O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi

Malaka oshirish markazi

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Tuzilma  /  Bo'limlar  /  Axborot resurs markazi

Axborot resurs markazi

                                     Axborot-resurs markazi

587657

           Axborot-resurs markazi boshlig‘i

           Arifdjanova Nargiza Tulkunovna

          Telefon:(0 371)230-16-39

          E-mail:  Nargiza. Arifjanova@soliq.uz

 

 

 

 

998

         

 

         Bosh mutaxassis

         Quyliev Ulug'bek Rashidovich

         Telefon:(0 371)230-16-39

         E-mail: Ulugbek.Quyliev@soliq.uz

 

 

 

Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari:

         Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta'lim olishiga ko‘maklashish;

        Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq adabiyotlar va elektron ma'lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma'lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari) asosida tinglovchilar va professor-o‘qituvchi xodimlarga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish;

        Tinglovchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq ARM fondini shakllantirish. Ma'lumotlar qidirish apparatini, ma'lumotlar bazalarini elektron kataloglar va kartotekalarini tashkil etish va yuritish;

        ARM xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, texnik jihozlash,  axborot jarayonlarini kompterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish;

        Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Axborot-resurs-markazi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

        ARMda ma'lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo‘li bilan markazning axborot resurslarini shakllantiradi;

        ARMlar  hamda respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni, shuningdek zaruriyatga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni amalga oshiradi;

        Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an'anaviy va elektron manbalarda katologlar va kartotekalar tizimini yuritadi;

        Foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli hizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan respublika yig‘ma kataloglarini, shu jumladan elektron kataloglarni tuzishda qatnashadi;

         Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta'lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respublika ARMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi;

        ARMlar, arxivlar, ma'lumotlarning axborot bazalariga ega bo‘lgan boshqa Oliy ta'lim muassasalari bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, shuningdek, tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi.

DSCN1232DSCN0935DSCN0932DSCN0941DSCN0942DSCN1229