Namangan viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Savol: 2019 yildan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanar ekan. Men rahbarlik qilayotgan korxonaga qarashli bitta dorixona hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati mavjud. Men suv resurslaridan faqatgina qo‘l yuvish va xodimlarga tushlik tayyorlash uchun foydalanaman. Ushbu holatda ham suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanmanmi?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Bunda, yuridik shaxslar – suv resurslaridan qanday tartibda foydalanish yoki iste’mol qilishidan qat’i nazar;

yakka tartibdagi tadbirkorlar – suv resurslaridan faqat tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganlarida suv solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Savol: Yuridik korxona tomonidan o‘z balansidagi binolarni ma’lum qismi ikki va undan ortiq yuridik tashkilotlarga ijaraga berilgan. Ijaraga oluvchilarning faoliyat turlari har xil. Jumladan:

- avtotransport vositalarini ta’mirlash;

- avtotransport vositalarini yuvish;

- umumiy ovqatlanish;

- qurilish materiallari ishlab chiqarish.

Ushbu holatda suv solig‘i to‘lovchisi qaysi yuridik shaxs hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 260-moddasiga asosan:

binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanishi;

binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlashi belgilangan.

SHunga ko‘ra, suv solig‘i to‘lovchisi binolarning bir qismini ijaraga oluvchi korxonalarning o‘zi hisoblanadi.

Bunda, soliq summasi faoliyat turiga qarab belgilangan stavkalardan hamda o‘zi tomonidan foydalangan yoki iste’mol qilgan suv resurslarining hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Savol: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘ziga tegishli noturar binoni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektiga ijaraga bergan. Bunday holatda suv solig‘i to‘lovchisi kim hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Ushbu holatda fuqarodan noturar binoni ijaraga olgan holda suv resurslaridan foydalanish yoki iste’mol qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar suv solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘xatidan o‘tib sartaroshlik faoliyati bilan shug‘ullanib suvdan foydalanib kelaman. Men suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanamanmi? Agar suv solig‘i to‘lovchisi hisoblansam, soliqlarni qanday hisoblab chiqarman va qaysi muddatlarda tulayman?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan faqat tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Soliq kodeksining 263-moddasiga asosan suv solig‘i hisob-kitobi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq davridan keyingi yilning 25-yanvarigacha taqdim etiladi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 264-moddasiga asosan soliq to‘lovchilar suv solig‘i bo‘yicha soliq davri mobaynida joriy to‘lovlarni to‘lashlari belgilangan.

Soliq kodeksining ushbu moddasida to‘lovlar miqdori joriy soliq davrining 25-yanvarigacha mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

SHuningdek, joriy yilning 25-yanvariga qadar ma’lumotnoma shaklida hududiy davlat soliq inspeksiyadariga taqdim etiladi.

Hisoblab chiqarilgan joriy to‘lovlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Savol: Bizning korxonamizda faoliyati uchun hamda xodimlar iste’moli yoki foydalanishi uchun ham suv resurslaridan foydalanilmaydi. SHunday bo‘lsada, suv solig‘i bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga “0” hisobot taqdim etishimiz shartmi?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Soliq kodeksining 34-moddasida soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash, ularning hisobini yuritish hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, korxona tomonidan haqiqatda suv resurslaridan foydalanish yoki iste’mol qilish amalga oshirilmaganligi uchun soliq to‘lovchi hisoblanmaydi va “0” ma’lumotnoma va hisob-kitob taqdim etilmaydi.

Savol: Men umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariman. Bizni faoliyat ko‘rsatayotgan hududimizga markazlashgan vodoprovod tarmog‘i orqali suv kelmaganligi uchun mustaqil ravishda quduq (kachalka) kavlab suv nasosi o‘rnatib olganman.

Ushbu holatda suv solig‘i to‘lashim kerakmi? Sarflagan suv resursi hajmini qanday aniqlayman? Suv o‘lchagich qo‘yishim shartmi? Agar shart bo‘lsa qaysi organ yoki tashkilot tomonidan o‘rnatiladi?

SHunga ko‘ra, siz rahbarlik qilayotgan umumiy ovqatlanish korxonasi suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi va Soliq kodeksining 263-264-moddalariga hisobotlar taqdim etishi va to‘lovlarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Suv sarfi hajmini hisob-kitobini yuritish uchun suv o‘lchagich asbobini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aks holda, suv hajmi suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. Bunda, haqiqatda sarflanmagan suv hajmi uchun ham to‘lov amalga oshirish kerak bo‘lib qoladi.

Savol: Men rahbarlik qilayotgan korxona avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Korxonamda suv krani o‘rnatilmagan bo‘lib, xodimlar iste’moli uchun savdo do‘konlaridan sotib olamiz. Lekin korxonamga tegishli 0,3 ga yer maydonida gul va shunga o‘xshash o‘simliklarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ariqdan oqib o‘tadigan yer usti suv resurslaridan foydalanaman. Ushbu holatda suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanamanmi? Agarda, suv solig‘i to‘lovchisi bo‘lsam, suv hajmini qanday aniqlayman?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

SHunga ko‘ra, korxonaga tegishli 0,3 ga yer maydonida o‘simliklarni sug‘orish, shuningdek, suv resurslaridan qanday maqsadlarda foydalanishingizdan qat’i nazar korxona suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.

Soliq kodeksining 260-moddasida suv resurslarining hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Savol: 2019 yildan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanar ekan. Men rahbarlik qilayotgan korxonaga qarashli bitta dorixona hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati mavjud. Men suv resurslaridan faqatgina qo‘l yuvish va xodimlarga tushlik tayyorlash uchun foydalanaman. Ushbu holatda ham suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanmanmi?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Bunda, yuridik shaxslar – suv resurslaridan qanday tartibda foydalanish yoki iste’mol qilishidan qat’i nazar;

yakka tartibdagi tadbirkorlar – suv resurslaridan faqat tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganlarida suv solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Savol: Yuridik korxona tomonidan o‘z balansidagi binolarni ma’lum qismi ikki va undan ortiq yuridik tashkilotlarga ijaraga berilgan. Ijaraga oluvchilarning faoliyat turlari har xil. Jumladan:

- avtotransport vositalarini ta’mirlash;

- avtotransport vositalarini yuvish;

- umumiy ovqatlanish;

- qurilish materiallari ishlab chiqarish.

Ushbu holatda suv solig‘i to‘lovchisi qaysi yuridik shaxs hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 260-moddasiga asosan:

binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanishi;

binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlashi belgilangan.

Shunga ko‘ra, suv solig‘i to‘lovchisi binolarning bir qismini ijaraga oluvchi korxonalarning o‘zi hisoblanadi.

Bunda, soliq summasi faoliyat turiga qarab belgilangan stavkalardan hamda o‘zi tomonidan foydalangan yoki iste’mol qilgan suv resurslarining hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Savol: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘ziga tegishli noturar binoni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektiga ijaraga bergan. Bunday holatda suv solig‘i to‘lovchisi kim hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Ushbu holatda fuqarodan noturar binoni ijaraga olgan holda suv resurslaridan foydalanish yoki iste’mol qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar suv solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘xatidan o‘tib sartaroshlik faoliyati bilan shug‘ullanib suvdan foydalanib kelaman. Men suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanamanmi? Agar suv solig‘i to‘lovchisi hisoblansam, soliqlarni qanday hisoblab chiqarman va qaysi muddatlarda tulayman?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan faqat tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Kodeksining 263-moddasiga asosan suv solig‘i hisob-kitobi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq davridan keyingi yilning 25 yanvarigacha taqdim etiladi.

SHuningdek, Soliq kodeksining 264-moddasiga asosan soliq to‘lovchilar suv solig‘i bo‘yicha soliq davri mobaynida joriy to‘lovlarni to‘lashlari belgilangan.

Soliq kodeksining ushbu moddasida to‘lovlar miqdori joriy soliq davrining 25-yanvarigacha mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

Shuningdek, joriy yilning 25-yanvariga qadar ma’lumotnoma shaklida hududiy davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etiladi.

Hisoblab chiqarilgan joriy to‘lovlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Savol: Bizning korxonamizda faoliyati uchun hamda xodimlar iste’moli yoki foydalanishi uchun ham suv resurslaridan foydalanilmaydi. SHunday bo‘lsada, suv solig‘i bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga “0” hisobot taqdim etishimiz shartmi?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Soliq kodeksining 34-moddasida soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash, ularning hisobini yuritish hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, korxona tomonidan haqiqatda suv resurslaridan foydalanish yoki iste’mol qilish amalga oshirilmaganligi uchun soliq to‘lovchi hisoblanmaydi va “0” ma’lumotnoma va hisob-kitob taqdim etilmaydi.

Savol: Men umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariman. Bizni faoliyat ko‘rsatayotgan hududimizga markazlashgan vodoprovod tarmog‘i orqali suv kelmaganligi uchun mustaqil ravishda quduq (kachalka) kavlab suv nasosi o‘rnatib olganman.

Ushbu holatda suv solig‘i to‘lashim kerakmi? Sarflagan suv resursi hajmini qanday aniqlayman? Suv o‘lchagich qo‘yishim shartmi? Agar shart bo‘lsa qaysi organ yoki tashkilot tomonidan o‘rnatiladi?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, siz rahbarlik qilayotgan umumiy ovqatlanish korxonasi suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi va Soliq kodeksining 263-264-moddalariga binoan hisobotlar taqdim etishi va to‘lovlarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Suv sarfi hajmi hisob-kitobini yuritish uchun suv o‘lchagich asbobini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aks holda, suv hajmi suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. Bunda, haqiqatda sarflanmagan suv hajmi uchun ham to‘lov amalga oshirish kerak bo‘lib qoladi.

Savol: Men rahbarlik qilayotgan korxona avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Korxonamda suv krani o‘rnatilmagan bo‘lib, xodimlar iste’moli uchun savdo do‘konlaridan sotib olamiz. Lekin korxonamga tegishli 0,3 ga yer maydonida gul va shunga o‘xshash o‘simliklarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ariqdan oqib o‘tadigan yer usti suv resurslaridan foydalanaman. Ushbu holatda suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanamanmi? Agarda, suv solig‘i to‘lovchisi bo‘lsam, suv hajmini qanday aniqlayman?

Javob: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (rezidentlar, norezidentlar) va tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanadi.

SHunga ko‘ra, korxonaga tegishli 0,3 ga yer maydonida o‘simliklarni sug‘orish, shuningdek, suv resurslaridan qanday maqsadlarda foydalanishingizdan qat’i nazar korxona suv solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.

Soliq kodeksining 260-moddasida suv resurslarining hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Savol: Korxonamiz erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli farmoni 7-bandiga asosan, soliq qonunchiligi o‘zgarganda erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada amal qilgan norma va qoidalarni qo‘llashga xaqli ekanligi keltirilgan.

2018 yil yakuni bo‘yicha jami oborotimiz bir milliardan ortiqni tashkil etgan taqdirda, yuqoridagi qaror talablari bizga tatbiq etiladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli farmoniga asosan, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) bir milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarning umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi belgilangan. Ushbu tartibning alohida hollarda tatbiq qilinishi (yoki qilinmasligi) yuzasidan boshqacha norma nazarda tutilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 3-moddasiga muvofiq, soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

SHuningdek, Soliq kodeksining 2-moddasiga asosan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ushbu Kodeks bilan belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi.

Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq kodeksining 351-moddasi birinchi qismidagi soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard so‘mdan oshgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar belgilangan chegaraviy miqdor oshib ketgan oydan keyingi oyning boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni to‘laydilar.

Savol: Turistik xizmat ko‘rsatilganda hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatiladimi?

Javob: Agarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar qonun hujjatlari asosida QQSdan ozod qilingan bo‘lsa rasmiylashtiriladigan hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatilmaydi.

Savol: Eksport qilingan tovarlar uchun QQS solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Soliq kodeksining 212-moddasida asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinishi belgilangan.

Savol: Korxona bir nechta faoliyat turlari bilan shug‘ullansa va har bir faoliyat turi bo‘yicha yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan kam miqdorni tashkil qilsa shaxsiy kabinetiga xabarnoma keladimi?

Javob: Korxonaning yillik aylanmasi barcha faoliyat turlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi. Agarda korxonaning umumiy yillik aylanmasi belgilangan miqdorga yetsa, ya’ni 1 mlrd. so‘mdan oshganda korxona umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi lozim bo‘ladi, bunda korxonaning shaxsiy kabinetiga xabarnoma kelganligi yoki kelmaganligi ahamiyatga ega emas.

Savol: Ishlab chiqarish hamda avtomobillarga gaz (metan) to‘ldirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonaning oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshsa 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan 2019 yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan barcha korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish belgilangan.

Savol: Korxonaning yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshganda 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tsa QQS to‘lamaydigan firma bilan shartnoma tuzgan holda tegishli ishlarni amalga oshirsa 2 baravar QQS to‘lanadimi?

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘i ikki baravar to‘lanmaydi, faqatgina korxonada hisobga olinadigan QQS mavjud bo‘lmaydi.

Savol: Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxona yillik yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshganda realizatsiya qilingan yonilg‘i uchun QQS qanday hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Savol: Korxonaning 2018 yil yakuni bilan yillik oboroti 1 mlrd. so‘mdan oshgan. Ushbu korxona 2019 yil 1-yanvardan ombordagi mavjud qoldiq tovarlar realizatsiya qilinganda QQS hisoblanadimi yoki yo‘qmi?

Javob: Korxona 2019 yil 1-yanvardan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni to‘lashga o‘tsa, 2018 yil yakuni bilan uning omborida qolgan tovarlari ham QQS bilan sotiladi.

Savol: Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan korporativ karta bilan savdo-sotiq qilinganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladimi.

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1-noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. Shunga asosan YaTT korporativ karta orqali tovar sotganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi shart.

Savol: Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tish yuzasidan yuborilgan xabarnoma qabul qilinganidan so‘ng qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza qanday tartibda jo‘natiladi?

Javob: Xabarnomada QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza shakliga havola qo‘yilgan bo‘lib, ushbu havola orqali ariza shakli o‘tiladi va rasmiylashtirib yuboriladi. Ariza asosida avtomatik tarzda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va belgilangan shakldagi guvohnoma shaxsiy kabinetga qayta yuboriladi.

Shuningdek, QQS to‘lovchisi sifatida davlat soliq inspeksiyalarida tashkil etilgan “Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish” darchalari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Savol: Kuniga yuzdan ortiq buyurtmachilarga, shu jumladan YaTTlarga tovarlarni realizatsiya qiluvchi korxonalar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishda qanday qulaylik mavjud?

Javob: Elektron hisobvaraq-fakturalar shakllantirilganda xaridorning STIR raqami kiritilsa uning rekvizitlari avtomatik tarzda shakllanadi va ushbu shakllangan elektron hisovaraq-fakturalarni yuborish elektron ko‘rinishda juda qulay va ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi, jumladan qog‘ozlar tejaladi.

Savol: Qurilish korxonasi soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanib, markazlashgan mablag‘lar hisobidan qurilishni amalga oshirsa QQS to‘laydimi?

Javob: Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 349-moddasiga asosan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.

Savol: Korxona import qilingan tovarlari uchun bojxonada to‘llangan QQS yillik soliq hisobotida hisobga olinadimi?

Javob: Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida byudjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi.

Savol: Eksport qilingan tovarlar uchun QQS solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Soliq kodeksining 212-moddasida asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinishi belgilangan.

Savol: Doimgidek aniq aytishmaydi. Yagona soliq to‘lab kelayotgan oboroti 1 mlrd.dan kimlar qanday tartibda soliq to‘laydi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi PF-5468-son Farmoniga muvofiq yagona soliq to‘lovchilarning oboroti 1 milliard so‘mgacha bo‘lsa quyidagicha:

barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan oboroti (tushumi)
1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etiladi;

yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun oborotdan (tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lash imkoniyati belgilanadi.

Savol: Soliq kodeksi qachon chiqadi. Xaligacha aniq bir polojeniya yo‘q.

Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam soliq to‘lash stavkasi oshadi demoqchimi??? Hamma o‘g‘girlik yo‘liga o‘tadi menimcha! Ya’ni soliqni yashirish kuchayadi!

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi
PF-5468-sonli farmonida 2018 yil 1-dekabrga qadar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini keng jamoatchilik muhokamasini ta’minlagan holda ishlab chiqishni ta’minlash belgilangan edi.

Ushbu Kodeks loyihasi hozirgi kunda ishlab chiqilib, mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Agar 2019 yil yanvar oyida muhokamaga qo‘yiladigan bo‘lsa, kelgusi yilning aprel oyidan amaliyotga joriy etiladi.

Lekin Prezidentimizning ushbu farmon bilan belgilab bergan soliq siyosatidagi o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, amaldagi soliq qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga kiritilib, ushbu loyiha O‘zbekiston Resublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullandi.

Demak, 2019 yil 1-yanvargacha Prezidentimiz tomonidan soliq qonunchiligidagi o‘zgartirishlar bo‘yicha aniq huquqiy hujjat qabul qilinadi.

Qabul qilinayotgan hujjatga muvofiq, 2019 yildan jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar salmog‘i 1,4 marotabaga kamayadi, yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar salmog‘i 1,5 marotabaga kamayadi.

Kichik biznes sub’ektlarining tovarlar aylanmasi 1 millard so‘mdan oshganda, ularning umumbelgilangan tizimiga o‘tib soliq to‘lashlari hisobidan ushbu tizimdagi soliq to‘lovchilarning soni oshadi va QQSni to‘lovchilar soning oshishi hisobiga ushbu tizimdagi soliq to‘lovchilar zanjiri kengayadi. Buning natijasida, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar hajmining ko‘payishi hisobidan bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ko‘payadi. Bu o‘z-o‘zidan biznes ochiqchasiga yuritilishiga olib keladi. Ya’ni o‘g‘rilik yo‘lidan chiqishga majbur bo‘ladi.

Savol: Soliq kodeksining 349-moddasiga muvofiq, 2017 yilning 1-aprelidan boshlab, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar uchun, qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni nazarda tutuvchi norma joriy qilingan. Mazkur yo‘nalishda qanday o‘zgarishlar kiritildi?

Javob: Mazkur normaga asosan soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar uchun qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyatlari saqlanib qolishi belgilangan.

Bunda:

•    QQSni to‘lash uchun soliq to‘lovchi tomonidan ariza (xabarnoma) berilishi shart emas;

•    QQS summasi faqat aynan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan ob’ekt bo‘yicha hisoblanadi va to‘lanadi;

•    Hisobga olinadigan QQS summasi faqat tegishli ob’ekt bo‘yicha to‘langan soliq summalari bo‘yicha amalga oshiriladi;

•    Soliq kodeksining 360-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytirish tartibi faqat shu ob’ektga to‘g‘ri kelgan yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizigacha amalga oshiriladi.

Savol: Tovarlarni import qiluvchi va chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2019 yil 1-yanvardan qanday o‘zgarishlar kiritilmoqda?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-oktabrdagi 850-sonli qaroriga muvofiq «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2011 yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilib, unga ko‘ra qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlarini chakana sotish faqat yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xolda amalga oshirilishi belgilandi.

SHuningdek, amaldagi qonunchilikda yakka tartibdagi tadbirkorlarda tovarlarni import qilish va chakana sotish bo‘yicha cheklovlar mavjud emas edi. Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan bu faoliyat turi ham qayta ko‘rib chiqilib, endilikda importyor yakka tartibdagi tadbirkor bir oyda 5000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda tovarlarni chetdan import qilishi belgilandi.

Savol: Soddalashtirilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi qancha miqdorda belgilanmoqda?

Javob: Soddalashtirilgan tartib qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar uchun sohalar kesimida soliq stavkalari quyidagicha belgilanmoqda.

T/R

To‘lovchilar

Soliq stavkasi, foizda (soliq solinadigan bazaga nisbatan)

1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yuridik shaxslari, 2-6-bandlarda nazarda tutilganlaridan tashqari

7 %

2

Qurilish korxonalari

8 %

3

Chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi savdo korxonalari

6 %

4

Umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxona xizmati

10 %

5

Professional xizmatlar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar

15 %

6

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, bundan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar mustasno

4 %

Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun tovar-xomashyo zaxiralari va tayyor mahsulot qoldiqlari bo‘yicha hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qanday tartibda aniqlanadi?

Javob: 1) Tovar-xomashyo zaxirasi inventarizatsiyadan o‘tkaziladi;

2) Inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonida qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan sotib olingan tovar-xomashyo zaxirasiga aniqlik kiritiladi;

3) Tayyor mahsulot qoldiqlari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi;

4) Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kalkulyatsiyasidan kelib chiqqan holda tayyor mahsulotning tarkibidagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan xarid qilingan material xarajatlar, ish va xizmatlar salmog‘i aniqlanadi;

5) Tovar-xomashyo zaxirasi va tayyor mahsulot qoldiqlari bo‘yicha hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i aniqlanadi;

6) Buxgalteriya hisobi reestrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda buxgalteriya provodkalari beriladi.

Savol: 2018 yida oborotdan 5% stavkada yagona soliq to‘lovi to‘lagan korxona 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab qanday tartibda soliqqa tortiladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida» gi PF-5468-son Farmoniga muvofiq yagona soliq to‘lovchilarning oboroti 1 milliard so‘mgacha bo‘lsa barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etiladi.

Yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun oborotdan (tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lash imkoniyati mavjud.

Agar yil yakunlariga ko‘ra yillik oborotingiz 1 mlrd. so‘mdan oshsa, korxonangiz umumbelgilangan tartibda soliqqa tortiladi (foyda solig‘i, QQS, mol-mulk, solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va faoliyat turingizdan kelib chiqib, aksiz yoki yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘laydi).

Savol: Auditorlik xizmati ko‘rsatuvchi korxonaning oboroti 1 mlrd. so‘mdan yuqori va 3 mlrd. so‘mdan oshmagan bo‘lganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soddalashtirilgan tartibini tanlasa necha foiz stavkada QQS to‘laydi?       

Javob: Professional xizmatlar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan soddalashtirilgan tartib qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foiz etib belgilandi.

Savol: 2019 yildan yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan fermer xo‘jaliklari ham QQS to‘lashga o‘tadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi
PF-5468-sonli farmoniga asosan yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliqqa tortish tartibi saqlanib qolinadi.

Savol: 2019 yilning 1-yanvaridan boshlab korxona tomonidan bojxona imtiyozlarini qo‘llagan holda import qilingan tovarlar ichki bozorga realizatsiya qilinganda qanday tartibda QQS hisoblanadi?

Javob: Agarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tovarlar ichki bozorda realizatsiya qilinishi uchun QQSdan imtiyozlar nazarda tutilmagan bo‘lsa belgilangan tartibda QQSga tortiladi.

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх