Jizzax viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Savol: Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish ishlari qaysi qonun bilan tartibga solinadi?

Javob: Barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish ishlari yangi tahrirdagi 13.04.2016 yildagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘RQ-404-son Qonun bilan tartibga solinadi.

Savol: Kimlar buxgalteriya  hisobi xizmatining  rahbari  hisoblanadi?

Javob: “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga asosan bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. Uning xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari korxonaning barcha xodimlari uchun majburiydir.

Savol: Muhim hujjatlarni kim imzolaydi?

Javob: Barcha korxona va tashkilotlar uchun yagona talab mavjud: pul, tovar-moddiy boyliklar va boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, kredit, hisob-kitob majburiyatlari va moliyaviy hisobotlar rahbar va imzolash huquqiga ega ma’sul shaxslar tomonidan imzolanadi.

Savol: To‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadimi?

Javob: Bank korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘langanida to‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadi.

Savol: Qanday hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari hisoblanadi?

Javob: Buxgalteriya hisobi subyektining nomi, hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy, xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda), xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning lavozimi va imzolari, shuningdek ularni identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi, ismi va otasining ismi yoxud boshqa rekvizitlari boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari hisoblanadi.

Savol: Boshlang‘ich hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlar, shuningdek boshqa buxgalteriya hujjatlarini saqlash uchun eng kam muddat etib necha yil belgilangan?

Javob: Boshlang‘ich hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlar, shuningdek boshqa buxgalteriya hujjatlarini saqlash uchun eng kam muddat – hisobot yilidan keyin kamida 5 yil belgilangan (13.04.2016 yildagi O‘RQ-404-son Qonunning 29-moddasi).

Savol: Buxgalteriya hisobi registrlarida aniqlangan xatoliklarni belgilangan tartibga muvofiq kechiktirmasdan tuzatishning qanday usullari mavjud?

Javob: Xatoni tuzatishning uchta asosiy usuli bor.

-“Korrektura” usuli;

- “Qizil storno” usuli;

- “Qo‘shimcha provodka” usuli.

Savol: “Korrektura” usulining mohiyati nimalardan iborat?

Javob: “Korrektura” usulining mohiyati shundan iboratki, bunda noto‘g‘ri yozuvning ustidan (chiziqning tagidagi sonni o‘qish oson bo‘lsin uchun) yupqa qilib chiziladi, uning yoniga yoki tepasiga to‘g‘ri yozuv yoziladi va bu to‘g‘rida muayyan hujjatning tagida hisobning shu sohasiga javobgar shaxs yoki bosh buxgalter tomonidan izoh beriladiva uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Agar ko‘p sonli yozuv bo‘lib, shundan bir qismida xato bo‘lsa ham, baribir hammasining ustidan chizilib, yuqoridagi usulda to‘g‘rilanadi.

Savol: “Qizil storno” usulining mohiyati nimalardan iborot?

Javob: “Qizil storno” usulining mohiyati shundan iborotki, bunda xato yozuv qizil siyoh bilan xuddi o‘zidek qilib yana bir marta yoziladi, undan keyin to‘g‘ri yozuv avvalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Schyot bo‘yicha jami aylanma topilayotganda qizil siyoh bilan yozilgan summa ummumiy yig‘indidan ayrib tashlanadi.

Savol: “Qo‘shimcha provodka” usulining mohiyati nimalardan iborot?

Javob: “Qo‘shimcha provodka” usuli schyotlarning korrespondensiyasida xato bo‘lmagan, lekin xo‘jalik operatsiyasining summasi kam yozib qo‘yilgan paytda qo‘llaniladi. Bunday xatoni tuzatish usuli qo‘shimcha buxgalteriya provodkasini (xuddi avvalgi yo‘sinda odatdagi siyoh bilan farq summaga qaysi bir schyot bo‘lsada) berish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi.

Savol: Soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi – qanday shakldagi hujjat?

Javob: Soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi – Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli dasturiy mahsul orqali soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarilish hisobi yuritiladigan elektron shakldagi hujjatdir.

Savol: Bugungi kunda Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari qanday me’yoriy hujjatga asosan yuritiladi?

Javob: Bugungi kunda Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari DSQ raisining 2012 yil 15-sentabrdagi 350-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritish”  tartibiga asosan yuritiladi.

Savol: Kameral nazorat bo‘limining mas’ul xodimi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qabul qilingan soliq hisobotlariga, soliq hisobotini qabul qilingan sana, hisobot davri, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR), nomi, soliq yoki to‘lov turi va SHKga kiritilishi lozim bo‘lgan hisoblangan (yoki kamaytirilgan) soliq summasini ko‘rsatgan holda hisoblashga qabul qilingan soliq hisobotlari reestri (3-ilova) necha ish kunidan oshmagan muddatda Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga SHKga kiritish uchun taqdim etadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2005 yil 29-iyulda 1500-son bilan ro‘yxatga olingan «Davlat soliq hizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizom talablaridan kelib chiqib, Kameral nazorat bo‘limining mas’ul xodimi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qabul qilingan soliq hisobotlariga, soliq hisobotini qabul qilingan sana, hisobot davri, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR), nomi, soliq yoki to‘lov turi va SHKga kiritilishi lozim bo‘lgan hisoblangan (yoki kamaytirilgan) soliq summasini ko‘rsatgan holda hisoblashga qabul qilingan soliq hisobotlari reestri (3-ilova) 1 ish kunidan oshmagan muddatda Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga SHKga kiritish uchun taqdim etadi.

Savol: Korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlarida, qanday me’yoriy hujjatga muvofiq korxona tovar-moddiy zaxiralari inventarizatsiyadan o‘tkazishi kerak bo‘ladi?

Javob: Korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlarida, 19-son “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” nomli BHMSga muvofiq korxona tovar-moddiy zaxiralari inventarizatsiyadan o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Savol: Inventarizatsiya natijasida QQS bilan sotib olingan tovar-moddiy zaxiralari bo‘yicha QQS summasi qoldiqdagi materiallar qiymatidan chegirilib, hisobga olinadigan QQS qaysi buxgalteriya hisob schyotida olib boriladi?

Javob: Inventarizatsiya natijasida QQS bilan sotib olingan tovar-moddiy zaxiralari bo‘yicha QQS summasi qoldiqdagi materiallar qiymatidan chegirilib, hisobga olinadigan QQS (4410) schyotida olib boriladi hamda mahsulot, (ish, xizmatlar)ning tannarxiga kiritilmaydi.

Savol: Qanday subyektlar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi?

Javob: «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasida nazarda tutilganidek, “Asosiy xo‘jalik jamiyati bo‘lgan va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga, o‘z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi.

Savol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi qaroriga muvofiq ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini rasmiylashtirishning yangi tartibi belgilandi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25-maydagi “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3741-sonli qaroriga muvofiq ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini rasmiylashtirishning yangi tartibi belgilandi. Unga asosan, 2019 yil 1-yanvardan boshlab, ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bo‘yicha talab bekor qilinib, ijara shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi joriy etildi. Bu borada, Adliya vazirligida 2018 yil 11-oktabrda 3077-son bilan ro‘yxatga olingan Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 15-avgustdagi 2018-65-son qaroriga muvofiq ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi.

Savol: Qanday shakllar yig‘indisi hisobot hisoblanadi?

Javob: Ma’lum davrga bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo‘jalik jarayoni va muomalalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma’lum tartibda guruhlashtiradigan va o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi hisobot hisoblanadi. Hisobot korxonaning ma’lum bir davr bo‘yicha xo‘jalik faoliyatining yakunini ko‘rsatadi.

Savol: Tugatish balansida olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritiladimi?.

Javob: Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi bahosida, ya’ni ular sotilish mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.

Savol: Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarga ish haqi  hisoblandi unga qanday buxgalteriya yozuvi (provodka) beriladi?

Javob: «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – 2010 debetlanadi, «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti-6710 kreditlanadi.

Savol: Yillik hisobot tuzishdan avval xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriyaning hisoboti bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga ko‘ra nimalar inventarizatsiya qilinadi?

Javob: Yillik hisobot tuzishdan avval xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriyaning hisoboti bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga ko‘ra asosiy vosita, tugallanmagan qurilish, tugallanmagan ishlab chiqarish, mol-mulk qiymatliklari, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiya qiladi. Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lmagan (saqlashga qabul qilingan, ijaraga olingan, qayta ishlab berishga qabul qilingan moddiy qiymatliklar) va ba’zi bir sabablarga ko‘ra hisobga olinmay qolgan qiymatliklar ham inventarizatsiya qilinadi.

Savol: “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qachon tasdiqlandi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27-noyabrdagi 965-son qarori bilan “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Savol: Soliq organi rahbariyati tomonidan ekspress-o‘rganishni amalga oshirish uchun buyruq chiqarish to‘g‘risida topshiriq berilganidan so‘ng, necha ish kunidan kechiktirmasdan o‘rganish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqariladi?

Javob: Soliq organi rahbariyati tomonidan ekspress-o‘rganishni amalga oshirish uchun buyruq chiqarish to‘g‘risida topshiriq berilganidan so‘ng, uch ish kunidan kechiktirmasdan o‘rganish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.

Savol: Tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish qaysi normativ hujjatga muvofiq amalga oshiriladi?

Javob: Tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni va 4-son BHMS («Tovar-moddiy zaxiralar», Adliya vazirligida 17.07.2006 yilda 1595-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan), 5-son BHMS («Asosiy vositalar», Adliya vazirligida tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va 19-son BHMS («Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish», Adliya vazirligida tomonidan 02.11.1999 yilda 833-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)ga muvofiq amalga oshiriladi.

Savol: Soliq to‘lovchilarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qaysi hujjat bilan tartibga solinadi?

Javob: Soliq to‘lovchilarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni budjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1463, 2005 yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.

Savol: Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 12-iyunda 2467-sonli raqam bilan ro‘yxatga olingan Nizom talablari asosida qanday faktlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganiladi?

Javob: Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 12-iyunda 2467-sonli raqam bilan ro‘yxatga olingan Nizom talablari asosida soliq to‘lovchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda tovarning faktura qiymatini uning eksportyor mamlakatida qayd etilgan qiymatidan asossiz ravishda yuqoriroq ko‘rsatilgan holatlari, shuningdek, shartnoma bo‘yicha kontragent bo‘lmagan tovar yetkazib beruvchilar tomonidan tovar yetkazib berilganlik faktlari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganiladi.

Savol: Ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining sof foyda va dividendlar hisoblanishi to‘g‘risidagi hisobotida tafovutlar, shuningdek, davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi budjetiga 30 foiz miqdorida ajratmani aniqlashda qanday holatlar o‘rganiladi?

Javob: Ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining sof foyda va dividendlar hisoblanishi to‘g‘risidagi hisobotida tafovutlar, shuningdek, davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi budjetiga 30 foiz miqdorida ajratmani aniqlashda quyidagilar o‘rganiladi:

- soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar, taxlika-tahlil dasturi va tashqi manbadan olingan ma’lumotlar asosida tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirgan va naqdlashtirish faoliyati bilan shug‘ullangan korxonalar ro‘yxati bilan solishtiriladi;

- import shartnomalari asosida asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklarni baland narxlarda olib kirilanlik holati;

- soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar uning bank hisobraqamlari to‘g‘risida ma’lumotlari bilan taqqoslanib  tahlil qilinadi.

Savol: Ekspress-o‘rganish natijalarini tasdiqlash maqsadida soliq to‘lovchining imzosi va muhri mavjud bo‘lgan zarur hujjatlardan nusxa olishda davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi tomonidan qanday hujjat rasmiylashtiriladi?

Javob: Ekspress-o‘rganish natijalarini tasdiqlash maqsadida soliq to‘lovchining imzosi va muhri mavjud bo‘lgan zarur hujjatlardan nusxa davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi tomonidan 2 nusxada tuzilgan bayonnoma asosida olinadi va bayonnomaning bir nusxasi soliq to‘lovchiga topshiriladi.

Savol: Soliq to‘lovchi bayonnomani qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi qanday harkatni amalga oshiradi?

Javob: Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo‘natilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan hisoblanadi.

Savol: Ekspress-o‘rganishni amalga oshirish uchun joyiga chiqilganda (pochta manzili) va soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi qanday harkatni amalga oshiradi?

Javob: Ekspress-o‘rganishni amalga oshirish uchun joyiga chiqilganda (pochta manzili) va soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralarini ko‘radi.

Savol: Ekspress-o‘rganish ma’lumotiga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Javob: Ekspress-o‘rganish ma’lumotiga quyidagilar ilova qilinadi:

o‘rganishni tayinlash uchun asos hisoblangan mezonlar ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari;

o‘rganishni amalga oshirish davomida olingan hujjatlar nusxalari, shuningdek, o‘rganish doirasida amalga oshirilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Savol: Ekspress-o‘rganish natijalari o‘rganish tugallangan kundan keyingi necha ish kuni mobaynida o‘rganish o‘tkazgan soliq xizmati organi mansabdor shaxslari tomonidan “Ekspress-o‘rganish natijalarini qayd qiluvchi dasturiy mahsuli”ga kiritiladi.

Javob: Ekspress-o‘rganish natijalari o‘rganish tugallangan kundan keyingi 3 ish kuni mobaynida o‘rganish o‘tkazgan soliq xizmati organi mansabdor shaxslari tomonidan “Ekspress-o‘rganish natijalarini qayd qiluvchi dasturiy mahsuli”ga kiritiladi. SHuningdek,  materiallarning elektron ko‘rinishi (skaner) dasturga biriktiriladi.

Savol: Ekspress-o‘rganish materiallari o‘rganish tugaganidan so‘ng necha ish kunidan kechiktirmasdan o‘rganish natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish davlat soliq xizmati organining “Taxlika-tahlil va kameral nazorat” tuzilmalariga bildirishnoma orqali taqdim qilinadi?

Javob: Ekspress-o‘rganish materiallari o‘rganish tugaganidan so‘ng 3 ish kunidan kechiktirmasdan o‘rganish natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish maqsadida kameral nazorat materiallariga ilova qilish hamda soliq organlarining “Tahlikali-tahlil” tizimida aks ettirish uchun davlat soliq xizmati organining “Taxlika-tahlil va kameral nazorat” tuzilmalariga bildirishnoma orqali taqdim qilinadi.

Savol: Soliq kodeksining qaysi moddasi bilan to‘ldirilib, mavzuli espress- o‘rganishning asoslari, maqsadi va uni o‘tkazish tartib-tamoyillari belgilab berilgan?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi 2018 yil 24 dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  O‘RQ-508-sonli Qonuni Soliq kodeksining 71-moddasi, 712-modda “Mavzuli ekspress-o‘rganish” moddasi bilan to‘ldirilib, mavzuli espress- o‘rganishning asoslari, maqsadi va uni o‘tkazish tartib-tamoyillari belgilab berilgan.

Savol: Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish o‘tkazish uchun muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishish talab etiladimi?

Javob: Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish soliq nazorati tadbiri hisoblanadi va tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishish talab etilmaydi.

Savol: Mavzuli ekspress-o‘rganish davomida soliq to‘lovchilar o‘rganish tugagunga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etishga haqlimi?

Javob: Mavzuli ekspress-o‘rganish davomida soliq to‘lovchilar o‘rganish tugagunga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etishga haqlidir.

Savol: Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilishning nazariy-huquqiy asoslari nimalardan iborat?

  • Mamlakatimizda soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarining kelib chiqishida asosan soliq qarzini soliq to‘lovchining mol-muliga qaratish haqidagi ishlar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash haqidagi ishlar, soliq to‘lovchining bankdagi hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish haqidagi ishlar, davlat soliq xizmati organlarining qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlar, davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasini ijro etilishi mumkin emas deb topish haqidagi ishlar, ortiqcha to‘langan soliq to‘lovlarini qaytarish yoxud bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga o‘tazish to‘g‘risidagi ishlar hisoblanadi.

Savol: Soliq nizosi nima?

Javob: Bu soliq to‘lovchilarning yoxud soliq agentlarining va soliq to‘lovchilar vakillarining davlat soliq xizmati organlari qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakati yoki harakatsizligidan noroziligidir.

Savol: Qaysi me’yoriy hujjat asosida Moliya vazirligi huzurida Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tashkil qilindi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qarori bilan.

Savol: Qarorga asosan Kengashning asosiy vazifalari etib nimalar belgilandi?

Javob: Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashda nizoli masalalar yuzasidan xulosalar chiqarish;
  • soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlashda soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish;
  • soliq nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish.

Savol: Yangi tuzilgan korxonalar mol-mulk solig‘i summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran necha kundan kechiktirmay taqdim etishlari lozim.

Javob: Yangi tuzilgan korxonalar mol-mulk solig‘i summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay taqdim etishlari lozim.

Savol: Yer qa’ridan foydalanuvchilar soliqning soddalashtirilgan tartibini tanlashga va YaST to‘lashga o‘tishi mumkinmi?

Javob: Yer qa’ridan foydalanuvchilar soliqning soddalashtirilgan tartibini tanlashga va YaST to‘lashga haqli emas.

Savol: Foydali komponent nima?

Javob: Bu foydali qazilmaning sanoatda foydalanish maqsadida ajratib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan tarkibiy qismi.

Savol: Yer qa’ridan foydalanuvchilar – O‘zbekiston hududida qanday faoliyatlarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar?

Javob: Foydali qazilmalar konining sonini va ularning tarkibidagi zahiralar sifatini, ularning texnologik xususiyatlarini hamda iqtisodiy qadrini aniqlash maqsadida ularni qidirish va razvedka qilish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olish,foydali qazilmalarni qayta ishlashdan iborat.

Savol: Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha mol-mulk qiymati ko‘rinishidagi daromadlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning (2-son shakl) qaysi satrida aks ettiriladi?

Javob: Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha mol-mulk qiymati ko‘rinishidagi daromadlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning (2-son shakl) 090-satrida aks ettiriladi.

Savol: Debitorlik qarz muddatini o‘tkazib yuborish huquqbuzarligi MJTKning qaysi moddasi bilan malakalanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 175-moddasi 3-qismi bilan malakalanadi.

Savol: Xronometrajni o‘tkazishda qaysi maxsus vakolatli organ bilan kelishish talab etiladi?

Javob: Xronometraj soliq nazorati tadbiri hisoblanadi va xronometrajni o‘tkazishda maxsus vakolatli organ bilan kelishish talab etilmaydi.

Savol: Xronometraj natijasiga ko‘ra qanday hollarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida malakalanadi?

Javob: Davlat soliq xizmati organlari xronometraj natijasiga ko‘ra oxirgi hisobot davri uchun tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumlar va xodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda qo‘shimcha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblanishi haqida talabnoma yuboradi, yashirish holatlari takroran aniqlangan taqdirda, ushbu harakatlar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida malakalanadi.

Savol: Qaysi me’yoriy hujjat asosida soliq to‘lovchilarni pasportlashtirish tartibi ishlab chiqildi ?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qaroriga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarni pasportlashtirish tartibi ishlab chiqildi.

Savol: Ko‘chmas mulk sotib olinganda, barpo etilganda va ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini necha oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega?

Javob: Tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalaniladigan ko‘chmas mulk sotib olinganda, barpo etilganda va ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 36 kalendar oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega.

Savol: Fuqarlik ishlari bo‘yicha sudlarga shikoyat bilan murojaat qilish uchun qanday muddatlar belgilangan?

Javob: Jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘zining huquqlari va erkinliklari buzilganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy, jismoniy yoki yuridik shaxs yuqori turuvchi organdan, mansabdor shaxsdan shikoyatini qanoatlantirish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ma’lumot olgan kundan e’tiboran bir oy yoki shaxs o‘zining shikoyatiga yozma javob olmagan bo‘lsa, shikoyat berilgan kundan e’tiboran bir oy o‘tgandan keyin.

Savol: Soliq nazorati qanday nazorat faoliyatidan iborat?

Javob: Soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishni, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar davlat byudjeti va boshqa maqsadli jamg‘armalariga to‘g‘ri hisoblab chiqarilishni, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilishdan iborat faoliyatdir.

Savol: Soliq nazoratining vazifalari nimalardan iborat?

Javob: Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va to‘g‘ri hisoblanishi hamda byudjetga o‘z muddatlarida to‘lanishini ta’minlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va huquqbuzarliklarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash choralarini ko‘rish va soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish, soliq to‘lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki to‘liq bajarmaganligi natijasida davlat byudjetiga yetkazilgan zararni undirishdan iboratdir.

Savol: Jismoniy shaxslarning murojaatlarida qanday ma’lumotlar bayon etilgan bo‘lishi kerak?

Javob: Jismoniy shaxslarning murojaatlarida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Savol:  Qanday murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi?

Javob: Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Anonim murojaatlar, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ko‘rmay qoldiriladi.

Savol: Mehnatga haq to‘lashdagi tarif tizimiga nimalar kiritiladi?

Javob: Tarif stavkasi, tarif setkasi va tarif razryadi.

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх