O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi

Malaka oshirish markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Ilmiy faoliyat  /  Ilmiy-tadqiqot ishlar  /  Maxsus fanlar kafedrasi

Maxsus fanlar kafedrasi

“Maxsus fanlar” kafedrasi Markaz tashkil topgan kundan boshlab uning tarkibiy qismi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan.

Markaz shtat jadvaliga muvofiq 2018-2019 o‘quv yilida kafedra tarkibida kafedra mudiri, 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar o‘qituvchi lavozimlari mavjud.

 

“Maxsus fanlar” kafedrasi

 “Maxsus fanlar” kafedrasi Markazning umumkasbiy tayyorgarlik fanlari o‘qitiladigan kafedrasi hisoblanadi. Kafedra Markaz tinglovchilari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni hamda madaniy tadbirlarni amalga oshiradi.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • Davlat soliq xizmati organlari xodimlari malakasini oshirish orqali ularni yuqori malakali, fidoiy, halol, chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan kadrlar etib tayyorlash;
  • tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq tinglovchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida umumkasbiy tayyorgarlik fanlarini o‘qitish, bu borada o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va ularni soliq qonunchiligi talablariga doimiy moslashtirib borish;
  • umumkasbiy tayyorgarlik fanlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, umumkasbiy tayyorgarlik fanlariga oid darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlarni yaratish;
  • soliq organlarining innovatsion rivojlanishini ta’minlay oladigan davlat soliq xizmati organlari kadrlar salohiyatini oshirish va takomillashtirish;
  • soliq ma’muriyatchiligi va soliq siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • ilg‘or xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan xodimlar malakasini oshirish borasida tajriba almashish yo‘li bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni va stajirovka o‘tashini ta’minlash;
  • masofaviy ta’lim va treninglar o‘tkazishning zamonaviy usullarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
  • sud va huquqni muhofaza qilish organlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa davlat boshqaruv organlari, shuningdek, notijorat tashkilotlar ekspertlari, biznes tuzilmalari vakillarini va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari, seminar-trening hamda davra suhbatlari tashkil etish.

 

 

 

 

 

 

Kafedra pedagog xodimlari tarkibi

Professor-o‘qituvchilarning

F.I.Sh.

Тugatgan
oliygohi

Ilmiy darajasi va unvoni

Egallab turgan lavozimi

Qaysi yildan shu ta’lim muassasasida ishlaydi

1.

Qutbitdinova M.I.

Тoshkent xalq xo‘jaligi instituti

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Dotsent v.b.

2018

2.

Yaxshiyev A.J.

Тoshkent davlat universiteti,

Тoshkent davlat yuridik instituti

Тarix fanlari nomzodi, dotsent

Katta o‘qituvchi

2018

3.

Djurayeva K.G.

Тoshkent xalq xo‘jaligi instituti

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Katta o‘qituvchi

2018

4.

Ruziyev G‘. U.

Тoshkent davlat iqtisodiyot universiteti

 

o‘qituvchi

2018