Farg‘ona viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Savol: Shaharda qarovsiz bekatni olish uchun kimga va qaerga murojaat qilinadi?

Javob: Bekatlar umumfoydalanish obyekti hisoblanganligi sababli shahar hokimligiga ariza bilan murojaat qilish kerak. Uni ishlatish uchun hokimlikning qarori kerak.

Savol: Tadbirkor sifatida mahsulot ishlab chiqarish uchun qanday kredit olishim va ish boshlash uchun kimga uchrashim kerak?

Javob: Buning uchun Biznes rejangiz bilan tijorat banklariga yoki Yoshlar ittifoqiga uchrashingiz kerak.

Savol: Magazinda alkogol mahsulotlari sotish uchun qanday ruxsatnoma olish kerak?

Javob: 605-sonli qarorga asosan litsenziya olish kerak.

Savol: Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer olmoqchi bulsam, qanday tartibda amalga oshiraman?

Javob: Vazirlar Maxkamasining 2018 yildagi 493-sonli qaroriga asosan auktsionga qo‘yilgan yerlardan yutib olishingiz kerak bo‘ladi.

Savol: Hech qaerda ishlamaydigan xodim kredit olishi mumkinmi?

Javob: 2019 yil 7-martdagi “4231” qarorga asosan imtiyozli kreditlar mavjud.

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkor oboroti 1 mlrd.dan oshsa qanday soliq to‘laydi?

Javob: Yakka  tartibdagi tadbirkor  oboroti 1 mlrd.dan oshsa umumbelgilangan soliq to‘laydi.

Savol: Nafaqadagi inson  hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullansa qancha miqdorda yagona ijtimoiy to‘lov to‘laydi?

Javob: Soliq kodeksining 311-moddasiga muvofiq yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik subyektlari “Hunarmand” uyushmasining a’zolari bo‘lsa yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan  ozod etiladi.

Savol: 2019 yilda yashab turgan xonadonimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5421-sonli qaroriga asosan qaror chiqartirgandim. Qo‘shimcha yerim uchun qanday soliq hisoblanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 38-moddasiga asosan qayta soliq hisoblanadi.

Savol: Yanvar oyida korxona mijozlaridan 25000  so‘m oldi, 15000 so‘m fevral oyida ko‘rsatgan xizmati uchun avans tariqasida, 6000 so‘m o‘tgan yilning dekabr oyida ko‘rsatgan xizmati uchun. Bundan tashqari fevral oyida korxona yanvar oyida ko‘rsatgan xizmatlari uchun 12000 so‘m olishi kerak. Yanvar oyidagi tushum qancha bo‘ladi?

Javob: 25000 so‘m pul yanvar oyi uchun tushum bo‘la oladi. Qolgan summa, misol uchun, 15000 so‘m bu avans, 6000 ming so‘m esa davr xarajatlariga kiradi. 12000 so‘m pul kelgusida olish kerak bo‘lgan pulni ifodalaydi, bu yerda 25000 so‘m yanvar oyi uchun tushum, sof tushum 4000 so‘mni tashkil etadi, qolgan qismi xarajatlarda yotadi.

Savol: Yolg‘iz ona sifatida ro‘yxatda tursa qanday iqtisodiy yordam olishi mumkin?

Javob: Mezonga to‘g‘ri kelsa yolgiz ona sifatida ro‘yxatda tursa ushbu fuqaroga farzand soniga qarab nafaqa belgilanadi.

Savol: YaTTlar tomonidan to‘lanadigan 4% yagona soliq to‘lovi joriy yildagi tovar oborotidanmi yoki 2018 yil yakunidagi tovar oborotidan to‘lanadimi?

Javob: Tovar va ish xizmatlari realizatsiya qilishdan tushgan tushumning joriy yildagi summasidan olinadi.

Savol: Jismoniy shaxslarning mol-mulki va yer solig‘i qanday hisoblanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabr kungi PQ-4086 sonli qarori bilan tasdiqlangan soliq stavkalari va kadastr idorasining tegishli ma’lumotiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.

Savol: Pensioner jismoniy shaxslarga mol-mulk solig‘idan qanday imtiyozlar mavjud. Agar mol-mulkdan tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha foydalansa berilgan imtiyoz o‘zgaradimi?

Javob: Pensioner jismoniy shaxslarga pensiya chiqqan davridan boshlab mol-mulk solig‘ini 60 metr kvadrat soliqdan ozod hisoblanadi. Imtiyoz faqat pensionerlik guvohnomasidan nusxa berish orqali qo‘yiladi. Tijorat maqsadida foydalansa imtiyoz bekor bo‘ladi va yuridik shaxs sifatida mol-mulk solig‘ini to‘laydi.

Savol: 2019  yilgi jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk va yer soliqlari necha foiz miqdorda oshgan?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida 2018 yil 26-dekabr kungi PQ-4086 sonli qarorga asosan jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga, yer solig‘i esa 1,2 barobarga oshgan.

Savol: YaTTning topshirgan puli 22-mart kuni 100 million so‘mdan oshsa u mart oyiga qanday soliq to‘laydi?

Javob: Mart oyi uchun qat’iy soliq to‘lab apreldan yagona soliqqa o‘tadi.

Savol: 2-guruh nogironiga qaysi soliq turidan imtiyoz berilgan?

Javob:  2-guruh nogironi yer solig‘idan ozod qilingan.

Savol: Yakka tartibdagi sartoroshlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorga qanday soliq imtiyozlari mavjud?

Javob: Aholi soni 4000 ta bo‘lsa, chekka hududda joylashgan bo‘lsa soliq to‘lovlaridan ozod bo‘ladi

Savol: Fuqaroni noqonuniy uy-joyini hujjatlashtirish to‘g‘risida muammo aniqlansa kimga murojaat qilinadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 5421-sonli qaroriga asosan Davlat xizmatlari markaziga ariza berib qonuniy hujjatlashtirish tushuntiriladi.

Savol: Uy-joyi kadastr  qilinmagan fuqaro qanday soliq to‘laydi?

Javob: Agar uy kadastr qilinmagan bo‘lsa, kadastr bahosi bo‘lmasa  tumanlarning  belgilangan  me’yoriy stavkasining 0,2%i miqdorida mulk solig‘i  to‘laydi.

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaerdan ro‘yxatdan o‘tadi hamda imtiyozlari qanday?

Javob: Davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tadi. Agar birinchi marta tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tayotgan bo‘lsa, o‘sha oyga soliq to‘lovidan ozod etiladi.

Savol: Agar fuqaro savdo do‘koni ochsa tadbirkorlik guvohnomasini 3-4 oydan keyin qilib olsa bo‘ladimi?

Javob: Savdo faoliyatini boshlagan kundan boshlab davlat ro‘yxatidan o‘tib olish kerak, davlat tomonidan yangi tadbirkor 1-marta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa 1-oyga imtiyoz beriladi.

Savol: 4-sektor rahbarining uyma-uy yurish daftarini yuritish kerakmi?

Javob: PQ 4102 da bu haqda aytib o‘tilmagan, shunday ekan ushbu kitobni yuritish shart emas, chunki barcha muammolar hududning o‘z tizimiga kiritib boriladi.

Savol: Kollej bitiruvchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullansa qanday imtiyoz mavjud.

 Javob: Kollej bitiruvchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullansa 6 oylik   imtiyozga ega bo‘ladi. Kollej bitiruvchisi tadbirkor bo‘lsa olti oy faqat pensionniy to‘laydi va 7-oydan daromad solig‘i ham to‘laydi.

Savol: Fuqaroni 4 sotix yer maydoni mavjud bo‘lib ushbu yerda ishlab daromad oladi. Hech qaerda rasman ishlamasligi sababli ish staji yuritilmagan, nafaqaga chiqishda ish staji yuritishga davlatimizda qanday imtiyoz yoki imkoniyat berilgan?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 205-sonli qaroriga asosan hech qaerda ishlamaydigan lekin 4 sotixdan ortiq yer tomorqa maydonida band bo‘lganligi uchun 1 yilda eng kam ish haqini 1 barobari miqdorida nafaqa jamg‘armasiga pul to‘langanda 1 yil uchun mehnat staji yuritilishi belgilangan. Buning uchun pasport nusxasi, yashash joyidan yer maydoni ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma bilan pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga murojaat etish tushuntiriladi.

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkor yagona soliqni qachon to‘laydi?

Javob: Yakka tartibdagi tadbirkor tovar aylanmasi 100,0 mln so‘mdan oshgan oydan keyingi oy uchun tovar aylanmasidagi 4% miqdorida soliq to‘laydi.

Savol: Hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lsa hunarmandlar soliqdan qanday imtiyozlar bor?

Javob: Faoliyat davomida hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lsa daromad solig‘idan imtiyoz bo‘ladi.

Savol: Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib qonuniy faoliyat yuritish uchun nima qilish kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 27-oktabrdagi 483-sonli qaroriga asosan yagona darcha markazidan tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishingiz kerak. Buning uchun pasport nusxasi hamda E.K.I.Xning bir baravari miqdorida mablag‘ talab etiladi.

Savol: 2019 yilda yashayotgan xonadonim uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5421-sonli qaroriga asosan qaror chiqartirgandim. Qo‘shimcha yerim uchun qanday soliq hisoblanadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 38-moddasiga asosan qayta soliq hisoblanadi.

Savol: Yashab kelayotgan xonadonim uchun 2016 yil hujjatlarini rasmiylashtirib otam nomidan 2016 yildan davlat notarial idorasi orqali nomimga o‘tkazib olganman. Hozirgi kungacha otamni nomidan soliq to‘lovlarni to‘lab kelayapman. Aslida qaysi tartibda to‘lovni amalga oshirishim kerak?

Javob: Yashab turgan xonadoningiz 2016 yilda davlat notarial idorasidan nomizga o‘tgan kundan boshlab soliq bazasidan kadastr hujjatlar oldi-sotdi shartnoma bo‘yicha nomingizga olib o‘tiladi va siz tomoningizdan to‘lov amalga oshiriladi. Otangiz nomiga qilingan to‘lovlar hujjatlar asosida nomingizga o‘tkaziladi.

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkor yollanma ishchi xodimga qancha soliq to‘laydi?

Javob: Yollanma ishchi xodim eng kam ish haqining 50% miqdorda pensiya fondi to‘laydi

Savol: Yagona soliq to‘lovining xisob-kitobi qaysi muddatda taqdim etiladi?

Javob: Hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda.

Savol: Yakka tadbirkorlarni qat’iy belgilangan soliq to‘lovi muddati qachon?

Javob: Yakka tadbirkorlarni qat’iy belgilangan soliq to‘lovi muddati har oyning 10-sanasigacha to‘lash etib belgilangan.

Savol: Mahalliy mol-mulk va yer soliqlari to‘lov muddati qachon?

Javob: Mahalliy soliqlar muddati joriy yilning 15-oktabr sanasi hisoblanadi.

Savol: Fuqarolar kadastr hujjat rasmiylashtirish zarurmi?

Javob: Soliq kodeksning 84-moddasiga asosan, har bir fuqaro o‘z uy joyida kadastr hujjatlashtirilishi zarur.

Savol: Asosiy faoliyat turi ijaraga berish bo‘lgan barcha yuridik shaxslar 2019 yilda necha foizlik stavkada yagona soliq to‘lovini to‘laydilar?

Javob: 2019 yildan boshlab barcha daromadlari bo‘yicha 30 foizlik stavkada yagona soliq to‘lovini to‘laydigan bo‘ldilar.

Savol: Davlat soliq xizmati organining realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‘yicha xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida qanday ma’lumotlar aks etishi kerak?

Javob: Xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchi, uning identifikatsiya raqami, xronometrajni o‘tkazish joyi va muddati, davlat soliq xizmati organining xronometrajni o‘tkazadigan mansabdor shaxslari majburiy tartibda ko‘rsatiladi.

Savol: Mavzuli ekspress-o‘rganishni tayinlash uchun qanday ma’lumotlar asos bo‘ladi?

Javob: Soliq to‘lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida ushbu axborotni o‘rganish zarurligi

Savol: Mavzuli ekspress-o‘rganish ma’lumotnomasiga qanday hujjatlar ilova qilinishi kerak?

Javob: O‘rganishni tayinlash uchun asos bo‘lgan mezon ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari, o‘rganishni o‘tkazish davomida olingan hujjatlarning nusxalari, shuningdek o‘rganish doirasidagi harakatlar bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Savol: O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 2019 yilda necha foizlik stavkada soliq solinadi?

Javob: 5 foizlik stavkada solinadi

Savol: 2019 yilda viloyat markazlarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish faoliyatiga qat’iy belgalingan soliq stavkalari qancha etib belgilangan?

Javob: 750 000 so‘m etib belgilangan

Savol: Tovarlar eksport qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha “0” darajali stavka bo‘yicha soliq solish uchun tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlash uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Javob: Kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi); tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qo‘yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.

Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashda hisobvaraq-faktura nima uchun kerak?

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi uchun hisobvaraq-faktura qo‘shilgan qiymat solig‘ini Soliq kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olish uchun asos bo‘ladi

Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi qanday muddatlarda taqdim etiladi?

Javob: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa – yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Savol: Yer solig‘i mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan qanday muddatlarda to‘lanadi?

Javob: Yer solig‘i yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-sanasigacha to‘lanadi.

Savol: Nima uchun soliq to‘lovchilar faoliyati kameral nazoratdan o‘tkaziladi?

Javob: Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash orqali ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy, moliyaviy yoki jinoiy javobgarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.

Savol: Soliq agentliklari deb kimlar aytiladi?

Javob: Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslarga aytiladi.

Savol: Kimlar soliq to‘lovchining vakillari hisoblanadi?

Javob: Qonunga yoki ta’sis hujjatiga muvofiq soliq to‘lovchining vakili bo‘lishga vakolatli shaxslardir (soliq maslahatchilari, auditorlar advokatlar), (jismoniy shaxslar uchun ota-onalar, farzandlikka oluvchilari va vasiylari hisoblanadi).

Savol: Soliq to‘lovchilarning huquqlari qaysi hujjatda keltirilgan?

Javob: Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq kodeksining 31-moddasida keltirilgan.

Savol: Jismoniy shaxslarning soliq majburiyati qanday tugatiladi?

Javob: Soliq majburiyatining tugatilishi soliq kodeksining 37-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, jismoniy shaxslarning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: Fuqaro vafot etishi bilan; uni vafot etgan  deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan tugatiladi.

Savol: Umidsiz qarz nima?

Javob: Sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o‘tishi oqibatida uzish mumkin bo‘lmagan qarz.

Savol: Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qat’iy belgilangan soliqni qaysi muddatdan boshlab to‘laydi?

Javob: Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oyidan boshlab to‘laydi.

Savol: Tomorqasi bor jismoniy shaxs suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchi hisoblanadimi?

Javob: Tomorqasi bor jismoniy shaxs soliq to‘lovchi hisoblanmaydi.

Savol: Ko‘zdan kechirish dalolatnomasi qanday hujjat?

Javob: Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda soliq to‘lovchi faoliyat yuritadigan obyektlarda o‘tkaziladigan kuzatuv jarayonida aniqlangan holatlarni o‘zida aks ettiruvchi qat’iy hisobdagi hujjatdir.

Savol: Pasportlashtirish yuritishda davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxs javobgarligi qanday?

Javob: Soliq to‘lovchilarda ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishini yuritishda davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi Nizom talablariga rioya qilmagan taqdirda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Savol: 2019 yilda eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga foyda solig‘idan qkanday imtiyozlar berilgan?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-noyabrdagi «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5587-sonli Farmonining 1-bandida 2019 yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani  tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha solik bazasini kamaytiradilar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xomashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Savol: Tovarlar, ishlar yoki xizmatlar jismoniy shaxslarga NKM va terminal cheklari asosida realizatsiya qilinayotgan bo‘lsa, Sotish reestri qanday yuritiladi?

jJavob: Tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni jismoniy shaxslarga realizatsiya qilayotgan bo‘lsa, Sotish reestrini quyidagicha to‘ldiriladi:

• «Xaridorning nomi» ustunida «jismoniy shaxs» yoki «jismoniy shaxs» deb yoziladi;

• «Xaridorning STIRi» ustuni to‘ldirilmaydi;

• «Hisobvaraq-faktura raqami» ustuni to‘ldirilmaydi;

• «Hisobvaraq-faktura sanasi» ustunida hisobot oyining so‘nggi sanasi ko‘rsatiladi;

• «Etkazib berish qiymati (QQSsiz)», «QQS summasi» va «QQS bilan qiymati» ustunlarida hisobot oyida jismoniy shaxslarga jami realizatsiya qilish summasi ko‘rsatiladi.

Savol: O‘tgan davrlar uchun QQS bo‘yicha aniqlashtirilgan hisobot qaysi shaklda va qanday usulda topshiriladi?

Javob: Aniqlashtirilgan hisobotni korxona o‘zgartirish kiritayotgan davrlarda amalda bo‘lgan shakllar bo‘yicha topshiradi. U qaysi davr uchun tuzganligidan qat’i nazar, elektron shaklda taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini faqat elektron tarzda taqdim etadilar (Soliq kodeksining 45-moddasi)

Savol: Xususiy korxona tomonidan 2019 yilda korxona mulkdoriga o‘tgan yillar uchun foyda to‘lamoqchi. Foydani to‘layotganda soliqlarni to‘lashi kerakmi?

Javob: Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijorat tashkiloti xususiy korxona deb e’tirof etiladi ("Xususiy korxona to‘g‘risida"gi Qonunning 3-moddasi). Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin XK mulkdori tasarrufida qoladigan foyda summasiga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 6-bandi). Ya’ni barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan XKning sof foydasi (8700-schyotda hisobga olinadi) jismoniy shaxs – XK mulkdorining mulkiy daromadi hisoblanadi (Soliq kodeksining 176-moddasi).

Korxona mulkdori jamg‘arilgan sof foyda summasini olib, uni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishi mumkin, ushbu daromadga JSHDS solinmaydi. Uni to‘layotganda korxona ham hech qanday soliq to‘lamaydi.

Savol: Korxona dori vositalari, tibbiyot buyumlari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaradi, shuningdek ularni ulgurji va chakana sotadi. 1.01.2019 yildan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tdi.

1. Agar tashkilot QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lsa, u butun faoliyatga tatbiq etiladimi?

2. Hisobvaraq-fakturani qanday rasmiylashtirish kerak – ilgarigidek "QQSsiz" deya qayd etibmi?

Javob: Yo‘q, QQS bo‘yicha imtiyozlar alohida faoliyat turlariga beriladi. Binobarin, korxona QQS solinadigan va solinmaydigan oborot hisobini alohida-alohida yuritishi, soliq solinadigan oborot bo‘yicha soliq to‘lashi kerak.

Soliq to‘lovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir:

- Soliq kodeksining 208-210-moddalariga muvofiq QQSdan ozod qilingan;

- realizatsiya qilingan joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lmagan. tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi Soliq kodeksining 202-moddasiga muvofiq belgilanadi.

QQS solinadigan oborot – soliq to‘lovchining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti, soliq solinmaydigan oborot bundan mustasno (Soliq kodeksining 200-moddasi).

Korxonangiz amalga oshiradigan ko‘rsatilgan faoliyat turlari orasida dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar bo‘yicha oborot QQSdan ozod etiladi (Soliq kodeksining 208-moddasi 13-bandi).

Shuningdek protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan inventarlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan buyumlar va inventarlar QQSdan ozod etilgan (Soliq kodeksining 208-moddasi 5-bandi).

Biologik faol qo‘shimchalar va parafarmasevtika mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotiga QQS bo‘yicha imtiyoz berilmaydi.

QQS to‘lashning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanmayotgan bo‘lsa, faqat soliq solinadigan oborot bo‘yicha QQSni Soliq kodeksining 221-moddasida belgilangan tartibda hisobga olish huquqi beriladi (Soliq kodeksining 226-1-226-5-moddalari)

2. Hisobvaraq-fakturalar Soliq kodeksining 222-moddasi hamda Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibiga (AV tomonidan 21.01.2019 yilda 3126-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) muvofiq rasmiylashtiriladi.

Har bir tovar turi bo‘yicha soliq solinadigan va solinmaydigan oborot mavjud bo‘lganda hisobvaraq-fakturada QQS bo‘yicha ma’lumotlar aks ettiriladi.

Soliq solinadigan oborot qismida korxona hisobvaraq-fakturada QQS stavkasi va summasini ko‘rsatadi.

Soliq solinmaydigan oborot qismida korxona hisobvaraq-fakturada QQS summasini ko‘rsatmaydi va "Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz" degan shtamp bosadi (yozib qo‘yadi) (Soliq kodeksining 222-moddasi 6-qismi).

Savol: 2019 yilda umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan xususiy korxona joriy yil 21-yanvardan yangi qurilgan uydagi kvartira egasiga aylandi. Kadastrda kvartira maydoni – 155 kv.m va u 7 qavatli uyning 4-qavatida joylashgani ko‘rsatilgan. Ko‘p kvartirali uy egallagan yerning umumiy maydoni haqida ma’lumotlar yo‘q.

Korxona yer solig‘i to‘lashi kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, soliq summasi qanday hisoblanadi?

Javob: Ha, korxona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi. Ko‘p kvartirali uydagi kvartiraga mulk huquqi o‘tganda korxonangizga yer uchastkasining bir qismiga egalik qilish huquqi ham o‘tadi (FKning 482-moddasi; YeKning 22-moddasi). Demak, shu paytdan e’tiboran sizda yer solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga keladi (Soliq kodeksining 278-moddasi).

Ko‘p kvartirali uylar bilan bo‘lgan holda yuridik shaxs – kvartira egasi foydalanilayotgan yer uchastkasi maydonidagi o‘z ulushi uchun yer solig‘i to‘laydi. Kvartira egasining yer uchastkasi hajmi ko‘p kvartirali uy egallagan maydondan kelib chiqib, kvartira umumiy maydonining ko‘p kvartirali uyning umumiy maydoniga nisbatini hisobga olgan holda hisoblanadi. Shu tariqa hisoblangan yer uchastkasi maydoni soliq solinadigan baza hisoblanadi. Soliq summasini hisoblab chiqarish uchun yer maydonini yer solig‘i stavkasiga ko‘paytirish lozim. 2019 yilgi yer solig‘i stavkalari Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qaroriga 16-ilovada tasdiqlangan.

Savol: Qanday tashkilotlar notijorat tashkilot xisoblanadi ?

Javob: Foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida taqsimlaydigan yuridik shaxslar notijorat tashkilotlarga mansub.

Savol: 2019 yil yuridik shaxlarning foyda solig‘i necha stavka qilib belgilandi?

Javob:2019 yil yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i 12% qilib belgilandi.

Savol: 2019 yildan boshlab chakana, ulgurji, ulgurji-chakana bilan shug‘ulllanuvchi savdo korxonalari soddalashtirilgan QQS to‘lash tartibida necha foiz stavkada QQS to‘laydi?

Javob: 2019 yildan boshlab 4 % stavkada to‘laydi.

Savol: 2019 yilda normativ muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi qanday belgilanadi?

Javob: O‘rtacha yillik qoldik qiymatdan 4 %

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх