O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi

Malaka oshirish markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Tuzilma  /  Kafedralar  /  "Buxgalteriya hisobi va audit"

"Buxgalteriya hisobi va audit"

photo_2018-11-20_17-03-16 “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi

                             “Buxgalteriya hisobi va audit”  kafedrasi mudiri v.b.

                              i.f.n.,dotsent Abdibayeva Tamara

                              Telefon:(0 371) 230-16-27

                              E-mail:Tamara.Abdibaeva@markaz.tax.uz

                              Tamara.Abdibaeva@soliq.uz

Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi

              “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Markazning umumkasbiy tayyorgarlik fanlari o‘qitiladigan kafedrasi hisoblanadi. Kafedra Markaz tinglovchilari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni hamda madaniy tadbirlarni amalga oshiradi.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilar:

              Davlat soliq xizmati organlari xodimlari malakasini oshirish orqali ularni yuqori malakali, fidoiy, halol, chuqurnazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan kadrlar etib tayyorlash;

               Tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq tinglovchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida umumkasbiy tayyorgarlik fanlarini o‘qitish, bu borada o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va ularni soliq qonunchiligi talablariga doimiy moslashtirib borish;

              Umumkasbiy tayyorgarlik fanlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, umumkasbiy tayyorgarlik fanlariga oid darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlarni yaratish;

               Soliq organlarining innovatsion rivojlanishini ta’minlayoladigan davlat soliq xizmati organlari kadrlar salohiyatini oshirish va takomillashtirish;

               Soliq ma’muriyatchiligi va soliq siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

               ilg‘or xorijiy oily ta’lim va ilmiy muassasalar bilan xodimlar malakasini oshirish borasida tajriba almashish yo‘li bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikda ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni va stajirovka o‘tashini ta’minlash;

                masofaviy ta’lim va treninglar o‘tkazishning zamonaviy usullarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

sud va huquqni muhofaza qilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa davlat boshqaruv organlari, shuningdek, notijorat tashkilotlar ekspertlari, biznes tuzilmalari vakillarini va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari, seminar-trening hamda davra suhbatlari tashkil etish.

gfnjfgnd             “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o’qituvchisi

             Raxmonov Sherzod Sherkulovich

             Telefon:(0 371) 230-16-27

             E-mail:Sherzod.Raxmonov@markaz.tax.uz

                        Sherzod.Raxmonov@soliq.uz