Andijon viloyatidan tushgan savollarga javoblar

Вопрос: Предприятия торговли и общественного питания могут ли пользоваться налоговыми каникулами?

Ответ: В соответствии с Законом Республики Узбекистан от 24 декабря 2018 года № ЗРУ-508 в статью 54 Налогового кодекса внесены изменения согласно которым, предприятия торговли и общественного питания не вправе пользоваться налоговыми каникулами по уплате единого налогового платежа.

Вопрос: Уплачивают ли плательщики, перешедшие с уплаты единого налогового платежа на уплату общеустановленных налогов текущие платежи по налогу на прибыль?

Ответ: В соответствии с изменениями и дополнениями, внесенными Законом Республики Узбекистан от 24 декабря 2018 года № ЗРУ-508 “О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан в связи с принятием основных направлений налоговой и бюджетной политики на 2019 год” плательщики, перешедшие с уплаты единого налогового платежа на уплату общеустановленных налогов, освобождаются от уплаты текущих платежей по налогу на прибыль за первый квартал, в котором они перешли на уплату общеустановленных налогов.

Вопрос: В чем разница упрощенного порядка и общего порядка начисления НДС?

Ответ: Во-первых, принципиальная разница заключается в том, что плательщики НДС в упрощенном порядке не имеют права принимать в зачет НДС, выплаченный по приобретенным товарам (работам, услугам).

Во-вторых, НДС в упрощенном порядке начисляется, исходя из стоимости реализуемых товаров (работ, услуг).

В-третьих, НДС в упрощенном порядке начисляется, исходя из дифференцированных ставок, которые ниже действующей ставки НДС, выплачиваемого в общеустановленном порядке.

Вопрос: Будет ли отражаться налог на добавленную стоимость в учетных документах, выданных через контрольно-кассовые машины и платежные терминалы на предприятиях торговли, общественного питания и сферы услуг?

  • : Согласно совместного письма Министерства финансов и Государственного налогового комитета Республики Узбекистан от 11 января 2019 года № АХ/04-02-32/95 в учетных документах, выданных через контрольно-кассовые машины и платежные терминалы на предприятиях торговли, общественного питания и сферы услуг (чеки и счета-фактуры), должен быть отражен налог на добавленную стоимость.

Savol: Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarga qanday imtiyozlar mavjud?

Javob: Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarga – muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‘ladi.

Savol: Jismoniy shaxslarga beriladigan moddiy yordam pullari bo‘yicha soliq solinmaydigan miqdoralari qancha?

Javob: Soliq kodeksining 179-moddasi birinchi qismiga muvofiq, jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:

- favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari – to‘laligicha;

- vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda;

- Soliq kodeksining 178-moddasida ko‘rsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri uchun eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda.

Savol: Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazga aktsiz solig‘i solinadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq, ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gazga aktsiz solig‘i solinmaydi.

Savol: Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘laydilarmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan birinchi chorak uchun foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi.

Savol: Mulk solig‘i bino inshootlarga hisoblanadigan mulk solig‘i kadastr bahosidan hisoblanadigan yoki baholash bilan hisob kitob qilinadimi? Yagona soliq to‘lovchi bo‘lganimiz uchun Kadastr tomonidan banolar bahosi deb ko‘rsatilgan.

Javob: Mulk solig‘i litsenziyaga ega bo‘lgan baholash korxonalari tomonidan  baholangan qiymatdan hisoblanishi lozim bo‘ladi. Kadastr idoralari tomonidan berilgan baholar ma’lumot sifatida qabul qilinishi kerak.

Savol: Dividend ta’sischiga mulk shaklida berilsa, qanday soliq to‘lanadi?

Javob: Amaldagi tartiblarga asosan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (jumladan, dividend) natura holda to‘lanishi mumkin emas (qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini daromad solig‘i va YaIT to‘lagan holda to‘lash bundan mustasno). SHundan kelib chiqib mulkni sotib, sotishdan tushgan tushum hisobidan 2019 yil uchun 5 %li stavkada soliqni ushlab qolgan holda dividend to‘lashingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Savol: 20%li QQS to‘lovchi korxona ulgurji savdoni amalga oshirsa qaysi stavkada hisob-kitob qilinadi? Korxonaning asosiy faoliyati qurilish ishlari.

Javob: Amaldagi qonunchilik normalariga asosan 20% stavkada soliq to‘lovchi bo‘lgan qurilish korxonasi, ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullansa belgilangan tartibda ulgurji savdo faoliyati uchun litsenziya olishi talab etiladi, hamda 20%li stavkada QQS hisoblab budjetga to‘lab berishi lozim bo‘ladi.

SHuningdek, korxona sotib olingan tovar-xomashyo uchun to‘lab berilgan QQSni hisobga olish (zachet) vakolatiga ega.

Savol: Qurilish korxonasi soddalashtirilgan tartibda yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanib, markazlashgan mablag‘lar hisobidan qurilishni amalga oshirsa QQS to‘laydimi?

Javob: Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 349-moddasiga asosan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan obyektlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.

Savol: 2019 yildan yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan fermer xo‘jaliklari ham QQS to‘lashga o‘tadimi?

  • : O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliqqa tortish tartibi saqlanib qolindi.

Savol: Korxona 2018 yilda 1 mlrd.so‘mdan ortiq oborot qilgan va qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish yuzasidan xabarnoma olgan, lekin ushbu korxona 2019 yilda 1 mlrd.so‘mdan kam oborot qilsa keyinchalik soliqlar qaysi tartibda to‘lanadi?

Javob: Ushbu korxona 2019 yil davomida umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashi lozim bo‘ladi va agarda 2019 yilda korxona 1 mlrd. so‘mdan kam oborot qilsa uning soliq solish rejimi 2020 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

Savol: 2018 yilda qolgan qoldiq tovar moddiy boyliklar 2019 yilda qanday holatda sotiladi. NDS qo‘llaniladimi?

Javob: Agar korxona 2018 yil yakunlari bo‘yicha 1 mlrd. so‘mdan oshiq tovar aylanma bajarsa 2019 yildan umumbelgilangan soliq to‘lash tizimiga (shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i) o‘tkaziladi. Agar korxona umumiy tartibda 20% miqdorida QQS to‘lovchi bo‘lsa qoldiq tovar va xomashyo uchun to‘langan QQSni hisobga olish  (zachet)  qilish vakolatiga ega bo‘ladi.

Agarda korxona 3 mlrd. so‘mdan kam aylanma bajargan bo‘lsa, belgilangan tartibda soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lash tizimiga o‘tib hisobga olish (zachet) vakolatiga ega bo‘lmasdan belgilangan stavka bo‘yicha sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat hajmidan QQS to‘lovchi bo‘ladi.

Savol: Mikrofirma va kichik korxonalar oldin eng kam ish haqining 65% miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdorini to‘lar edi. Hozi r 12 foiz yagona ijtimoiy to‘lovni qanday hisoblaymiz?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qarori 34-ilovasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29-dekabrdagi PQ-1024 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarori 7-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2095 sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom bekor qilindi.

Вопрос: Когда начнут облагать налогом певцов и псевдо-певцов а также других деятелей искусства (ведущих) зарабатывающих на узбекских свадьбах? Обычно мне вообще без разницы: кто сколько зарабатывает. Но учитывая: а. что людей которые зарабатывают 100$ в месяц облагают налогом, тогда как певцы и другие платят только определённый взнос и ни копейки налога от всех $ полученных от народа, а ведущие и того не платят; и в. налог полученный от певцов и других мог быть полезен народу (которые кстати и кормит таких певцов. Считаю вопрос уместен.

  • : В соответствии со статьей 390 Налогового кодекса Республики Узбекистан физические лица, осуществляющие концертно-зрелищную деятельность, освобождены от уплаты фиксированного налога, но при этом, на них возлагается обязанность по уплате единого социального платежа в сумме не менее одной минимальной заработной платы в месяц и государственной пошлины на право осуществления концертно-зрелищной деятельности по ставке, утвержденной постановлением Кабинетом Министров Республики Узбекистан от 9 декабря 2015 года №354.

К примеру, физические лица, включенные в группу рейтинга №1 уплачивают государственную пошлину в размере 39 532 350 млн. сум в год (195 кратных размеров).

Данная сумма государственной пошлины уплачивается независимо от количества дней, проработанных в календарном году.

Savol: Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxona yillik yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshganda realizatsiya qilingan yonilg‘i uchun QQS qanday hisoblanadi?

Javob: Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Savol: Korxona alkogol mahsulotlarni ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi, korxona mahsulotlarni sotganda qaysi qiymatidan  QQS hisoblaydi?

Javob: QQS realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, ya’ni Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan sotish qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Savol: Yagona yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan fermer xo‘jaligi o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositalari yordamida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatgan texnika xizmatlari bo‘yicha QQS to‘lashi kerakmi?

Javob: Soliq kodeksining 363-moddasiga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer solig‘i to‘lovchi mazkur faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi va yagona soliq to‘lovini yoki qat’iy belgilangan soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyat doirasida qat’iy belgilangan soliqni to‘lashi shartligi belgilangan. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati vujudga kelmaydi.

Savol: Korxona import asosida dori vositalarni olib keladi, bojxona to‘lovlarida QQSdan imtiyozdan foydalanadi, shunda qanday tartibda to‘langan QQS hisobga olinadi?

Javob: Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan import qilingan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar import qilingan tovarlar bo‘yicha soliqni budjetga to‘lashdan ozod etish tarzida bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan imtiyoz berilgan bo‘lsa ham qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinadi. Bunda, agar realizatsiya qilish oborotlari Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan QQSdan ozod qilingan bo‘lsa, bojxona to‘lovlari bo‘yicha maqsadli imtiyozlar belgilangan bo‘lsa ham QQS hisobga olinmaydi.

Savol: Turistik xizmat ko‘rsatilganda hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatiladimi?

Javob: Agarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar qonun hujjatlari asosida QQSdan ozod qilingan bo‘lsa rasmiylashtiriladigan hisobvaraq-fakturalarda QQS ko‘rsatilmaydi.

Savol: Korxonaning shaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni to‘lashga o‘tish yuzasidan yuborilgan xabarnoma qabul qilinganidan so‘ng qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza qanday tartibda jo‘natiladi?

Javob: Xabarnomada QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza shakliga havola qo‘yilgan bo‘lib, ushbu havola orqali ariza shakli o‘tiladi va rasmiylashtirib yuboriladi. Ariza asosida avtomatik tarzda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va belgilangan shakldagi guvohnoma shaxsiy kabinetga qayta yuboriladi. SHuningdek, QQS to‘lovchisi sifatida davlat soliq inspeksiyalarida tashkil etilgan “Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish” darchalari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Savol: Yuk tashish avtotransportlaridan mulk solig‘i to‘lanadimi?

Javob: Mulk solig‘i faqat ko‘chmas mulkdan hamda o‘z vaqtida ishga tushirilmagan uskunalarga to‘lanadi.

Savol: YaST to‘lash xodimlar soniga bog‘liqmi?

Javob: Xodimlar soni bilan bog‘liq emas, yillik novar aylanmasi 1 mlrd so‘mdan kam bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar YaST to‘lashi mumkin.

Savol: Foyda solig‘i stavkasi necha foiz?

Javob: 2019 yil uchun 12 % qilib belgilandi.

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorlik alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanaman. 2019 yilning 1-yanvaridan tadbirkorlik sub’ektlarining ayrim turlari to‘xtatilishi xaqida xabarnoma oldim. Men YaTTni to‘xtatib yuridik shaxs tashkil qilamanmi? YaTT nomiga olingan kreditni (muddati 2023 yilning sentabr oyigacha.) qanday to‘layman?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24-oktabrdagi 850-son qarori bilan 2019 yil 1-yanvardan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatidan “Yog‘ochdan (mebeldan tashqari) va alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash” chiqarildi. Ushbudan kelib chiqib, Siz ushbu faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etib shug‘ulanishingiz mumkin bo‘ladi. YaTT nomiga olingan kredit O‘zR Markaziy bankning 2019 yil 24-yanvardagi 37-16/18-sonli xatiga muvofiq qayta tashkil qilingan yuridik shaxsga o‘tkaziladi.

Savol: Men to‘lov kontrakt asosida tahsil olaman, men to‘lov kontrakt summani ish haqimdan to‘lasam menga daromad solig‘idan imtiyoz bormi?

Javob: Albatta! Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga asosan daromad solig‘idan imtiyoz mavjud.

Savol: O‘g‘lim 1 yillik xizmatga ketgan, shu sababli yer va mol-mulk solig‘idan imtiyozlar bormi?

Javob: Soliq to‘lovchilarning bu toifasi uchun imtiyoz nazarda tutilmagan

Savol: Men o‘zimning nomimga YaTT yoki korxona ochsam va ikkita faoliyat turi bilan shug‘ullansam ikkita faoliyat uchun bitta nazorat kassa mashinasini olsam bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q, mumkin emas! Ikkita va undan ortiq shoxobchangiz mavjud bo‘lsa har biriga alohida o‘rnatish lozim bo‘ladi. Agarda savdo shoxobchasi bitta bo‘lib oziq-ovqat bo‘limi va nooziq ovqat bo‘limi bo‘yicha tushumlarni alohida yuritish uchun NKM ikkita seksiya ochiladi.

Savol: Vositachilik xizmati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2019 yildan qancha miqdorda soliq to‘lovlarini to‘laydi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ-4086 qaroriga asosan 2019 yildan vositachilik xizmati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 25%, yillik oboroti 1 mlrd. so‘mdan 3 mlrd. so‘mgacha bo‘lsa ixtiyoriy ravishda QQS stavkasi 15%, 3 mlrd. so‘mdan yuqori bo‘lganlar uchun QQS stavkasi 20% etib belgilangan.

Savol: Mening korxonam, ulgurji-chakana savdo faoliyatini amalga oshiradi, men import qilgan mahsulotim uchun bojxonada QQS to‘ladim, hozirda ushbu to‘langan QQSni hisobga olamanmi?

Javob: Bojxonada to‘langan QQSni hisobga olasiz.

Вопрос: Если срок заключения договора аренды между физическим лицом и индивидуальным предпринимателем истёк. Но деятельность индивидуального предпринимателя по данному адресу продолжалась. Сотрудники ГНИ штрафовали арендодателя. Правильно ли это?

Ответ: Согласно статьи 159-1 Кодекса Республики Узбекистан Об административной ответственности отсутствие договора аренды (найма), договора предоставления в безвозмездное пользование здания, сооружения или их части, жилого помещения между гражданами либо несоблюдение обязательной постановки на учет договора аренды (найма) в государственных налоговых органах влечет наложение штрафа в установленном порядке.

Savol: Xususiy bog‘chalarga mexnatga haq to‘lash tarzidagi YaITdan imtiyozlar bormi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli qarorining 9-bandiga asosan, o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin o‘n yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.

Savol: Asalarichilik faoliyati bo‘yicha imtiyoz bormi?

Javob: 2017 yil 16-oktabrdagi PQ-3327-son qarorga asosan «O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi tashkil etish belgilandi. Imtiyoz belgilanmagan, yagona yer solig‘ini to‘laysiz.

Savol: Agar men o‘zimning atomobilimni jiyanimga ijara shartnomasi asosida rasmiylashtirib bersam, ijara summasidan daromad solig‘i necha foiz to‘lanadi?

Javob: 2019 yil 1-yanvardan boshlab 12% stavkada hisoblab ushlab qolinadi.

Savol: WIFI o‘rnatmoqchi edik. Qanday imtiyoz berilgan?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3514-sonli Qarorida O‘zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari, sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi hududlarni bepul Wi-Fi tizimi bilan ta’minlaganlar uchun ham muayyan imtiyozlar bor. Masalan, ular o‘zlari Wi-Fi tizimini taqdim etgan, odamlar ko‘p tashrif buyuruvchi hududda o‘z reklamalarini bepul joylashlari mumkinligi ko‘zda tutilgan va shu zonani tashkil etish xarajatlariga yagona soliq to‘lovida bo‘lsa, yalpi tushumni va umumbelgilanganda bo‘lsa jami daromadni kamaytiradi

Savol: Qanday hollarda bizning korxonaga nisbatan mavzuli ekspress-o‘rganish tayinlanishi mumkin.

Javob: Soliq kodeksining 71 2-moddasiga asosan Soliq to‘lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida ushbu axborotni o‘rganish zarurligi mavzuli ekspress-o‘rganishni tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Savol: Bizning korxona sut mahsulotlarini qayta ishlaydi. Mazkur mahsulotlarni ishlab chiarish joyidan sotamiz. Bizda xronometraj o‘tkazilganda faqat naqd pul tushumi ko‘riladimi yoki ishlab chiqarishimiz ham xronometrajdan o‘tkaziladimi?

Javob: Soliq kodeksining 70-moddasiga asosan xronometraj ko‘zdan kechirish tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi hamda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq to‘lovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joylarida hamda soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob’ektlarini saqlash bilan bog‘liq boshqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkaziladi. 

Savol: Men o‘zimning korxonamdan boshqa bir korxonaga qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam bemoqchiman. Korxona moliyaviy yordam bergani uchun soliqqa tortiladimi?

Javob: Agar siz moliyaviy yordamni beg‘araz ko‘rsatsangiz, moliyaviy yordamni olgan korxona Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha daromad hisoblab, soliq to‘laydi

Savol: Korxonamiz asosiy faoliyati umumiy ovqatlanish bo‘lib faqat aholi bilan naqd pul va to‘lov terminali orqali savdo qiladi va ushbu operatsiyalar orqali hech qanday hisob-fakturalar tuzilmaydi. Demak, korxonamiz tovar aylanmasi yil davomida 1 milliard so‘mdan oshgan taqdirda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qanday tartibda to‘laymiz?

Javob: Soliq kodeksining 40-bobiga muvofiq, soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard so‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega bo‘lishlari ko‘rsatib o‘tilgan, ya’ni umumiy ovqatlanish korxonalari 10 foizlik stavkada qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi mumkin bo‘ladi. 

Savol: Mening auditorlik xizmati bilan shug‘ullanuvchi korxonam bor. Men QQS to‘lashga o‘tishim mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa qancha QQS to‘lashim kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26-dekabrdagi PQ 4086-sonli qaroriga asosan 2019 yil 1-yanvardan boshlab soddalashtirilgan QQS to‘lovchisi bo‘ladigan kasbiy xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxslar 15 % miqdorda QQS to‘lashlari belgilab qo‘yilgan.

Савол: Есть ли льготы по налогу на доходы физических лиц в случае автокредита?

Жавоб: Для автокредита льгота не предусмотрена

 

Manzil:
Toshkent shahar, Kichik halqa yo'li 3- uy

telefon: 71-230-90-07, faks: 71-230-16-50
Вернуться на верх