O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi

Malaka oshirish markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Tuzilma  /  Bo'limlar  /  Moliyaviy iqtisodiy xafsizlik kurs tashkil etish bo'limi

Moliyviy iqtisodiy xafsizlik bo'limi

Moliyaviy -iqtisodiy xafsizlik bo'limi  

                                             Rahimov SHuhrat Nishonaliyvich

                                             Bo'lim boshlig'i

                                             Telefon: (0 371)230-16-35

                                             E-mail: Rahimov@soliq.uz

 


           

            10    Saidboboyiva Gulnora Xursandovna

                Bosh mutaxassis

                Telefon: (0 371)230-16-35

                E-mail: saidboboyiva@soliq.uz

 

           

 

Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik kurslarini tashkil etish bo'limi Malaka oshirish markazining tarkibiy qismi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 

            Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik kurslarini tashkil etish bo'limi o‘z faoliyatini Nizomi va reja asosida olib boradi. Markaz direktorining buyrug` bilan tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq bo‘lim tarkibida Bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis lavozimlari mavjud.

            Bo‘lim xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va ularga umumiy rahbarlik qiladi;

            Bo‘limda ish uslubiyotini qo‘llanishiga, ijro mexnati intizomiga qa’tiy rioya qilishiga, rahbariyat tomonidan kelgan hujjatlar va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;

            Markaz direktori tomonidan berilgan topshiriqlar va vazifalarni muddatida, sifatli bajarilishini ta’minlaydi;

Xodimlarning ishga kelib ketishini nazorat qiladi va xodimlarga ishni taqsimlab beradi.

            Bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlar va vazifalarni muddatida, sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik kurslarini tashkil etish bo'limi

           Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tarkibidagi “Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik kurslarini tashkil etish bo'limi” O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 704-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

            Bo'limning asosiy maqsadi soliq organi xodimlarini mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni oshirishga, bu boradagi kasbiy mahoratlarini zamon talablari darajasida bo'lishini ta'minlash va mustahkamlashga, shuningdek tajriba almashishga qaratilgan o'quv kurslarini tashkil etishdan iborat. Bo'lim Markaz tarkibida uning belgilangan shtatlari doirasida Markaz direktori buyrug'iga muvofiq tashkil etiladi. Bo'lim 2 nafar xodimlardan iborat: bo'lim boshlig'i va bir nafar bosh mutaxassis.

Bo'limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

         Uzoq muddat asosida murakkab va o'zgaruvchan muhitda orttirilgan bilimlarni tizimlashtirish va amaliy masalalarni hal etish bo'yicha tizimli yondashuv ko'nikmalarini ishlab chiqish maqsadida moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik bo'yicha o'quv dasturlarini shakllantirish;

         soliq organlarining moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik yo'nalishi bo'yicha innovatsion rivojlanishini ta'minlay oladigan davlat soliq xizmati organlari kadrlar salohiyatini oshirish va takomillashtirish;

          soliq ma'muriyatchiligi va soliq siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish;

          ilg'or xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar bilan xodimlar malakasini oshirish borasida tajriba almashish yo'li bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda ta'lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o'qituvchilarning malakasini oshirishni va stajirovka o'tashini ta'minlash bo'yicha amaliy ishlarni yo'lga qo'yish;

         ko'rsatadigan xizmatlar bo'yicha belgilangan maqsadlarga erishish uchun tinglovchilarni o'qitish, pedagog va boshqa toifadagi ishchilarning kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni ta'minlash bo'yicha zarur choralarni ko'rish;

        Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik kursi bo'yicha masofaviy ta'lim va treninglar o'tkazishning zamonaviy usullarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish choralarini ko'rib borish.