaydi:

notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘i to‘lovchilar bo‘ladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida ko‘rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi;

ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar, agar ushbu Kodeksning XX bo‘limida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa.

Savol: “Qizil Yarim Oy” nodavlat tashkilotimizga 2018 yilda 2 gektar yer maydoni ajratildi, ushbu yer maydoniga biz tomonimizdan baliqchilik faoliyatini tashkil etmoqchimiz, ushbu yer maydonida bizning korxonaga yer solig‘i hisoblanadimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Nodavlat va notijorat tashkilotlari qonuchilikda ustav maqsadlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan, lekin ular bunday faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlashlari bilan, umumiy asoslarda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilayotgan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘i to‘lovchilariga aylanadilar. SHuningdek, Soliq kodeksining 282-moddasi 6-bandi talablari bo‘yicha, yer maydonidan suv havzasi tashkil etib baliqchilik faoliyatini amalga oshirilsa (tadbirkorlik faoliyati) yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan.

Savol: Korxonamizga tegishli bo‘lgan yer maydonining 1,5 gektariga futbol stadioni va sog‘lomlatirish kompleksi qurdik, stadionga qaysi stavkada yer solig‘i hisoblanadi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 282-moddasi 13-bandi talablari bo‘yicha sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan, Siz stadion va sport kompleksini ishga tushirganingiz to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishingiz va bu haqida yer maydoningiz joylashgan regiondagi DSIga ma’lumot taqdim etishingiz talab etiladi.

Savol: Tuman zaxirasida bo‘lgan va oldin foydalanilmay kelingan tashlandiq joydan 3 gektar yer maydoni o‘zlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni saqlash sovuqxonalari qurish uchun korxonamizga berilgan, ushbu yer maydonidan qaysi tartibda yer soliqlari to‘lanishi lozim?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 282-moddasi 23-bandi talablari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan, imtiyoz muddati tugagandan so‘ng yer maydoningiz joylashgan region uchun belgilangan stavkada yer solig‘ini to‘lash lozim.

Savol: Korxonamizda 3 gektar yer maydoni bo‘lib, belgilangan muddatlarda yer solig‘ini to‘lab kelyapmiz, 2019 yilning 10 mart kuni tuman hokimi qarori asosida yana 2,5 gektar yer maydoni korxonamiz foydalanishi uchun ajratildi, yer solig‘ini qaysi davrdan boshlab to‘lashimiz lozim?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 281-moddasi  talablari bo‘yicha, qaysi yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi, Sizning holatingiz bo‘yicha esa aprel oyidan e’tiboran soliq munosabatlari yuzaga keladi.

Savol: Agarda korxonamizga ajratilgan yer maydonlari bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganda 2019 yil 10-mart kuni qo‘shib olingan 2,5 gektar yer maydoniga nisbatan qaysi paytdan imtiyoz tatbiq etiladi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 281-moddasi talablari bo‘yicha, yuridik shaxslarda yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi).

Savol: Bizning korxonamizga tegishli ko‘chmas mulkning bir qismi chet ellik tadbirkorlarga, ya’ni norezidentlarga ijaraga berilgan, lekin norezidentni ancha vaqtdan buyon topishni iloji bo‘lmayapti, ijara shartnomasida mol-mulk solig‘ini to‘lash ularga yuklatilgan, ushbu holatda mol-mulk solig‘ini kim to‘lashi kerak?

Javob: Norezidentning O‘zbekiston hududida joylashgan mol-mulki bor, lekin uning o‘zi joylashgan joyi soliq organlariga ma’lum bo‘lmagan vaziyatlar ham amalda uchrab turadi. Unda soliq to‘lash bo‘yicha majburiyat, misol uchun, ijara huquqlari asosida ushbu mol-mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxsga yuklatiladi. Bu, agar norezident mol-mulk solig‘ini to‘lamagan bo‘lsa, buni ijarachi qilishiga to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Savol: Korxonamizga 1 gektar yer maydoni kadastr hujjalariga asosan mulk sifatida berilgan, mol-mulk solig‘i hisoblanganda mulk qilib berilgan yer qiymati mol-mul solig‘iga tortish bazasiga kiritiladimi?

Javob: Mulk qilib olingan yer uchastkalari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish obyekti  hisoblanmaydi.

Savol: Korxonamizga tegishli bo‘lgan 10 gektar yer maydonida bug‘doy yetishtiramiz, bug‘doy yetishtirish uchun foydalanilgan suv uchun qanday tartibda soliq hisoblanadi, daryodan olingan suvni o‘lchab bo‘lmaydiku?

Javob: Har bir yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotining agrotexnik tadbirlari me’yorlari belgilangan, masalan bug‘doy yetishtirish uchun 6 marta sug‘oriladi, har 1 gektar yer maydoni uchun suvdan foydalanish me’yori 1000 metr kub, demak bir marta sug‘orish  10 gektar*1000=10000 metr kub, 10000 metr kub*6 = 60000 metr kub suvdan foydalanish uchun korxonangizga me’yor belgilanadi va suv solig‘i hisoblanadi.

Savol: Qishloq xo‘jaligi ekinlarimizni sug‘orish uchun dizelli yoki elektr nasoslardan foydalanamiz, lekin DSI tomonidan qo‘yilgan talab bo‘yicha suv iste’moli amalga oshirilmagan, qaysiki suv kerak bo‘lgan paytda nasoslarni ishlatamiz, keyin to‘xtatamiz. Tuman DSI tomonidan yuborilgan talabnomada nasoslarni suv chiqarib berish quvvati yil davomidagi ekinlar ekish va yetishtirish davri uchun to‘liq quvvati olib hisoblangan, ushbu holatda haqiqatda soliqqa tortiladigan suv hajmi qanday aniqlanadi?

Javob: Agarda, ekinlarni sug‘orish nasoslar orqali amalga oshirilsa, nasoslarni haqiqatda ishlagan vaqtini ko‘rsatuvchi pribor ko‘rsatkichi (1 motosoatda suvni chiqarib berish quvvati) orqali aniqlanadi, pribor bo‘lmagan taqdirda, Sizning korxonangizga tegishli bo‘lgan yer maydonida ekilgan ekinlar va daraxtzorlarni agrotexnik me’yori bo‘yicha belgilangan miqdori bo‘yicha olinadigan suv iste’molidan kelib chiqib soliq hisoblanadi.

Savol: Korxonamiz yangidan tashkil etilib, ayni paytda ko‘pgina asbob va uskunalar sotib olyapmiz, ularni qaysi biri asosiy vositalarga kiradi va material xom-ashyo ehtiyot qism hisoblanadi ushbuni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Javob: Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga va 5-sonli “Asosiy vositalar” Buxgateriya hisobining milliy standarti talablariga murojaat etish lozim bo‘ladi.

Savol: Ma’lumki, suv resurslarining yer osti va yer usti manbalari bo‘lib, korxonamiz sug‘orish ishlari uchun daryo havzasidan suv olsa, ma’muriyatimiz vodoprovod suvidan foydalanadi, ushbu holatda qanday tartibda suv iste’moli uchun soliq hisoblanadi?

Javob: Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq xizmati organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari esa besh kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.

Savol: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi to‘g‘risida tushuntirish bersangiz?

Javob: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning soliq davri kalendar yil qilib belgilangan. Lekin ushbu soliq yuzasidan soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun joriy to‘lovlarni to‘lash tartibi tayinlangan.

Joriy to‘lovlarni to‘lash uchun korxonalar tomonidan ma’lumotnomani taqdim etish muddati quyidagicha:

Faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar – joriy soliq davrining 25-yanvarigacha DSXOga ma’lumot taqdim etish;

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 30 kundan kechiktirmay DSXOga ma’lumot taqdim etish;

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, doimiy muassasa orqali ishlayotgan norezidentlar va dehqon xo‘jaliklari ma’lumotnoma taqdim etmaydi.

Korxonalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomalarga asosan soliq to‘lovchilar kategoriyasi uchun joriy to‘lovlarni to‘lash tartibi belgilanadi, jumladan:

yillik soliq miqdori EKIH 200 barobari bo‘lsa, yuridik shaxslar har oyning 25-sanasida yillik soliq summasining 1/12 miqdorini;

yillik soliq miqdori EKIH 200 barobaridan kam bo‘lsa, yuridik shaxslar har chorak 3-oyining 25-sanasida yillik soliq summasining 1/4 miqdorini budjetga to‘laydilar.

Savol: Suv solig‘i bo‘yicha hisobotlarni DSIga taqdim etish tartibi va muddatlari to‘g‘risida tushuntirish bersangiz?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 263-moddasiga asosan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari quyidagicha belgilangan, jumladan:

Yuridik shaxslar – yillik moliyaviy hisobot bilan birga;

Qishloq xo‘jaligi korxonalari – joriy soliq davrining 25-dekabrigacha;

Doimiy muassasa orqali ishlayotgan norezidentlar va YaTT – soliq davridan keyingi yilning 25-yanvarigacha;

Dehqon xo‘jaliklari – xabarnoma soliq davridan keyingi yilning 1-fevraligacha taqdim etiladi.

Xuddi shuningdek, Soliq kodeksining 264-moddasiga asosan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari quyidagicha belgilangan, jumladan:

Yuridik shaxlar uchun – yillik moliyaviy hisobot muddatidan kechiktirmay;

Qishloq xo‘jaligi korxonalari – 15 dekabrdan kechiktirmay;

Doimiy muassasa orqali ishlayotgan norezidentlar va YaTT – soliq davridan keyingi yilning 25-yanvaridan kechiktirmay;

Dehqon xo‘jaliklari – soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha.

Savol: Normativ muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlaridan mol-mulk solig‘i uning qiymatiga nisbatan ikki barobar stavkada olinishi belgilangan, tugallanmagan obyekt qiymatini qanday aniqlash mumkin?

Javob: Normativ muddatlarda tugallanmagan qurilish qiymati har bir obyekt bo‘yicha alohida aniqlanadi, jumladan:

Bino va inshootlar qurish bo‘yicha xarajatlar;

Asbob-uskunalar, kapital qurilish smetasi, smeta-moliyaviy hisob-kitobi va titul ro‘yxatlarda ko‘zda tutilgan inventar va boshqa buyumlarni olish bo‘yicha xarajatlar. Obyekt bo‘yicha barcha ishlar va xarajatlar hajmi 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (obyektning belgilangan muddatlarda tugallanmagan qismida) hisobga olinadi.

Savol: Mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisobotlar qaysi muddatlarda DSIga topshirilishi lozim?

Javob: Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitoblari soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga yilda bir marta yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatlarida topshiriladi. 2015 yil 1-yanvardan boshlab, korxonaning soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilgan joyida joylashmagan ko‘chmas mulki bo‘lgan taqdirda, ushbu obyekt bo‘yicha mol-mulk solig‘ining to‘lovi va soliq bo‘yicha hisob-kitob taqdim etish mol-mulk joylashgan joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Amaldagi Soliq kodeksining 81-moddasi talablari bo‘yicha korxonada hisobga qo‘yilmagan joydagi mol-mulk solig‘ining to‘lash majburiyati yuzaga kelgan taqdirda, u soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan e’tiboran 10 kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan yerda hisobga qo‘yish uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi kerak.

Savol: Qiziltepa tumani markazidan chiqaverishda temir yo‘lga yaqin joyda qurilgan sexda avtomashinalarni ta’mirlash faoliyatini yuritamiz, shu paytgacha oyiga 50000 so‘m daromad solig‘i va 202730 so‘m sug‘urta badali to‘lab kelgandik, Qiziltepa DSI xodimlari sexga kelib ushbu hudud Qiziltepa shahri territoriyasi hisoblanib, endi oyiga 100000 so‘m daromad solig‘i va 202730 so‘m sug‘urta badali to‘lashimiz lozimligini aytishdi. Bizning sexdan 100-200 metrdan keyin cho‘l hududidi boshlanadi, DSI xodimlari talablari to‘g‘rimi, shu xususida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 9-ilovasiga muvofiq boshqa shaharlarda maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar oyiga 100000 so‘m qat’iy soliq to‘lashi belgilangan, Sizning sexingizni shahar hududiga kirishi yoki kirmasligi bo‘yicha Yer va mol-mulk kadastri bo‘limidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Savol: Men o‘zimga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida har xil gazetalar, jurnallar va kitoblar sotaman, yangi qonun bo‘yicha qancha soliq to‘lashim kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 9-ilovasiga muvofiq boshqa shaharlarda maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar oyiga 200000 so‘m qat’iy soliq va 202730 so‘m (EKIH 1 barobari miqdorida) sug‘urta badali  to‘lashingiz lozim bo‘ladi.

Savol: Korxonamiz Navbahor tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan, Navoiy shahrida savdo do‘konimiz bor, 2019 yildan alkogol mahsulotlar savdosini tashkil etmoqchimiz, litsenziya olish uchun qancha soliq to‘lashimiz kerak?

Javob:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 21-ilovasiga muvofiq alkogol mahsulotlari sotish faoliyati uchun Navbahor tumaniga har oyi 608200 so‘m stavka o‘rnatilgan, lekin, savdo do‘koningiz Navoiy shahrida faoliyat yuritganligi sababli har oyida Navoiy shahrida o‘rnatilgan stavka bo‘yicha 1013700 so‘m mahalliy budjetga yig‘im to‘lashingiz lozim bo‘ladi, boshqa soliq va to‘lovlar esa tovarylanmangiz hajmidan chiqqan holda soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan tartibda bo‘ladi.

Savol: Navoiy shahar “Umid” posyolkasida uy-joyim bor, turar joy 320 kvadrat metrni va boshqa binolar 360 kvadrat metrni tashkil etadi, menga qaysi stavkada soliq hisoblanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq uy-joy va boshqa qurilmalarning kadastr qiymatiga nisbatan 200 kvadrat metrgacha 0,2 foiz stavkada, 200-500 kvadrat metrgacha 0,25 foiz stavkada va 500 kvadrat metrdan oshgan qismiga 0,35 foiz stavkada mol-mulk solig‘i hisoblash belgilangan.

Savol: Agarda Navoiy shahrida joylashgan uy-joyimni kadastr qiymati bo‘lmasa, bunday holatda qaysi qiymat qo‘llaniladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq uy-joy va boshqa qurilmalarning kadastr qiymati bo‘lmasa, Navoiy shahar uchun shartli kadastr qiymati 210000,0 ming so‘m etib belgilangan, ushbu qiymat asosida belgilangan shkala (maydoni 200 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lganda) asosida mol-mulk solig‘i hisoblanadi.

Savol: Zarafshon shahridagi 3 xonali kvartiramizni 1996 yilda sotib olganmiz, kadastr hujjatlari bo‘yicha qiymati 2890,0 ming so‘mni tashkil etadi, 0,2 foiz stavkada mol-mulk solig‘i hisoblanganda 5780 so‘mni tashkil etishi kerak, lekin Soliq inspeksiyasidan 84000 so‘m mulk solig‘i to‘lash bo‘yicha xabarnoma berilgan, soliqchilar qaerdan soliq hisoblagan shunga tushunmay turibman, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq uy-joy va boshqa qurilmalarning kadastr qiymati 42000,0 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi bo‘yicha me’yor belgilangan, Sizga 42000,0 ming so‘m shartli qiymat asosida 0,2 foiz stavkada 84000 so‘m mol-mulk solig‘i hisoblangan.

Savol: Korxonamizning asosiy faoliyati ishlab chiqarish (qurilish materiallari) bo‘lib, 2019 yildan tovar aylanmamiz 1 mlrd so‘mdan oshganligi sababli umumbelgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tdik, qo‘shilgan qiymat solig‘ini esa 20 foizli stavkasini tanladik. Joriy yilning 1-choragi mobaynida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sement, pesok va boshqa materiallarni ko‘p miqdorda sotib oldik va omborga kirim qildik. Mahsulotlarimizni aksariyati mavsumiy bo‘lganligi sababli QQS hisob-kitobida 350,0 mln so‘mdan ortiq manfiy farq paydo bo‘lmoqda, ushbu holatda biz qanday hisob-kitob yuritishimiz lozim yoki QQS budjetdan qaytarib beriladimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 218-moddasi talablari bo‘yicha xomashyo va materiallar bilan olingan QQS to‘lig‘icha hisobga olinadi, ushbu kodeksning 223-moddasida QQS uchun soliq davri kalendar yili hisobot davri esa yil oyi etib belgilangan. QQS hisobotlari yil davomida o‘sib boruvchi qiymat bilan yuritiladi, yil davomida QQS manfiy ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiya bilan yopilib boriladi, Sizga budjetdan QQSning manfiy qoldig‘i qaytarib berilmaydi.

Savol: Agarda korxonamiz QQS to‘lashni soddalashtirilgan tartibini tanlasa bunday holatda QQS manfiy ko‘rsatkichi budjetdan qaytarib beriladimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 226-4-moddasi talablari bo‘yicha soddalashtirilgan tartibda QQS to‘lovchilar xomashyo va materiallar bilan qabul qilib olgan QQS hisobga olish huquqiga ega emaslar, Sizning korxonangizda ushbu holatda QQS manfiy ko‘rsatkichi bo‘lmaydi.

Savol: Korxonamiz 2019 yil 1-choragi davomida 500,0 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi, xomashyo va materiallar bilan 100,0 mln so‘mlik QQS olingan, 400,0 mln so‘mlik mahsulot realizatsiya qildik, ushbu holatda soddalashtirilgan tartibdagi QQS qanday hisoblanib budjetga to‘lanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarori talablari bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha QQS soddalashtirilgan tartibida soliq to‘lovchilar uchun 7 foiz stavka o‘rnatilgan bo‘lib, 400,0 mln so‘mlik sotilgan mahsulot qiymatiga qabul qilib olingan 100,0 mln so‘m QQS mutanosib ravishda qo‘shib, hosil bo‘lgan qiymatga 7 foiz stavkada QQS qo‘llaniladi va budjetga to‘lab beriladi.

Savol: Men Navbahor tumanida yashayman, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Navbahor tumanidan guvohnoma olganman, Navoiy shahridagi “Buyum bozorida” savdo faoliyatini amalga oshiraman, soliq xodimlari menga Siz Navoiy shahar uchun belgilangan stavkada soliq to‘laysiz deb talab qilmoqda, shu to‘g‘rimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 375-moddasi talablari bo‘yicha, YaTT faoliyati amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi deb belgilangan, shu sababdan Siz Navoiy shahri uchun belgilangan stavkalarda qat’iy belgilangan soliq to‘lovini amalga oshirishingiz lozim.

Savol: Bizning korxonamizda 20 nafardan ortiq ishchi va xizmatchilar ishlaydi, biz doim ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatimiz yo‘q, qonunchilikda ish bilan ta’minlanmagan taqdirda ham ish haqi to‘lash tartibi belgilangan, minimal ish haqi summasini qanday hisoblaymiz, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Agarda, ishchi-xodimlar har kuni ishga kelsa, lekin ish bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati nazarda tutilmoqda), faoliyatidan qat’i nazar belgilangan minimal ish haqidan kam ish haqi hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi, minimal ish haqi Respublikada amaldagi Eng kam ish haqini 2,847 koeffisientga ko‘paytirish orqali aniqlanadi, misol hozirda EKIH miqdori 202730 so‘m x 2,847= 577172,31 so‘mni tashkil etadi.

Savol: Korxonamizda 2019 yildan har xil yaxna ichimliklar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etmoqchimiz, yaxna ichimlik ishlab chiqarishga foydalanish uchun suvni Nurota chashmalaridan chiqadigan suvdan foydalanmoqchimiz, foydalangan suv uchun qanaqa to‘lov to‘laymiz, shunga tushuntirish bersangiz.

Savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 14-ilovasiga muvofiq alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar yer osti va yer usti suvlaridan foydalanganlik uchun  1 metr kubiga 19040 so‘m miqdorida byudjetga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari belgilangan.

Savol: Korxonamizni savdo do‘koni  Qiziltepa tumani G‘ardiyon mahallasida joylashgan, 2019 yildan alkogol mahsulotlar savdosini tashkil etmoqchimiz, litsenziya olish uchun qancha soliq to‘lashimiz kerak ?

Javob:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 21-ilovasiga muvofiq alkogol mahsulotlari sotish faoliyati uchun har oyi 810900 so‘m mahalliy byudjetga yig‘im to‘lashingiz lozim bo‘ladi, boshqa soliq va to‘lovlar esa tovar aylanmangiz hajmidan chiqqan holda soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan tartibda bo‘ladi.

Savol: Men qishloqda yashayman, o‘zimga tegishli hovlimda ondatra va nutriya boqib, tersini bozorga chiqarib sotmoqchiman, ushbu bo‘yicha menga qanday soliq to‘lovlari hisoblanadi, shunga tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 12-bandi talablari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar soliq to‘lashdan ozod etilgan, ondatra va nutriya boqish ham qishloq xo‘jaligi faoliyati hisoblanadi, lekin  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi  850-sonli qarori talablaridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar (teridan bosh kiyim tayyorlab sotish, tuzlamalar tayyorlab sotish, kungaboqar qovurib sotish, go‘sht va baliq mahsulotlarini dudlab sotish va boshqalar) belgilangan tartibda byudjetga daromad solig‘i to‘lashlari belgilangan. Siz tomoningizdan o‘zingizga tegishli yer maydoni uchun yashab turgan regioningiz uchun belgilangan stavkada yer  va mol-mulk soliqlarini to‘laysiz.

Savol: Meni tuman markazida ustaxonam bor, ustaxonamda avtomashinalarni kichik ta’mirlash va vulkanizatsiya faoliyati yuritaman, 2018 yil uchun do‘konim uchun 1450,0 ming so‘m yer va mol-mulk solig‘idan qarzdorligim bor edi, oilaviy sharoitim tufayli soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmadim, meni tuman DSI sudga beribdi shu to‘g‘rimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 23-ilovasiga muvofiq jismoniy shaxslarning soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasi 1013700 so‘mdan kam bo‘lmagan taqdirda, soliq qarzdorligini qarzdorni mol-mulki hisobidan undirish maqsadida Davlat soliq organlari sudga da’vo arizasi kiritadi.

Savol: Korxonamizga foyda, obodonlashtirish va infrastrukturani rivojlantirish soliqlaridan 2021 yilgacha imtiyoz berilgan edi, yangi konsepsiya bo‘yicha imtiyozlar saqlanib qoladimi yoki bekor bo‘ladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 4-bandi talablari bo‘yicha 2019 yildan e’tiboran Sizning korxonanigizga foyda va obodonlashtirish va infrastrukturani rivojlantirish soliqlari bo‘yicha 2 karra kamaytirilgan stavkada soliq hisoblanadi.

Savol: Men Navbahor tumani Markaziy dehqon bozorida har xil mevalar savdosi bilan shug‘ullanaman (limon, banan va boshqalar) buning uchun soliq to‘lashim kerakmi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 12-bandi talablari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar soliq to‘lashdan ozod etilgan, lekin tropik mevalar tomorqangizda yetishtirilmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 9-ilovasi talablari bo‘yicha har oyi 50000 so‘m daromad solig‘i to‘lashingiz belgilangan, bundan tashqari har oyida EKIH bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘laysiz (hozirda 202730 so‘mni tashkil etadi).

Savol: Navoiy shahridagi kvartiramni 2019 yil yanvar oyida ijaraga berganman, lekin shu kungacha ijara shartnomasi rasmiylashtirilmagan, mart oyining oxirida ta’tilga chiqib ijara shartnomasini rasmiylashtirsam hech qanday jarima qo‘llanilmaydimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Ijara shartnomasi o‘n kunlik muddat ichida joylardagi DSI ro‘yxatga qo‘yilishi shart, aks holda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi  kodeksning 159-1-moddasi talablari bo‘yicha EKIH 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Savol: Men Farg‘ona vodiysiga borib har xil oyoq-kiyimlari tikish kasbini o‘rganib keldim, tufli, teridan mahsi va issiq etiklar tikib bozorda sotmoqchiman, ushbu faoliyatim hunarmandchilikka kiradimi, “Hunarmandlar uyushmasi”ga a’zo bo‘lsam soliqdan imtiyoz beriladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Hunarmandchilik faoliyati tasdiqlangan ro‘yxati bo‘yicha 34 ta turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi, ushbu ro‘yxatning 9-bandida Milliy poyabzal tayyorlash faoliyatiga – “qo‘lda va yakka tartibda tikilgan milliy poyabzallar, teridan mahsi va kovushlar, kirza va kigiz etiklar, sandallar, shippaklar, tuflilar” kiritilgan, Sizning yuqorida qayd etgan faoliyatingiz hunarmandchilik hisoblanib, “Hunarmandlar uyushmasi”ga a’zo bo‘lib faoliyatingizni tashkil etsangiz, Sizga daromad solig‘idan imtiyoz tatbiq etiladi.

Savol: Men II guruh nogironiman, ayni paytda nogironligim sababli nafaqa olib uyda o‘tiribman, agarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullansam menga nisbatan soliq bo‘yicha imtiyoz beriladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘risida”gi PF-5270-sonli Farmoniga asosan 2018 yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyat ko‘rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida (har qanday faoliyat turi bo‘yicha), yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun – bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilgan. SHuningdek, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar uchun sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Savol: Men qishloqda yashayman, tomorqamda kichik havza qurib, Afrika laqqasi balig‘ini boqib, bozorga chiqarib sotmoqchiman, ushbu bo‘yicha menga qanday soliq to‘lovlari hisoblanadi, shunga tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 12-bandi talablari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar soliq to‘lashdan ozod etilgan, baliq yetishtirish ham qishloq xo‘jaligi faoliyati hisoblanadi, lekin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi  850-sonli qarori talablaridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar (tuzlamalar tayyorlab sotish, kungaboqar qovurib sotish, go‘sht va baliq  mahsulotlarini dudlab sotish va boshqalar) belgilangan tartibda byudjetga daromad solig‘i to‘lashlari belgilangan. Siz tomoningizdan o‘zingizga tegishli yer maydoni uchun yashab turgan regioningiz uchun belgilangan stavkada yer solig‘i to‘laysiz.

Savol: Korxonamiz ishlab chiqarish hamda savdo faoliyatini amalga oshiradi, 2019 yildan umumbelgilangan tartibda soliq to‘lash tizimiga o‘tgan, 2019 yil uchun soliq hisobotlari o‘zgartirildi, soliq hisobotlarini qaedan olsak bo‘ladi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va DSQ tomonidan 2019 yilda soliq hisobotlari shakllari va tartibi ishlab chiqilib, 21.01.2019 yilda Adliya vazirligidan 3126-sonli tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan.

Yangi hisobot shakllari bilan tanishtirish va ularni to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida DSQ huzurida “Soliq-servis” DUK korxonasi tashkil etilgan, ushbu korxona xodimlari har bir DSIga biriktirilgan, mazkur masala yuzasidan ularga murojaat etishingiz mumkin. SHuningdek, soliq hisobotlarini to‘g‘ri to‘ldirish va soliqlarni hisoblash bo‘yicha tushunchalar berish maqsadida DSQ ning Malaka oshirish markazi filiallarida alohida o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Savol: Korxonamiz savdo faoliyati bilan shug‘ullanadi, ko‘pgina korxonalar bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradi, korxonamizdan 2019 yil fevral oyida 1 ta korxona tomonidan 31,0 mln so‘mlik tovar olingan, lekin ularga schyot-faktura mart oyida yozib berilgan, biz 31,0 mln so‘mni  mart oyidagi tovar aylamamizga ko‘rsatib soliq hisoblasak hech qanday qonunbuzilish holati yuzaga kelmaydimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 38, 46, 91-moddalari  talablaridan kelib chiqib soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda xato va kamchiliklarini tuzatib, Davlat soliq organlariga aniqlashtirilgan qayta hisobot taqdim etgan taqdirda hech qanday qonunbuzilish holatlari yuzaga kelmaydi, faqatgina hujjatli tekshirish o‘tkazish vaqtida qayta hisobot taqdim etish taqiqlanadi.

Savol: Korxonamiz  2019 yildan umumbelgilangan soliq to‘lash tizimiga o‘tdi, 20 foizli stavkali qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida chet eldan umumiy qiymati 920,0 mln so‘mlik uskunalar sotib oldik, uskunalarni bojxonadan rasmiylashtirib mart oyda kirimga oldik, uskunalarga 153,3 mln so‘m QQS qo‘yilgan, ushbu QQS solig‘i qanday tartibda hisobga olinadi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 218-moddasi talablari bo‘yicha, tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalaniladigan ko‘chmas mulk sotib olinganda, barpo etilganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 36 kalendar oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi, demak 2019 yilning mart oyidan 4,25 mln so‘m (153,3 : 36) miqdorida 36 oy davomida QQS hisobga olib boriladi.

Savol: Ko‘chmas mulkka kirmaydigan Asosiy vositalar sotib olinganda, nomoddiy aktivlar nazarda tutilmoqda, QQS qanday tartibda hisobga olinadi ?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 218-moddasi talablari bo‘yicha, ko‘chmas mulk tarkibiga kirmaydigan Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar nazarda tutilmoqda, sotib olinganda 12 oy davomida QQSni sotib olgan korxona hisobga olish huquqiga ega.

Savol: Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan boshqa bir korxonadan qurilishi tugallanmagan obyekt korxonamizga berildi, albatta ikkiyoqlama shartnoma tuzilib, obyektni puli to‘landi, shu jumladan obyekt qiymatiga kiritilgan QQS ham. Korxonamiz soddalashtirilgan tartibda QQS to‘lovchisi hisoblanadi, ushbu holatda QQS qanday hisobga olinadi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 226-4-moddasi talablari bo‘yicha ushbu holatda QQS hisobga olinmaydi.

Savol: Agarda korxonamiz QQS 20 foiz stavkada soliq to‘lovchisi bo‘lgan holda tugallanmagan qurilish obyektini sotib olsa, ushbu holatda QQS qanday tartibda hisobga olinadi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 218-moddasi talablari bo‘yicha, qurilishi tugallanmagan obyektni qurilish-montaj ishlari yakunlanib, asosiy vosita sifatida korxonaga kirimga olingandan keyin  36 kalendar oy mobaynida QQS hisobga olinadi.

Savol: Agarda ko‘chmas mulk va nomoddiy aktivlar 36 oy muddatidan oldin korxona tomonidan sotilganda QQS qoldig‘i qanday hisobga olinadi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining  218-moddasi talablari bo‘yicha, ko‘chmas mulk va nomoddiy aktivlar QQSni hisobga olish muddatidan oldin sotib yuborilganda QQS qoldig‘i sotgan korxona tomonidan to‘liq hisobga olinadi.

Savol: Korxonamiz 20 foiz stavkada QQS to‘lovchisi bo‘ldi, 2019 yilda korxonamiz balansida bo‘lgan mol-mulkni moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berdik, ushbu holatda QQS qanday tartibda hisobga olinadi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 218-moddasi talablari bo‘yicha, mol-mulkni moliyaviy ijaraga va lizingga berishda hisobga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi to‘liq hisobga olinadi.

Savol: Men uyimda har xil uzum navlarini yetishtiraman, uzum niholchalarni, uzumni va mayizni bozorga chiqarib sotaman, menga daromad solig‘i hisoblanadimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 12-bandi talablari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar daromad solig‘i  to‘lashdan ozod etilgan.

Savol: Men tomorqamda har xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiraman va Navoiy shahardagi dehqon bozorlarida sotaman, yangi qonuchilikka asosan men soliq to‘lashim kerakmi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining  179-moddasi 12-bandi talablari bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar soliq to‘lashdan ozod etilgan, lekin  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 850-sonli qarori talablaridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab sotish faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar (tuzlamalar tayyorlab sotish, kungaboqar qovurib sotish, go‘sht mahsulotlarini dudlab sotish va boshqalar) belgilangan tartibda budjetga daromad solig‘i to‘lashlari belgilangan, ya’ni 100 mln so‘mgacha aylanmasidan qat’iy soliq va undan yuqori bo‘lgan aylanmadan 4 foiz stavkada Yagona soliq. Shuni ta’kidlash joizki, bozorda savdo faoliyatini amalga oshirish uchun sotuvchida Vazirlar Mahkmasining 253-sonli qarori talablari buyicha uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yashash joyidan yer uchastkasida ushbu mahsulotni yetishtirganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va bozor ma’muriyati tomonidan unga joy ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat (patta to‘lovi kvitansiyasi yoki ijara shartnoma) bo‘lishi shart.

Savol: Korxonamiz umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchisi hisoblanadi hamda budjetga foyda solig‘i to‘laydi, 2019 yildan boshlab foyda solig‘i to‘lash tartiblariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgan, ushbu to‘g‘risida to‘liq tushuncha bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-sonli Qonuniga muvofiq, foyda solig‘i to‘lash tartibiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi, jumladan:

- Soliq kodeksining 145-moddasiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

- vakillik xarajatlari chegarasini belgilash bo‘yicha norma chiqarib tashlandi. Avval, ularning summasi qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini kiritgan holda mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmining bir foizidan oshmasligi lozim bo‘lgan.

- kundalik xarajatlar uchun belgilangan norma chiqarildi;

- jismoniy shaxsga foydasiga to‘lanadigan ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga cheklovlar bekor qilindi. Ilgari chegiriladigan xarajatlarni aniqlash uchun norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning, shu bilan birga qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini qo‘shgan holda 2 foizini tashkil etgan;

- endi mehnatda mayib bo‘lganlik, kasb kasalligi yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha barcha to‘lovlar chegiriladigan xarajatlar hisoblanadigan bo‘ldi;

- chegiriladigan xarajatlar tarkibidan shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlarini bajarish xarajatlari chiqarildi. Ushbu xarajatlar chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga o‘tkazildi;

- ishlatib kelinayotgan, to‘liq eskirgan asbob-uskuna uchun to‘lanadigan haq ham chegiriladigan xarajatlar tarkibidan chiqarildi.

Soliq kodeksining 147-moddasiga o‘zgartirishlar kiritildi, 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

- badallar, homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablag‘lar kim olishidan qat’i nazar chegirilmaydigan xarajatlar hisoblanadi;

- sud chiqimlari ushbu moddadan chiqarildi;

- chegirilmaydigan xarajatlarga avvalgi izohlar bilan faqat asosiy vositalari chiqib ketishidan ko‘rilgan zararlar kiritildi. Boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan zararlar chegirilmaydigan xarajatlar tarkibidan chiqarildi.

CHegirilmaydigan xarajatlar ro‘yxatiga esa quyidagi xarajatlar qo‘shildi:

- O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari va boshqa shaxslar uchun to‘langan soliqlar;

- tekshiruvlar natijalariga ko‘ra qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

- soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga (sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat tadbirlari, dam olishni tashkil etish va hokazo) uchun xarajatlari;

- kasaba uyushmasi qo‘mitalariga yordam ko‘rsatish;

- mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni (xizmatlarni) bajarish uchun xarajatlar (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa turdagi ishlar).

Soliq kodeksining 156-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar soliqqa tortishdan ozod etildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini moliyaviy bozorlarga joylashtirishdan olingan foizlar ko‘rinishidagi daromadlardan foizlarga imtiyozlar bekor qilindi.

Savol: Men xususiy korxona rahbariman, korporativ kartadagi mablag‘im hisobidan kommunal to‘lovlarimni, kreditga olingan avtomobil va muzlatgichlar uchun to‘lovlarni amalga oshirsam soliq munosabatlari yuzaga keladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 6-bandi talablari bo‘yicha soliq va majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin xususiy korxona ixtiyorida qoladigan foyda daromad solig‘idan ozod etilgan, korporativ kartadan to‘langan mablag‘ sof foyda hisobidan bo‘lsa, daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llaniladi, aks holda 12 foiz stavkada daromad solig‘i to‘lanadi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman, yollanma ishchilarim bor, yollanma ishchilar kasal bo‘lgan davrda ularga kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2015 yildagi 219-sonli qarori talablari bo‘yicha YaTT bilan shug‘ullanuvchining yollanma ishchisiga kasallik varaqasi uchun nafaqa to‘lash ko‘zda tutilmagan.

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2019 yil uchun Toshkent shahri, Nukus shahar va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar, boshqa shaharlar, boshqa aholi punktlari uchun belgilangan. Boshqa aholi punktlari uchun belgilangan  stavkada qat’iy belgilangan soliqni to‘lab kelgan, YaTT tovarlar (ish, xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumi kalendar yili davomida 100 mln so‘mdan oshgan taqdirda necha foiz stavkada yagona soliq to‘lovi to‘laydi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmoni va 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarori talablari bo‘yicha 4 foiz stavkada yagona soliq to‘laydi, jismoniy shaxslarga faoliyat turiga nisbatan tabaqalashtirilgan yagona soliq to‘lovi stavkalari tatbiq etilmaydi.

Savol: Korxonamiz mikrofirma hisoblanib, 2018 yil yakuni bo‘yicha aylanmamiz 1 mlrd so‘dan oshib ketdi, korxonamiz umumbelgilangan soliq to‘lash tizimiga o‘tkazildi, soddalashtirilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash tartibiga o‘tish uchun kimga murojaat etishimiz lozim.

Javob: Agarda korxonangiz oldin umumbelgilangan soliq tizimida faoliyat yuritmagan bo‘lsa, ro‘yxatda turuvchi DSIga ariza bilan murojaat etasiz.

Savol: Korxonamiz umumbelgilangan soliq to‘lovchisi hisoblanadi, qo‘shilgan qiymat solig‘ini soddalashtirilgan tartibiga o‘tmoqchimiz, uning uchun qanday hujjatlar talab etiladi.

Javob:Umumbelgilangan soliq tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini soddalashtirilgan tartibiga o‘tish ta’qiqlanadi.

Savol: Korxonamiz umumbelgilangan soliq to‘lovchisi hisoblanadi, bizning korxonaga soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lash tartibiga o‘tkazish mumkinmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, aylanmasi 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarning barchasi umumbelgilangan tartibga o‘tkaziladi (ayrim hollarda istisno qo‘llanilgan), keyingi yillarda aylanmangiz 1 mlrd so‘mdan kam bo‘lsa ham Sizning korxonangiz soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lash tizimiga o‘tkazilmaydi, bu masala 3 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

Savol: Mening kelinim, ya’ni o‘g‘limni umr yo‘ldoshi sirtdan oliygohda tahsil oladi, uning to‘lov kontraktini to‘lab bersam menga daromad solig‘idan imtiyoz beriladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi  Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi hamda Adliya vazirligidan 27.05.2010 yilda 2107-sonli tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan va 26 yoshga to‘lmagan farzandlaringizni oliygohda ta’lim olayotganlik to‘lov kontraktlarini to‘lagan taqdiringizda daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan, keliningiz uchun to‘lovni amalga oshirganligingiz uchun imtiyoz tatbiq etish qonunchilikda belgilanmagan.

Savol: Bizning korxonamiz ohak mahsuloti ishlab chiqaradi, mahsulotning bir qismini o‘zimizning mintaqadagi korxonalarga va aholiga sotamiz, asosiy qismini eksportga chiqaramiz. Ohak ishlab chiqarish uchun toshni shartnomaga asosan boshqa bir korxonadan sotib olamiz, ishlab chiqarishda foydalanilgan ohak tosh uchun korxonamiz yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashi kerakmi, shu haqida tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 243-moddasi talablari bo‘yicha, ushbu holatda Sizga ohak toshini sotgan korxona yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchisi hisoblanadi.

Savol: Korxonamiz kichik biznes korxonasi toifasiga kiradi, faoliyatimiz ulguji savdo, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beramiz. Ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlardan sotib olamiz, 2018 yildagi aylamamiz 1 mlrd so‘mdan oshib ketganligi sababli umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tdik va qo‘shilgan qiymat solig‘ini soddalashtirilgan tartibda savdo korxonasi sifatida 6 foiz stavkada to‘laymiz. Bozordan sotib olib qayta sotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashimiz kerakmi, shu to‘g‘risida mahlumot bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2018 yildagi 1065-sonli hamda 17.01.2019 yildagi 56-sonli qarori talablari bo‘yicha go‘sht (barcha turlari), baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch (barcha navlari), shakar (import ham), non mahsulotlari, sut ishlab chiqarish va sotishdan aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilgan. Sizning faoliyatingizda ushbu mahsulotlarni qaerdan olishingizdan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblamasdan sotishingiz lozim.

Savol: Korxonamiz umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchisi hisoblanadi, ayni paytda chet el investitsiyasini kiritish maqsadida ishlar olib borilmoqda, albatta ushbu ishlarni amalga oshirish uchun chet ellik mutaxassislar va boshqa tadbirkorlar korxonamizga tashrif buyuradi. Mehmonlarni olib yurish, ovqatlantirish, turar joy bilan ta’minlash va boshqa prezentatsiyalarni qilish uchun korxonamiz xarajat qiladi. Olldingi Soliq kodeksida ushbu xarajatlar vakillik xarajatlari hisoblanib, foyda solig‘i bazasidan kamaytirilardi, hozirda qanday tartib joriy etilgan, xuddi shunday xarajatlarni qaysi xarajat moddasiga etilishi lozim, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Soliq kodeksining 145-moddasi 11-bandi oldingi talablari bo‘yicha ushbu xarajatlar vakillik xarajatlari sifatida qaralib, ularning summasi qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini kiritgan holda mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmining bir foizidan oshmasligi lozim bo‘lgan, ushbu normadan oshgan summasi foyda solig‘iga tortilgan. Soliq kodeksining 145-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan 2019 yil 1-yanvardan e’tiboran vakillik xarajatlari chegarasini belgilash bo‘yicha norma chiqarib tashlandi. Vakillik xarajatlari deganda soliq to‘lovchining o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yoki uni saqlab turish, shuningdek soliq to‘lovchining boshqaruv va nazorat organlari majlislariga kelgan ishtirokchilarni qabul qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish maqsadlarida qiladigan xarajatlari tushuniladi. Bu xarajatlar mazkur shaxslarning rasmiy qabulini o‘tkazish, transport ta’minoti, ovqatlanishi va turar joyi, soliq to‘lovchining shtatida turmagan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash xarajatlaridir.

Savol: Korxonamiz mavsumiy xarakterdagi faoliyatni amalga oshiradi, ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olib, uni quritadi va qadoqlab  shartnomalar asosida boshqa korxonalarga sotadi, 2018 yildagi aylanma 1 mlrd so‘dan oshib ketdi, korxonamiz umumbelgilangan soliq to‘lash tizimiga o‘tib 20 foizli stavkada qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga aylandi. Ayrim yillarda bozordagi xaridorlar kam bo‘lsa yoki mahsulot narxi tushib ketsa biz mahsulotimizni sota olmay qolamiz, mahsulotlarimiz yillar davomida omborda qolib ketadi, QQS hisobotida esa manfiy ko‘rsatkich paydo bo‘lib qoladi, ushbu holatda budjetdan QQS qaytarilishi kreakmi, shu to‘g‘risida ma’lumot bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining  218-moddasi talablari bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun omborga kirim qilingan tovar-moddiy boyliklar va boshqa xarajatlar bilan qabul qilingan QQS solig‘i hisobga olinadi (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va lizingga olingan mulklar bo‘yicha tartib alohida), ushbu holatda QQS  realizatsiya qilingan mahsulotga nisbatan mutanosib (proporsiya) taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, QQSning manfiy ko‘rsatkichi mahsulotning ombordagi qoldig‘i realizatsiya davomida qoplanadi, bunday holat bo‘yicha QQS budjetdan qaytarib berilishi mumkin emas (SK 227-228-moddalari).

Savol: Korxonamiz 2019 yildan e’tiboan umumbelgilangan soliq to‘lash tizimiga o‘tdi, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisoblangan va budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyatida qanday aks ettiriladi, foydadan kamaytiriladimi? “Moliyaviy natijalar” 2-shakl hisobotini qaysi satrida ko‘rsatiladi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘i korxonaning “Moliyaviy natijalar” 2-shakli buxgalteriya hisobotlarida aks ettirilmaydi, qo‘shilgan qiymat solig‘i sotilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar hajmlarining ustiga qo‘yilib, iste’molchi zimmasiga tushadi, iste’molchi esa yana mahsulotiga qo‘yib sotadi zanjir tarzida aylanib budjetga tushumni ta’minlaydi.

Savol: Korxonamiz savdo faoliyatini amalga oshiradi, 2019 yildan umumbelgilangan tartibdagi soliq tizimiga o‘tdik, qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 foizli tartibiga o‘tdik. Tovarlarni QQS bilan sotib olyapmiz va qayta sotishda QQS solig‘i qanday qo‘llaniladi, tovar qiymatigami yoki ustamaga, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Sotib olingan tovardan, sotib olingan tovar bilan qabul qilingan QQS tovar qimatidan ayriladi va tovar qiymatiga ustama qo‘yilib, shu summaga 20 foiz QQS hisoblanadi. Hisobga olingan QQS va tovar qiymatiga qo‘yilgan QQS farqi budjetga to‘lanadi. Misol: 120,0 ming so‘mga tovar sotib oldingiz, 20 ming so‘mi QQS (120,0 ming -20,0 ming so‘m), tovar qiymatidan QQS ayrilgandan so‘ng 100,0 ming so‘mni tashkil etadi, unga 10 foiz ustama qo‘ydingiz (100,0 ming so‘m* 10 foiz), tovar qiymati 110,0 ming so‘mni tashkil etdi, ushbu summaga 20 foiz QQS hisoblaysiz (110,0 ming so‘m *1,2) , tovarning sotish qiymati 132,0 ming so‘mni tashkil etadi, QQS summasi esa 22,0 ming so‘m. Ushbu holat bo‘yicha budjetga 2,0 ming so‘m QQS hisoblanadi (22,0 ming so‘m -20,0 ming so‘m).

Savol: Hozirda har xil tushuntirishlarni eshitib kelyapmiz, 2019 yildan e’tiboran Fuqarolarni jamg‘arib boridigan pensiyasiga ajratma qilish to‘xtatilgan deb, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmoni va 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiyasga ajratma miqdori fuqaroning hisoblangan ish haqisiga nisbatan 0,1 foiz stavkada hisoblanishi belgilangan, ushbu summa fuqaroning budjetga hisoblangan daromad  solig‘idan kamaytirilib, uning  “Xalq banki”da ochilgan pensiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Savol: Korxonamiz faoliyatini zarar bilan yakunlasa, zarar summasi chegirilmaydigan xarajatlar ham ko‘pni tashkil qilsa foyda solig‘i qanday tartibda to‘lanadi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Foyda solig‘i bazasi asosan soliq to‘lagungacha foyda summasi va chegirilmaydigan xarajatlar, belgilangan me’yorlardan ortiqcha xarajatlar, kelgusi davrda soliq bazasiga qo‘shiladigan xarajatlar hisobidan shakllanadi. Agarda ushbu summalar yig‘indisidan ham zarar  miqdori ustunlik qilsa, foyda solig‘i hisoblanmaydi.

Savol: Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan aksionerlik jamiyatini aksiyalaridan olganman, har yili dividend olib turaman, 2019 yilda dividendlardan soliq hisoblash tartibi o‘zgargan deb aytildi. Qanday o‘zgarish bo‘lgan shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmoni va 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, 2019 yil 1-yanvaridan e’tiboran dividendlardan 5 foiz stavkada to‘lov manbaidan daromad solig‘i budjetga to‘lanishi belgilandi (oldingi yillarda stavka 10 foiz bo‘lgan).

Savol: Men Navoiy shahar “Buyum bozori”da Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiraman, yangi soliq to‘lash tartibi bo‘yicha tovar aylanmasi 100 mln so‘mdan oshgan tadbirkorlar 4 foiz stavkada Yagona soliq to‘lash tartibiga o‘tkazilishi belgilangan, shu joyda tushunmovchilik bo‘lmoqda, yil davomida 100 mln so‘mdan tovar aylanmasi oshgandami yoki bir oydagi tovar aylanma 100 mln so‘mdan oshganda yagona soliq to‘lash tizimiga o‘tkaziladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbikorni yil davomida har oydagi tovar aylanmasi qo‘shib borilib, umumiy tovar aylanma 100 mln so‘mdan oshgan oydan keyingi oydan e’tiboran yagona soliq to‘lovi tizimiga o‘tkaziladi. Misol: yanvar oyidagi tovar aylanma 60,0 mln so‘m bo‘lgan, fevraldagi 35 mln so‘m va mart oyidagi 40 mln so‘m, 3 oylik tovar aylanma 135 mln so‘mni tashkil etdi, demak siz aprel oyidan yagona soliq to‘lovi tizimiga o‘tkazilib, tovar aylanmangizdan 4 foiz stavkada yagona soliq to‘laysiz, shu joyda e’tibor qaratish lozimki yanvar, fevral, mart oylaridagi 135 mln so‘m tovar aylanmasidan yagona soliq hisoblanmaydi.

Savol: Farzandim Rossiyaning Volgograd shahridagi oliygohda to‘lov kontrakti asosida ta’lim oladi, to‘lov kontrakti uchun har yili o‘z hisobimdan to‘lovni amalga oshirib kelmoqdaman, menga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz beriladimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 27.05.2010 yilda 2107-sonli tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan va 26 yoshga to‘lmagan farzadlaringiz uchun imtiyoz qo‘llanidadi, Rossiya Federatsiyasida ta’lim olayotgan farzandingiz uchun imtiyoz tatbiq etilmaydi.

Cavol: Korxonamiz nodavlat va notijorat toifasiga kiradi, asosan Ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshiradi, yangi soliq konsepsiyasidan kelib chiqib qanday soliq va to‘lovlar to‘laydi, shu masalada tushuntirish bersangiz.

  • Nodavlat va notijorat korxonalari kichik biznes korxonalariga tenglashtirilgan bo‘lib, yagona soliq to‘lovchisi hisoblanadi, agarda tijorat faoliyatingizdan olayotgan daromadingiz 1 mlrd so‘mdan oshsa, umumbelgilangan tartibda soliq to‘lash tizimiga o‘tasiz.

Cavol: Men 5 yildan buyon aliment to‘lab kelaman, to‘layotgan aliment summasidan daromad solig‘i olinmaydi deb eshitganman, shu rostmi, shu to‘g‘risida tushuncha bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 178-moddasi 5-bandi talablari bo‘yicha aliment oluvchi shaxs aliment miqdoridagi daromadidan soliq to‘lamaydi, aksincha, Siz aliment to‘lovchisi hisoblanib ushbu summadan daromad solig‘i to‘laysiz.

Cavol: Meni soliq bo‘yicha qarzdorligimni boshqa bir qarindoshim yoki tanishim plastik kartochkasidagi pul mablag‘i hisobidan to‘lab bersa menga nisbatan moddiy naf sifatida daromad solig‘i hisoblanadimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  29.06.2018 yildagi PQ-3802-sonli qarorining 4-bandi 2-xatboshi talablarida uchinchi shaxslar tomonidan soliq to‘lovchi – jismoniy shaxs uchun to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchining soliq solinadigan daromadi hisoblanmaydi deb belgilangan.

Cavol: Bizning korxonamiz 2018 yilda yagona soliq to‘lovchisi bo‘lgan, lekin 2018 yildagi aylanma 2 mlrd so‘mdan ko‘p summani tashkil etadi, 2019 yildan boshlab esa umumbelgilangan tartibda soliq to‘lash tartibiga o‘tdik. Korxonamizning asosiy faoliyati eksportga ixtisoslashgan (ohak mahsuloti Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinadi), eksport qilingan mahsulotimizga “Nol” darajali qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘llaniladi, hisobot bo‘yicha QQS manfiy ko‘rsatkichni tashkil etadi, manfiy ko‘rsatkichli QQS byudjetdan qanday tartibda qaytarib beriladi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining oshib ketgan summasi Soliq kodeksining 227, 228-moddalari talablari asosida soliq to‘lovchiga qaytarib beriladi, buning uchun esa joylardagi viloyat Davlat soliq boshqarmasiga Adliya vazirligidan 07.04.2016 yildagi 2775-sonli tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan reglament talablariga rioya etilishi talab etiladi, lekin reglament talabi bo‘yicha hujjatlarni Moliya vazirligiga taqdim etish tartibi 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran bekor qilinib, DSQ xulosasiga asosan G‘aznachilik boshqarmasi tomonidan QQSning oshib ketgan qismi korxonaga qaytariladi (boshqa soliq to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan qarzdorligi to‘liq qoplangandan keyin).

Cavol: Shahardagi kvartiramni ijaraga bermoqchiman, televizor orqali berilayotgan tushuntirishlarda endi ijara shartnomasi notarius orqali emas, balki soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilishi aytilmoqda, shartnomani to‘g‘ri rasmiylashtirilshi to‘g‘risida tushuncha bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga asosan ko‘chmas mulklarni ijara berish shartnomalari 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran mulk joylashgan joydagi soliq organlarida shartnoma tuzilgandan 10 kun muddat ichida ro‘yxatga olinadi, soliq organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun pul olinmaydi. Shartnomaga ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining pasport nusxalari ilova qilinadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi PQ-4086-sonli qarorining 24-ilovasida ijara to‘lovining eng kam miqdorlari belgilangan, Navoiy shahar uchun 1 kvadrat metr uchun 6500 so‘mni tashkil etadi, umumiy ijaraga berilgan maydonni 6500 so‘mga ko‘paytirilsa bir oylik ijara haqi summasi chiqadi, masalan 25 kv.metr*6500 ijara miqdori 162500 so‘m, ushbu summadan 12 foiz daromad solig‘i 19500 so‘mni tashkil etadi, qaysiki Sizning tomoningizdan byudjetga to‘lanib berilishi lozim.

Cavol: Korxonamiz qurilish va ta’mirlash faoliyatini amalga oshiradi, 2018 yildagi bajarilgan ish hajmimiz 1120,0 mln so‘mni tashkil etdi, 2019 yildan umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tib soddalashtirilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchiligini tanladik, bajarilgan ish hajmlarimizni qiymati oshib ketyapti, qanday yo‘l tutishimiz to‘g‘ri bo‘ladi, iltimoos maslahat bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli qarori asosida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar uchun soddalashtirilgan tartibda QQS to‘lovchilar uchun stavka 8 foiz belgilangan, agarda Sizning korxonangiz oldingi yillarda yagona soliq to‘lovchisi bo‘lgan taqdirda ushbu tartibga o‘tishga ruxsat etiladi. Soddalashtirilgan tartibda QQS umumiy bajarilgan ish hajmi qiymatiga hisoblanadi hamda ushbu tartib talablari bo‘yicha QQS hisobga olish tartibi qo‘llanilmaydi, bajarilgan ish hajmi qiymati 8 foizga oshadi, eng maqbul variant QQS oldingi standart tartibida to‘lashga o‘tishni tavsiya qilamiz.

Cavol: Chet tili fani o‘qituvchisiman, Navoiy shahrida istiqomat qilaman, o‘z xonadonimda bo‘sh turgan turar joyimda repititorlik kurslarini tashkil etmoqchiman, repititorlik faoliyatini tashkil qilish mumkinmi va qancha soliq to‘lanadi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 850-sonli qarori ilovasining 44-bandida repititorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgan. Agarda, o‘quv mashg‘ulotlarni turar joyingizda tashkil etsangiz, avvalambor turar joyni noturar joyga aylantirish lozim, noturar joyga aylantirilgan ko‘chmas mulkdan yer va mol-mulk solig‘i yuridik shaxslardan undiriladigan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli qarorining 9-ilovasi talablarida Navoiy shahrida repititorlik faoliyati amalga oshirish uchun oyiga 200,0 ming so‘m qat’iy soliq belgilangan hamda bir minimal ish haqi miqdorida sug‘urta badali to‘lanishi lozim.

Cavol: Korxonamiz mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan, 2018 yilda 113,0 mln so‘m foyda bilan faoliyatini yakunladi. Korxonamiz ishchilari ipoteka krediti asosida Navoiy shahridan kvartira sotib olgan, ularga moddiy yordam berish maqsadida jamiyat foydasi hisobidan kreditini to‘lab bersak soliq munosabatlari yuzaga keladimi , shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Agarda korxona foydasi hisobidan ishchi-xizmatchilar krediti uchun to‘lov amalga oshirilsa, ishchi-xizmatchilarga ushbu to‘lov Soliq kodeksining 177-moddasi talablari bo‘yicha moddiy naf tarzidagi daromad sifatida e’tirof etilib, 12 foiz stavkada daromad solig‘i hisoblanadi, albatta daromad solig‘ini to‘lov manbai bo‘lgan korxona tomonidan byudjetga to‘lab berilishi lozim (SK ning 184-moddasi).

Cavol: Hozir hamma korxonalar, shu jumladan kichik korxonalar ham 2019 yil 1 yanvaridan suv solig‘i to‘lashga o‘tkazilibdi, fuqarolar ham yer usti suvlaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydilarmi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Fuqarolar yer va mol-mulk solig‘i to‘laydilar, fuqarolardan suv solig‘i undirish qonunchilikda ko‘zda tutilmagan.

Cavol: Qiziltepa tumanida fermer xo‘jaligi tashkil etganmiz, 117 gektar yerga dehqonchilik qilamiz, byudjetga yagona yer solig‘i to‘laymiz, byudjetdan qarzimiz yo‘q, 2019 yil 1 yanvardan barcha kichik korxonalar yer, suv va mol-mulk solig‘i to‘lashga o‘tkaziladi deb tushuntirish berildi, fermer xjaliklari ham ushbu soliqlarni to‘laydimi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni talablari asosida fermer xo‘jaliklari faqat yagona yer solig‘i to‘lovchisi sifatida oldingi tartibda qoldirilgan, fermer xo‘jaliklari yer, suv va mol-mulk solig‘i to‘lovchisi hisoblanmaydi.

Savol: Korxonamiz mikrofirma hisoblanib, 2018 yilda byudjetga yagona soliq to‘lovi to‘lab keldik, byudjetdan soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligimiz yo‘q, lekin korxonamizga doimiy foydalanish uchun 1,1 gektar yer maydoni Navbahor tumanining qishloq joyidan ajratilgan. Ushbu yer maydonidan kelajakda ishlab chiqarish sexlarini qurish uchun foydalanmoqchimiz, Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2018 yilda 1,1 gektar yer maydoni uchun alohida yer solig‘i to‘lashimiz to‘g‘risida talabnoma oldik, yagona soliq to‘lovchilaridan yer solig‘i olish mumkinmi, shu xususda tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qarori talablari asosida 2018 yil 1-aprelidan e’tiboran  1 gektardan  ortiq yer uchastkalariga ega bo‘lgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilarga yer solig‘i to‘lash majburiyati yuklatildi. Bu to‘g‘risidagi Nizom 16.04.2018 yilda 3001-sonli tartib raqami bilan Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan.

Savol: Men bilan tumanda faoliyat yuritayotgan g‘isht ishlab chiqaruvchi firma shartnoma tuzib, menga tegishli bo‘lgan 0,08 gektar tomorqamdan  25 ta avtomashinada tuproq olib ketdi, menga kelishuvga asosan pul to‘lab berdi, men yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashim kerakmi, shu xususda tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 243-moddasida belgilangan tartib bo‘yicha yer qa’ri boyliklarini qazib olgan korxona yoki jismoniy shaxs o‘z ehtiyojiga ishlatilgan qum tuproq resursidan qolgan qismidan yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun  soliq  to‘lashi belgilangan. Ushbu holatda Siz yoki tuproqdan foylangan firma yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashi shart.

Savol: Meni nomimda 3 ta  ko‘chmas mulk bor, 1 ta hovli va shaharda 2 ta kvartira, eshitishimcha 2019 yildan mulk solig‘i to‘lash tartibi o‘zgaribdi,  1 tadan ko‘p mulk nomida bo‘lsa soliq stavkalarining yuqorisi qo‘llanilarmish, shu bo‘yicha tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarori asosida jismoniy shaxslarni mol-mulkidan olinadigan soliq quyidagicha belgilangan, jumladan, jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulklarning kadastr qiymatidan kelib chiqib:

turar joylar va kvartiralar, dala hovli qurilmalari, boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar uchun 0,2 foiz miqdorida;

shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun 0,25 foiz miqdorida, maydoni 500 kv.metrdan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 0,35 foiz miqdorida;

boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan oshiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun 0,25 foiz miqdorida belgilangan.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib, biroq 42 000 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari belgilagan kadastr qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida 210 000 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 90 000 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinishi saqlab qolindi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining ikki baravari miqdoridan kelib chiqib undiriladi.

2019 yil 1-iyulidan e’tiboran 2 ta va  undan ko‘p mol-mulkka ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga nisbatan oshirilgan stavkalarda mol-mulk solig‘i undirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga taklif kiritilgan, ushbu tartib hali kuchga kiritilmagan.

Savol: Bizning korxonamizning 2018 yildagi yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan oshgan, faoliyatimiz chakana savdo, soddalashtirilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i tartibiga o‘tmoqchimiz, shuni hisoblash mexanizmini tushuntirib bersangiz.

Javob:  Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lsh bo‘yicha 2 xil tartib belgilangan, ya’ni oldingi tartibda standart tartibi va soddalashtirilgan tartib. Siz soddalashtirilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash tartibiga o‘tsangiz, ularning farqi tovar va moddiy boyliklar bilan qabul qilingan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmaydi, chakana savdo faoliyati uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i 6 foiz stavkada belgilangan bo‘lib,  savdo ustamasini qo‘shgan holda  tovar qiymatiga hisoblanadi.

Savol: Korxonamiz  chakana savdo faoliyatiga ixtisoslashgan bo‘lib (super market) 2018 yildagi tovar aylanmasi 1,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi, 2019 yildan umumbelgilangan soliq tartibiga o‘tib, 20 foizli qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni tanlamoqchimiz, lekin omborimizdagi qoldiq tovarlarning hammasiyam qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan olinmagan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan olinmagan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini tovarlardan  tovar x 20/120  formula bilan aniqlab hisobga olsak bo‘ladimi, shu haqida tushuncha bersangiz.

Javob: Avvalambor ombordagi tovarlar qoldig‘ini inventariztsiyadan o‘tkazib,  ushbu tovarlardan qanchasi qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan olinganligiga aniqlik kiritish lozim (schyot-fakturalarda qo‘shilgan qiymat solig‘i ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu hisobga olinadi), shundan so‘ng qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan olingan tovarlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi Soliq kodeksining 218-moddasi talablari asosida hisobga olinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘isiz olingan tovarlar uchun uning qiymati ichida turgan Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi  hisoblab chiqarilmaydi va hisobga olinmaydi.

Savol: 2018 yilda yakka tartibdagi  tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, plastik materiallardan eshik, deraza va boshqa shunga o‘xshash buyumlar (vitrajlar) yasab, aholiga hamda qurilish korxonalariga sotish faoliyatini amalga oshirib kelgandim, soliqlardan qarzim yuq, lekin DSI xodimlari menga talabnoma yuborib 2019 yildan YaTT emas firma ochib faoliyat yuritishimni bildirishdi, nimaga 2019 yildan YaTT bo‘lib faoliyat yuritish to‘xtatildimi, shu to‘g‘risida aniq tushuncha bersangiz.

Javob: Alyuminiy (plastik) profillardan eshik, deraza va boshqa buyumlarni tayyorlash yirik uskunalardan foydalanilgan holda, sanoat usulida amalga oshirilishi, shuningdek, xomashyo materiallari va tayyor mahsulotlarni ortish, tashish, tushirish va o‘rnatish uchun ko‘p ishchi kuchi talab etilishi sababli xodimlarni norasmiy yollab ishlatishga to‘g‘ri kelmoqda. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-son qaroriga asosan, Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turi ro‘yxatidan chiqarilib, ushbu faoliyat bilan faqat  yuridik shaxs tashkil etgan holda shug‘ullanishga ruxsat etildi.

Savol: Korxonamiz ulgurji savdo faoliyatini amalga oshiradi, 2018 yildagi tovar aylanmasi 447,0 mln. so‘mni tashkil etgan, 2018 yilda tovar aylanmasidan 5 foiz stavkada yagona soliq to‘lab kelganmiz hamda hisob raqamimizga tushgan puldan bank to‘g‘ridan-to‘g‘ri kesib olgan, bu yil ulgurji savdo korxonalari uchun soliq  va to‘lovlar bo‘yicha qanday tartib belgilangan, shu haqida tushuntirsh bersangiz.

Javob: 2019 yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 14-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2065-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” bekor qilinib, ulgurji savdo korxonalari hisob raqamlariga tushgan mablag‘lardan bo‘nak olinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli qarori bilan Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, agarda tovar aylanmangiz 1 mlrd. so‘mdan oshmagan bo‘lsa,  4 foiz stavkada yagona soliq to‘lovi, suv, yer va mol-mulk soliqlari, 12 foiz stavkada yagona ijtimoiy to‘lov, soliq  agenti sifatida esa 12 foiz stavkada ishchi-xizmatchilar daromad solig‘i va 0,1 foiz stavkada fuqarolarini jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga to‘lovlarni amalga oshirishingiz belgilangan, bu talablar faqat ulgurji savdo faoliyatingizga tegishli.

Savol: Men ko‘p yillardan buyon ichki ishlar tizimida xizmat qilaman, 2019 yil yanvar oyida ish haqimni olsam oldingi davrlardagidan ancha kamaygan, boshqarma Moliya bo‘limiga murojaat qilsam, Sizdan daromad solig‘i ushlab qolindi, shunga ish haqingiz kamaygan deb bildirishdi, ichki ishlar xodimlari soliqlardan ozod etilgan edi, nega mendan daromad solig‘i ushlanmoqda, shu haqida aniq tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 24-dekabrdagi “Soliq
va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarorlariga asosan  quyidagi ishchi va xizmatchilarga 2019 yilning 1-yanvaridan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari hamda bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, shuningdek o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar – xizmatni o‘tash (xizmat vazifalarini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar summalari bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, iqtisodiy, ma’muriy va harbiy sudlar sudyalari, shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga ega bo‘lgan xodimlari – ularning xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinishi tarzda berilgan imtiyozlar bekor qilindi.

Savol: Korxonamiz kichik biznes korxonasi hisoblanib, 2019 yildan yer, suv va mol-mulk solig‘i to‘lashga o‘tkazilganligi to‘g‘risida ogohlantirish berildi, lekin korxonamiz Navoiy shahrida joylashgan bo‘lib suvni NKMK JKX korxonasidan shartnoma asosida olib, foydalanilgan suv uchun JKXga har oyda to‘lovlar amalga oshirilib kelinadi, suv uchun soliq to‘lovchi NKMK JKX hisoblanmaydimi, shu to‘g‘risida tushuncha bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Soliq kodeksining  257-moddasi talablarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanuvchi  yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi  fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari deb belgilangan,  NKMK JKX korxonasi Sizning korxonangizdan suv resurslarini yetkazib berishdagi texnik xizmatlar uchun to‘lovlarni olgan, texnik xizmatlar ko‘rsatish kalkulyatsiyasida suv solig‘i summasi ko‘rsatilmagan.

Savol: Korxonamiz kichik biznes korxonasi hisoblanib, 2018 yilda asosan qurilish materiallari (shlakablok va  kichik beton konstruksiyalar) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirib kelganmiz, yalpi daromadimiz 350,0 mln. so‘m atrofida. 2019 yildan umumiy ovqatlanish yo‘nalishini tashkil qilmoqchimiz, ishchilarimiz 22 nafarni tashkil etadi, yana 5-6 nafar ishchi olsak umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tishimiz kereakmi, shu to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

Javob: 2019 yildan e’tiboran  Soliq  kodeksining 22-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan ishchi-xizmatchilar soni soliq to‘lash tizimini o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi, balki aylanmangiz 1 mlrd. so‘dan oshgan taqdirda umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tishingiz shart. 2019 yil faoliyatingiz bo‘yicha har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida hisob-kitob yuritib, umumiy ovqatlanish faoliyatidan 6 foiz (aholi 100 ming kishi va undan ortiq bo‘lsa 8 foiz stavkada) va qurilish materiallari ishlab chiqarish faoliyatidan 4 foiz stavkada yagona soliq to‘laysiz.

Savol: Viloyat hududida bir nechta mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatadi, ayrim paytlarga ularga sayyohlar ham joylashtiriladi, mehmonxona ma’muriyati ularga turli xildagi xizmatlar ko‘rsatadi (transport xizmati, gid xizmati, ovqatlanish va boshqalar), mehmonxonalar sayyohlarga  ko‘rsatilgan xizmatlari uchun qo‘shilgan qiymati solig’i to‘lovchisi hisoblanadimi, shu to‘g’risida tushuntirish bersangiz.

 

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 208-moddasining 15-bandida  sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport muassasalarining xizmatlari, ya’ni turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar ko‘rsatish uchun yo‘llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat ko‘rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig’i to‘lashdan ozod etilgan.

Savol: Bizni korxonamiz yagona soliq to‘lovchisi hisoblanadi, asosiy  faoliyatimiz qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, qisman chakana savdo va xizmat ko‘rsatishdan iborat. 2018 yil davomida taxminan 870,0 mln so‘mlik aylanmani amalga oshirgan bo‘lsak, shundan 540,0 mln so‘mni qurilish va ta’mirlash ishlari tashkil etadi, qurilish va ta’mirlash ishlarini Injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirganmiz, chunki bu ob’ektni biz tenderda yutib olganmiz, qurilish va ta’mirlash ish hajmlari bo‘yicha byudjetga qo‘shilgan qiymat solig’i to‘lanadimi, shu to‘g’risida tushuntirish bersangiz.

Javob: Sizning korxonangiz Injiniring kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha markazlashtirilgan byudjet  mablag’lari  hisobidan ish hajmi bajargan bo‘lsa (hamda bosh pudratchi bo‘lsa, bundan subpudratchi mustasno) Soliq kodeksining 349-moddasi talablari bo‘yicha byudjetga qo‘shilgan qiymat solig’i to‘laydi. 870,0 mln so‘mlik aylanmadan 540,0 mln so‘mi uchun alohida hisob yuritilib, 20 foiz stavkada QQS hisoblanganda 108,0 mln so‘mni tashkil qiladi, ushbu hajmlarni amalga oshirish uchun materiallar va xizmatlar orqali olingan QQS hisobga olinib, QQS hisobi chiqariladi, lekin 540,0 mln so‘mdan 5 foiz stavkada yagona soliq  hisoblanganda 27,0 mln so‘mni tashkil etadi. Soliq kodeksining 360-moddasi asosida Siz byudjetga QQS uchun Yagona soliq to‘lovining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan summani to‘lashingiz belgilangan, demak byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan QQS summasi 13,5 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Savol: Korxonamizning asosiy faoliyati umumiy ovqatlanish va qisman chakana savdo, 2018 yilda 1121,0 mln so‘m aylanmani amalga oshirganmiz, ishchi-xizmatchilarimiz 6 nafarni tashkil etadi, statusimiz kichik biznes korxonalariga kiradi, yagona soliq to‘lovchisi sifatida Navoiy shahar DSIda ro‘yxatda turamiz. Lekin Navoiy shahar DSI tomonidan bizning korxonamizga ogohlantirish yuborilib, 2019 yildan boshlab umumbelgilangan soliq va to‘lovlarni to‘lashga o‘tishimiz ko‘rsatilgan, kichik biznes korxonalariga yagona soliq to‘lovi to‘lash bekor qilindimi, biz asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozordan dehqonlardan olamiz, ularga QQS qo‘llanilmaydi, ushbu holat yuzasidan  tushuntirish bersangiz.

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 22-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan, 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab yagona soliq to‘lovi rejimida soliqlarni to‘lash huquqi xodimlarning yillik o‘rtacha sonidan emas, balki soliq davrida olingan yalpi tushumidan kelib chiqqan holda aniqlanishi belgilangandi, ya’ni yil davomidagi yalpi tushumi 1 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar umumbelgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tkaziladi, xuddi shu joyda QQS solig’i to‘lashning 2 ta varianti mavjud. 1-variant  standart tartibda 20 foiz stavkada  QQS solig’ini hisobga olish mexanizmida va 10 foiz stavkada QQS hisobga olish mexanizmi mavjud bo‘lmagan soddalashtirilgan tartibda.

Savol: Men Navoiy shahridagi 2 xonali kvartiramni ijaraga berganman, ijara shartnomasi 2018 yil sentabrdan 2019 sentabr oyigacha muddatga tuzilgan va notarial idoradan tasdiqlangan. 2019 yildan boshlab  ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalari Davlat soliq inspeksiyasidan tuzilgan vaqtdan 10 kun muddatda ro‘yxatga olinishi belgilangan, agar soliq inspeksiyasidan ijara shartnomasi ro‘yxatga olinmasa jarima qo‘llaniladi deb tushuntirilmoqda. Men ijara shartnomani qayta rasmiylashtirib va soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishim shartmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 192-moddasi talablaridan kelib chiqib, Siz shartnomani 2019 yil sentabr oyida qayta rasmiylashtirishingiz  va 10 kun muddat ichida davlat  soliq inspeksiyasiga ro‘yxatga qo‘yishingiz lozim, chunki 2019 yildan boshlab tuzilayotgan ijara shartnomalari davlat soliq inspeksiyalarida ro‘yxatga olinadi deb belgilangan, muddati tugamagan shartnomalarni qayta rasmiylashtirilsin deyilmagan.

Savol: Bizning fermer xo‘jaligimiz asosan paxta va g’allachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, hozirda ko‘p tarmoqli xo‘jalikka aylantirilgan, 200 boshdan ortiq qo‘y-qo‘zilar va 1000 boshga yaqin parrandalar  boqiladi, 2019 yildan boshlab biz yetishtirilgan go‘sht, tuxum, jun va teri mahsulotlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig’i hisoblanadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli qarori talablari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalari yagona yer solig’i to‘lovi tizimida qoldirilgan (1-gektar yerning normativ qiymatining 0,95 foiz stavkasida), bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2018 yildagi 1065-sonli qarori asosida go‘sht (barcha turdagi va subnaborlari ham) mahsulotlari, baliq, kartoshka, tuxum, piyoz, guruch (barcha navlari), shakar (import qilingan shakar ham), non mahsulotlari va sut mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig’i to‘lashdan ozod etilgan, lekin teri va jun mahsulotlari bo‘yicha imtiyoz ko‘zda tutilmagan.

Savol: Korxonamiz Qiziltepa tumani DSI ro‘yxatidan o‘tgan, pishgan g’isht ishlab chiqarish va qisman boshqa har xil xizmat turlari bilan shug’ullanamiz. Pishgan g’isht mahsuloti ishlab chiqarish uchun tuproqni irrigatsiya drenajlarini tozalash natijasida hosil bo‘lgan uyumlarni Suv xo‘jaligi tashkilotidan shartnoma asosida olib foydalangan holda pishgan g’isht mahsuloti ishlab chiqaramiz, bizning korxonamiz foydalanilgan tuproq mahsuloti uchun yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchi hisoblanadimi?

Javob: Amaldagi Soliq kodeksining 243-moddasida belgilangan tartib bo‘yicha yer qa’ri boyliklarini qazib olgan korxona yoki jismoniy shaxs o‘z ehtiyojiga ishlatilgan qum tuproq resursidan qolgan qismidan yer qa’ri boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashi belgilangan. Ayni paytda, soliq to‘lashdan bo‘yintovlash  maqsadida ayrim mexanizmlar ishlab turibdi, shundan bittasi kollektorlarni tozalashdan yig’ilgan tuproqlardan  foydalanilib g’isht ishlab chiqarish deyiladi. Aslida, kollektorlar tozalashdan yig’ilgan tuproqlar sho‘rlangan bo‘lib, g’isht ishlab chiqarishga yaroqsiz, lekin tuproq yaroqli degan xulosalar Ekologiya boshqarmasi labaratoriyalaridan olib kelinmoqda.  G’isht ishlab chiqaruvchilar tomonidan  tuproq boshqa joydan olinib, Suv xo‘jaligi korxonasi bilan nomiga qalbaki shartnoma rasmiylashtiriladi. Hozirda ushbu yo‘nalishlarni tartibga solish maqsadida Prezidentning 25.09.2017 yilgi PQ-3286-sonli qarori chiqarilgan. Kollektorlar atrofidan qazib olingan tuproq uchun yer qa’ri boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliqni Suv xo‘jaligi korxonasi yoki g’isht ishlab chiqaruvchi korxona to‘lashi shart.

 

Savol: Yer qa’ri boyliklaridan asosan mahalliy  qurilish qum tuprog’i va g’isht ishlab chiqarish uchun foydalanilgan tabiiy resurslar bo‘yicha 2019 yilda qanaqa soliq stavkalari belgilangan, shu to‘g’risida tushuncha bersangizlar.

 

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida”gi O‘RQ-508-son Qonuniga muvofiq Soliq kodeksining 247-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanishi, lekin u yer qa’ridan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq summasidan past bo‘lmasligi kerakligi belgilandi, jumladan: tosh tuzi (5000 so‘m/tonna), ohaktoshlar, dolomitlar (5000 so‘m/tonna), sement xom ashyosi (45000  so‘m/tonna), marmar ushog’i (10000 so‘m/tonna), g’isht-cherepitsa xom ashyosi (4000 so‘m/tonna), gips va angidrit  (4000 so‘m/tonna), arralanadigan, xarsangtosh va shag’al uchun toshlar (4000 so‘m/tonna) va qurilish qumlari (5000 so‘m/tonna) uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq belgilangan stavkalar asosida, biroq bir tonnasi uchun belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqib to‘lash tartibi joriy qilindi.

Savol: Korxonamiz ulgurji savdo faoliyatini amalga oshiradi, 2018 yildagi tovaraylanmasi 821,0 mln so‘ni tashkil etgan, 2018 yilda tovaraylanmasidan 5 foiz stavkada yagona soliq to‘lab kelganmiz hamda hisob raqamimizga tushgan puldan bank to‘g’ridan-to‘g’ri kesib olgan, bu yil ulgurji savdo korxonalari uchun soliq  va to‘lovlar bo‘yicha qanday tartib belgilangan, shu haqida tushuntirsh bersangiz.

Javob: Birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 14 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2065-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g’risidagi Nizom” bekor qilinib, ulgurji savdo korxonalari hisob raqamlariga tushgan mablag’lardan bo‘nak olinmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g’risida”gi PQ-4086-sonli qarori bilan Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, agarda tovaraylanmangiz 1 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa,  4 foiz stavkada yagona soliq to‘lovi, suv, yer va mol-mulk soliqlari, 12 foiz stavkada yagona ijtimoiy to‘lov, soliq agenti sifatida esa 12 foiz stavkada ishchi-xizmatchilar daromad solig’i va 0,1 foiz stavkada fuqarolarini jamg’arib boriladigan pensiya jamg’armasiga to‘lovlarni amalga oshirishingiz belgilangan, bu talablar faqat ulgurji savdo faoliyatingizga tegishli.

Savol: Korxonamiz xususiy korxona hisoblanib, asosan bino va inshootlarni ijaraga berish faoliyatidan daromad oladi. 2018 yildagi yalpi tushumimiz qariyb 300,0 mln so‘mni tashkil etgan, 2019 yildan ijaradan daromad  oluvchilar uchun yagona soliq stavkasi o‘zgarganligi to‘g’risida bir necha bor seminarlarda soliqchilar tomonidan ma’lumot berildi, bu yo‘nalish bo‘yicha 2019 yilda qanday o‘zgarishlar bo‘lganligi xususida tushuntirish bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g’risida”gi PQ-4086-sonli qarori bilan 2019 yildan boshlab asosiy faoliyat turi ijaraga berish bo‘lgan barcha yuridik shaxslar barcha daromadlari bo‘yicha 30 foizlik stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashlari belgilandi, o‘tgan yillarda  bu tartibdagi yagona soliq to‘lovini faqatgina oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish uchun turg’un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar (ijaraga berishdan olingan daromadlari 60% dan ko‘pni tashkil etadigan) to‘lar edilar.

Savol: Meni farzandim Toshkentdagi oliygohda to‘lov kontrakti asosida o‘qiydi, oldingi yillarda to‘lov kontrakti uchun to‘langan pulim uchun daromad solig’idan imtiyoz berilgandi, aytishlaricha bu imtiyoz bekor bo‘lgan emish, shu to‘g’risida aniq tushuncha bersangiz.

Javob:  Amaldagi Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi talablari bo‘yicha 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini o‘quv yurtlariga kontrakt to‘lovlarini to‘lab berilganlik uchun daromad solig’i bo‘yicha imtiyoz saqlanib qolingan,  to‘lov kontrakti bo‘yicha  daromad solig’idan imtiyozni olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 27.05.2010 yilda 2107-sonli tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan Nizom talablaridan kelib chiqqan holda yashab turgan joyingizdagi Davlat soliq organlariga deklaratsiya taqdim etishingiz talab etiladi.

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх