Doktarantura boʻyicha eʼlon

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarorga muvofiq 2020-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 
08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi boʻyicha 
QABUL EʼLON QILADI:

Tayanch doktoranturaga (PhD) (1 nafar).
Talabgorlar uchun kerakli hujjatlar: 
 ariza; 
 qisqacha biografik maʼlumotnoma; 
 mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); 
 oliy taʼlim muassasasi magistratura, bakalavriat diplomlari va ularning ilovalari, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi va ilovasi; 
 nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Doktoranturaga (DSc) (1 nafar).
Talabgorlar uchun kerakli hujjatlar: 
 ariza; 
 qisqacha biografik maʼlumotnoma; 
 mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

 ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi; 
 fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi; 
 ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar 2019-yil 15-oktyabrgacha boʻlgan davrda qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davlat Soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Ilmiy-tadqiqot shuʼbasi (71-230-16-50; 90-901-67-97)ga (manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 3-uy) murojaat etish mumkin.

Без названия

 

 

 

 

 

 

 

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх