Mehnat muhofazasi shu'basi

Xasanov Ravshanxon  Turdiniyazovich
bosh mutaxassis

Telefon: (0 371)230-90-08

E-mail: Ravshanxon.Xasanov @soliq.uz

   Shuʼbaning asosiy vazifalari:

  • Markaz xodimlari va tinglovchilarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish boʻyicha belgilangan tartibda tegishli meʼyoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • Markazda mehnat muhofazasi va fuqaro mudofaasi ishlari hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni tayyorlab, Markaz rahbariyatga kiritish hamda belgilangan tartib va muddatlarda Davlat soliq qoʻmitasiga yuborish;
  • turli favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganida Markazda qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni, shuningdek evakuatsiya ishlarini amalga oshirish;
  • favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganida Markaz rahbariyati hamda xodimlarining oʻzaro hamkorlikda belgilangan tartibda toʻgʻri harakatlanishlarini tashkil etish;
  • favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganida va sodir boʻlganida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga asosan Markazning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish;
  • Markazda mavjud kuch va manbalarning favqulodda vaziyatlar uchun doimiy tayyor holda boʻlishini taʼminlash;
  • Markazda belgilangan tartibda  fuqaro muhofazasi va qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish;
  • turli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganida  lokal ichki kanallar orqali xabar berish aloqalari doimiy shay holatda boʻlishini nazorat qilish.

Shuʼbaning funksiyalari:

  • yangi tahrirdagi “Tinch davrda davlat soliq xizmati organlarining favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va bartaraf etish harakatlar rejasi”, shuningdek, “Davlat soliq xizmati organlarining urush davrida fuqaro muhofazasi rejasi” tegishli idoralar bilan kelishilgan holda  Markazda ishlab chiqilishini nazorat qilish;
  • Davlat soliq qoʻmitasining har yillik “Oʻtgan yilda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar hamda joriy yildagi vazifalar toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan  Markazning yillik “Malaka oshirish markazida favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va harbiy hisob yuritilishi va bronlashtirish ishlari boʻyicha oʻtgan yilda amalga oshirilgan tadbirlar va joriy yildagi vazifalar toʻgʻrisida”gi buyruq loyihasini ishlab chiqish va Markaz direktori tasdigʻiga kiritish;
  • Malaka oshirish markazida mehnat muhofazasi va fuqaro mudofaasi tuzilmalarini tashkil etish va ularning belgilangan tartibda faoliyat yuritishlari toʻgʻrisidagi tegishli normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlash va Markaz rahbariyati tasdigʻiga kiritish;
  • Malaka oshirish markazida mehnat muhofazasi va fuqaro mudofassi hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlab Markaz direktoriga kiritish hamda belgilangan tartib va muddatlarda Davlat soliq qoʻmitasiga yuborish;
  • turli favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganda Markazda xabar berish tizimi ishlashi uchun javob berish va ularning doimiy shay holatda boʻlishini taʼminlash;
  • Markazda mavjud himoya inshootlari (bombapanagohlar) doimiy ravishda zarurat yuzaga kelganida xodimlarni qabul qilishga tayyor holatda boʻlishini taʼminlash;
  • zaruriy fuqaro muhofazasi jihozlari va yongʻin xavfsizligi anjomlarining belgilangan tartibda sotib olinishini tashkil etish.
Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх