Axborot resurs markazi

Arifdjanova Nargiza Tulkunovna
Axborot-resurs markazi boshlig‘i

Telefon:(0 371)230-16-39

E-mail: Nargiza.Arifjanova@soliq.uz

Mahamedov Uktam Erkinovich
Bosh mutaxassis

Telefon:(0 371)230-16-39

E-mail: uktam.mahamedov@soliq.uz

.

Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari:

  • Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta'lim olishiga ko‘maklashish;
  • Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq adabiyotlar va elektron ma'lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma'lumotlarning elektron bazalari, internet resurslari) asosida tinglovchilar va professor-o‘qituvchi xodimlarga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish;
  • Tinglovchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq ARM fondini shakllantirish. Ma'lumotlar qidirish apparatini, ma'lumotlar bazalarining elektron kataloglari va kartotekalarini tashkil etish va yuritish;
  • ARM xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, texnik jihozlash, axborot jarayonlarini komputerlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish;
  • Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Axborot-resurs markazi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  •  ARMda ma'lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo‘li bilan markazning axborot resurslarini shakllantiradi;
  • ARMlar  hamda respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni, shuningdek zaruriyatga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni amalga oshiradi;
  • Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an'anaviy va elektron manbalarda katologlar va kartotekalar tizimini yuritadi;
  • Foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan respublika yig‘ma kataloglarini, shu jumladan elektron kataloglarni tuzishda qatnashadi;
  • Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta'lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respublika ARMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi;
  •  ARMlar, arxivlar, ma'lumotlarning axborot bazalariga ega bo‘lgan boshqa oliy ta'lim muassasalari bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, shuningdek tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi.

 

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх